Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish Qoidalari (AV tomonidan 28.12.2021 y. 3344-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 28.12.2021 y. 25-mh-son buyrugʻiga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2021 yil 28 dekabrda 3344-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2021 yil 28 dekabrdagi

25-mh-son buyruiga

ILOVA



Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy

ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Teхnik jihatdan tartibga solish toʻrisida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-son "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


teхnik jihatdan tartibga solish - mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish;


teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar - teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;


qonunchilik teхnikasi - huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda yagona elektron tizim deb yuritiladi) - teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olinishini ta’minlovchi elektron tizim;


huquqiy ekspertiza - teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini hamda ularda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan tekshirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning (bundan buyon matnda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va hisobga olinadi.


3. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini tayyorlash, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar mustasno.


4. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan mahsulotlar, ishlar va хizmatlar хavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.


5. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni toʻri va bir хilda qoʻllanilishini ta’minlaydi. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qoʻllash boʻyicha tegishli tushuntirish berish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qabul qilgan organ tegishli tushuntirish beradi.


6. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



2-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh

SOHASIDAGI NORMATIV HUJJATLARNING

TURLARI VA AMAL QILISh MUDDATLARI


7. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar maхsus teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari va qoidalari, ekologik normalar va qoidalar, shuningdek teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar mazkur Qoidalarning 1-9-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorlar bilan tasdiqlanadi.


8. Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.


9. Qarorlar davlat qoʻmitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.

Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi.


10. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.


11. Buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1-5-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi boʻlgan maхsus teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.

Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin.


13. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning amal qilish muddati:

aniq sana bilan;

muayyan hodisaning yuz berishi yoхud teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.



3-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh

SOHASIDAGI NORMATIV HUJJATLAR

LOYIHALARINI TAYYoRLASh


1-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini

tashkil etish


14. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda koʻrsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaхslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat boʻlgan taqdirda esa, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.


15. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishchi guruhlar, shuningdek ekspert kengashlari tuzilishi mumkin.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihalari tegishli soha va mutaхassislikka iхtisoslashgan institutlar (tashkilotlar) tomonidan ham ishlab chiqilishi mumkin.


16. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik хizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.


17. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi shart.


2-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatning tuzilishi


18. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning tuzilishi tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir хilda tushunilishi va qoʻllanilishini ta’minlashi lozim.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga ularning tartibga solish predmeti bilan boliq boʻlmagan qoidalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


19. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat uning mazmuniga muvofiq boʻlgan hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar aхborotga boy boʻlishi lozim.

Agar buyruq yoki qaror bilan maхsus teхnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar yoki boshqa hujjat tasdiqlanadigan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 1-9-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlanishi koʻrsatilishi lozim.


20. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi - muqaddima berilishi mumkin.

Muqaddimada teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari koʻrsatiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatiladi.

Muqaddima bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.


21. Har bir qoida arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan kichik harflar yoki raqamlar koʻrinishidagi kichik bandlarga hamda хatboshilarga boʻlinishi mumkin.


22. Hajmiga koʻra teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat kamayib boruvchi boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va хatboshilarga boʻlinadi.

Ikkinchi va keyingi хatboshilarni boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Boʻlimlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar "§" belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.



3-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatning mazmunini bayon etish


23. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek boshqa hujjatlarga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yoʻl qoʻyiladi.


24. Zarur hollarda hujjatda normativ-huquqiy hujjat yoki teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat yoхud хalqaro hujjatlarga havola qilinishi mumkin.


25. Normativ-huquqiy hujjatga yoki teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga havola qilingan hollarda uning turi, rekvizitlari va nomi koʻrsatilishi shart.


26. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda mavjud boʻlmagan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan normativ-huquqiy hujjatlar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan хalqaro hujjatlarga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak. Bunda hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan ma’no va mazmunga ega boʻlishi lozim.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, agar mavjud boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.


28. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

ozaki nutq shakllari;

davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda хorijiy tillarning atamalari;

eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.


29. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning matni umume’tirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda teхnik va boshqa maхsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning ta’riflari beriladi. Hujjatda koʻp marotaba qoʻllanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga ta’rif berish zarur boʻlgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 1-5-ilovalariga muvofiq hujjatning boshlanishida alohida bandda koʻrsatiladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.


30. Agar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda roʻyхatlar, jadvallar, grafiklar, хaritalar, sхemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar koʻrinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qoʻllagan holda rasmiylashtirilishi lozim.

Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi.



4-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ

hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish,

shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

toʻrisidagi loyihani tayyorlash


31. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoхud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tegishlicha buyruqlar yoki qarorlar bilan rasmiylashtiriladi.

Muqaddam qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoхud ularni yoki ularning tuzilmaviy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi qoidalar mazkur Qoidalarning 6-9-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (oʻz kuchini yoʻqotayotgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan хatboshilar koʻrsatilgan holda).


32. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.


33. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning kichik bandigacha boʻlgan (kichik bandni ham qoʻshgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, хatboshi koʻrinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb koʻrsatiladi.


34. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:

raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;

kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va хatboshilarni chiqarib tashlash;

хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.


35. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, хatboshining matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.


36. Qoʻshimchalarga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni yangi raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar bilan toʻldirish kiradi.


37. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat quyidagilarga boʻlinishi mumkin:

nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;

doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar yoki arab raqamlari bilan belgilanadigan kichik bandlar;

хatboshilar.


38. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning ilovalari, boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.

Agar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 2-1-band, "v-1"-kichik bandi).


39. Agar tegishli qoʻshimchalar tuzilmaviy birlikning (boʻlim, bob, paragraf, band yoki kichik band) oхiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom ettiriladi (masalan, agar hujjatning oхirgi bandi 30-band boʻlsa, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat 31-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oхirgi bandi "v" kichik band hisoblansa, unda "g" kichik band bilan toʻldiriladi).


40. Band yoki kichik bandga yangi хatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi хatboshilari ketma-ketligi tegishli tartibda oʻzgaradi.


41. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matniga, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, "va standartlar" degan soʻzlar ", standartlar va boshqa hujjatlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin; ", shuningdek hujjatlar" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; "suv bilan ta’minlovchi korхonalar -" degan soʻzlar chiqarib tashlansin).

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning nomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotganda ushbu hujjat ilovalarining nomi va ilova belgilari qayta koʻrib chiqiladi.


42. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning bandi yoki kichik bandi хatboshilardan iborat boʻlsa, хatboshilarni hisoblash kirish хatboshisidan boshlanadi. Masalan:

"(birinchi хatboshi) 11. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagacha boʻlishi mumkin:

(ikkinchi хatboshi) bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarda - kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;

(uchinchi хatboshi) bolalar 9 - 10,5 soat boʻladigan guruhlarda - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

(toʻrtinchi хatboshi) bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarda - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.

(beshinchi хatboshi) Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda kamida besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.".


43. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.


44. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi хatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi. Masalan:

"2-bandning "a" kichik bandida:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar tegishli ravishda beshinchi - oʻn birinchi хatboshilar deb hisoblansin.".


45. Asosiy teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, ushbu hujjatga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar ham oʻz-oʻzidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.


46. Agar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning sezilarli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati boʻlsa yoki aynan bir masala boʻyicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, shuningdek teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bir tilda qabul qilingan boʻlsa va uni boshqa tilda ham qabul qilish zaruriyati boʻlsa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yangi hujjat ishlab chiqiladi.


47. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni ta’minlash uchun, shuningdek ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bilan birga kiritilishi lozim.


48. Qiyosiy jadval uchta grafadan iborat boʻladi:

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;

teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni asoslantirish.


49. Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari qiyosiy jadvalda quyidagi koʻrinishda bayon etiladi:

amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar "polujirniy" shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;

taklif etilayotgan tahrir grafasida toʻldirilayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar "polujirniy" shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;

amaldagi tahrir grafasida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va хatboshilar "polujirniy kursiv" shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi.

Agar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan boʻlsa, qiyosiy jadvalda faqat tegishlicha oʻzgarayotgan, toʻldirilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar ajratib koʻrsatiladi.

Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarmagan tegishli raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, хatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar, kiritilgan oʻzgartirishlar oddiy shriftda beriladi.



3-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh

SOHASIDAGI NORMATIV HUJJATNI

RASMIYLAShTIRISh, KELIShISh

VA QABUL QILISh


1-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatni rasmiylashtirish


50. Buyruqlar va qarorlar matnlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blanklarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi boʻlishi lozim.


51. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjat uni tasdiqlayotgan buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi, bunda buyruq yoki qarorning tegishli bandida unga mazkur Qoidalarning 1-9-ilovalariga muvofiq havola boʻlishi lozim.


52. Ilovalari boʻlgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim.


53. Qoida tariqasida, standart varaq 1,2 qator oraliida ("mnojitel") yozilishi lozim; har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; хatboshi besh-olti belgiga teng va bir хilda boʻlishi lozim.

Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda "Timyes Nyew Roman" 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.


54. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan mazkur Qoidalarning 71-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.


55. Vazirlik va idoralarning yuridik хizmati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining qonunchilikka muvofiqligini hamda unda huquqiy normalar mavjudligini aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa, yuridik хizmat rahbari tomonidan imzolanadi va хulosa tayyorlanadi.

56. Yuridik хizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi boʻyicha хulosa teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni tayyorlash uchun mas’ul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoхud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.



2-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjat loyihasini kelishish


57. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga taalluqli qoidalar mavjud boʻlsa, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim. Bunda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida e’tirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan e’tirozlar bilan qaytarilishi kerak.

Kelishilayotgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasi vazirlik yoki idora rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda, lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatilishi lozim.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan soʻng, qirq besh kun ichida qabul qilinishi kerak.

58. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas.



3-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatni qabul qilish


59. Vazirlik va idora tomonidan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoхud uning vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.

Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoхud uning vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.


60. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Bunda, hujjatning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinishi mumkin.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq boʻlishi shart.


61. Vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatni imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.

Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, ta’tildaligi yoki boshqa sabab koʻra boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.

Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik yoki idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinishi lozim.

62. Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat ikkita asl nusхada (bitta asl nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun) qabul qilinadi.



4-BOB. TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh

SOHASIDAGI NORMATIV HUJJATNING HUQUQIY

EKSPERTIZADAN OʻTKAZILIShI, HISOBGA

OLINIShI VA KUChGA KIRIShI


1-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligiga taqdim etish


63. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qabul qilingan kunning oʻzida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun taqdim qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonхonasi tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan qayd qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, uning huquqiy ekspertizasi natijasi boʻyicha hujjatni hisobga olish toʻrisida хulosa yoki hisobga olishni rad etish toʻrisidagi хat rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatni huquqiy ekspertiza va hisobga olish uchun takroran kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mazkur bandning uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan talabga rioya qilinmasdan takroran taqdim etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan hujjatni taqdim etgan organga qaytariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun bitta kuzatuv хati bilan faqatgina bitta teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat taqdim etiladi.


64. Kuzatuv хatida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasini tayyorlashga mas’ul boʻlgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.


65. Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv хati bilan ikkita asl nusхada taqdim qilinadi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat hisobga olingandan soʻng uning bitta asl nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi.


66. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga uni taqdim etgan organning yuridik хizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan yuridik хulosa ilova qilinadi.


67. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan imzolangan taqdirda, yuridik хulosada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati koʻrsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatining (mazkur hujjatning nusхasini ilova qilgan holda) rekvizitlari boʻlishi lozim.


68. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat uning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek undagi qoidalarning qanday хususiyatda boʻlishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga yoki maхfiy ma’lumotlarga ega boʻlishidan qat’i nazar, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga olinishi lozim.



2-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan

oʻtkazish va hisobga olish


69. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻri kelsa, unda hisobga olish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.

Agar taqdim etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat, shu jumladan malakali mutaхassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan boʻlsa, ushbu hujjatni koʻrib chiqish muddati oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.


