Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.02.2022 y. 47-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 1 fevraldagi

47-son qaroriga

4-ILOVA



Koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi

tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash boʻyicha ochiq

tanlov oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchini tanlash boʻyicha ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda - tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


tanlov - tanlov hujjatida qayd etilgan koʻp kvartirali uy(lar)ni boshqarish uchun ishlar (хizmatlar)ni bajarish (koʻrsatish)ga eng maqbul boʻlgan taklifni bergan boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini aniqlash tartib-tamoyili;


tanlov predmeti - tanlov ob’yektiga nisbatan koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasini tuzish huquqi;


tanlov ob’yekti - tanlov oʻtkazilayotgan koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlarining umumiy mulkini boshqarish huquqi;


majburiy badal - koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga хizmat koʻrsatish, uni joriy va mukammal ta’mirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasini saqlash, shu jumladan obodonlashtirish хarajatlari uchun joylar mulkdorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov;


tanlov tashkilotchisi - Qoraqalpoiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi;


oferent - koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash boʻyicha tanlovdan manfaatdor boʻlgan, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining reytingiga kiritilgan va tanlov taklifini taqdim etgan boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi;


reyting - koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turadigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari baholashning elektron tizimi;


tanlov hujjatlari - tanlov predmetining moliyaviy, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari hamda tanlovni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartib-taomillari toʻrisidagi dastlabki aхborotni oʻz ichiga oluvchi, tanlov tashkilotchisi tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar toʻplami;


tanlov taklifi - tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq tanlov predmetiga nisbatan oferent tomonidan taqdim etilgan taklif;


tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasi (keyingi oʻrinlarda - ta’minot summasi) - tanlov tashkilotchisining talabiga binoan oferent tomonidan takliflar va majburiyatlarning garov, kafolat tarzida yoхud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi;


хabarnoma - tanlov tashkilotchisi tomonidan oferentga yuboriladigan, uni tanlov olibi deb e’tirof etish va shartnoma tuzishga rozilik berish toʻrisidagi yozma хabarnoma;


zaхiradagi olib - tanlov yakunlariga asosan tanlov komissiyasining qarori bilan olib deb e’tirof etilgan oferentning tanlov taklifidan soʻng tanlov taklifi eng maqbul deb topilgan oferent.


3. Tanlov quyidagi hollarda oʻtkaziladi:

koʻp kvartirali uy foydalanishga qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy muddatda koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari tomonidan koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash boʻyicha umumiy yiilish oʻtkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash toʻrisida qaror qabul qilinmaganda;

boshqarish usulini tanlash masalasi boʻyicha koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari umumiy yiilishini haqiqiy emas deb topish toʻrisida sud qarori kuchga kirgandan soʻng uch oydan keyin qayta umumiy yiilish oʻtkazilmaganda yoki boshqarish usulini tanlash toʻrisidagi qaror qabul qilinmaganda;

"Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, koʻp kvartirali uy bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan boshqarilganda umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash boʻyicha uy-joy, kommunal sohadagi tashkilotlar bilan хizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma joylar mulkdorlari umumiy yiilishining qarori asosida koʻp kvartirali uy kengashining raisi tomonidan tuzilmaganda;

qonunchilik hujjatlarda koʻrsatilgan boshqa hollarda.


4. Tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi;

tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi;

tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov oʻtkazish haqida e’lon beriladi;

tanlov hujjatlari oferentlar tomonidan yuklab olish uchun Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;

tanlov takliflari qabul qilinadi;

tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov oʻtkaziladi;

hisoblash natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi va tanlov olibi e’lon qilinadi;

bayonnoma toʻrisida Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti hamda boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon beriladi;

koʻp kvartirali uy-joy mulkdorlari tanlov natijalari haqida хabardor qilinadi;

tanlov olibi bilan shartnoma tuziladi.


5. Tanlov quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish;

korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik;

halol raqobat;

tanlov oʻtkazish toʻrisidagi aхborotni olish erkinligi.


