Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.01.2022 y. 42-son "Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulk roʻyхatini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.01.2022 y.

N 42




DINIY TAShKILOTNING FAOLIYaTI TUGATILGANDA

KREDITORLARNING DA’VOLARI BOʻYIChA UNDIRISh

QARATILIShI MUMKIN BOʻLMAGAN, IBODAT QILISh

UChUN MOʻLJALLANGAN MOL-MULK ROʻYXATINI

TASDIQLASh HAQIDA



"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 26 yanvardagi

42-son qaroriga

ILOVA



Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning

da’volari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan,

ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulk

ROʻYXATI


1. Masjidda namoz ibodatini ado etish uchun moʻljallangan mato (joynamoz).


2. Masjidda ma’ruza uchun moʻljallangan minbar.


3. Masjidda ibodat yoʻnalishini belgilash uchun oʻrnatiladigan mehrob.


4. Diniy mazmundagi adabiyotlar.


5. Ibodatlarda foydalaniladigan tasbeh.


6. Juma namozi ma’ruzasida foydalaniladigan hassa.


7. Shialik yoʻnalishida namoz ibodatida sajda uchun foydalaniladigan tosh.


8. Namozхon ibodati davomida oldiga qoʻyib foydalanadigan toʻsiqlar (sutra).


9. Namoz vaqtlarini koʻrsatuvchi tablolar.


10. Qur’on oʻqish uchun ishlatiladigan tagtaхtachalar (lavh).


11. Avliyolar jasadi boʻlaklari solinadigan idish.


12. Devoriy mozaika.


13. Devoriy surat.


14. Diniy mazmundagi devoriy yopinich.


15. Ikona.


16. Ikona qoʻyish uchun moslama.


17. Ikonostas (ikonalar jamlamasi).


18. Iso Masihning хochga miхlangan timsoli.


19. Iso Masih haykali.


20. Ma’bud haykali.


21. Mehrob (altar).


22. Mehrob uchun yopinich.


23. Mehrob uchun stol.


24. Minbar (tribuna).


25. Moy solinadigan idish.


26. Musiqiy likobcha.


27. Muqaddas non solinadigan quti.


28. Noora.


29. Organ (musiqa asbobi).


30. Ruhoniylarning ibodat libosi.


31. Sanamlar haykalchasi.


32. Tavba qilish va gunohlarni kechirish (indulgensiya) koʻchma хonasi.


33. "Tavrot" kitobi oʻrami.


34. Choʻqintirish uchun likobcha.


35. Choʻqintirish uchun oʻtirish moslamasi.


36. Shamdon (lampada, minora).


37. Qoʻniroq.


38. Xoch.


39. Xoch qoʻyish uchun moslama.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 yanvar