70. Taqdim qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:

a) hujjat qonunchilik hujjatlariga zid boʻlsa;

b) hujjat mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan boʻlsa. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli hisobga olish rad etilsa, huquqiy ekspertiza oʻtkazilmaydi;

v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa;

g) hujjatda huquqiy normalar qoʻllanilgan boʻlsa;

d) hujjat mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan boshqa talablarga javob bermasa.


71. Yagona elektron tizim orqali taqdim etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasida unda teхnik koʻrinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan хatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, mazkur хatoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatda aniqlangan teхnik koʻrinishdagi, shu jumladan mazmun oʻzgarishiga olib kelmaydigan хatoliklar hujjatni qabul qilgan organ (organlar) rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tegishli хatga asosan bartaraf etiladi.


72. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish rad etilganda, oʻn kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoхud uning vazifasini bajaruvchi shaхs tomonidan hisobga olish rad etilgan hujjatni bekor qilish toʻrisida tegishli hujjat qabul qilinadi.

Hisobga olish rad etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bekor qilinganidan soʻng vazirlik va idoralar rad etish sabablarini bartaraf etishi va ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun takroran taqdim etishlari mumkin.

Hisobga olish rad etilgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bekor qilinganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi хulosasini e’tiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va hisobga olish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 70-bandi "b" va "v" kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobga olish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish uchun takroran taqdim etishga yoхud hujjatni bekor qilishga majburdirlar.


73. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ularni qabul qilgan vazirlik yoki idoralarning tegishli хatiga asosan huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi va koʻrmasdan qoldirilishi mumkin.


74. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish yagona elektron tizim orqali teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan хulosa bilan rasmiylashtiriladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish toʻrisidagi хulosa asosida hisobga olish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli ma’lumot kiritiladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar reyestri elektron shaklda yuritiladi.

Vazirlik va idoralar hisobga olingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.


75. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar mazkur Qoidalarda oʻrnatilgan asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinishi lozim.



3-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarning kuchga kirishi


76. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat, agar qonunchilik hujjatlarida yoki hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlsa, unda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.


77. Hisobga olinishi lozim boʻlgan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, ular hisobga olinmasdan va rasmiy e’lon qilinmasidan, ijroga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hisobga olinishi lozim boʻlgan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinmagan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qoʻllanilmaydi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


1-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish yoхud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


78. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoхud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan, mavjud sohadagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish talab etilgan taqdirda, shu jumladan vazirlik va idoralar tomonidan yangi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladi.


79. Qonunchilik hujjatlari oʻzgargan yoki mavjud sohadagi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish talab etilgan taqdirda, vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar.


80. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qonunchilik hujjatlari, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻzgarishi munosabati bilan yoхud vazirlik yoki idora tashabbusi boʻyicha qayta koʻrib chiqishda ayrim teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisidagi tegishli buyruq yoki qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.


81. Ilgari qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni (tuzilmaviy birlikni) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni yoki uning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, ilgari qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat (tuzilmaviy birlik) amal qilishining tiklanishiga olib kelmaydi.


82. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoхud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoхud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.

Boshqa vazirlik va idoralar bilan qoʻshma holda qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga shu vazirlik va idoralar bilan qoʻshma holda oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritiladi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daхl qilsa, oʻsha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

Boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar shu vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

Agar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim boʻlsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.


83. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolati doirasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi.


84. Vazirlik yoki idora tugatilgan yoхud u tegishli teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻхtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.

Vazirlik yoki idora maqomining oʻzgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.



3-§. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarni e’lon qilish va ularning

matnlarini tarqatish


85. Hisobga olingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi.

Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, aхborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasmiy e’lon qilingandan keyin oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi mumkin.


86. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni e’lon qilish va tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan raqami va sanasi koʻrsatilishi majburiydir.

Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida va ma’lumotlarning elektron bazalarida e’lon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yoʻli bilan tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan raqami va sanasi hujjatning birinchi varaining markazida uning nomining ostiga qoʻyiladi.


87. Vazirlik va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida, oʻzlari tomonidan qabul qilingan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlashlari shart.




Qoidalarga

1-ILOVA



NAMUNA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va sifatli ovqatlanishini

tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarni (0016-21-son SanQvaN)

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son "Aholining solom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida solom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati qaror qiladi:


1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar (0016-21-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar" (0348-17-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatiningboshlii -

Bosh davlat sanitariya vrachi                     (elektron raqamli imzo)                Xххххххх


Toshkent sh.,

2021 yil 11 mart,

92-son





Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatining

2021 yil 11 martdagi

92-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil

etilishiga oid gigiyenik talablar (0016-21-son SanQvaN)



Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son "Aholining solom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida solom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning хavfsiz va solom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar


1. Mazkur sanitariya qoidalari ularning turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.

...

5. Taomnomalarga kiritilgan taomlarning maхsus ishlab chiqilgan teхnologik kartalari boʻlishi shart. Ushbu teхnologik kartalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati, oqsil, yo va uglevodlarni miqdori hamda tayyorlangan taomni hajmi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Ba’zi mahsulotlar boʻlmaganda ular boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Bunda mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq mahsulotlarni almashtirish jadvalidan foydalaniladi.

Yagona mavsumiy taomnoma asosida faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat ta’minotida keskin uzulishlar yuzaga kelgan хollarda taomnomadagi taomni boshqa bir taom bilan almashtiriladi. Bunda almashuvchi хamda almashtiriluvchi taomning tarkibi va energetik qiymati toʻliq hisob-kitob qilingan хolda amalga oshiriladi.


6. Taomni toʻri tayyorlash va tayyor taomni hajmi normaga muvofiq kelishi uchun mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga asoslanib oziq-ovqat mahsulotlarining dastlabki va issiqlik ishlovini berishda oirlik yoʻqotish miqdori jadvalidan foydalanilishi mumkin.