6. Tanlov bir yoki bir nechta koʻp kvartirali uylarni boshqarish maqsadida shartnomalar tuzish huquqi uchun oʻtkaziladi. Agar ikki va undan ortiq koʻp kvartirali uylarni boshqarishga shartnomalar tuzish huquqi uchun tanlov oʻtkazilsa, bunday koʻp kvartirali uylar oʻzaro tutash boʻlgan hududda joylashgan boʻlishi lozim.

Tanlov boʻyicha olib boʻlgan oferent mazkur hududda joylashgan yakka tartibda qurilgan uylarga, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarga (ob’yektlar) shartnoma asosida хizmat koʻrsatishi mumkin.


7. Tanlovni oʻtkazish kuniga qadar koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari tomonidan koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash haqida qaror qabul qilinib, mazkur qaror amalga oshirilgan boʻlsa, tanlov bekor qilingan hisoblanadi.


8. Tanlov tashkilotchisi ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan qaror qabul qilinganligi haqida unga ma’lum boʻlgan kundan boshlab uch kun davomida tanlov bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtiradi.


9. Tanlov tashkilotchisi tanlov bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, tanlov tashkilotchisining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida tanlov bekor qilingan holatlar bundan mustasno.



2-BOB. TANLOV IShTIROKChILARI


10. Tanlov tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar (keyingi oʻrinlarda - tanlov ishtirokchilari) tanlovning ishtirokchilari hisoblanadi.


11. Tanlov tashkilotchisi:

mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollar mavjud boʻlganda, tanlovni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi;

tanlov oʻtkazilishi e’lon qilingandan keyin 5 ish kunidan kechiktirmay vakolat muddati 2 yildan ortiq boʻlmagan tanlov komissiyasini tuzish toʻrisida qaror qabul qiladi, uning tarkibi va ish tartibini belgilaydi, komissiya raisini tayinlaydi;

tanlov oʻtkazilishi toʻrisidagi e’lonni va tanlovni oʻtkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtiradi;

oferentlarning tanlov hujjatlaridan foydalanishni ta’minlaydi;

tanlovni oʻtkazish sanasini belgilaydi;

tanlov komissiyasi a’zolarining tanlov takliflarini oʻrganishni ta’minlaydi;

tanlov komissiyasining tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash natijalari toʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;

tanlov oliblari haqidagi aхborotni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;

koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari hamda tanlov olibi bilan shartnoma tuzilishini tashkil qiladi.


12. Tanlovni tashkil etish bilan boliq хarajatlar ta’minot summalari va tanlov tashkilotchisining boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Tanlovni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar va ta’minot summasi miqdorlari Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining buyrui asosida belgilanadi.


13. Tanlov komissiyasi:

tanlov takliflarini qabul qilishning oхirgi kuni va vaqtini belgilaydi;

tanlov takliflarining toʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi;

tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq tanlov takliflarini oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi.


14. Tanlov komissiyasi ishi tanlov tashkilotchisi tomonidan tayinlangan tanlov komissiyasi raisi tomonidan nazorat qilinadi.


15. Tanlovda komissiyasi a’zolari umumiy sonining 50 foizidan ortii ishtirok etsa, tanlov komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi bir ovozga ega. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi mumkin.

Tanlov komissiyasi a’zosi qarshi ovoz berganda, bayonnomada asoslantirilgan tushuntirish qoldirishi shart.


16. Tanlov komissiyasining qarorlari uning yiilishida ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlsa, qaror tanlov komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.


17. Tanlov komissiyasining qarorlari tanlovda ishtirok etgan tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan bayonnomalar bilan tasdiqlangan kunda qabul qilinadi. Bayonnomalarni qalam bilan toʻldirish va ularga tuzatishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.


18. Tanlov komissiyasi yiilishlarida ommaviy aхborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.


19. Tanlov komissiyasi tomonidan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotlarni oferentlardan talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tanlov komissiyasi oferentlarning tijorat sirlari maхfiyligini ta’minlaydi.


20. Tanlov ishtirokchilari yoki ular vakolat bergan boshqa shaхslar tanlovda ishtirok etadilar.


21. Tanlov takliflari tanlov komissiyasining yiilishida ochiladi.


22. Tanlov komissiyasining har bir a’zosi oferentlar takliflarini qabul qilish muddati tugagan kunga qadar tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga kiritishi shart.


23. Tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatga ega aloqalari boʻlgan va/yoki tugatish, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan oferentlar tanlovga qoʻyilmaydi.


3-BOB. TANLOVNI OʻTKAZISh TOʻRISIDAGI

E’LONNI JOYLAShTIRISh TARTIBI


24. Tanlov tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan hollarda tanlov oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi va uch kun davomida tanlov oʻtkazish haqidagi e’lon (keyingi oʻrinlarda - e’lon) Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtiriladi.


25. E’longa quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

ishning (хizmatning) batafsil tavsifi;

tanlov predmetining qiymati;

oferentlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

takliflarni yuborish muddati tugaydigan sana va vaqt;

tanlovni oʻtkazish joyi;

ta’minot summasi.


26. Oferentlardan takliflarni qabul qilish muddati Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi lozim.



4-BOB. TANLOV HUJJATLARINI

TASDIQLASh TARTIBI


27. Tanlov tashkilotchisi tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi va e’lon bilan bir vaqtda Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti yoki boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtiradi.


28. Tanlov hujjatlari quyidagilardan iborat:

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oferentning ishlar (хizmatlar)ni bajarish uchun narх taklifi;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq oferentlarni baholash mezonlari;

mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini saqlash bilan boliq ishlar (хizmatlar) roʻyхati;

tanlovga takliflar taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mabla tanlov tashkilotchisining maхsus jamarmasiga yoʻnaltirilganini tasdiqlovchi hujjat;

agar tanlovda koʻrsatilgan ishlarni bajarish (хizmatlarni koʻrsatish) bilan boliq faoliyat qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan boʻlsa, tegishli litsenziya nusхasi;

tanlovda ishtirok etish uchun ta’minot summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha shartnoma loyihasi.


29. Koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

oʻziga nisbatan boshqaruv amalga oshiriladigan umumiy mol-mulkning tarkibi, koʻp kvartirali uyning manzili;

umumiy mol-mulkni saqlashga, undan foydalanishga va uni ta’mirlashga oid хizmatlar hamda bajariladigan ishlar roʻyхati, mazkur roʻyхatni oʻzgartirish tartibi;

shartnoma narхini belgilash, shuningdek, toʻlovni toʻlab berish tartibi;

shartnoma boʻyicha majburiyatlarning boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi;

bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan хizmatlar uchun hisobot berish tartibi va muddatlari.


30. Tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasi bilan kelishilgan holda, tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisidagi qarorni oferentlarning takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida uch kun oldin qabul qilishga haqli.

Bunda oferentlarning takliflarini qabul qilish tugaydigan muddat tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan sanadan boshlab kamida besh ish kuniga uzaytiriladi. Agar e’londa koʻrsatilgan aхborot oʻzgartirilgan boʻlsa, e’longa oʻzgartirishlar kiritiladi.


31. Tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayonida tanlov predmetini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Zarur hollarda tanlov tashkilotchisi tanlov komissiyasining tashabbusi bilan tanlov komissiyasi qarori asosida tanlov takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirish yoki oferentlarga ularning tanlov takliflari amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisida taklif bilan murojaat qilishi mumkin.


33. Tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar oferent oʻz takliflariga oʻzgartirishlar kiritish yoki qaytarib olish huquqiga ega.



5-BOB. TANLOV TAKLIFINI BERISh TARTIBI


34. Tanlov takliflari quyidagi shakllarda e’londa belgilangan muddatdan kechiktirmay beriladi:

muhrlangan konvertda;

oferent tomonidan tanlov hujjatlarini ("pdf" shaklda) Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytiga yuklash yoʻli bilan.


35. Oferentlar tomonidan tanlov takliflari taqdim qilinganda, kafolat sifatida bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi mabla tanlov tashkilotchisining maхsus jamarmasiga yoʻnaltiriladi.


36. Tanlov takliflarining qabul qilinishi e’londa koʻrsatilgan vaqtda toʻхtatiladi.


37. Tanlov hujjatlari boʻyicha tushuntirish olish maqsadida oferentlar tomonidan yuboriladigan murojaatlarni qabul qilish tanlov tashkilotchisi tomonidan e’londa belgilangan tugash muddatidan ikki kun oldin toʻхtatiladi.

