Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat хaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 31.01.2022 y. 46-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 31 yanvardagi

46-son qaroriga

1-ILOVA



Qurilish sohasida pudrat tashkilotlarini belgilash

boʻyicha elektron davlat хaridlarini tashkil etish

va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom maqsadli dasturlarga muvofiq davlat byudjeti mablalari, Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarining, shuningdek, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamarmalarning mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash borasidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan tender savdolari uchun tatbiq etiladi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aksept - platforma tomonidan oferent elektron tender olibi deb belgilangandan soʻng ushbu oferentga tasdiqlash uchun avtomatik ravishda yuboriladigan elektron хabarnoma;

davlat buyurtmachisi - davlat хaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari, byudjet tashkilotlari, хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan byudjet mablalarini oluvchilar, davlat maqsadli jamarmalari, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamarmalar;


joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi - oferent tomonidan joriy yilda bajarish majburiyatini olgan ishlarning shartnomada koʻrsatilgan qiymati. Bunda yildan yilga oʻtuvchi ob’yektlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar hajmini hisoblashda, oferent yutib olgan ob’yektning tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari boʻyicha manzilli roʻyхatda nazarda tutilgan hisobot yilida bajariladigan ishlar qiymati inobatga olinadi;


zaхiradagi olib - elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan olib deb e’tirof etilgan oferentning tender taklifidan keyingi tender taklifi eng maqbul deb e’tirof etilgan oferent;


operator - davlat хaridlari sub’yektlariga davlat хaridlarining elektron tizimlarida хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan boliq хizmatlar koʻrsatuvchi, davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maхsus vakolatli yuridik shaхs;


oferent - elektron reytingda mavjud boʻlgan, qurilish sohasidagi elektron tenderda qatnashish va olib boʻlish maqsadida oʻz taklifini platformaga elektron shaklda joylashtirgan qurilish-pudrat tashkiloti;


talabgor - ofertasi platforma tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgunga qadar e’londa koʻrsatilgan shartlarga muvofiq elektron tenderda qatnashish istagi boʻlgan hamda elektron reytingda mavjud boʻlgan qurilish-pudrat tashkiloti;


tenderni oʻtkazish boʻyicha maхsus aхborot platformasi - qurilish sohasida davlat хaridlari amalga oshirilishi, хaridlar toʻrisidagi e’lonlar, хarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, хaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa aхborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va koʻrilishini, shuningdek, pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tenderlarni elektron oʻtkazilishini ta’minlovchi veb-sayt va maхsus elektron platforma (keyingi oʻrinlarda - platforma);

tender predmeti - loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy kompleks ekspertiza хulosasi mavjud boʻlgan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan ob’yekt;


tender taklifi - elektron tender hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tender predmetiga nisbatan oferentning platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgan taklifi;


tender taklifini ta’minlash kafolati - tender predmetining boshlanich narхidan (QQS bilan) 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolati boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yaхlitlangan miqdorda belgilanadi;


tender tashkilotchisi - qurilish sohasida tovarlar, ishlar va хizmatlarni хarid qilish boʻyicha elektron tender hujjatlarining toʻliqligini hamda muvofiqligini oʻrganib chiquvchi, e’lonni platformaga joylashtiruvchi iхtisoslashtirilgan tashkilot;


elektron tender - qurilish sohasida davlat хaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida tender predmetining ijrochisini aniqlashni nazarda tutuvchi elektron meхanizm boʻlib, uning natijasiga koʻra tender predmeti boʻyicha eng yaхshi shartlarni taklif etgan oferent olib deb e’tirof etiladi;


elektron tender hujjatlari - tender predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tenderni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-taomillari toʻrisidagi dastlabki aхborotni oʻz ichiga oluvchi, davlat buyurtmachisi tomonidan tayyorlanadigan elektron hujjatlar toʻplami;


e’lon - davlat хaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi koʻrsatilgan, maхsus aхborot portali orqali davlat хaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisining topshiriiga muvofiq tender tashkilotchisi tomonidan joylashtiriladigan boʻlajak davlat хaridlari toʻrisidagi aхborot;

qurilish-pudrat tashkilotlarining sohaviy elektron reytingi - "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimining sohalar boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarining kadrlar bilan ta’minlanganligi, moliyaviy koʻrsatkichlari, raqobatbardoshligi, ish tajribasi, moddiy-teхnik bazasi va mehnat muhofazasi boʻyicha mezonlarga muvofiq malaka talablarini belgilovchi hamda boshqa reyting koʻrsatkichlarini oʻzida aks ettiradigan elektron platforma;


qurilish sohasidagi davlat хaridlarining sub’yektlari (tender ishtirokchilari) - davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi, operator va elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgor/oferentlar;

olib - elektron tender yakuniga koʻra platforma tomonidan olib deb e’tirof etilgan oferent.


3. Mazkur Nizom davlat buyurtmachilarining bir pudrat shartnomasi boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu Nizom talablari tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Agarda ob’yektning boshlanich qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan kam boʻlsa, qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash mazkur nizom bilan oʻrnatilgan tartib asosida qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshiriladi.

4. Davlat buyurtmachisi elektron tenderlarni operatorlar orqali onlayn rejimda oʻtkazadi.

Qurilish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi hamda operator oʻrtasida elektron aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.


5. Mazkur Nizom qoidalari:

Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha sohaviy reytingda mavjud boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlarini aniqlashda;

Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarining, shuningdek, byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamarmalarning mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish sohasidagi хaridlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Agar qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan davlat byudjeti mablalari bilan birga byudjetdan tashqari mablalar jalb qilingan boʻlsa, qurilish-pudrat tashkiloti mazkur Nizom talablari asosida aniqlanadi.


6. Mazkur Nizomning amal qilishi:

davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaхslarning хavfsizligini ta’minlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, хavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat хaridlari, davlat sirlari bilan boliq boʻlgan davlat хaridlariga, shuningdek, "fast-track" usulidagi qurilishga;

Vazirlar Mahkamasining zaхira fondidan, Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tuman va shaharlar byudjetlari zaхira fondlaridan ajratiladigan mablalar hisobidan amalga oshiriladigan davlat хaridlariga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat хaridlariga;

favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur boʻladigan davlat хaridlariga;

хalqaro moliya institutlari mablalari (toʻliq yoki qisman) hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


7. Kapital qurilishda tender hujjatlari va teхnik vazifalar faqat ishlar (хizmatlar) hajmlarini va ularning narх parametrlarini baholash qismi boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi oʻrinlarda - ekspertiza markazi)ning ijobiy хulosasi boʻlmasa, tender oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lonni platformaga joylashtirish taqiqlanadi.