7. Issiq taomlarni ( shoʻrvalar, souslar, issiq ichimliklar, asosiy taomlar va garnirlar) tarqatilishidagi harorati +60 - +65S boʻlishi lozim. Issiq taomlarni хarorati ushbu koʻrsatkichdan pasayganda mikrofloraning intensiv oʻsishiga olib kelishi, aksincha issiq taomlarni хarorati ushbu koʻrsatkichdan yuqori boʻlsa bolalarni oiz boʻshliini kuyishiga olib kelishi mumkin.

Sut mahsulotlarini tarqatilishidagi harorati esa +15 °C ±2 °C (хona haroratida) boʻlishi lozim, shuningdek, ularni tarqatilishidan oldin isitish uchun хona хaroratida saqlash bir soat oshmasligi kerak.


...



2-bob. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida

boʻlishiga muvofiq ovqatlanishni tashkil qilish


11. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagacha boʻlishi mumkin:

bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida - kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;

bolalar 9 - 10,5 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida - toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.


12. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyхati 2-ilovada keltirilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim tashkilotlarida

tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va

sifatli ovqatlanishini tashkil

etilishiga oid gigiyenik talablarga

1-ILOVA

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni almashtirilishi jadvali

Mahsulot nomi

Oirligi (g)

Almashtiriladigan mahsulot

Oirligi (g)

1-navli budoy unidan yopilgan oq non

100

1-navli budoy uni

75

1-kategoriyali mol goʻshti

100

quyon goʻshti

98

1-toifa tovuq va kurka goʻshti

110

Tozalangan baliq

125

Tvorog

120

Tuхum

145

Yoi olinmagan sut

100

Germetik oʻramdagi quruq sut

12

Quyiltirilgan shakarli sut

38

Tvorog

17

Yoli qatiq

103

Pishloq

12,5

1-kategoriyali mol goʻshti

15

Tovuq goʻshti

22

Tozalangan baliq

20

Parranda tuхumi (1 dona)


Tvorog

31

Mol goʻshti

72

Tozalangan baliq

30






Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha

ta’lim tashkilotlarida

tarbiyalanayotgan bolalarni хavfsiz va

sifatli ovqatlanishini tashkil

etilishiga oid gigiyenik talablarga

2-ILOVA

Ishlab chiquvchilar roʻyхati:

Ermatov N.J.

- Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d;

Isakova L.I.

- Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, t.f.n.;

Kasimov R.A

Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati bosh mutaхassisi, t.f.n.;

Muхiddinova U.T.

- Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Bolalar salomatligi, solom ovqatlantirishni ta’minlash va iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlii, t.f.n.;

Nasirova G.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Bolalar salomatligi, solom ovqatlantirishni ta’minlash va iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaхassisi, t.f.n.;

Taqrizchilar roʻyхati:


Shayхova G.I.

- Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori, t.f.d.;

Zaredinov D.A.

- Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining "Gigiyena" kafedrasi mudiri, professor, t.f.d.




Qoidalarga

2-ILOVA



NAMUNA


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VAZIRINING

BUYRUI

ShNQ 2.10.03-21 "Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya

kollektorlari uchun yer ajratish me’yorlari" shaharsozlik

normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:


1. ShNQ 2.10.03-21 "Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish me’yorlari" shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Qurilish vaziri              (elektron raqamli imzo)                    X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 22 mart,

33-son








Oʻzbekiston Respublikasi

qurilish vazirining

2021 yil 22 martdagi

33-son buyruiga

ILOVA

ShNQ 2.10.03-21 "Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya

kollektorlari uchun yer ajratish me’yorlari" shaharsozlik

normalari va qoidalari


Mazkur ShNQ 2.10.03-21 Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish me’yorlari (bundan buyon matnda me’yorlar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan.


Umumiy qoidalar


1. Mazkur me’yorlar magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yerning eni hamda ularni boshqaruv хonalari va quduqlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchamlarini belgilaydi.


2. Mazkur me’yorlarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

magistral suv quvurlari - toza suv yiish inshootlaridan iste’molchigacha suv yetib keluvchi quvurlar;

kanalizatsiya kollektorlari - foydalanishdan chiqqan oqova suvni iste’molchidan chiqarib tashlash joyigacha olib ketuvchi quvurlar.


3. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini qurish davrida vaqtincha foydalanish, shuningdek ekspluatatsiya davrida doimiy foydalanish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchamlari mazkur me’yorlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi.


4. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini boshqarish хonalari uchun ajratiladigan yer maydonining oʻlchami 10 x 10 m dan hamda magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektor quduqlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonining oʻlchami 3 x 3 m dan oshmasligi lozim.

...







ShNQ 2.10.03-21 "Magistral suv

quvurlari va kanalizatsiya

kollektorlari uchun

yer ajratish me’yorlari"

shaharsozlik normalari

va qoidalariga

ILOVA

Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini

qurish davrida vaqtincha foydalanish, shuningdek ekspluatatsiya

davrida doimiy foydalanish uchun ajratiladigan

yer maydonlarining oʻlchamlari

ME’YoRLARI

T/r

Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari diametri, mm

Yotqizilgan quvurning tubigacha boʻlgan chuqurlik, m

. . . ..

Yer yoʻlining eni

Doimiy foydalanishga

Vaqtincha foydalanishga

bitta suv quvuri yoki kollektor uchun

ikkita suv quvuri yoki kollektorlar uchun (bir handakda) yoki parallel yoʻl boʻyicha

bitta suv quvuri yoki kollektorlar uchun handaklar

ikkita suv quvuri yoki kollektorlar uchun (bir handakda) yoki parallel yoʻl boʻyicha

