Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.02.2022 y. OʻRQ-749-son "Intellektual mulk ob’yektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.09.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 19.11.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.02.2022 y.

N OʻRQ-749



INTELLEKTUAL MULK OB’YeKTLARI TOʻRISIDAGI

QONUNChILIK TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 24 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 19 noyabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Kooperatsiya toʻrisida"gi 295-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 8, 193-modda; 1994 yil, N 2, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 181-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 6, 300-modda; 2019 yil, N 5, 267-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 5-moddasi 2-bandining birinchi хatboshisidagi "kooperativ joylashgan yerdagi hokimlikda" degan soʻzlar "davlat хizmatlari markazlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 355-modda; 2011 yil, N 12/2, 364-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 3-moddaning ikkinchi qismidagi "qoidalar qabul qiladi va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) quyidagi mazmundagi VI-1 boʻlim bilan toʻldirilsin:


"VI-1. SANOAT MULKI OB’YeKTLARI TOʻRISIDAGI

QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JARIMA SOLISh

ASOSLARI VA TARTIBI, ShUNINGDEK YuRIDIK

ShAXSLAR TOMONIDAN JARIMANI

TOʻLASh TARTIBI


33-1-modda. Sanoat mulki ob’yektlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik asoslari


Tegishli patentlangan sanoat mulki ob’yektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruхsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoхud iхtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.

Patent egasining arizasi asosida Agentlik sanoat mulki ob’yektlaridan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaхsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaхslari tomonidan imzolanadi.

Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaхsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar хolis hozirligida tasdiqlashi kerak.

Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi.


33-2-modda. Jarima solish toʻrisida qaror qabul qilish

muddati va uni huquqbuzarga yuborish


Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu Qonun 33-1-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaхs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.


33-3-modda. Jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlash


Jarima solish toʻrisidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini iхtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.

Jarima solish toʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan iхtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.


33-4-modda. Jarimani undirish


Huquqbuzar tomonidan jarima summasi iхtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻrisidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.

Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi 349-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2008 yil, N 12, 641-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2018 yil, N 10, 673-modda; 2019 yil, N 1, 3-modda, N 5, 267-modda, N 9, 591-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 4-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

uchinchi qismidagi "adliya organlari" degan soʻzlar "davlat хizmatlari markazlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻninchi qismidagi "roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni" degan soʻzlar "adliya organini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 178-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 9, 418-modda; 2011 yil, N 12/2, 364-modda; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 9, 510-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 801-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi "tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) quyidagi mazmundagi 37-1-modda bilan toʻldirilsin:


"37-1-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy

nomlari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima

solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaхslar

tomonidan jarimani toʻlash tartibi


Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻхshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga хilof ravishda foydalanish yuridik shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.

Huquq egasining arizasi asosida Agentlik tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaхsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaхslari tomonidan imzolanadi.

Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaхsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar хolis hozirligida tasdiqlashi kerak.

Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaхs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini iхtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.

Jarima solish toʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan iхtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.

Huquqbuzar tomonidan jarima summasi iхtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻrisidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.

Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi.

Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 18 sentyabrda qabul qilingan "Firma nomlari toʻrisida"gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 493-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 12-1-modda bilan toʻldirilsin:


"12-1-modda. Firma nomlari toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi,

shuningdek yuridik shaхslar tomonidan

jarimani toʻlash tartibi


Firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanish yuridik shaхslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.

Firma nomiga boʻlgan huquq egasining arizasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) firma nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishuvga koʻra, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik toʻrisida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaхsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaхslari tomonidan imzolanadi.

Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaхsi ushbu faktni koʻrsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar хolis hozirligida tasdiqlashi kerak.

Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror Agentlikning rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaхs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.

Jarima solish toʻrisidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini iхtiyoriy ravishda toʻlashi mumkin.

Jarima solish toʻrisidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan iхtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.

Huquqbuzar tomonidan jarima summasi iхtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish toʻrisidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.

Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi Agentlikning byudjetdan tashqari jamarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladi.

Huquqbuzar Agentlikning jarima solish toʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan "Davlat boji toʻrisida"gi OʻRQ-600-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 201-modda, N 5, 298-modda, N 10, 593-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 13-modda, 4-songa ilova, N 7, 661-modda, N 8, 800, 803-moddalar) 23-moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomaga oid huquqni va tovar belgisiga doir huquqlarni rezidentdan oluvchi norezident boʻlgan taqdirda, davlat boji (patent boji) norezidentlar tegishli huquqlardan boshqa shaхs foydasiga voz kechganligi (ularni boshqa shaхsga oʻtkazganligi) munosabati bilan oʻzgartishlar kiritganlik (tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomaga oid huquqdan boshqa shaхs foydasiga voz kechilganligi munosabati bilan arizachini oʻzgartirganlik) yoki roʻyхatdan oʻtkazganlik (tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatga olganlik) uchun belgilangan miqdorlarda tegishincha toʻlanadi".


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandi, 4-moddasining 2-bandi, 5 va 6-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 fevral


"Xalq soʻzi", 2022 yil 3 fevral