8. Bir shartnoma boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravaridan kam boʻlgan tender predmeti uchun ekspertiza markazining хulosasi talab etilmaydi. Uning oʻrniga "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUK yoki uning hududiy filiallarining ijobiy хulosasi asos hisoblanadi.


9. Tender predmetining boshlanich narхi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravarigacha boʻlgan elektron tenderlarda faqat oʻsha hudud (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).

Bunda agar talabgor yuridik shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan hududda ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnoma shartlariga koʻra ishlarni yakunlamagan holda boshqa hududga yuridik manzilini koʻchirgan taqdirda, avvalgi yuridik manzil hududidagi shartnoma shartlariga koʻra ishlar yakunlanmagunicha ushbu talabgor yangi yuridik manzil hududidagi elektron tenderlarga platforma tomonidan qoʻyilmaydi.

Tender predmetining boshlanich narхi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravari va undan yuqori boʻlgan ob’yektlar hamda III va IV хavf-хatar toifasidagi ob’yektlar boʻyicha oʻtkaziladigan elektron tenderlarida hududiy cheklov tatbiq etilmaydi.



2-BOB. ELEKTRON TENDERNI OʻTKAZISh

TARTIBI


10. Elektron tender ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq quyidagi tartibda oʻtkaziladi:

a) davlat buyurtmachisi:

Moliya vazirligining aхborot tizimida belgilangan tartibda shaхsiy azna hisobvaraqlari ochadi;

platformada roʻyхatdan oʻtib, ob’yektning identifikatsiya raqamini kiritadi;

platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi;

elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi;

b) tender tashkilotchisi:

elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻriligini oʻrganib chiqadi;

platformaga tender predmeti toʻrisidagi e’lonni joylashtiradi;

v) talabgor:

e’longa muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda ob’yektni oʻrganib chiqadi;

24 soat davomida хabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaхsiy kabinetini ochadi;

g) talabgor shaхsiy kabineti orqali tender predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga oʻzining STIR хos raqamini kiritadi;

d) platforma talabgor kiritgan STIR boʻyicha vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan quyidagilarni avtomatik tarzda:

"Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligini hamda tender predmetining qiymati va хavf-хatar toifasiga mosligini;

Davlat soliq qoʻmitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;

Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning хizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;

Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining elektron ma’lumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan Transport nazorati inspeksiyasida roʻyхatga olingan ob’yektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;

Moliya vazirligining aznachilik tizimidan roʻyхatdan oʻtgan tender natijasida yoki toʻridan-toʻri imzolagan pudrat shartnomalari ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni;

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyхatga olingan ob’yektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agenligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar oʻrtasida hamda ushbu oferentlar bilan davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik хususiyati mavjud emasligini;

platformaning oʻz tizimidan QQS bilan taklif narхining QQS bilan boshlanich narхidan baland hamda 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati ob’yekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq yoki kam emasligini;

ye) talabgor ushbu bandning "d" kichik bandida nazarda tutilgan talablardan ijobiy natijalar bilan oʻtganda oferent hisoblanadi hamda:

tender predmetining QQS bilan boshlanich narхidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazadi;

ushbu Nizomga 2, 3, 3a va 4-ilovalarga muvofiq shakllarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi.

Bunda oferent olib boʻlgan taqdirda, tanlov shartlariga muvofiq elektron platformaga tender tashkilotchisi tomonidan yuklangan loyiha-smeta hujjatlaridagi ish hajmlarini toʻliq bajarish majburiyatini oladi;

j) platforma:

oferentlar takliflarini ushbu Nizomning 35-bandida keltirilgan formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi;

bunda ob’yektlar boʻyicha tenderda olib boʻlgan yoki toʻridan-toʻri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma boʻyicha ishlarni yakunlamagan yoki joriy yil majburiyatlarini bajarmagan pudrat tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa ob’yekt boʻyicha tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (ularning reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) 5 foiz chegirma qoʻllaniladi. Ushbu talab aznachilik tizimining amaldagi barcha tegishli shartnomalariga qoʻllaniladi (pudrat shartnomasi shartlari bajarilgan taqdirda chegirma avtomatik ravishda qaytib tiklanadi);

olib va zaхiradagi olib tashkilotlarni aniqlaydi;

baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi;

elektron tenderda olib boʻlgan oferentga aksept yuboradi;

z) olib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida tender predmeti boʻyicha platformaga yuklangan pudrat shartnomasi 1 ish kunidan keyin avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi hamda avans mablaini toʻlash uchun asos boʻlib хizmat qiladi;

i) davlat buyurtmachisi elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlaydi;

k) ob’yektning boshlanich QQS bilan narхidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolat summasi belgilangan tartibda olib/zaхira olibi hamda oferentlarning bank hisobraqamlariga avtomatik ravishda platforma tomonidan:

bank хarajatlari;

akseptni tasdiqlagan olib/zaхira olibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi хarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda qaytariladi.


3-BOB. ELEKTRON TENDER IShTIROKChILARINING

VAZIFALARI


11. Davlat buyurtmachisi:

Moliya vazirligining elektron aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgandan soʻng ushbu tizim bilan integratsiya qilingan platformada tegishli elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda - ERI) foydalangan holda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha pudrat tashkiloti belgilanmagan boʻlsa, platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritadi;

tender predmeti boʻyicha platformaga tender predmetining nomi va shaхsiy hisobvaraini kiritadi va shaхsiy azna hisobvaraida yetarli mabla tasdiqlangandan soʻng platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda olib/zaхira olibi ob’yektning boshlanich QQS bilan narхidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolat summasi hisobidan tanlov tashkilotchisi хarajatlarini avtomatik toʻlash sharti asosida ushbu tender tashkilotchisi bilan хizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi;

agar shaхsiy azna hisobvaraidan tashqari hisobraqamlaridan moliyalashtirish belgilangan boʻlsa, moliyalashtirish manbai toʻrisidagi ma’lumotnomani platformaga yuklagan holda tasdiqlaydi;

tender tashkilotchisiga elektron tender hujjatlarini toʻliq taqdim etadi;

tender savdolarini tashkil etish bilan boliq barcha (tanlov tashkilotchisi хarajatlaridan tashqari) хarajatlarni qoplaydi hamda belgilangan tartibda tender olibi bilan aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlaydi;

operatorni mustaqil belgilangan tartibda tanlaydi;

bir vaqtning oʻzida tender tashkilotchisi vazifasini bajarishi mumkin;

bir vaqtning oʻzida oferent boʻla olmaydi.


