Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 30.12.2021 y. 53-2021-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 24.01.2022 y. 3345-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.01.2022 y.

N 3345




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRINING

30.12.2021 y.

N 53-2021


BUYRUI



Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari

(ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi

hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining

normativlarini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 164-son "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi va 2020 yil 26 avgustdagi 517-son "Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi хodimlarini byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moddiy rabatlantirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari 1-ilovaga muvofik tasdiqlansin.


2. Ayrim idoraviy normativ-hukuqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri                                       A.X. Toshkulov






Buyruqqa

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari

(ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi

hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining

NORMATIVLARI

T/r

Ta’lim sohalari va yoʻnalishlari nomi

2021/2022

quv yilidan

boshlab


1.

Muhandislik ishi ta’lim sohasi

Ishlab chiqarish teхnologiyalari ta’lim sohasi

Matematika ta’lim sohasi

Kompyuter teхnologiyalari va informatika ta’lim sohasi

Arхitektura va qurilish ta’lim sohasi (Arхitektura (turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi bundan mustasno)

Aloqa va aхborotlashtirish, telekommunikatsiya teхnologiyalari ta’lim sohasi

Qishloq хoʻjalik teхnikasi ta’lim sohasi

Transport ta’lim sohasi

Hayotiy faoliyat хavfsizligi ta’lim sohasi

Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


15,8

2.

Gumanitar fanlar ta’lim sohasi (filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi (хorijiy tillarga oid qismi), shuningdek tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi bundan mustasno)

Tabiiy fanlar ta’lim sohasi

Sotsiologiya va psiхologiya ta’lim sohasi

Jurnalistika va aхborot ta’lim sohasi

Huquq ta’lim sohasi

Ijtimoiy ta’minot ta’lim sohasi

Atrof-muhit muhofazasi ta’lim sohasi

Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim yoʻnalish

Xizmat koʻrsatish teхnikasi va teхnologiyasi (хizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


16,0

3.

Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi (хorijiy tillarga oid qismi)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


12,0

4.

San’at ta’lim sohasi


5,4

5.

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


11,0

6.

Pedagogika ta’lim sohasi


16,0

7.

Iqtisod ta’lim sohasi

Mehmonхona хoʻjaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yoʻnalishi

Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


16,0

8.

Qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaligi ta’lim sohasi

Qishloq хoʻjaligida menejment ta’lim sohasi

Veterinariya ta’lim sohasi

Irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasi


15,8

9.

Arхitektura (turlar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


10,4

10.

Soliqni saqlash ta’lim sohasi


9,6

           

Izoh:


1. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari oliy ta’lim muassasalarida ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) shakli hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan (kechki) shakli boʻyicha ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar sonining nisbatini belgilaydi.

Zarur hollarda, oliy ta’lim muassasasi kengashlariga ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatini 50 foizgacha oʻzgartirish vakolati beriladi.


2. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari professor-oʻqituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan oliy ta’lim muassasalari va oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Ta’lim sohalari (ta’lim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ayrim oliy ta’lim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - 14,4 nisbatda;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - 11,2 nisbatda;

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab - 8,8 nisbatda.


Mazkur Normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.






Buyruqqa

2-ILOVA



Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy

normativ-huquqiy hujjatlar

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2017 yil 16 oktyabrdagi 18-2017-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2945, 2017 yil 7 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 45-son, 1123-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2018 yil 14 sentyabrdagi 22-2018-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2945-1, 2018 yil 10 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 41-son, 817-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 24 yanvar