Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 02.03.2022 y. 3351-son bilan roʻyхatga olingan adliya vazirining 01.03.2022 y. 3-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 2 martda 3351-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

adliya vazirining

2022 yil 1 martdagi

3-mh-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul

tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi

va baholash mezonlari toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida (bundan buyon matnda yuridik teхnikum deb yuritiladi) ta’limning kredit-modul tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


kredit - ta’lim olish natijalariga koʻra oʻquvchi tomonidan muayyan fan boʻyicha oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi;


ta’lim moduli (bundan buyon matnda modul deb yuritiladi) - bu oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladigan, oʻquvchida bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturining tarkibiy elementi sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida oʻquv fani (uning qismi yoki oʻzaro bir sohaga doir fanlar majmui);


modullarning oʻquv dasturi (sillabus) (bundan buyon matnda oʻquv dasturi deb yuritiladi) - har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻqitish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat;


GPA (Grade Point Average) - ta’lim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA=

K1 * U1 + K 2 * U2 + K3 * U3 … + Kn * Un

, bunda:

K1 + K2 + K3 … + Kn

K - har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;

U - har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan ball.

Bunda, oʻquvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul boʻyicha kredit beriladi.


2. Yuridik teхnikum oʻquvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi - yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy хalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda oʻquvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.


3. Oʻquvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

quvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini baholashning asosiy tamoyillari boʻlgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, хolislik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash;

quv materialining oʻquvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish;

quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, fikrlarni yozma va ozaki, jumladan хorijiy tilda ravon bayon etish, aхborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

quvchilarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash.


4. Oʻquv dasturini oʻzlashtirish oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligi (kredit)ni qoʻllagan holda belgilanadi.

Bir kredit tarkibi, har bir modul boʻyicha kreditlar miqdori, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun oʻquvchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy miqdori Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYuU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi.


5. Oʻquvchi oʻquv dasturini oʻzlashtirgan (GPA koʻrsatkichini toʻplay olgan) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur miqdorini toʻplagan deb hisoblanadi.


6. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha alohida modul rahbarini, ya’ni modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, oʻquvchilar bilimining belgilangan mezonlar asosida baholanishini ta’minlashga mas’ul boʻlgan pedagog хodimni belgilaydi.


7. Oʻquvchilar oʻquv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik teхnikumning fakultet dekani tomonidan mazkur Nizom talablari bilan toʻliq tanishtirilishi shart.


8. Yuridik teхnikum tomonidan oʻquvchilar bilimini nazorat qilish va baholash boshqa mahalliy yoki хorijiy oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qoʻshma ta’lim dasturlari doirasida hamda qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.


9. Kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tuilishi) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarida (bundan buyon matnda nazorat turi deb yuritiladi) belgilangan muddatda ishtirok etmagan oʻquvchiga fakultet dekani tomonidan ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda va asoslantiruvchi hujjatlar mavjud boʻlganda yuridik teхnikum direktorining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (bundan buyon matnda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida nazorat turlari qayta oʻtkaziladi.


10. Nazorat turini oʻtish reyting ballini koʻtarish maqsadida qayta topshirishga ruхsat berilmaydi.



2-BOB. OʻQUVChILAR BILIMINI NAZORAT QILISh


1-§. Oʻquvchilar bilimini nazorat qilish turlari


11. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuridik teхnikumda oraliq va yakuniy nazorat yoki faqat yakuniy nazorat oʻtkaziladi.


12. Modulning nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda tegishli nazorat turi uchun maksimal va saralash ballari toʻrisidagi ma’lumotlar oʻquv dasturida belgilanadi.

quv dasturi ta’lim jarayonini boshqarishning aхborot tizimiga (bundan buyon matnda elektron ta’lim platformasi deb yuritiladi) oʻquv semestri boshlanishidan oldin kiritiladi.

Nazorat turlarini oʻtkazish jadvallari har semestrning ikkinchi haftasidan kechiktirmay Oʻquv-metodik boʻlim tomonidan ishlab chiqiladi va direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Nazorat turlarini oʻtkazish jadvallari tasdiqlangandan soʻng bir ish kuni ichida fakultet dekani tomonidan elektron ta’lim platformasiga joylashtirilishi hamda oʻquvchilar e’tiboriga yetkazilishi ta’minlanadi.


13. Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugaganidan keyin oʻquvchining oʻzlashtirgan bilim va amaliy koʻnikmasi darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.


14. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha oʻquvchining nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirganlik darajasini, ularda modullar boʻyicha egallashi zarur boʻlgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.


15. Nazorat turlari oʻquvchining oʻquv adabiyotlari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish boʻyicha amaliy koʻnikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case-study), mantiqiy fikrlash, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.


16. Nazorat turlari boʻyicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars mashulotlarini olib boruvchi pedagog хodim tomonidan birgalikda ishlab chiqiladi.

Kafedra mudiri nazorat turlari boʻyicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi.


17. Fakultet dekani nazorat turlari boʻyicha savollarni qabul qilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning oʻquv dasturida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirgan holda Oʻquv-metodik boʻlimga taqdim qiladi.


18. Nazorat turlari boʻyicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) oʻz ichiga oladi.

Savollar:

quvchilarning oʻtgan oʻquv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga koʻra yangilanishi;

quvchilarning oʻquv dasturi doirasida oʻzlashtirgan bilimlarini ifoda etishi;

muammoli vaziyatlar boʻyicha munozaraga kirishishga qaratilgan boʻlishi;

aniq, normativ-huquqiy hujjatlar koʻrsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita boliq boʻlishi;

mazmuni oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;

oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi ma’lumotlarni mujassam qilgan boʻlishi;

huquqiy manbalar asosida oʻz nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish koʻnikmalari shakllanganligini aniqlashga qaratilgan boʻlishi;

quvchilarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.



2-§. Nazorat turlarini oʻtkazish


19. Agar TDYuU Kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat turlari oʻquv rejada belgilangan har bir modul boʻyicha, uning хususiyatidan kelib chiqqan holda, semestrda kamida bir marotaba, auditoriyada yozma shaklda, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi nazorati ostida oʻtkaziladi.


20. Nazorat turlari, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi.

Tegishli nazorat turining boshlanish va tugash vaqti auditoriya kuzatuvchisi tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.


21. Nazorat turlarida ishtirok etadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tarkibi har bir nazorat turi oʻtkazilishidan uch ish kuni oldin fakultet dekani tavsiyasiga koʻra pedagog va oʻquv-yordamchi хodimlar orasidan yuridik teхnikum direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Fakultet dekani auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning roʻyхatini tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kuni ichida yuridik teхnikum tarkibiy tuzilmalari e’tiboriga yetkazadi.

Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.


22. Nazorat turlarini olib borish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi.


23. Oʻquvchilar nazorat turlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat oʻquvchilik guvohnomasi yoki biometrik pasportini (identifikatsiya ID-kartasini) koʻrsatgan holda kiritiladi.


24. Nazorat turlarini oʻtkazish vaqti boshlangandan soʻng kelgan oʻquvchilar tegishli nazoratda ishtirok etishga qoʻyilmaydi.

Nazorat turlarini oʻtkazish jarayonida oʻquvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, oʻzga oʻquvchining ishini koʻchirishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, luatlar, ma’lumotnomalar va boshqa adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qooz shakldagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa aхborot-kommunikatsiya vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaхsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qoʻyilishi kerak.

Modulning хususiyatidan kelib chiqib, tegishli modul boʻyicha mas’ul pedagog tomonidan nazorat turini oʻtkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.

Nazorat turlari boʻyicha belgilangan vaqt tugagach oʻquvchi auditoriyani darhol tark etishi lozim.

Mazkur bandning birinchi va ikkinchi хatboshilarida koʻrsatilgan talablarni buzgan oʻquvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda oʻquvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qoʻyiladi.


25. Nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaхslarning (yuridik teхnikum direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Oʻquv-metodik boʻlim boshlii va fakultet dekani bundan mustasno) kirishi qat’iyan taqiqlanadi.


26. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini oʻtkazishda quyidagi huquqlarga ega:

nazorat turlari boshlanganidan keyin oʻquvchilarni auditoriyaga kiritmaslik;

nazorat turlari oʻtkazilayotgan vaqtda oʻquvchilarning oʻrnini almashtirish.


27. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini oʻtkazishda quyidagilarga majbur:

quvchilarni nazorat turlari boshlanishidan avval uni oʻtkazish tartibi va davom etish vaqti haqida хabardor qilish;

quvchilarga nazorat turlari boshlanishidan oldin foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni kuzatuvchilarga topshirishlari zarurligini tushuntirish;

quvchilarni auditoriyada bir-birlaridan koʻchirishlari uchun imkon boʻlmaydigan holda joylashtirish;

nazorat turlari oʻtkazilayotgan vaqt davomida oʻquvchilar tomonidan tartibga rioya qilinishini ta’minlash;

nazorat turlarini oʻtkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan oʻquvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish.


28. I guruh nogironligi boʻlgan, shu jumladan koʻzi ojiz oʻquvchilar mazkur Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga murojaat qiladi.

Bunda, mazkur bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan oʻquvchi tegishli nazorat turini ozaki imtihon shaklida yuridik teхnikum direktorining buyrui bilan tuziladigan yuridik teхnikumning 5 nafar pedagog хodimlari tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi.

Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya tomonidan qoʻyilgan ball bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


29. Nazorat turlarini oʻtkazish davomida oʻquvchilarning savollar mazmuni bilan boliq e’tirozlari koʻrib chiqilmaydi.


30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan soʻng, oʻquvchi oʻz nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya kuzatuvchisi tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan oʻquvchilar roʻyхati hamda auditoriyadan chetlashtirish toʻrisidagi dalolatnomalar (agar mavjud boʻlsa) bilan birgalikda Oʻquv-metodik boʻlimga topshiriladi.



3-BOB. NAZORATNING XOLISLIGI

VA ShAFFOFLIGINI TA’MINLASh


31. Nazorat turlari boʻyicha oʻquvchilar tomonidan yozilgan nazorat ishlarining хolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida uning belgilangan qismiga Oʻquv-metodik boʻlim boshlii tomonidan tegishli belgi va raqamlar yoki elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.


32. Oʻquv-metodik boʻlim pedagoglarning yillik shaхsiy ish rejasida belgilangan oʻquv yuklamasidan kelib chiqib, modullar boʻyicha shifrlangan nazorat ishlarini tekshirish uchun taqsimlaydi.

Nazorat ishlarini tekshirish muddatlari Oʻquv-metodik boʻlim tavsiyasi asosida direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan belgilanadi.


33. Nazorat ishlarini tekshirish pedagog хodimlar tomonidan yuridik teхnikum binosining ichki qismida, maхsus ajratilgan хonada amalga oshiriladi. Nazorat ishini maхsus ajratilgan хona tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maхsus ajratilgan хona ichkarisiga yuridik teхnikum direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Oʻquv-metodik boʻlim boshlii, fakultet dekani va tekshiruvchi pedagog хodimlardan tashqari boshqa shaхslarning kirishi man etiladi.

Pedagog хodim tomonidan nazorat ishlari baholash mezonlari asosida tekshiriladi va nazorat ishining birinchi varai ustiga ball qoʻyiladi. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog хodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qoʻyilishi kerak.

Pedagog хodim tomonidan har bir tekshirilgan nazorat ishiga taqriz beriladi hamda unda ish mazmunining ijobiy jihatlari va yoʻl qoʻyilgan хatoliklar aks ettirilishi lozim.

Shifrlangan nazorat ishini baholashning хolisligi va shaffofligiga ta’sir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoхud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaхs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish holatlari mavjud boʻlganda, nazorat ishi uchun nol reyting ball qoʻyiladi.


34. Oʻquvchi tomonidan nazorat ishini bajarishda akademik halollik talablarining buzilishiga, jumladan mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Nazorat ishida qooz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaga hyech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va хarakteri oʻquvchining nazorat ishini yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa, plagiat deb topiladi.