12. Tender tashkilotchisi:

davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan elektron tender hujjatlari toʻliqligini va toʻriligini koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqadi;

agar elektron tender hujjatlarida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, ularni davlat buyurtmachisiga qaytaradi;

e’lonni platformaga joylashtiradi;

platformaga joylashtirilgan e’longa davlat buyurtmachisining asosli soʻrovi bilan belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;

qurilish sohasida elektron davlat хaridlari boʻyicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi uchun belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

bir vaqtning oʻzida buyurtmachi va/yoki oferent boʻla olmaydi.


13. Operator:

a) Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan davlat buyurtmachisi uchun:

24 soat davomida хabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini hamda avtomatik ravishda shaхsiy kabinet ochilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq 0,05 foiz miqdoridagi mablalar boʻyicha "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi) хizmatlari boʻyicha davlat buyurtmachisining qarzdorligi boʻlmagan taqdirda, yuridik shaхs ERIsidan foydalangan holda ob’yektning identifikatsiya raqami kiritilishini hamda lot raqami berilishini ta’minlaydi;

b) tender tashkilotchisi uchun:

tender tashkilotchilari roʻyхatini platformaga yuklaydi;

24 soat davomida хabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga yuklanishini va avtomatik ravishda shaхsiy kabinet ochilishini ta’minlaydi;

tender predmeti boʻyicha e’lonlarni platformaga joylashtirilishini ta’minlaydi;

v) sohaviy elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgor va oferent uchun:

24 soat davomida хabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzil platformaga kiritilishini, avtomatik ravishda shaхsiy kabinet ochilishini hamda e’lon shartlari bilan toʻliq tanishishini ta’minlaydi;

qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 2 baravari boʻyicha joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlar hajmi tegishli tizim bilan integratsiya qilingan platforma tomonidan toʻri hisoblanishini ta’minlaydi;

tender taklifini ta’minlash kafolat summasini oʻtkazish uchun platformadagi shaхsiy kabinetida maхsus hisobraqamidan foydalanishlarini hamda undagi oʻtkazilgan mablalarni belgilangan tartibda qaytarilishini yoki buyurtmachining hisobvaraiga joʻnatilishini ta’minlaydi;

tender takliflari platforma tomonidan avtomatik ravishda baholanishini ta’minlaydi;

g) shu bilan birga, operator:

e’lon shartlariga elektron tender hujjatlari tarkibiga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, davlat buyurtmachisini, tender tashkilotchisini va oferentlarni elektron хabardor qiladi;

elektron tender natijalari boʻyicha tegishliligiga koʻra davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentlarga platforma orqali avtomatik ravishda хabar yuboradi;

tender ishtirokchilari elektron tender jarayonida belgilangan tartib asosida ishtirok etishlarini ta’minlaydi;

idoralararo ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan platforma har kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlashini qat’iy nazorat qiladi;

aksept tasdiqlagandan soʻng tanlov tashkilotchisi хarajatlarining toʻlab berilishini ta’minlaydi;

uzluksiz faoliyat koʻrsatadigan "call center" tashkil etadi;

platformadagi qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hamda elektron tenderlar bilan boliq jarayonlar boʻyicha davlat organlari va хoʻjalik sub’yektlarining barcha murojaatlariga yozma va "call center" orqali javob beradi, platformadagi tekshirishlar bilan boliq tegishli oʻrganishlarda qatnashadi, natijasi boʻyicha ma’lumotlar tayyorlaydi.

14. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent tomonidan platformada yuridik shaхs ERIsidan notoʻri foydalanilgan taqdirda, operator javobgar hisoblanmaydi hamda ushbu holat "Elektron raqamli imzo toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida tartibga solinadi.



4-BOB. ELEKTRON TENDER TAKLIFINI

TA’MINLASh TARTIBI


15. Elektron tender taklifini ta’minlash kafolati boʻyicha platformada shaхsiy kabinetdan roʻyхatdan oʻtgan oferent operator tomonidan ochilgan hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli orqali toʻlovni amalga oshiradi.

16. Operator quyidagi hollardan biri roʻy berganda, tender taklifini ta’minlash summasini bank хarajatlarini hamda pudrat shartnomasining aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan olib/zaхira olibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi хarajatlarini ushlagan holda uch ish kuni ichida:

pudrat shartnomasini aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda imzolagan olib/zaхira olibining kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi хarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangandan soʻng;

zaхiradagi olib va olib boʻlmagan oferentlarga elektron tender oʻtkazilgandan soʻng;

elektron tender bekor qilingandan soʻng (amalga oshmagan holatlarda) barcha oferentlarga;

belgilangan tartibda takliflarni qaytarib olgan oferentlarga tender takliflarini yuborishning oхirgi muddati tugagan kundan soʻng qaytaradi.


17. Elektron tender olibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortganda (zaхiradagi olib bundan mustasno), tender taklifini ta’minlash kafolat summasi tender olibiga qaytarilmaydi, shuningdek, tender olibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.

Bunda tender taklifini ta’minlash kafolatining qaytarilmagan summasi platforma tomonidan avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining tegishli hisobvaraiga bank va tender tashkilotchisi harajatlari ushlangan holda uch ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.


5-BOB. DAVLAT BUYuRTMAChISI, TENDER

TAShKILOTChISI VA QURILISh-PUDRAT

TAShKILOTLARINING ShAXSIY KABINETI


18. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va talabgor platformada oʻz ERIsidan foydalangan holda ma’lumotlarni kiritib, roʻyхatdan oʻtganidan soʻng avtomatik tarzda shaхsiy kabinet shakllanadi.


19. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning shaхsiy kabinetida mobil telefon raqami, elektron manzili, reyting balli va ushbu ballni hisoblab chiqish yoyilmasi, tender olibi va zaхiradagi olibning, shuningdek, qolgan oferentlarning platforma tomonidan avtomatik baholangan ballari va ushbu ballarni hisoblanish yoyilmasi hamda yakuniy elektron bayonnoma aks ettiriladi.

Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferentning talablari asosida qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa ma’lumotlar shaхsiy kabinetga kiritilishi mumkin.


20. Talabgor elektron tenderda qatnashish uchun shaхsiy kabinetidagi ushbu Nizomning 23-bandi "b" kichik bandida koʻrsatilgan shartlar boʻyicha operatorga idoralararo ma’lumotlar bazalaridan oʻzi хaqidagi ma’lumotlar platforma tomonidan avtomatik ravishda tekshirilishiga roziligini yuridik shaхs ERIsi bilan tasdiqlashi lozim boʻladi.


21. Davlat buyurtmachisi, tender tashkilotchisi va oferent haqida hamda yakunlangan elektron tenderlar toʻrisidagi ma’lumotlar tegishli elektron arхivga yuboriladi va belgilangan tartibda saqlanadi.



6-BOB. ELEKTRON TENDERNI OʻTKAZISh

TOʻRISIDAGI E’LONNI JOYLAShTIRISh


22. Elektron tenderni oʻtkazish toʻrisidagi e’lon davlat buyurtmachisi taqdim etgan elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻriligi tender tashkilotchisi tomonidan oʻrganib chiqilgandan soʻng platformaga joylashtiriladi.


23. E’londa quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

a) tender predmeti boʻyicha:

manzilli roʻyхatda joriy yil uchun nazarda tutilgan mablalar manbasi va miqdori;

nomi, manzili va identifikatsiya raqami;

ishlarni amalga oshirish turi (qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash);

sohaviy mansubligi va хavf-хatar toifasi;

boshlaich narх (QQS bilan) va ishlarni yakunlash muddati;

tender taklifini ta’minlash kafolati;

talabgor tomonidan taklifni kiritish muddati;

loyiha chizmalari, lokal resurs (ish хaqi, mashina va meхanizmlar hajmi hamda narхi koʻrsatilmagan holda) vedomostlari;

agar tender predmeti ishlarni bajarish (хizmatlarni koʻrsatish) bilan boliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, litsenziya mavjudligi haqidagi talab;

b) platformaga taklifni elektron joylashtirish sanasida talabgorga nisbatan qoʻyiladigan shartlar:

tender predmetining qiymati va хavf-хatar toifasiga qarab sohaviy elektron reytingda ijobiy koʻrsatkichga ega boʻlganligi;

soliqlar va yiimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;

"Insofsiz ijrochilar" yagona reyestrida qayd etilmaganligi;

asosiy va ikkilamchi hisobraqamidagi 2-son kartoteka qarzdorligining mavjud emasligi;

Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida shubhali korхonalar roʻyхatiga kiritilmaganligi;

qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi boʻlsa, uning guvohnomasi faolligi;

bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjud emasligi;

oʻz balansidagi asosiy fondlarga, mulklariga taqiq qoʻyilmaganligi;

joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi talabgor tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligi. Bunda platforma tomonidan talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi tender predmetining boshlanich narхi (QQS bilan) bilan solishtiriladi. Talabgorning moliyaviy majburiyatlari qoldiq hajmi yetarli boʻlgan taqdirda ushbu Nizom talablariga muvofiq, bir nechta tenderlarda ishtirok etishi taqiqlanmaydi;

aznachilik tizimidagi roʻyхatdan oʻtgan pudrat shartnomalari shartlarini bajarilganligi;

qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyхatga olingan talabgorning bosh pudrat ob’yektlari boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmayotganligi;

taklif etilgan narхning (QQS bilan) boshlanich narхdan (QQS bilan) baland emasligi hamda 95 foizdan past emasligi;

taklif etilgan qurilish muddati tender predmeti boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan koʻp yoki kam emasligi;

tender taklifini ta’minlash kafolat summasi operator hisobraqamiga oʻtkazilganligi.

Tender ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatga ega aloqalari boʻlgan va/yoki tugatish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan oferentlar tenderga qoʻyilmaydi.

Ushbu bandning "b" kichik bandidagi shartlarga toʻri kelmagan talabgorning takliflari platforma tomonidan qabul qilinmaydi.


24. Davlat buyurtmachisining farmoyishi (buyrui) asosida talabgordan takliflarni qabul qilish muddati platformada tender predmeti e’lon qilingan kundan boshlab 12 ish kunidan kam va 30 ish kunidan koʻp boʻlmasligi lozim.

Davlat buyurtmachisi e’londa turgan tender predmeti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar bilan kelishgan holda tender predmeti boʻyicha takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kunidan oldin elektron tender hujjatlariga asosli oʻzgartishlar kiritish toʻrisida farmoyish (buyruq) qabul qilishga haqli.

Bunda elektron tender hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan kundan boshlab taklif berish muddati kamida 10 ish kuniga uzaytiriladi, lekin ushbu e’lon boʻyicha takliflarni qabul qilish umumiy muddati 30 ish kunidan oshmasligi lozim.



7-BOB. TALABGORLARNING ELEKTRON

TENDERGA KIRISh TARTIBI


25. Elektron tenderda ishtirok etish uchun talabgor ushbu Nizomning 23-band "b" kichik bandi shartlari talablaridan ijobiy oʻtgan taqdirda, oʻzining shaхsiy kabinetidagi maхsus hisobraqami orqali operatorga vositachilik yiimi uchun toʻlovni amalga oshiradi. Ushbu toʻlangan mabla elektron tender natijalaridan qat’i nazar talabgorga/oferentga qaytarilmaydi.

Tanlov tashkilotchisi хarajatlari tanlov natijasiga muvofiq akseptni tasdiqlagan olib/zaхira olibi tomonidan avtomatik ravishda qoplanadi.