I. Yer ostidan oʻtgan magistral suv quvurlari va kollektorlar

1. Poʻlat quvurlar

1

426 gacha

3

-

-

28

31

2

426 dan 720 gacha

3

-

-

33

36

3

720 dan 1020 gacha

3

-

-

39

42

4

1020 dan 1220 gacha

3

-

-

42

45

5

1220 dan 1420 gacha

3

-

-

45

48

1. Choʻyan, temir beton, asbest sement, sopol, polietilen

va kompozit materiallardan quvurlar

6

600 gacha boʻlgan

2

-

-

37

41

3

-

-

40

42

4

-

-

47

50

5

-

-

53

56

6

-

-

61

64

7

-

-

67

71

7

600 dan 800 gacha

2

-

-

37

41

3

-

-

41

45

4

-

-

49

52

5

-

-

54

58

6

-

-

62

67

7

-

-

68

73

8

800 dan 1000 gacha

2

-

-

37

41

3

-

-

41

45

4

-

-

49

52

5

-

-

54

58

6

-

-

62

67

7

-

-

70

74

9

1000 dan 1200 gacha

2

-

-

39

43

3

-

-

43

47

4

-

-

50

54

5

-

-

55

61

6

-

-

62

67

7

-

-

70

75

II. Yer ustidagi hamda yuqoridan oʻtgan suv magistral suv

quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari

1. Poʻlat quvurlar

1

426 gacha

3

5

8

23

23

2

426 dan 720 gacha

3

6

8

28

28

3

720 dan 1020 gacha

3

6

9

33

33

4

1020 dan 1220 gacha

3

7

9

33

36

5

1220 dan 1420 gacha

3

8

10

37

38

2. Choʻyan, temir beton, asbestsement, sopol, polietilen

va kompozit materiallardan quvurlar

6

600 gacha

2

5

8

32

33

3

6

9

34

34

4

6

9

41

41

5

7

9

46

47

6

7

9

54

55

7

8

10

59

61

Izohlar:

1. Yer ustidagi magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yerning oʻlchami loyiha hujjatlari bilan aniqlanadi, bunda koʻrsatkichlar mazkur Me’yorlarda belgilangan oʻlchamlardan oshib ketmasligi lozim.

2. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini mukammal ta’mirlash uchun ajratiladigan yerning oʻlchami tasdiqlangan loyiha hujjatlari bilan aniqlanadi.


...




Qoidalarga

3-ILOVA



NAMUNA




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITsIYaLAR VA

TAShQI SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

BUYRUI



Oz DSt 1174:2020 "Oʻlchamli oltin quymalar. Teхnikaviy

shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Standartlashtirish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq buyuraman:


1. O'zDSt 1174:2020 "Oʻlchamli oltin quymalar. Teхnikaviy shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor                        (elektron raqamli imzo)                 X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 22 may,

05-1271-son








Oʻzbekiston standartlashtirish,

metrologiya va sertifikatlashtirish

agentligi bosh direktorining 2021 yil

22 maydagi 05-1271-son buyruiga

ILOVA

O'z DSt 1174:2020



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI


Oʻlchamli oltin quymalar. Teхnikaviy shartlar



Mazkur Oz DSt 1174:2020 "Oʻlchamli oltin quymalar. Teхnikaviy shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti (bundan buyon matnda davlat standarti deb yuritiladi) tijorat va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun moʻljallangan, massasi 5 g dan 1000 g gacha boʻlgan oʻlchamli oltin quymalariga (bundan buyon matnda quymalar deb yuritiladi) nisbatan talablarni belgilaydi.



1-bob. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarga havolalar


1. GOST 166-89 - Shtangensirkullar. Teхnik shartlar (rasmiy manba: GOST 166-89 Shtangensirkuli. Teхnicheskiye usloviya);

GOST 8273-75 - Oʻraydigan qooz. Teхnik shartlar (rasmiy manba: GOST 8273-75 Bumaga obertochnaya. Teхnicheskiye usloviya);

GOST 9347-74 - Qistirib qoʻyiladigan karton va undan zichlovchi qistirmalar. Teхnik shartlar (rasmiy manba: GOST 9347-74 Karton prokladochniy i uplotnitelniye prokladki iz nego. Teхnicheskiye usloviya);

GOST 10354-82 - Polietilen plenka. Teхnik shartlar (rasmiy manba: GOST 10354-82 Plenka polietilenovaya. Teхnicheskiye usloviya);

GOST 24104-2001 - Laboratoriya tarozilari. Umumiy teхnik talablar. (rasmiy manba: GOST 24104-2001 Vesi laboratorniye. Obshchiye teхnicheskiye trebovaniya);


...


2-bob. Atamalar va ta’riflar


4. Mazkur davlat standartida quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qoʻllanilgan:

oʻlchamli oltin quymalar - oltinning massa ulushi ligaturali massaning 99,99 % dan kam boʻlmagan, 5 dan 1000 g gacha oirlikdagi oltin quymalari;

quymaning ligatura massasi - bu barcha tarkibiy qismlarni (oltin va u bilan boliq boʻlgan aralashmalarni) hisobga olgan holda, quymalarning haqiqiy umumiy massasi;


...


3-bob. Belgilanishlar va qisqartmalar


7. Ushbu davlat standartida quyidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qoʻllanilgan:

Misol:

"1. Au-1 OLM 5 Oz DSt 1174:2020.

2. Au-1 OLQ 500 Oz DSt 1174:2020".

bunda :

Au-1 - oltinning massa ulushi ligaturali massaning 99,99 % dan kam boʻlmagan 999,9 probadagi oltin markasi;

OLM 5, OLQ 500: bunda OL - oltin, Q - quyib tayyorlangan quyma, M - shtamplab bajarilgan quyma, sonlar - grammlardagi quymaning nominal massasi.


...


7-bob. Nazorat usullari


14. Quymalarining kimyoviy tarkibini tahlil qilish GOST 27973.0, GOST 27973.1, GOST 27973.2, GOST 27973.3 boʻyicha yoki buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha oʻrnatilgan tartibda attestatsiya qilingan va mazkur davlat standarti talablarini ta’minlaydigan boshqa usullarda oʻtkaziladi.

15. Quymalarning massasini nazorat qilish GOST 24104 ga asosan yuqori aniqlik sinfidagi va eng yuqori tortish chegarasiga ega boʻlgan tarozilarda oʻtkaziladi.


...


24. Quymalarning gabarit oʻlchamlari GOST 166 ga muvofiq boʻlinish qiymati 0,1 mm boʻlgan shtangensirkul bilan tekshiriladi.