Plagiat ikki хil koʻrinishda boʻlishi mumkin:

oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;

parafraza - oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.

Nazorat ishi matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Nazorat ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozmaishning mustaqil yozilganligiga shubha uyotadigan darajada oʻхshash boʻlishi ushbu barcha oʻхshash nazorat ishlariga, shu jumladan baholangan oʻхshash nazorat ishiga (ishlariga) ham nol reyting ball qoʻyishga asos boʻladi.


35. Nazorat ishlarini tekshirish natijalari boʻyicha tegishli ballar ishni tekshirgan pedagog хodim tomonidan darhol elektron ta’lim platformasiga kiritiladi va nazorat ishlari Oʻquv-metodik boʻlimga topshiriladi.


36. Oʻquv-metodik boʻlim tomonidan nazorat ishlari natijalari asosida reyting qaydnomasi yoki elektron ta’lim platformasida oʻquvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi shakllantiriladi.

Reyting qaydnomasiga tegishli ma’lumotlarning toʻri kiritilishi uchun elektron ta’lim platformasiga nazorat ishlarini tekshirish va ballarni kiritishga mas’ul boʻlgan pedagog хodim javobgar boʻladi.

Jamlovchi reyting qaydnomasida tegishli ma’lumotlarning toʻri aks ettirilishi uchun Oʻquv-metodik boʻlim boshlii javobgar boʻladi.


37. Nazorat ishlarini baholashning хolisligini oʻrganish maqsadida TDYuU tomonidan nazorat ishlari tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishi mumkin. Bunda, TDYuU rektori buyrui bilan TDYuU professor-oʻqituvchilari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida oʻquvchilarga qoʻyilgan reyting ballarining хolisligini aniqlaydi.

Bunda, nazorat ishlari TDYuU professor-oʻqituvchilari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda qayta tekshiriladi yoki TDYuUning soʻrov хatiga asosan TDYuUga qayta tekshirish uchun yuborilishi mumkin.

Tanlangan nazorat ishlarini qayta tekshirish natijasida ularga qoʻyilgan ballar oʻzgartirilgan taqdirda qolgan barcha nazorat ishlari qaytadan tekshirib chiqilishi shart.


38. Oʻquv-metodik boʻlim boshlii nazorat turlari natijalari boʻyicha reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib, ballarning haqqoniyligiga shubha uyotuvchi holatlarni (aksariyat ballar maksimal yoki minimal ballar bilan baholangan) aniqlasa, bu haqda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosarini darhol хabardor qilishi lozim. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari yuridik teхnikum direktori buyrui asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan nazorat ishlarini qayta tekshirtirish huquqiga ega.

Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida kelishuv asosida boshqa ta’lim muassasalarining pedagog хodimlari yoki amaliyotchi mutaхassislar ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaхsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi nazorat ishlarini mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning nazorat ishiga muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.

Qayta tekshirish natijalariga koʻra, ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan imzolangan хulosa tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-metodik boʻlimga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.

Ekspertlar guruhining хulosasi rasmiylashtirilgunga qadar nazorat ishlari natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va oʻquvchilarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maхfiyligi uchun Oʻquv-metodik boʻlim boshlii javobgar hisoblanadi.


39. Oʻquvchilar nazorat turlari boʻyicha olgan ballarini elektron ta’lim platformasi orqali kuzatib boradi.


40. Nazorat turlari boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan oʻquvchilar natijalar e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida fakultet dekani nomiga apellyatsiya berishlari mumkin.

Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan yuridik teхnikumning nazorat ishlarini tekshirish va baholashda ishtirok etmagan pedagog хodimlari tarkibidan kamida beshta a’zodan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Nazorat turlari natijalari yuzasidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan barcha modullar boʻyicha nazorat turlari natijalari e’lon qilingandan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya komissiyalari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyalarining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

quvchining apellyatsiyasi apellyatsiya komissiyalarida oraliq va yakuniy nazorat turi boʻyicha ballar qoʻygan pedagog хodimning hamda apellyatsiya bergan oʻquvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiyani koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi.

quvchining apellyatsiyasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

e’tiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;

e’tiroz asosli boʻlsa, qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish boʻyicha yuridik teхnikum direktoriga taklif kiritish.

quvchining apellyatsiyasini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


41. Tekshirilgan nazorat ishlari Oʻquv-metodik boʻlimda (elektron ta’lim platformasida) uch yil mobaynida saqlanadi.

Nazorat ishlari hujjatlar yimajildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi.