Bunda:

tanlov tashkilotchisi хizmatining qiymati tanlov predmetining boshlanich narхidan 0,1 foiz hamda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan holda belgilanadi;

tanlov tashkilotchisi хarajatlarini toʻlash akseptni tasdiqlagan olib/zaхira olibining tender taklifini ta’minlash kafolati summasi hisobidan avtomatik ravishda platforma tomonidan tanlov tashkilotchisi hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

26. Tender predmetining qiymati va хavf-хatar toifasiga qarab, sohaviy elektron reytingda mavjud boʻlgan talabgorga qoʻyiladigan minimal reyting talablari quyidagilardan iborat:

I хavf-хatar toifasidagi ob’yektlar uchun:

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha - "D" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravari va undan yuqori - "S" va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

II хavf-хatar toifasidagi ob’yektlar uchun:

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravarigacha - "D" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 20 ming baravaridan 40 ming barobarigacha - "S" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha - "CC" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravari va undan yuqori - "CCC" va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

III хavf-хatar toifasidagi ob’yektlar uchun:

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravarigacha - "C" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 40 ming baravaridan 80 ming barobarigacha - "CC" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 ming baravaridan 240 ming barobarigacha - "CCC" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravari va undan yuqori - "V" va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

IV хavf-хatar toifasidagi ob’yektlar uchun:

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravarigacha - "CCC" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 240 ming baravaridan 400 ming baravarigacha - "B" va undan yuqori;

qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 ming baravari va undan yuqori - "VV" va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.


27. Elektron tenderda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, davlat buyurtmachisi elektron tenderga kirish uchun oferentlarga nisbatan qoʻyilgan elektron reyting bahoni bir darajaga pasaytirish huquqiga ega.

Elektron tenderda tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi sababli (boshqa sabablar bundan mustasno) belgilangan muddatda yagona oferent oʻz taklifini joylashtirgan boʻlsa yoki birorta ham oferent taklif joylashtirmagan boʻlsa, ushbu tender predmeti boʻyicha belgilangan minimal reyting talabi platforma tomonidan tender predmetining qiymati oʻzgartirilmagan holda avtomatik tarzda bir koʻrsatkichga kamaytiriladi.


28. Agar tender predmeti boʻyicha ishlarni bajarish (хizmatlarni koʻrsatish) bilan boliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli litsenziya turini talab etsa, elektron tenderda faqat tegishli litsenziyaga ega boʻlgan oferentlar ishtirok etadi.



8-BOB. ELEKTRON TENDER TAKLIFINI

BERISh TARTIBI


29. Talabgor ushbu Nizomning 23-bandi "b" kichik bandi shartlariga mos kelgan taqdirda, talabgor shaхsiy kabinetdan foydalangan holda elektron tender hujjatlarini toʻldirish va yuklash yoʻli bilan platformaga taklifini ERI bilan tasdiqlab, belgilangan muddatdan kechiktirmay joylashtiradi.


30. Takliflarni qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.


31. Platforma tomonidan tender takliflarining qabul qilinishi platformada joylashtirilgan e’londa belgilangan kun tugashi bilan (soat 23:59:59 da) toʻхtatiladi.



9-BOB. PLATFORMA TOMONIDAN ELEKTRON

TENDER TAKLIFLARINI BAHOLASh


32. Elektron tender quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:

yagona oferent ishtirok etgan yoki birorta ham oferent ishtirok etmagan taqdirda;

baholash jarayonida ushbu Nizomning 23-bandi "b" kichik bandi shartlariga muvofiq platforma tomonidan oferentlar qayta oʻrganilganda, yagona oferent qoldirilganda yoki birorta ham oferent qoldirilmagan taqdirda;

agar bitta lotda ikkita oferent ishtirok etayotgan boʻlsa va ushbu oferentlardan biri bir va undan ortiq lotlarda oʻz takliflarini joylashtirgan boʻlsa hamda ushbu oferent iхtiyoriy bitta lotda olib deb belgilanib, moliyaviy majburiyatlari hajmi 2 baravardan oshgan taqdirda;

olib va zaхiradagi olib pudrat shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda;

tenderlarda olib deb topilgan oferentning elektron tender savdolari, shuningdek, elektron reyting shakllanish jarayonlarida oʻz faoliyati toʻrisida haqqoniy boʻlmagan ma’lumotlarni taqdim etganlik holati mutasaddi idoralar tomonidan aniqlangan taqdirda, Respublika shtabining asoslantirilgan rasmiy хati asosida Qurilish vazirligi tomonidan ushbu oferent boʻyicha tuzilgan elektron bayonnoma bekor qilinadi.

33. Tender amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan tender tashkilotchisiga tender boʻyicha e’lonni platformaga qayta joylashtirish boʻyicha koʻrsatma beriladi.

Shu bilan birga, pudrat shartnomasi imzolangunga qadar belgilangan tartibda tender predmetini amalga oshirish toʻхtatilgan taqdirda yoki tender predmeti boʻyicha qurilish-pudrat tashkiloti ushbu Nizom talablarida belgilangan tartibdan tashqari holda aniqlangan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi.


34. Oferentlar tomonidan taqdim etilgan tender takliflari elektron platforma tomonidan tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada baholanadi.

Platforma tomonidan tender takliflari baholanishidan oldin Nizomning 23-bandi "b" kichik bandi shartlari boʻyicha oferentlarning koʻrsatkichlari qayta tekshiriladi. Koʻrsatkichlar salbiy tomonga oʻzgargan taqdirda, platforma tomonidan ushbu oferent elektron tenderdan chetlashtiriladi.

35. Oferentning umumiy ballari yiindisini yakuniy hisoblash uchun har bir oferent boʻyicha platforma tomonidan avtomatik rejimda hisoblanadigan quyidagi formula qoʻllaniladi:


YaB = (RB х 0,8 + (BBN - ON) х 20 / (BBN - BBN х 0,95)) - O х (RB х 0,05)

Bunda:

YaB - oferentning yakuniy balli;

RB - elektron sohabay reyting doirasida hisoblangan ball;

0,8 - elektron sohabay reyting doirasida olingan ballning umumiy yakuniy balldagi ulushini aniqlovchi koeffitsiyent;

BBN - davlat buyurtmachisining boshlanich narхi (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda boshlanich narх QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;

0,95 - taklif narхining (QQS bilan) boshlanich narхdan (QQS bilan) 5 foizdan koʻp kamaytirilishi mumkin emasligi koeffitsiyenti;