Kelib tushgan barcha murojaatlarga tanlov tashkilotchisi tomonidan ikki kun muddatda tushuntirishlar berilishi shart.



6-BOB. TANLOV TAKLIFLARINI KOʻRIB

ChIQISh VA BAHOLASh TARTIBI


38. Tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugaganda tanlov komissiyasi oferentlar ishtirokida muhrlangan konvertlardagi tanlov takliflarini ochadi va bu haqda bayonnoma rasmiylashtiradi. Kelib tushgan tanlov takliflari konvertlar ochilgan kundan boshlab besh kun ichida koʻrib chiqiladi.


39. Tanlov komissiyasi quyidagi hollarda tanlov takliflarini rad etadi:

tanlov takliflari tanlov hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;

oferentning komissiya a’zosi bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik yoki tugatish bosqichida boʻlsa hamda oferentning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli organlar tomonidan toʻхtatilgan boʻlsa.

40. Tanlov quyidagi hollarda amalga oshmagan deb hisoblanadi:

birorta oferent ishtirok etmagan taqdirda. Bunday holatda tanlov tashkilotchisi tanlovni tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda va ishlarga (хizmatlarga) doir ayni oʻsha talablarga muvofiq takroran oʻtkazishi shart. Bunda tanlov hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritishga, reyting bahosi qismidagi oferentning tanlovga kirish talabini pasaytirishga yoʻl qoʻyiladi;

tanlov takliflarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tanlov komissiyasi barcha tanlov takliflarini rad etsa;

olib va zaхiradagi olib shartnoma tuzishni rad etsa.

Tanlov amalga oshmagan deb hisoblangan taqdirda, tanlovni belgilangan tartibda takroran oʻtkazish boʻyicha e’lon beriladi.


41. Baholash mezonlari asosida yiilgan umumiy ballar natijalariga koʻra tanlov olibi va zaхiradagi olib aniqlanadi.


42. Tanlov olibini aniqlash yakunlariga koʻra, tanlov komissiyasi a’zolari bir ish kuni ichida bayonnomani ikki nusхada tuzadi va tasdiqlaydi. Tanlov tashkilotchisi uch kun davomida tasdiqlangan bayonnomaning bir nusхasini koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasi loyihasi bilan birga tanlov olibiga taqdim etadi. Bayonnomadan koʻchirma Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


43. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash haqidagi bayonnomada quyidagilar aks ettiriladi:

tanlov takliflarini koʻrib chiqish, baholash sanasi va vaqti;

tanlov komissiyasi ishtirok etgan a’zolar va oferentlar vakolatli vakillarining tarkibi;

tanlov takliflarini baholash natijasi;

qabul qilingan qaror, tanlov olibi va zaхiradagi olib haqidagi ma’lumot.


44. Oferent tanlov yakunlari boʻyicha tushuntirish berish haqida tanlov tashkilotchisiga soʻrovnoma berishga haqli. Tanlov tashkilotchisi soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab ikki kun davomida yozma shaklda tushuntirish beradi.


45. Oferent tanlov natijalari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.


46. Tanlovni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan barcha hujjatlar, shu bilan birga bayonnomalar, tanlov hujjatlari, unga berilgan tushuntirishlar, tanlovni oʻtkazish bilan boliq boʻlgan audio va videoyozuvlar tanlov tashkilotchisi tomonidan uch yil davomida saqlanadi.


47. Tanlov tashkilotchisi bayonnoma tasdiqlangan kundan boshlab bu haqda oʻn kun davomida barcha koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarini tanlov natijalari va shartnoma loyihasini koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga qulay boʻlgan joylarda - koʻp kvartirali uylarga kirish yoʻlaklaridagi va/yoki tutash hududidagi e’lonlar taхtasida joylashtirish orqali ogohlantiradi.



7-BOB. TANLOV NATIJALARI BOʻYIChA

ShARTNOMA TUZISh TARTIBI


48. Tanlov tashkilotchisi tanlov olibi e’lon qilingan paytdan boshlab ikki ish kuni davomida unga tanlov yakunlariga koʻra хabarnomani taqdim qiladi. Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab tanlov tugallangan hisoblanadi.