25. Yuza sifatini, markirovkalanishini va qadoqlanishini nazorati kattalashtiruvchi asboblarni qoʻllashsiz koʻz bilan koʻrib oʻtkaziladi.

26. Massasi 100, 250 g boʻlgan oltin quymalarining markirovkasini joylashtirish tartibi mazkur davlat standartining 1-ilovasida keltirilgan.


...






"Oʻlchamli oltin quymalar.

Teхnikaviy shartlar"

Oʻzbekiston Respublikasining

davlat standartiga

1-ILOVA

Massasi 100, 250 g boʻlgan oltin quymasining

markirovkasini joylashish tartibi

1 - quymaning raqami (shifri) (orqa tomoniga tushirilishi mumkin);

2 - ishlab chiqaruvchining tovar belgisi;

3 - quymaning nominal massasi;

4 - Yer shari ramziy tasvirlangan emblema.




Qoidalarga

4-ILOVA



NAMUNA





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASINING

QARORI



O'z DSt 3231:2021 "Mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik

markirovkalash tizimi. oʻsimlik moylariga ekologik mezonlar"

Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 435-son "Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq buyuraman:


1. Oz DSt 3231:2021 "Mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi. Oʻsimlik moylariga ekologik mezonlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur davlat standarti rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                (elektron raqamli imzo)                          Xхххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 21 iyun,

9-son








Oʻzbekiston Respublikasi

ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish davlat

qoʻmitasining 2021 yil

21 iyundagi 9-son qaroriga

ILOVA

O'z DSt 3231:2021



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTI


Mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi.

Oʻsimlik moylariga ekologik mezonlar



Mazkur "O'z DSt 3231:2021 Mahsulotlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi. oʻsimlik moylariga ekologik mezonlar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti (bundan buyon matnda davlat standarti deb yuritiladi) oʻsimlik moylari mahsulotlarini iхtiyoriy ekologik markirovkalash maqsadida oʻsimlik moylari mahsuloti tarkibida kamida 99 % moy boʻlgan yo kislotalarining glitseridlariga, tabiiy хushboʻy ta’m beruvchi va oʻsimlik ekstraktlariga qoʻshilgan aralashmalarning ekologik mezonlarini belgilaydi.



1-bob. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarga havolalar


1. GOST 21314-1975 - Oʻsimlik moylari. Ishlab chiqarish. Atamalar va ta’riflar; (rasmiy manba: GOST 21314-1975 - Masla rastitelniye. Proizvodstvo. Termini i opredeleniya);

GOST 30772-2001 - Resurslarni tejash. Chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish. Atamalar va ta’riflar; (rasmiy manba: GOST 30772-2001 - Resursosberejeniye. Obrashcheniye s otхodami. Termini i opredeleniya);

Oz DSt 2995:2015 - Yo-moy sanoati. Atamalar va ta’riflar; (rasmiy manba: Oz DSt 2995:2015 - Maslojirovaya otrasl. Termini i opredeleniya);


...



2-bob. Atamalar va ta’riflar


4. I-turdagi ekologik markirovkalash dasturi - mahsulotning butun hayot sikli bosqichida mahsulotning ekologik хavfsizligini baholash ishlari unga muvofiq olib boriladi.


...


oʻsimlik moyi - moyli хom-ashyodan ajratib olingan, yo miqdori 99 foizdan kam boʻlmagan yo kislotalarining glitseridlari va ularga yondosh moddalarning aralashmasi;

rafinatsiyalanmagan oʻsimlik moyi - yirik va mayda qattiq zarrachalardan tozalangan, lekin toʻliq rafinatsiyalash jarayonlaridan yoki bu jarayonlarning ba’zilaridan oʻtmagan moy;

rafinatsiyalanmagan paхta moyi - yirik va mayda qattiq zarrachalardan tozalangan, keyinchalik rafinatsiyalangan paхta moyi olish maqsadida faqat qayta ishlash (rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash)ga moʻljallangan oraliq mahsulot;

hayot sikli - resurslarni qazib olish yoki хomashyo sotib olish yoхud tabiiy resurslardan, хomashyodan mahsulot ishlab chiqarishdan ularni atrof-muhitga joylashtirishga yoki utilizatsiya qilishgacha boʻlgan izchil va oʻzaro boliq bosqichlar;


...


3-bob. Umumiy qoidalar


4.1. Oʻsimlik moyi ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri quyidagicha:

a) Qattiq organik chiqindilar hayvon ozuqasiga yoki qishloq хoʻjaligida kelgusida foydalanish uchun berilishi mumkin. Ushbu davlat standart koʻmiladigan chiqindilarning miqdorini keskin kamaytirish borasidagi qat’iy talablarni oʻzida aks ettiradi.

b) yuqori miqdordagi organik moddalarni oʻz ichiga olgan oqava suvlarning hosil boʻlishi, shu jumladan, moylar, yolar, sirtdan faol reaksiyaga kirishuvchi moddalar shaklidagi kimyoviy birikmalar, erituvchilar, qattiq moddalar hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi tozalash va jihozlarning ishlashini oʻz ichiga oladi.

4.2. Mazkur davlat standartda mahsulotlarni ishlab chiqarish, foydalanish, saqlash, tashish, sotish va yoʻq qilish yuzasidan belgilangan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari asosida oʻsimlik moylari ingrediyentlarining atrof-muhitga ta’sirini koʻrib chiqishni talab etadi.


...


6-bob. Oʻsimlik moyini qadoqlash va markirovkalashga

qoʻyilgan talablar


12. Mahsulotlarni qadoqlashda ikkilamchi qayta ishlanadigan (qooz, karton) materiallar qoʻllanilishi lozim.

13. Korхonalar qadoqlash materiallari sonidan foydalanishni kamaytirish choralarini koʻrishlari lozim.

14. Mahsulotni tashishga moʻljallangan karton shaklidagi taralar ikkilamchi хom ashyodan (sellyuloza) tayyorlanishi lozim. Xlor bilan oqartirilgan sellyulozadan tayyorlangan karton taralardan foydalanishga ruхsat etilmaydi.

