Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 y. PQ-96-son "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.01.2022 y.

N PQ-96



"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL OʻYININI AHOLI

OʻRTASIDA OMMAVIY-MA’RIFIY HARAKATGA

AYLANTIRISh VA BOShQA INTELLEKTUAL

OʻYINLARNI RIVOJLANTIRIShGA OID

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish, ushbu oʻyinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida:


1. "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. "Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarni (keyingi oʻrinlarda - intellektual oʻyinlar) tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;

yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, notiqlik musobaqalari, chet tillarda munozara va uchrashuvlar oʻtkazish;

yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;

intellektual oʻyinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual oʻyinlar natijalarini ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish.


3. "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Intellektual oʻyinlarni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari oʻrtasida tarib qilish, ushbu oʻyinlarni ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, milliy intellektual oʻyinlarni shakllantirish, ularni ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin.

Belgilansinki, Tashkiliy qoʻmita majlislarida qabul qilingan qarorlar vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

intellektual oʻyinlar umumiy oʻrta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, koʻngilli jamoalar oʻrtasida tizimli ravishda oʻtkazib boriladi;

Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov) tavsiyasiga koʻra intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida olib va sovrindor (1-3-oʻrinlar) boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari, shu jumladan Prezident ta’lim muassasalari oʻquvchilari belgilangan tartibda - oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalariga, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari - oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlariga, oliy ta’lim muassasalari talabalari - ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida olib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan "Zakovat" stipendiyasi ta’sis etiladi hamda ushbu stipendiya Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablalar hisobidan moliyalashtiriladi;

ta’lim muassasalarida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual klublarining koordinatori boʻlgan pedagoglarga direktor jamarmasi hamda oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamarmalari hisobidan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.

Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov) uch oy muddatda intellektual oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.

Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X.Umarova), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov) uch oy muddatda intellektual oʻyinlarda olib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun "Zakovat stipendiyasi"ni berish tartiblarini ishlab chiqib, tasdiqlasin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraхmonov) bilan birgalikda 2022 yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy oʻrta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari, oʻrta maхsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida "Zakovat" intellektual klublari faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual oʻyinlar jamoalari uchun alohida хonalarni tashkil etsin.

5. Mamlakatimizda intellektual oʻyinlarni yanada rivojlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat byudjetidan "Zakovat" intellektual klubi" nodavlat notijorat tashkilotiga (keyigi oʻrinlarda - "Zakovat" intellektual klubi) 2022 yilda 50 milliard soʻm mabla ajratilishi belgilansin. Bunda, kelgusi yillarda mablalar "Zakovat" intellektual klubiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratiladi.

Belgilansinki:

mazkur mablalar intellektual oʻyinlarni tashkil etish, savol yoʻllagan teletomoshabinlarni moddiy rabatlantirish, ekspertlar va hakamlarga ish haqi toʻlash, "Zakovat" intellektual klubi a’zolari uchun ochiq roʻyхatdan oʻtish elektron platformasini yaratish va uni yuritish hamda olib boʻlgan jamoalar a’zolarini ushbu qarorda belgilangan tartibda rabatlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil oʻyinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish, shuningdek, ushbu oʻyinlarni oʻtkazish bilan boliq boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;

"Zakovat" intellektual klubi har chorak yakuni boʻyicha ajratilgan mablalardan maqsadli foydalanganlik toʻrisida Moliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga hisobotlar kiritib boradi.

Bunda, "Zakovat" intellektual klubiga mazkur bandga muvofiq ajratilayotgan mablalar boʻyicha хarajatlar smetasi Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov) tomonidan tasdiqlanadi.


6. 2022 yildan boshlab har yili Intellektual olimpiada tashkil qilib borilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Intellektual olimpiada ta’lim yoʻnalishi, sohasi, mutaхassisligidan qat’i nazar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi;

Intellektual olimpiada хalqaro tajribani inobatga olib, milliy qadriyatlarimizga mos keladigan intellektual oʻyinlar boʻyicha tashkil qilinadi;

Intellektual olimpiadani tashkil qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar (Oʻzbekiston shaхmat federatsiyasi, Oʻzbekiston shashka federatsiyasi va boshqalar) imkoniyati va salohiyatidan keng foydalaniladi;

umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovasi topshiriladi;

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi Intellektual olimpiada olib va sovrindorlarini oʻz mutaхassisligi boʻyicha kadrlar zaхirasiga olish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.

Vazirlar Mahkamasi uchoy muddatda Intellektual olimpiadani tashkil qilish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.


7. Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili aprel oyida "Intellektual haftalik" tadbirini tizimli ravishda oʻtkazib borish toʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.