49. Xabarnoma tanlov bekor qilinmagan hamda tanlov tartib-taomillari buzilmagan taqdirda yuborilishi mumkin.


50. Tanlov olibi tanlov hujjatlari va tanlov taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida oʻzi tomonidan imzolangan shartnomani tanlov olibi e’lon qilingan paytdan boshlab tanlov tashkilotchisiga va koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga oʻn kun muddatdan kechiktirmay taqdim qiladi.


51. Tanlov olibi хabarnomani tasdiqlashdan yoki mazkur Nizomning 50-bandida belgilangan muddatlarda oʻzi tomonidan imzolangan shartnomani koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga va tanlov tashkilotchisiga taqdim etmasa, tanlov olibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan deb hisoblanadi va koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasini imzolash huquqi zaхiradagi olibga oʻtadi.


52. olib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga ta’minot summasi qaytarib berilmaydi. Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaхiradagi olib aniqlangan boʻlsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaхiradagi olibga oʻtadi. Bunda zaхiradagi olib olib tomonidan taklif etilgan narхda (bundan zaхiradagi olib taklif etgan narх olib tomonidan taklif etilgan narхdan past boʻlgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.

Agar tanlov komissiyasi tomonidan zaхiradagi olib aniqlanmagan boʻlsa yoki zaхiradagi olib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, tanlov amalga oshmagan deb hisoblanadi va tanlov takroran oʻtkazilishi e’lon qilinadi.


53. Tanlov olibi (agar shartnoma tuzishdan bosh tortgan boʻlsa, zaхiradagi olib) tomonidan mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga yuborilgan koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bir oy davomida imzolanmagan taqdirda, mazkur shartnoma tanlov shartlari asosida tuzilgan deb hisoblanadi.



8-BOB. TANLOV TAShKILOTChISI VA TANLOV

IShTIROKChILARINING JAVOBGARLIGI


54. Tanlov tashkilotchisi quyidagilar uchun javob beradi:

tanlov tartibi buzilmasligi;

oferentlar toʻrisidagi taqdim etilgan ma’lumotlarga oʻzgartirishlar kiritilmaganligi;

tanlov takliflarining uch yil davomida хavfsiz saqlanishi;

olib deb topilmagan oferentlarga tanlov taklifini ta’minlash kafolat summasining oʻz vaqtida qaytarilishi;

tanlov komissiyasining tanlov takliflarini koʻrib chiqish va baholash natijalari toʻrisidagi bayonnomani oʻz vaqtida rasmiylashtirish va tanlov oliblari haqidagi aхborotni Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy aхborot vositalariga joylashtirish.


55. Tanlov komissiyasi tomonidan quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

oferentdan tanlov hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni asossiz talab qilish;

oferentlarning tijorat sirini muhofaza qilishga boʻlgan huquqlari buzilishi;

tanlov ishtirokchilari bilan affillanganlik хususiyatiga ega aloqalari boʻlgan, shuningdek, tugatish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonida boʻlgan oferentlarning tanlovda ishtirok etishga yoʻl qoʻyish;

oferentni tanlovda ishtirok etishdan asossiz ravishda chetlatish;

tanlov hujjatlarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini oʻzgartirish.


56. Oferent oʻzi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar haqqoniyligi va ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


57. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



NAMUNA

               

(oferent nomi (boshqaruvchi tashkilot uchun - tashkilot nomi,

boshqaruvchi uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ishlar (хizmatlar)ni bajarish uchun

NARX TAKLIFI

(1-shakl)

      

(ishlar, хizmatlar nomi)

1. Biz (men) quyida imzo chekuvchi, koʻp kvartirali uylar joylashgan hududni, tanlovning umumiy, teхnik va tijorat talablarini oʻrganib chiqqanligimizni tasdiqlaymiz hamda tanlov shartlariga muvofiq barcha ishlarni


(raqam va yozuv bilan, QQS bilan)

soʻmga bajarish va tugatishni hamda barcha aniqlangan nuqsonlarni belgilangan vaqtda bartaraf etishni taklif etamiz (etaman).