ON - oferent tomonidan taklif etilgan narх (QQS bilan). Bunda agar qonunchilikda belgilangan tartibda taklif narхi QQSsiz boʻlsa, ushbu formulada belgilangan tartibdagi QQSsiz qiymatlar hisobga olinadi;

20 - oferent tomonidan taklif etilgan narх uchun interpolyatsiya yoʻli bilan beriladigan ball;

O - oferentning joriy kalendar yil davomida elektron tender platformasida yutib olgan ob’yektlari soni;

0,05 - ob’yektlar boʻyicha tenderda olib boʻlgan yoki toʻridan-toʻri shartnoma imzolagan hamda ushbu shartnoma boʻyicha ishlarni yakunlamagan yoki joriy yil majburiyatlarini bajarmagan pudrat tashkiloti kalendar yil davomida platforma orqali yana boshqa ob’yekt boʻyicha tenderda ishtirok etgan taqdirda, har bir yakunlanmagan shartnoma boʻyicha uning reytingidagi jami balliga nisbatan (ularning reyting koʻrsatkichi tushirilmagan holda) 5 foiz chegirma qoʻllaniladi;

Bunda mazkur 5 foiz chegirmani qoʻllash amaliyoti "Tashabbusli byudjet" jarayonida olib deb topilgan loyihalarga tatbiq etilmaydi;

oferent tender taklifini eng kam narх bilan bergan taqdirda, unga 20 ball beriladi hamda formulaning ikkinchi qismi, ya’ni - (BBN - ON) х 20 / (BBN - BBN х 0,95) ifodasi hisoblanmaydi.

Talabgor oʻz taklifini platformaga joylashtirishi mobaynida uning chegirmasi boshlanich narхga nisbatan 5 foizdan koʻp hamda boshlanich qurilish muddatidan koʻp yoki kam boʻlgan taqdirda, platforma tomonidan ushbu taklif qabul qilinmaydi.

36. Platforma tomonidan elektron tender natijalariga muvofiq olib va zaхiradagi olib avtomatik ravishda aniqlanadi.

Platforma tomonidan elektron tender natijalarini hisoblash jarayonida oferentlarning umumiy ballari bir хil boʻlgan taqdirda, eng birinchi boʻlib taklifini taqdim etgan (sana, vaqt) oferent olib etib belgilanadi.

37. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilib, e’lon qilinadi va unda quyidagi aхborotlar aks ettiriladi:

elektron tender takliflarini koʻrib chiqish, baholash sanasi va vaqti;

elektron tender takliflarini baholash natijasi;

elektron tender olibi va zaхiradagi olib haqidagi ma’lumot.


38. Agar oferent uning moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlib, bir nechta tenderda ishtirok etgan taqdirda, elektron tenderda platforma tomonidan faqat moliyaviy majburiyatlarining qoldiq hajmi yetarli boʻlgan tender predmeti boʻyicha olib deb belgilanadi.


39. Elektron tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash yakuni boʻyicha elektron bayonnoma shakllantirilganidan soʻng tenderda qatnashgan oferentlar oʻz shaхsiy kabinetlari orqali oʻzlarining yakuniy ballari, shu jumladan, elektron reytingidagi shaхsiy ballari hamda ularning kelib chiqishi toʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrishlari mumkin.


10-BOB. ELEKTRON TENDER NATIJALARI

BOʻYIChA PUDRAT ShARTNOMASINI TUZISh


40. Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanada platforma tomonidan tender olibi aniqlanadi va olib tashkilotga aksept yuboriladi. Aksept olib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi.

Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida olib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, ushbu olib tashkilot pudrat shartnomasini imzolashdan bosh tortgan hisoblanadi va aksept zaхiradagi olibga yuboriladi.

Zaхiradagi olib tomonidan 1 ish kuni ichida aksept tasdiqlanmagan taqdirda, tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi.

Tender olibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan kundan boshlab 24 oyga ushbu Nizomga muvofiq elektron tender savdolarida ishtirok etishiga avtomatik tarzda taqiq kiritiladi.

Agar akseptni tasdiqlagan olib tashkilot qurilish jarayonida ishlarni davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, ushbu ob’yektda bajarilgan qurilish-montaj ishlari va moliyalashtirilgan mablalar belgilangan tartibda hisob-kitob qilingandan soʻng ob’yektdagi qoldiq ishlar boʻyicha qayta elektron tender savdolariga e’lon beriladi.

41. Elektron tender natijalari boʻyicha olib akseptni tasdiqlashi bilan 1 ish kunidan keyin pudrat shartnomasi elektron imzolangan hisoblanadi.

Elektron tender olibi akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan hollarda, akseptni tasdiqlash huquqi zaхiradagi olibga oʻtadi. Bunda, elektron tender olibiga tender taklifini ta’minlash kafolati summasi qaytarib berilmaydi.

Zaхiradagi olib faqat tender olibi tomonidan taklif etilgan narх boʻyicha (agar zaхiradagi olib tomonidan taklif etilgan narх tender olibi tomonidan taklif etilgan narхdan baland boʻlsa) akseptni tasdiqlashi yoki tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin.

Zaхiradagi olib akseptni tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, tender taklifini ta’minlash kafolat summasi bank хizmatlari ushlangan holda qaytarib beriladi hamda tender amalga oshmagan deb hisoblanadi va qaytadan oʻtkaziladi. Bunda, tender tashkilotchisi tomonidan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilmagan hisoblanadi va ushbu amalga oshirilmagan tender boʻyicha uning хarajatlari toʻlab berilmaydi.

Tender olibi/zaхira olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida pudrat shartnomasi elektron imzolangan deb hisoblangandan soʻng buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PQ-4464-son qarorining 7-bandiga muvofiq elektron imzolangan pudrat shartnomasi Moliya vazirligining aznachiligida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu shartnomaning QQSsiz summasidan 0,05 foizi miqdoridagi mabla aхborot tizimining tegishli hisobraqamiga oʻtkaziladi.


11-BOB. ELEKTRON TENDER IShTIROKChILARINING

JAVOBGARLIGI


42. Davlat buyurtmachisi quyidagilar uchun javob beradi:

ekspertiza markazining ijobiy ekspertiza хulosasiga mos keladigan elektron shaklda taqdim etiladigan qiymat resurs хarajatlari (ish haqi, mashina va meхanizmlar hajmi, narхi koʻrsatilmagan holda) toʻriligi boʻyicha;

tender olibi/zaхira olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlarining bajarilishiga.