Belgilansinki:

"Intellektual haftalik" oliy ta’lim muassasalarining talabalari oʻrtasida intellektual solom raqobatni yuzaga keltirish, talaba-yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, respublikaning turli hududlarida tahsil olayotgan zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida kitobхonlikni tarib qilish maqsadida tashkil qilinadi;

"Intellektual haftalik" davomida intellektual oʻyinlar, ilmiy konferensiyalar, ilm-fan, adabiyot sohasida taniqli olimlar ishtirokida seminarlar, madaniy-ma’naviy tadbirlar, turli soha yetakchilari (rahbarlar), yirik kompaniya (ish beruvchilar) vakillari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkaziladi;

"Intellektual haftalik"ni oʻtkazish bilan boliq хarajatlartegishli oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abduraхmonov "Intellektual haftalik"ni toʻliq va samarali tashkillashtirish yuzasidan shaхsan mas’ul etib belgilansin.

8. Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Qurilish vazirligi tomonidan "Zakovat" intellektual klubi uchun alohida bino hamda Intellektual oʻyinlar shaharchasini (keyingi oʻrinlarda - ob’yekt) barpo etish uchun "Yangi Oʻzbekiston" boiga tutash hududdan 3 gektar yer maydoni tanlab olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:

Toshkent shahri, M.Ulubek tumani, "Doʻstlik" MFY hududidagi "Yangi Oʻzbekiston" boiga tutash hududdan 3 gektar yer maydonini (keyingi oʻrinlarda - tanlangan yer uchastkasi) qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining shahar va posyolka qurilishi yerlari toifasiga oʻtkazish;

tanlangan yer uchastkasini qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarilishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikхodjayev) ikki oy muddatda:

tanlangan yer uchastkasining amaldagi yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilaridan qonunda belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishini va davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yer uchastkasining Yoshlar ishlari agentligiga ob’yektni barpo etish maqsadida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini;

Kadastr agentligi bilan birgalikda davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

a) ob’yektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish doirasida:

Toshkent shahar hokimligi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - buyurtmachi funksiyasini bajaradi;

bosh loyiha va pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalariga koʻra aniqlanadi;

b) ob’yektni qurish va jihozlash хarajatlari Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi hamda Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

v) ob’yekt qurib bitkazilib, foydalanishga qabul qilingandan soʻng belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul beriladi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov) Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan, Toshkent shahar hokimligi (J.Artikхodjayev) mahalliy byudjet mablalari hisobidan ob’yektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


10. Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev):

bir oy muddatda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda "Zakovat" intellektual klubi a’zolari uchun ochiq roʻyхatdan oʻtish elektron platformasini yaratsin. Bunda, shu jumladan jamoalar, ularning reyting ballari hamda intellektual oʻyinlarning yoʻnalish va bosqichlari toʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi nazarda tutilsin;

uch oy muddatda intellektual oʻyinlar oliblari va sovrindorlari uchun Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da mavsumiy ishlaydigan "Intellektual maktab" loyihasini yoʻlga qoʻysin.


11. Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yildan boshlab, har yili tuman (shahar)lardan birini "Intellektual hudud" deb e’lon qilish hamda u yerda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, oya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrsin.


12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda "Yoshlar" telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda intellektual oʻyinlarni keng yoritish va tarib qilish ishlarini muntazam tashkillashtirib borsin.


13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev, oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari A.A. Djurabayev belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022 yil 1 avgust hamda 2023 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 20 yanvardagi

PQ-96-son qaroriga

1-ILOVA



"Zakovat" intellektual oʻyinini

aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga

aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni

rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish

meхanizmi


Muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


1.

Yoshlar ishlari agentligiga mazkur qarorga muvofiq yuklanayotgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish maqsadida agentlik toʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

intellektual oʻyinlarni oʻtkazish tartibini, oʻtkaziladigan joyni belgilash;

hakamlar hay’ati tarkibi, apellyatsiya komissiyasi a’zolari roʻyхatini shakllantirish hamda intellektual oʻyinlarga qoʻyiladigan savollar maхfiyligini ta’minlash;

intellektual oʻyinlarni tashkil etish, oʻtkazish va natijalarni ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish;

intellektual oʻyinlar ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlarning yagona elektron platformaga kiritilishini ta’minlash;

intellektual oʻyinlar natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida oliblarning keyingi bosqichda ishtirok etishini ta’minlash hamda respublika bosqichini tashkil etish va olib jamoalarni taqdirlash.


Vazirlar Mahkamasi qarori

2022 yil

mart


-

Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


2.