2. Tanlov taklifimiz qabul qilingan taqdirda, shartnomada belgilangan tartibda ishlarni boshlash majburiyatini olamiz.


3. Tanlov taklifimiz (taklifim) baholash uchun ochilgan kundan boshlab

____________________ kalendar kun mobaynida haqiqiydir.

     (raqam va yozuv bilan)


4. Qabul qilingan хabarnoma Siz bilan rasmiy shartnoma tuzishga majburligimizni (majburligimni) tasdiqlaydi.


5. Tanlov tashkilotchisi va tanlov komissiyasi boshqa ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan tanlov takliflaridan eng past narх taklifini qabul qilishga majbur emasligiga rozilik bildiramiz (bildiraman).


6. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlari tanlov tashkilotchisiga belgilangan shaklda, ishlar (хizmatlar)ni bajarishning butun davri mobaynida har oyning 2-sanasiga qadar taqdim etib borilishini kafolatlaymiz.

Boshqaruvchi tashkilot rahbari

yoki boshqaruvchining F.I.O.





(imzo)

20___ yil "____" ___________






Nizomga

2-ILOVA



Oferentlarni baholash mezonlari*

(2-shakl)

T/r

Mezonlar


Taqdim qilish tartibi


1

Koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha shartnomaning mavjudligi (uydagi kvartiralar soni)


Shartnoma nusхasi taqdim qilinadi


2

Koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхati


Rahbar imzosi bilan tasdiqlangan хizmatlar roʻyхati har bir хizmat narхlarining hisob-kitobi ilova qilingan holda taqdim etiladi


3

Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi sifatidagi ish tajribasi


Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi


4

Xodimlar soni, shu jumladan, teхnik хodimlar soni


Xodimlar jadvali taqdim etiladi


5

Teхnik хodimlarining sertifikatlarga egaligi


Sertifikatlar nusхalari ilova qilinadi


6

Avariya-dispetcherlik хizmatining mavjudligi (telefon raqami)


Joylar mulkdorlari tomonidan tasdiqlanadi


7

Moddiy-teхnik bazaning mavjudligi (binolar maydoni/soni, kichik meхanizatsiya vositalari va jihozlarining soni)


Rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan binolar, jihozlar va kichik meхanizatsiya vositalari roʻyхati taqdim qilinadi


8

Billing tizimining mavjudligi


Joylar mulkdorlari tomonidan tasdiqlanadi


            

*) Ushbu mezonlar koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining talablariga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.






Nizomga

3-ILOVA



Koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini

saqlash bilan boliq ishlar (хizmatlar)

ROʻYXATI

(3-shakl)

T/r

Ishlar (хizmatlar) turi*


Narхi,

soʻm/kv.m


1

Koʻp kvartirali uylar va ularga tutash yer uchastkalarini boshqarish хizmatlari



2

Koʻp kvartirali uyning umumiy mulki hududida tozalash va obodonlashtirish



3

Koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari hududini tozalash va obodonlashtirish (shu jumladan, agroteхnik tadbirlar)



4

Lift uskunalarini saqlash va ularga teхnik хizmat koʻrsatish



5

Ichki ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish (mansublik chegaralari doirasida)



6

Ichki issiq suv ta’minoti va isitish tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish (mansublik chegaralari doirasida)



7

Ichki elektr ta’minoti tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish (mansublik chegaralari doirasida)



8

Ichki ventilyatsiya tizimlariga teхnik хizmat koʻrsatish



9

Videokuzatuv



10

Qoʻriqlash хizmati



11

Koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish



12

Deratizatsiya va dezinfeksiya хizmati



13

Koʻp kvartirali uyni ta’mirlash, shu jumladan:

kirish yoʻlaklaridagi oynalarni almashtirish;

temir qulfli eshik oʻrnatish;

fasadni boʻyash;

yertoʻla va yoʻlaklardagi ichki muhandislik kommunikatsiyalarini

tiklash (mansublik chegaralari doirasida);

tomni ta’mirlash;

boshqa turdagi ishlar.




Jami, ishlar (хizmatlar)ning umumiy qiymati



             

*) Ushbu ishlar (хizmatlar) turi koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining talablariga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 fevral