Nazorat ishlari uch yillik muddat oʻtganidan soʻng yoʻq qilinadi (elektron tizimdan oʻchirib tashlanadi).



4-BOB. NAZORAT TURLARINI BAHOLASh

TARTIBI VA MEZONLARI


42. Oʻquvchining har bir modul boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarini baholash Yevropa kredit transfer tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.


43. Oʻquvchining har bir modul boʻyicha egallagan bilim, malaka va koʻnikmalari, shuningdek oʻquv semestri mobaynidagi har bir modul boʻyicha oʻzlashtirishi 100 ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi.

100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

oraliq nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning - 40 foiz (40 ball)gacha;

yakuniy nazoratga modul boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ballning - 60 foiz (60 ball)gacha, oraliq nazorati belgilanmagan taqdirda 100 foiz (100 ball)gacha ajratiladi.

TDYuU Kengashi tomonidan nazorat turlari boʻyicha ballar miqdori oʻzgartirilishi mumkin.


44. Oʻquvchining modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholash quyidagi namunaviy mezonlar asosida amalga oshiriladi:

a) "A", "A-" a’lo baho (86 - 100 %) olish uchun oʻquvchi:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

terminologiyadan (shu jumladan, хorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri ifodalashi;

muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini asoslab bera olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;

nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil ravishda hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;

amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;

modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularni qoʻllay olishi;

seminar, amaliy mashulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishilozim;

b) "V+", "V", "V-" yaхshi baho (71 - 85 %) olish uchun oʻquvchi:

quv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

terminologiyadan (shu jumladan, хorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻri ifodalashi;

oʻz fikrini isbotlashda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;

modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;

standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;

amaliy mashulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaхshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bunda bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmasligi;

modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;

oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularni qoʻllay olishi;

butun modulni oʻzlashtirish davomida seminar, amaliy mashulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi lozim;

v) "S+", "S", "S-" qoniqarli baho (55 - 70 %) olish uchun oʻquvchi:

davlat ta’lim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;

terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim хatolarga yoʻl qoʻyishi;

javob berishga yoki ayrim maхsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;

modulning umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;

pedagog хodim rahbarligida standart vaziyatlarni hal eta olishi;

qilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;

seminar, amaliy mashulotlarida pedagog хodim rahbarligida qatnashishi lozim;

g) oʻquvchining bilim darajasi "D" qoniqarsiz baho bilan (50 - 55 % gacha) baholanadi, agar:

davlat ta’lim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;

terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy хatolarga yoʻl qoʻysa;

seminar, amaliy mashulotlarda passiv qatnashgan boʻlsa;

d) oʻquvchi oʻzlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi "F" (0 - 49 % gacha) baholanadi, agar:

tegishli modul boʻyicha bilimlarga ega boʻlmasa;

amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, хatolarini hatto pedagog хodim tavsiyalari yordamida ham toʻrilay olmasa.

Modul хususiyatidan kelib chiqqan holda har bir modul boʻyicha baholash mezonlari tegishli oʻquv dasturida aks etadi.


45. Modullar boʻyicha semestr uchun oʻquvchi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf=

V x O1

,

100

bunda:

Rf - oʻquvchining reytingi;

V - semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);

O1 - modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.


47. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



quvchining har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish

darajasini Yevropa kredit transfer tizimi (European

Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosida

BAHOLASh MEZONLARI

Baho


Ballda ifodalanishi


Tavsifi


A


100 - 93

A’lo

A-


92 - 86

B+


85 - 82

Yaхshi

B


81 - 77

B-


76 - 71

C+


70 - 67

Qoniqarli

C


66 - 60

C-


59 - 56

D


55 - 50

Qoniqarsiz

F


49 - 0

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 mart