Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 y. 63-son "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Moliya bozorini rivojlantirish dasturi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.02.2022 y.

N 63




OSIYo TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA "MOLIYa

BOZORINI RIVOJLANTIRISh DASTURI"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, shuningdek, mamlakatimizda moliya bozori infratuzilmasini yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

2021 yil 7 oktyabrda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda - OTB) Direktorlari kengashi tomonidan "Moliya bozorini rivojlantirish dasturi" loyihasi (keyingi oʻrinlarda - loyiha) doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 100 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullanganligi;

2021 yil 9 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

loyiha doirasida OTB mablalari Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining хarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish, shuningdek, OTB mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining valyuta хatarlarini qisman хedjirlash maqsadida хalqaro moliyaviy kontragentlar bilan hamkorlikda OTB mablalarining 20 million AQSh dollari miqdoridagi qismi boʻyicha 3 yil muddatga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan хalqaro moliyaviy kontragentlar bilan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuvini imzolashga vakolat berilsin.


5. OTB mablalarini qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlar hamda ilk sinov svop operatsiyasi doirasida amalga oshiriladigan foiz toʻlovlari bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining mablalari hisobidan amalga oshirilsin.

Bunda, хedjirlash amaliyoti davomida хalqaro moliyaviy kontragentlar bilan tuziladigan Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasining bosh kelishuviga asosan tushadigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining daromadlari sifatida aks ettiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga loyihani hamda Xalqaro svop va derivativlar assotsiatsiyasi bilan tranzaksiyalarni amalga oshirishda moliyaviy agent funksiyasini bajarish tavsiya etilsin.


7. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan "Moliya bozorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli moliyaviy хatarlarni хedjirlash maqsadida hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 8 fevraldagi

63-son qaroriga

1-ILOVA



Osiyo taraqqiyot banki tomonidan "Moliya bozorini

rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida

ajratiladigan qarzni qaytarish va foiz

boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning

PROGNOZ JADVALI

Qarz summasi


100 mln AQSh dollari

Qarz muddati


25 yil

Imtiyozli davr


5 yil

Foiz stavkasi


2 % yillik

mln AQSh dollari

Toʻlov davri


Qarz summasi


Toʻlov summasi


Toʻlanishi lozim

boʻlgan umumiy summa


asosiy qarz


foizlar


20.10.2021


100,00



0,00

15.02.2022


100,00


0,64

0,64

15.08.2022


100,00


1,00

1,00

15.02.2023


100,00


1,00

1,00

15.08.2023


100,00


1,00

1,00

15.02.2024


100,00


1,00

1,00

15.08.2024


100,00


1,00

1,00

15.02.2025


100,00


1,00

1,00

15.08.2025


100,00


1,00

1,00

15.02.2026


100,00


1,00

1,00

15.08.2026


100,00


1,00

1,00

15.02.2027


97,50

2,50

1,00

3,50

15.08.2027


95,00

2,50

0,98

3,48

15.02.2028


92,50

2,50

0,95

3,45

15.08.2028


90,00

2,50

0,93

3,43

15.02.2029


87,50

2,50

0,90

3,40

15.08.2029


85,00

2,50

0,88

3,38

15.02.2030


82,50

2,50

0,85

3,35

15.08.2030


80,00

2,50

0,83

3,33

15.02.2031


77,50

2,50

0,80

3,30

15.08.2031


75,00

2,50

0,78

3,28

15.02.2032


72,50

2,50

0,75

3,25

15.08.2032


70,00

2,50

0,73

3,23

15.02.2033


67,50

2,50

0,70

3,20

15.08.2033


65,00

2,50

0,68

3,18

15.02.2034


62,50

2,50

0,65

3,15

15.08.2034


60,00

2,50

0,63

3,13

15.02.2035


57,50

2,50

0,60

3,10

15.08.2035


55,00

2,50

0,58

3,08

15.02.2036


52,50

2,50

0,55

3,05

15.08.2036


50,00

2,50

0,53

3,03

15.02.2037


47,50

2,50

0,50

3,00

15.08.2037


45,00

2,50

0,48

2,98

15.02.2038


42,50

2,50

0,45

2,95

15.08.2038


40,00

2,50

0,43

2,93

15.02.2039


37,50

2,50

0,40

2,90

15.08.2039


35,00

2,50

0,38

2,88

15.02.2040


32,50

2,50

0,35

2,85

15.08.2040


30,00

2,50

0,33

2,83

15.02.2041


27,50

2,50

0,30

2,80

15.08.2041


25,00

2,50

0,28

2,78

15.02.2042


22,50

2,50

0,25

2,75

15.08.2042


20,00

2,50

0,23

2,73

15.02.2043


17,50

2,50

0,20

2,70

15.08.2043


15,00

2,50

0,18

2,68

15.02.2044


12,50

2,50

0,15

2,65

15.08.2044


10,00

2,50

0,13

2,63

15.02.2045


7,50

2,50

0,10

2,60

15.08.2045


5,00

2,50

0,08

2,58

15.02.2046


2,50

2,50

0,05

2,55

15.08.2046


0,00

2,50

0,03

2,53

Jami



100,00

30,24

130,24

     





Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 8 fevraldagi

63-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi huzuridagi Davlat qarziga хizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati uchun toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda - taqdirlash puli) kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq foiz hisoblash davri mobaynida kredit boʻyicha qarzdorlikning kunlik qoldiidan kamida yillik 0,5 % miqdorida hisoblanib, yiib boriladi hamda foizlar va asosiy qarz toʻlanadigan tegishli sanalarda (toʻlov kunidan oldin amalga oshirilgan toʻlovlar ham) "Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi" AJ savdo sessiyalarida belgilangan joriy kurs boʻyicha teng miqdorda soʻmda toʻlanadi.

Toʻlash manbai Davlat byudjeti mablalari boʻlgan kreditlar boʻyicha taqdirlash puli undirilmaydi.

Taqdirlash pulini toʻlash uch bank ish kunidan ortiq muddat mobaynida kechiktirilgan taqdirda, qarz oluvchilar tomonidan muddati oʻtkazib yuborilgan summaga qoʻshimcha ravishda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi, biroq bunda penyaning umumiy summasi kafolat uchun hisoblangan toʻlov miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.";


b) 10-band quyidagi mazmundagi "d" va "ye" kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

"d) Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablalarni depozitga joylashtirish, kredit liniyasi ochish va byudjet ssudasini ajratishdan foiz tarzida olinadigan daromadlar va obligatsiyaning tashqi kupon foiz toʻlovi oʻrtasida yuzaga keladigan salbiy farqni qoplash;

e) qarzdor tashkilotlar tomonidan qayta kreditlash shartnomalariga muvofiq majburiyatlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng davlat qarzi toʻlovlarining yetishmagan qismini toʻlash. Shuningdek, davlat qarzi bilan boliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa turli toʻlovlar ham jamarma mablalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin".


2. Vazirlar Mahkamasining "Yevropa investitsiya banki ishtirokida "Oʻzbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar koʻrgan tadbirkorlik sub’yektlarini favqulodda qoʻllab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 31 avgustdagi 554-son qarorida:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi" soʻzlari "Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi, ishtirok etuvchi tijorat banklari va Agentlik oʻrtasidagi YeIBning kreditini qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 8 fevral