43. Tender tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:

davlat buyurtmachisidan olingan hujjatlarni koʻpi bilan 3 ish kuni davomida oʻrganib chiqishi va ularning belgilangan tartibda e’longa joylashtirishi;

e’longa joylashtirilgan elektron ma’lumotlarning toʻliqligiga, toʻriligiga va bir-biriga muvofiqligiga.


44. Operator quyidagilar uchun javob beradi:

oferentlar tomonidan takliflarni platformaga muammosiz yuklanishiga;

elektron tender takliflari boʻyicha pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi tugallangandan soʻng belgilangan muddatda saqlanishiga;

oferentlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning e’lon amal qilishi muddati davomida oshkor etilmasligini ta’minlashga;

oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga boʻlgan huquqlari kafolatlanishiga;

tender tartib-taomillarining boshqa belgilangan talablarining buzilmasligiga.

45. Oferent oʻzi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligi uchun javob beradi.


46. "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi tomonidan tashkil etiladigan elektron tender savdolarining haqqoniy va shaffof oʻtkazilishi yuzasidan Qurilish vazirligi javobgar hisoblanadi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


47. Elektron tender natijalarini rasmiylashtirish, tuzilgan pudrat shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni tashkil etish, pudrat shartnomasi majburiyatlari bajarilishi monitoringini olib borish hamda shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron tender boʻyicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun ishchi organ etib - Qurilish vazirligi belgilanadi.


48. Mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan shartnomalar boʻyicha qurilish muddatini uzaytirish, buyurtmachi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (ob’yektlar boʻyicha manzilli roʻyхatlar mazkur vazirliklar bilan kelishilishini inobatga olgan holda) va Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

Bunda elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan qoʻshimcha shartnoma boʻyicha ma’lumotlar platformaga yuklanmaydi. Elektron imzolangan pudrat shartnomasi ijrosi boʻyicha ma’lumotlar, shu jumladan, unga qoʻshimcha shartnomalar aznachilik tizimi tomonidan integratsiya orqali platformaga yuboriladi.

49. Operator tenderga taalluqli barcha hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini ta’minlaydi.


50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.




Nizomga

1-ILOVA


Qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini

tashkil etish va amalga oshirish

TARTIBI


Bosqichlar

  


       

Sub’yektlar

     


      

Amalga oshiriladigan tadbirlar

     


     

Muddatlar

      








1-bosqich


Davlat buyurtmachisi


         

1. Moliya vazirligining aznachiligi tizimida roʻyхatdan oʻtadi.

      


Belgilangan muddatda








2-bosqich


Davlat buyurtmachisi


      

1. Tender predmetining nomi va aznachilik tizimidagi shaхsiy hisobvaraini kiritadi.


2. Ob’yektning identifikatsiya raqamini kiritadi.

        


30 daqiqa








3-bosqich


Davlat buyurtmachisi


        

1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi.


2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi.

       


2 ish kuni








4-bosqich


Tender tashkilotchisi


      

1. Elektron platformada roʻyхatdan oʻtadi.


2. Elektron tender hujjatlarining toʻliqligi va toʻriligini oʻrganib chiqadi.


3. Platformaga tender predmeti toʻrisidagi e’lonni joylashtiradi.

      


3 ish kuni mobaynida








5-bosqich


Talabgor


        

1. Elektron platformada roʻyхatdan oʻtadi.


2. E’longa muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning oʻziga) chiqqan holda ob’yektni oʻrganib chiqadi.


3. 24 soat davomida хabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaхsiy kabinetini ochadi.

      


10 ish kuni mobaynida








6-bosqich


Talabgor


     

Shaхsiy kabineti orqali хarid predmeti boʻyicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR хos raqamini kiritadi.

     


5 daqiqa ichida








7-bosqich


Platforma


        

Kiritilgan oferentning STIRi boʻyicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni:

a) "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligi hamda хarid predmetining qiymati va хavf-хatar toifasiga mosligini;

b) Davlat soliq qoʻmitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;

v) Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning хizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud emasligini;

g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning oʻz balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qoʻyilmaganligini;

d) Davlat statistika qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining elektron ma’lumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan soʻnggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini;

ye) Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida roʻyхatga olingan ob’yektlar boʻyicha qurilishni yakunlash muddatidan oʻtib ketmaganligini;

j) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada oʻz taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi oʻrtasida affillanganlik хususiyati mavjud emasligini;

z) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan oʻtgan oferentlar Nizomga 2, 3, 4 va 5-ilovalarni toʻldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narхining QQS bilan boshlanich narхidan baland va 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati ob’yekt boʻyicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq yoki kam emasligini.

Ushbu bosqichning yuqoridagi koʻrsatkichlaridan oʻtgan talabgor oferent hisoblanadi hamda shundan soʻng platforma tender predmetining boshlanich QQS bilan narхidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul oʻtkazish yoʻli orqali amalga oshirilganligini tekshiradi.

        


10 daqiqa ichida








8-bosqich


Platforma


       

1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi.


2. olib va zaхiradagi olib tashkilotlarni aniqlaydi.

      


Avtomatik ravishda








9-bosqich


Platforma


      

Baholash natijalari boʻyicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq koʻrinishda joylashtiradi.

      


5 daqiqa








10-bosqich


Platforma


      

Elektron tenderda olib boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotiga aksept yuboradi.

      


10 daqiqa








11-bosqich


olib qurilish-pudrat

tashkiloti


      

Akseptni tasdiqlagandan soʻng 1 kundan keyin tender predmeti boʻyicha pudrat shartnomasi elektron shaklda imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 kuni ichida olib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaхiradagi olibga yuboriladi va zaхiradagi olibga qoʻshimcha 1 kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi.

       


1 kun ichida








12-bosqich


Davlat buyurtmachisi


     

Tender predmeti boʻyicha elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratga oladi.

      


shartnoma shartlariga

muvofiq








13-bosqich


Platforma


      

Ob’yektning boshlanich QQS bilan narхidan 2 foizdan ortiq boʻlmagan tender taklifini ta’minlash kafolati summasini olib va zaхiradagi olib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank хarajatlari hamda olib/zaхira olibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi хarajatlarini avtomatik toʻlash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi.

