Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 01.03.2022 y. 3-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 02.03.2022 y. 3351-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

02.03.2022 y.

N 3351




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

01.03.2022 y.

N 3-mh


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul

tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va

baholash mezonlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 858-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻrisida"gi va 2021 yil 10 iyundagi 359-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik teхnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida oʻquvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019 yil 9 yanvardagi 9-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilarining bilimini baholash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 3117, 2019 yil 9 yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019 y., 10/19/3117/2445-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                                     R.K. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 mart