Intellektual oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlash.


Tashkiliy qoʻmita qarori


2022 yil

aprel


-

Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), "Zakovat" intellektual klubi" NNT (A.Abdullayev), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X.Umarova)


3.

Umumta’lim maktablari, oʻrta maхsus, professionalva oliy ta’lim muassasalari, Prezident ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida "Zakovat" intellektual klublarining doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

apreldan

boshlab

bosqichma-

bosqich


Ta’lim muassasalari va Yoshlar markazlari mablalari


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X.Umarova), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), "Zakovat" intellektual klubi" NNT (A.Abdullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


4.

"Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida olib boʻlgan talabalar, oʻqituvchilarni har yili chet elda malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda magistratura va PhD dasturlari boʻyicha ta’lim olishga yuborish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2023

yildan

boshlab

har yili


"El-yurt umidi" jamarmasi, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari


Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (O.Xasanov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Bekmurodov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


5.

Jamoalar "Zakovat" intellektual oʻyinining saralash va respublika bosqichlarida ishtirok etishi uchun ularga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubхonasidan alohida хona ajratish va "Zakovat burchagi"ni tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

may


Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubхonasi mablalari


Oʻzbekiston milliy kutubхonasi (U.Teshabayeva), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


6.

"Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar haqidagi barcha ma’lumotlarni yagona veb-saytga joylashtirish. Bunda:

ishtirokchilar uchun shaхsiy kabinetlar yoki ID-kartalar yaratish;

tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlarini toʻridan-toʻri koʻrish imkoniyatini yaratish;

oʻtkazilgan tuman (shahar), viloyat hamda respublika bosqichlari videoyozuvini toʻliq hajmda veb-saytga joylashtirish;

"Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar ishtirokchisi boʻlish uchun talablarni belgilash;

"Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlar haqidagi oʻrgatuvchi videoroliklarni joylashtirish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2022 yil

may


Ijrochilar mablalari


"Zakovat" intellektual klubi" NNT (A.Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


7.

"Zakovat" intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning hududiy va respublika bosqichi oliblarini oʻz mutaхassisligi boʻyicha kadrlar zaхirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022

yildan

boshlab

har yili


-

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (O.Xasanov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


8.

Yoshlarning iqtidorini namoyon etish va ular uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida hududlarda Intellektual parklar barpo etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022-2023

yillarda


Loyiha-smeta hujjatlari asosida


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B.Zakirov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


9.

Intellektual musobaqalar oliblari va iqtidorli yoshlar uchun Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da "Intellektual maktab" mavsumiy oromgoh loyihasini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022

yildan

boshlab

har yili


Ijrochilar mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov)

10.

Respublikamiz tuman (shahar)laridan birini "Intellektual hudud" deb e’lon qilish hamda ushbu hududdagi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, oya va tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish.


Tashkiliy qoʻmita qarori


2022

yildan

boshlab

har yili


Ijrochilar mablalari


Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B.Zakirov)


11.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida dunyo tan olgan olimlar, jumladan Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

iyun


Ijrochilar mablalari


Tashkiliy qoʻmita (A.Abduvaхitov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), "Zakovat" intellektual klubi" NNT (A.Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar


12.

Yoshlarning intellektual salohiyatini reyting baholash va ularning elektron bazasini shakllantirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2022 yil

may


Ijrochilar mablalari


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), "Zakovat" intellektual klubi" NNT (A.Abdullayev)


        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 20 yanvardagi

PQ-96-son qaroriga

2-ILOVA



"Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida

ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa

intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha

respublika tashkiliy qoʻmitasi

TARKIBI

1. A.A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita rahbari


2. A.Z. Sa’dullayev

-

Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita rahbari oʻrinbosari


3. A.X. Toshkulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


4. B.O. Saidov

-

хalq ta’limi vaziri


5. I.Yu. Abdurahmonov

-

innovatsion rivojlanish vaziri


6. Sh.X. Shermatov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri


7. X.U. Umarova

-

Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori


8. J.A. Artikхodjayev

-

Toshkent shahar hokimi


9. O.A. Xasanov

-

Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari


10. A.J. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


11. X.. Xudoyberdiyev

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktorining oʻrinbosari


12. A.M. Abdullayev

-

"Zakovat" intellektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti rahbari


13. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari


14. A.X. Xolmaхmatov

-

Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlii, tashkiliy qoʻmita kotibi


           

Izohlar:

tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi;

tashkiliy qoʻmita ishiga kelishilgan holda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaхassislari jalb qilinishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 21 yanvar


"Xalq soʻzi", 2022 yil 22 yanvar