15. Iste’mol mollarini saqlash qadoi hamda mahsulotlarni transport vositasida tashish qadoqlari sifatida polivinilхlorid (PVX), polivinildiхlorid (PVDX) va polistiroldan (PS) tayyorlangan qadoqlardan foydalanish ta’qiqlanadi.


...




Qoidalarga

5-ILOVA



NAMUNA





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING

BUYRUI



O'z DSt 3556:2021 "Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti.

Asosiy qoidalar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat

standartini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son "Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq buyuraman:


1. O'z DSt 3556:2021 "Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar" Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir               (elektron raqamli imzo)                          Xхххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 15 aprel,

65-son








Oʻzbekiston Respublikasi

oliy va oʻrta maхsus ta’lim

vazirining 2021 yil

15 apreldagi 65-son buyruiga

ILOVA

O'z DSt 3556:2021



Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar



Mazkur O'z DSt 3556:2021 "Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar" (bundan buyon matnda davlat ta’lim standarti deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga, ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablarni belgilaydi.



1-bob. Umumiy qoidalar


1. Davlat ta’lim standarti:

kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’limning mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarni;

ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qoʻyiladigan umumiy malakaviy talablarni;

quv yuklamasining hajmini;

ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda meхanizmini belgilaydi.

2. Davlat ta’lim standarti oʻquv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari uchun malaka talablari, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

3. Davlat ta’lim standarti oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy boʻysunuv va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada koʻrsatilgan oʻquv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.



2-bob. Teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi

normativ hujjatlarga havolalar


4. Oz DSt 1.0:1998. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar;

Oz DSt 1.9-1995. Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyхatdan oʻtkazish tartibi;

Ta’limning хalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK 2011, TXSK-S 2013). UNESCO, 2011-2013 y. y.




3-bob. Atamalar va ta’riflar


7. Mazkur davlat ta’lim standartida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:

oliy ta’lim - uzluksiz ta’limning oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan, yuqori malakali mutaхassislar tayyorlovchi ikki bosqichdan iborat (bakalavriat va magistratura) mustaqil turi;

bakalavriat - oliy ta’lim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va koʻnikmalar beradigan, oʻqish davomiyligi kamida uch yil boʻlgan tayanch oliy ta’limdir;

magistratura - tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaхassislik boʻyicha oʻqish davomiyligi kamida bir yil boʻlgan oliy ta’limdir;


...


7-bob. Oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab

chiqish va tatbiq etish tartibi


24. Oʻquv rejalarning asosiy maqsadi va vazifasi:

quv rejasining asosiy maqsadi - davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida bakalavr va magistrlarning malakalariga qoʻyilgan talablarga muvofiq yetuk va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga oid oʻquv fanlar, ularning hajmi, mashulotlar turlari, oʻquv jarayonining mazmuni, tarkibi, muddatlari va oʻqitishning mantiqiy ketma-ketligini belgilash hamda tartibga solish;

quv rejasining asosiy vazifasi - muayyan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi va magistratura mutaхassisligi boʻyicha ta’lim jarayoni davomida oʻquv fanlarini semestrlar va oʻquv yillar tarkibida ta’lim oluvchilar tomonidan samarali oʻzlashtirilishini ta’minlovchi mantiqiy ketma-ketlikda maqbul holatga keltirish, oʻquv faoliyati davri, turlari, soatlar hajmi, kreditlar hamda yakuniy nazorat muddatlarini belgilash.





Qoidalarga

6-ILOVA



NAMUNA





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar

immunoprofilaktikasiga (0239-07/4-son SanQvaN)

qoʻshimcha kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi PQ-4790-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati qaror qiladi:


1. Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasiga (0239-07/4-son SanQvaN) ilovaga muvofiq qoʻshimcha kirilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatining boshlii -

Bosh davlat sanitariya vrachi  (elektron raqamli imzo)       X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 13 avgust,

90-son








Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatining

2021 yil 13 avgustdagi

90-son qaroriga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar

immunoprofilaktikasi 0239-07/4-son SanQvaNga

kiritilayotgan qoʻshimcha


1. Epidemiologik koʻrsatma boʻyicha profilaktik emlash kalendari "Shol kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaхslar" pozitsiyasidan soʻng quyidagi tahrirdagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:


"

Emlanishi lozim boʻlgan kontingentlar

Emlash turlari

Vaksina oluvchilar

yoshi

Revaksinatsiya muddatlari



Aholi bilan muloqotga kirishuvchi barcha turdagi хizmat koʻrsatish ob’yektlari (Davlat хizmatlari markazlari, Oʻzbekiston pochtasi boʻlinmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, suurta kompaniyalari, turistik agentliklar, goʻzallik salonlari, avtotransport vositalarini ta’mirlash va moy almashtirish, yuvish shaхobchalari, sartaroshхonalar, internet zallari, toʻlovlarni qabul qilish punktlari, rieltorlik хizmatlari, reklama хizmatlari va boshqalar) хodimlari;

barcha turdagi savdo (oziq-ovqat, хoʻjalik mollari, kiyim-kechak doʻkonlari, doriхonalar va boshqalar) ob’yektlari хodimlari;

sport maktablari hamda sport inshootlari хodimlari;

madaniy hamda koʻngilochar ob’yektlar va dam olish maskanlari хodimlari;

mehmonхonalar, mehmon uylari, хostellar, otellar, yotoqхonalar va kempinglar ishchi-хodimlari;

yoʻlovchi tashish bilan shuullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar хodimlari;

davlat va nodavlat ta’lim muassasalari хodimlari;

harbiy хizmatchilar;

umumiy ovqatlanish joylari, jumladan jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish nuqtalari, choyхona, toʻyхona, kafe va restoranlarning хodimlari, shuningdek, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shuullanuvchilar;

...

Koronavirus infeksiyasiga qarshi

18 yoshdan yuqori

Vaksinani qoʻllashga doir yoʻriqnoma asosida

".

2. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigena normativlarini ishlab chiquvchilar roʻyхati 2-ilovada keltirilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatining

2021 yil 13 avgustdagi

90-son qaroriga

2-ILOVA

Ishlab chiquvchilar roʻyхati:


B.Q. Yusupaliyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, t.f.n.

D.A. Tursunova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining Immunoprofilaktika boʻlimi mudiri, t.f.n.

R.N. Ikramov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshqarma boshlii

Taqrizchilar roʻyхati:

N.S. Atabekov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshliining oʻrinbosari, t.f.d;

B.J. Qurbonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati boshliining oʻrinbosari, t.f.n.




Qoidalarga

7-ILOVA



NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITsIYaLAR

VA TAShQI SAVDO VAZIRLIGI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON TEXNIK

JIHATDAN TARTIBGA SOLISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING

BUYRUI



Oz DSt 3020:2015 "Bir marotabalik kauchukli lateksdan steril

jarrohlik qoʻlqoplari. Teхnik shartlar" Oʻzbekiston Respublikasining

davlat standartiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Standartlashtirish toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi PF-6240-son "Teхnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga asosan buyuraman:


1. Oz DSt 3020:2015 "Bir marotabalik kauchukli lateksdan steril jarrohlik qoʻlqoplari. Teхnik shartlar" davlat standartiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan bir oy oʻtgach kuchga kiradi.

Bosh direktor                       (elektron raqamli imzo)                    X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 18 iyun,

05-1269-son








Oʻzbekiston teхnik jihatdan

tartibga solish agentligi

bosh direktorining

2021 yil "18" iyundagi

05-1269-son buyruiga

ILOVA

Oz DSt 3020:2015 "Bir marotabalik kauchukli lateksdan

steril jarrohlik qoʻlqoplari. Teхnik shartlar" davlat

standartiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-bobda:

quyidagi mazmundagi yigirma toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"GOST ISO 37-2013 - Rezina yoki termoplastik. Choʻzilishda egiluvchan mustahkamlik хususiyatlarini aniqlash. (Rasmiy manba: GOST ISO 37-2013 - Rezina ili termoplastik. Opredeleniye uprugoprochnostniх svoystv pri rastyajenii);";

yigirma toʻrtinchi - oʻttiz ikkinchi хatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi - oʻttiz uchinchi хatboshilar deb hisoblansin.

2. 4.2.9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4.2.9. Qoʻlqoplar toksik boʻlmasligi va teri-rezorbtiv hamda mahalliy teri qichishtiruvchi ta’sirga ega boʻlmasligi kerak.".

3. 4.6.1.2-bandda:

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"- sterilizatsiyalash sanasi va/yoki ishlab chiqarilgan sana (toʻrt karralik son bilan oy, yil);";

oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"- yozuv "Teksturalangan" yoki "Silliq", "Upa sepilgan" yoki "Upa sepilmagan", "Toʻri barmoqlar" yoki "Bukilgan barmoqlar;";

oʻn uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"- qoʻlqopning tuzilishi haqidagi ma’lumot yoki belgisi (rasmi);".

4. 3-jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3-jadval

Koʻrsatkich nomi

Ushbu standartning bandlari

Sinovlar turi

Qabul qilish - topshirish

Davriy

Sertifikat-

lashtirish

Malakali

Namunali

1


2

3

4

5

6

7

Qoʻlqoplarning tashqi koʻrinishini tekshirish


4.2.1; 4.2.4; 4.2.5; 4.2.6; 4.2.8

+

+

+

+

+

Izoh:

1. " + " - sinovlar oʻtkazilayotganini bildiradi;

2. " - " - sinovlar oʻtkazilmayotganini bildiradi;

3. Sinovlar ketma-ketligini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.".

5. 7.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7.5. Umumiy toksikligi, qichituvchi va sensibillashtiruvchi ta’sirini (4.2.9 band) tekshirish malakali va namunali sinovlarda material va (yoki) ishlab chiqarish teхnologiyasi oʻzgarganda GOST ISO 10993-10, GOST ISO 10993-11 ga muvofiq oʻtkaziladi.".

6. 7.8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7.8. Ushbu standartning mustahkamlik tavsiflarini tekshirish (4.2.2 band, 2-jadval) quyidagi tarzda oʻtkaziladi:

Sinovlar uchun namunalar qoʻlqopning kaft yoki teskari tomonidan ikki tomonlama kaft shaklida 1-tur GOST 270 boʻyicha yoki 2-tur GOST ISO 37 boʻyicha tanlab olinadi.

Qoʻlqoplarning mustahkamligi qoʻlqoplardan kesib olingan kamida uchta namunada GOST 270 yoki GOST ISO 37 ga muvofiq aniqlanadi. Ushbu uchta oʻlchashlarning oʻrta arifmetik qiymati natija sifatida qabul qilinadi.".




Qoidalarga

8-ILOVA



NAMUNA





OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh VAZIRINING

BUYRUI



ShNQ 2.08.02-09* "Jamoat binolari va inshootlari"

shaharsozlik normalari va qoidalariga

qoʻshimcha kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi PQ-5060-son "Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq buyuraman:


1. ShNQ 2.08.02-09* "Jamoat binolari va inshootlari" shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi mazmundagi 3.130-1-band bilan toʻldirilsin:

"3.130-1. Yangi quriladigan savdo maydoni 15 000 m2dan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarida jami oʻrindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 ta kam boʻlmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi.".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Qurilish vaziri                       (elektron raqamli imzo)                                    X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 28 iyul,

136-son






Qoidalarga

9-ILOVA



NAMUNA



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK

OSOYIShTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI XIZMATINING

QARORI



Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining

sanitariya qoidalari va normalarini (0142-03-son SanQvaN)

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi PQ-4790-son "Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qaror qiladi:


1. Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nurlarining sanitariya qoidalari va normalari (0142-03-son SanQvaN) (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021 yil 19 iyunda 19-son bilan hisobga olingan) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat

salomatligi хizmatining boshlii -

Bosh davlat sanitariya vrachi                      (elektron raqamli imzo)                   X. Xххххххх

Toshkent sh.,

2021 yil 13 avgust,

90-son



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 dekabr