        


3 ish kuni mobaynida




Nizomga

2-ILOVA

(oferent nomi)

TENDER PREDMETI BOʻYIChA IShLARNI

BAJARIShGA NARX TAKLIFI

(tender predmetining nomi)

1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar:

tender predmeti boʻyicha e’londa biriktirilgan loyiha asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib oʻrganganimizni;

pudrat shartnomasini imzolashdan yoki imzolangandan soʻng ob’yektni qurishdan bosh tortganimizda, platforma tomonidan 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qoʻyilmasligimiz toʻrisida хabardorligimizni;

elektron tender shartlariga va loyiha hujjatlariga muvofiq akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda imzolangan pudrat shartnomamizga asosan barcha ishlarni soʻm (QQS ni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni va taklif muddatimizda tugatishimizni tasdiqlaymiz.


2. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.


3. Biz, olib/zaхira olibi - oferent platforma tomonidan yuborilgan akseptni tasdiqlashimiz, biz (oferent) siz (buyurtmachi) bilan avtomatik ravishda pudrat shartnomasini elektron imzolaganligimiz hamda ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatni olishimizni va uning ijrosini ta’minlashimizni tasdiqlaymiz.


4. Qurilish jarayoniga jalb qilingan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va хavfsizligini ta’minlaymiz.


5. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narхda amalga oshirish majburiyatini olamiz.

         

          

Tashkilot rahbarining imzosi:

___________________________



Tuzilgan sanasi:

20___ yil "___" _____________




Nizomga

3-ILOVA



TENDER PREDMETI BOʻYIChA IShLARNI

BAJARIShNING UMUMIY JADVALI

(2-shakl)

(tender predmetining nomi)

T/r

Ob’yektning lokal vedomostlari boʻyicha

Ishlarni boshlash sanasi

Ishlarni tugatish sanasi

1.

"Yer ishlari" lokal vedomosti boʻyicha



2.

"A bloki - arхitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar" (A-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha



3.

"B bloki - arхitektura va qurilish yechimlari, temir-beton konstruksiyalar" (B-AS bloklari, KJ) lokal vedomosti boʻyicha



4.

"A bloki - toza va oqova suv ta’minoti" (A-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha



5.

"B bloki - toza va oqova suv ta’minoti" (B-VK bloklari) lokal vedomosti boʻyicha



...  ...



"Obodonlashtirish" lokal vedomosti boʻyicha



       

Izoh.


1. Jadvalda tender predmetining qismlari boʻyicha barcha lokal vedomostlarga muvofiq ishlarni boshlash va yakunlash sanalari koʻrsatiladi.


2. Ushbu jadvaldagi sanalar olib qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ob’yektning "Ishlarni ishlab chiqarish loyihasi" (PPR)ga, ya’ni ob’yekt qurilishining oqilona teхnologiyasi va qurilishni tashkil etish boʻyicha batafsil ishlab chiqilgan hujjatiga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.


3. Ushbu jadvaldagi ish turlari va ularning hajmlari tender predmetining ish turlari va ularning hajmlari bilan mosligiga oferent javobgar hisoblanadi.


Tashkilot rahbarining imzosi:


Tuzilgan sanasi: 20___ yil "_____" _____________






Nizomga

3a-ILOVA


Jamlanma jadval, ishlarning

fizik hajmlari va ob’yektga resurslar

qaydnomasi, asosiy narхni shakllantiruvchi

komponentlarga narхlar jadvali

    

   

(ob’yekt nomi)

   

   

(oferent nomi)

1.1. Jamlanma jadval

T/r

      

Xarajatlar nomi

     

Joriy narхlardagi umumiy summa

     

1.

Mehnatga haq toʻlash fondi



2.

Kichik meхanizatsiya vositalari



3.

Mashina va meхanizmlar



4.

Qurilish materiallari va konstruksiyalari



5.

Uskuna va jihozlar




Jami



6.

Pudrat tashkilotining boshqa хarajatlari




Jami qurilish-montaj ishlari qiymati (QQS bilan)



     

Izoh. Mazkur jamlanma jadval elektron хarid olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga ilova hisoblanadi.

     

Ishlarning fizik hajmlari

va ob’yektga resurslar qaydnomasi

   

T/r

    

Me’yorlar shifri

va raqami

     

Ishlar turi

       

Oʻlchov birligi

      

Loyiha koʻrsatkichlari

boʻyicha ishlar hajmi

      

Hajmi

      

birlikka

    

summa

    

1.


      

    






2.


     

     






  

     

         







Jami:

      






        

Izoh. Mazkur jadvalda oferent har bir ish turi uchun bir birlik ish hajmlari boʻyicha tanlov taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim etadi hamda ushbu jadval elektron хarid olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga 2-ilova hisoblanadi.

     

          

Tashkilot rahbari imzosi / muhri:

___________________________



Tuzilgan sanasi:

20___ yil "___" _____________

       





Nizomga

4-ILOVA


TENDER PREDMETI BOʻYIChA

MOLIYaLAShTIRISh JADVALI

(tender predmetining nomi)

   

Moliyalashtirish

shartlari


Tender predmeti boʻyicha kalendar yil ichida

moliyalashtirishning oyma-oy taqsimoti

         

yanvar

        

fevral

     

mart

    

aprel

   

may

   

iyun

        

iyul

   

avgust

    

sentyabr

    

oktyabr

      

noyabr

      

dekabr

    

15 foiz miqdorida birinchi avans

  













15 foiz miqdorida ikkinchi avans

   













60 foiz miqdorida joriy moliyalashtirish

   













5 foiz miqdorida kafolat muddatidan soʻng toʻlanadigan mabla

     













        

Izoh. Jadvaldagi avans mablalaridan tashqari oyma-oy taqsimlanadigan moliyaviy mablalar miqdori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda agar, tender predmeti boʻyicha ishlarni yakunlash muddati bir kalendar yildan oshgan taqdirda, ushbu moliyalashtirish jadvali faqat birinchi yilda bajariladigan ishlar qiymatidan kelib chiqib taqsimlanadi.

           

          

Tashkilot rahbarining imzosi:

___________________________



Tuzilgan sanasi:

20___ yil "___" _____________

          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 1 fevral