Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022 y. 26-son "Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.01.2022 y.

N 26




YeTIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOIDAN

MAHRUM BOʻLGAN BOLALARNI HAR TOMONLAMA

QOʻLLAB-QUVVATLAShGA QARATILGAN "MEHR

DAFTARI" TIZIMINI JORIY ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-son qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ruyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Mehr daftari" tizimi joriy etilsin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, Oilaviy bolalar uylari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari va "SOS - Oʻzbekiston bolalar mahallalari" uyushmasi boʻlinmalaridagi (keyingi oʻrinlarda - oʻquv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchilarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini amalga oshirishga koʻmaklashish, shu jumladan:

bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramoidan mahrum boʻlish sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni rabatlantirish;

b) ushbu bandning "a"kichik bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning "Mehr daftari"ni shakllantirish va yuritish.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"Mehr daftari"ga kiritiladigan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar toifasi;

"Mehr daftari"ni shakllantirish va amalga oshirish;

yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni tuman (shahar) hokimi qarori asosida "Mehr daftari"dan chiqarish va unga oʻzgartirish kiritish tartibi;

"Mehr daftari" tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yuritish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5215-son qarorining 10-bandiga muvofiq:

"Mehr daftari" tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmalarini tashkil etish belgilanganligi;

"Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasining mablalarini homiylik mablalari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shuullanuvchi korхonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - "Mehr daftari" jamarmasi) mablalarini shakllantirish va ularni undirish tartibi;

"Mehr daftari" jamarmasi mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari;

"Mehr daftari" jamarmasi mablalarini sarflash va boshqarish;

"Mehr daftari" jamarmasi vasiylik kengashining namunaviy tarkibi va ushbu kengashning ish yuritish tartibini belgilash;

"Mehr daftari" jamarmasi hisobotini yuritish.


5. Milliy gvardiya Xalq ta’limi vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

2022 yil 1 fevralga qadar yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni "Mehr daftari"ga kiritishning aхborot tizimini amaliyotga joriy etsin;

2022 yil 1 fevraldan boshlab "Mehr daftari"ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga oid ma’lumotlarni "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlashni yoʻlga qoʻysin.


6. Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish хalq ta’limi vaziri B.O. Saidov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 18 yanvar