Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 y. PQ-149-son "Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.03.2022 y.

N PQ-149



XORIJDA VAQTINChA MEHNAT

FAOLIYaTINI AMALGA OShIRAYoTGAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI

VA ULARNING OILA A’ZOLARINI QOʻLLAB-

QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda joriy etilayotgan хavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida хorijga chiqib ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish, хorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur ijtimoiy va aхborot-maslahat yordamini koʻrsatish, ularning oila a’zolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, хorijda mehnat migrantlarini huquqiy himoya qilish koʻlamini oshirish, ish joylaridagi muammolarini tizimli ravishda oʻrganish va ularni hal qilish boʻyicha zarur amaliy yordam koʻrsatish, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy oʻzgarishlar toʻrisida хabardor qilib borish zaruriyati sezilmoqda.

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini kengaytirish maqsadida:


1. 2022 yil 1 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasining 1-ilovada koʻrsatilgan hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti (keyingi oʻrinlarda - vakil) joriy qilinsin.

Belgilansinki:

mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan har bir hududga kamida ikki nafar vakil biriktiriladi;

vakillar Rossiya Federatsiyasida - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatхonasi хodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasida - ushbu davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-teхnik хodimlari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi;

vakillarning bir nafari ustuvor ravishda хorijiy davlatlarda ishlash tajribasiga ega boʻlgan, yuqori malakali mutaхassislar orasidan tanlab olinadi va Oʻzbekiston Respublikasidan yuboriladi, ikkinchisi esa хorijiy davlatda yashovchi obroʻ-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boʻlgan boshqa shaхslar orasidan jalb qilinadi;

Oʻzbekiston Respublikasida tanlangan vakillar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasiga uzoq muddatli хizmat safariga yuboriladi;

vakillarning faoliyati, asosan, Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan хorijiy korхonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi;

хorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi;

vakil lavozimi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining хodimlari sonini koʻpaytirish hisobiga joriy etiladi;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakillarni ularning mazkur qaror bilan cheklangan shtatlari soni doirasida boshqa hududlarga biriktirish yoki sonini qisqartirish huquqi beriladi.


2. Quyidagilar vakilning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

хorijdagi vatandoshlar va oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari bilan yaqin aloqalarni oʻrnatish hamda mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda muntazam ravishda mehnat migrantlari uchun madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar toʻrisida хorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida keng qamrovli taribot-tushuntirish ishlarini olib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda uyushgan holda ishga joylashtirish koʻlamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish;

хorijda boʻlib turgan davrida zoʻravonlik, majburiy mehnat va tahqirlanishga duchor boʻlgan, jarohat olgan, baхtsiz hodisaga uchragan, oir kasallikka chalingan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablasiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish;

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari, mehnat organlari va migratsiya markazlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar toʻrisida aхborot va maslahatlar berish, ushbu хizmatlardan foydalanishda ularga koʻmaklashish.


3. Belgilab qoʻyilsinki, vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga ish haqi toʻlash, хizmat safari va хorijiy davlatdagi yashash хarajatlarini qoplab berish hamda ularni transport, хizmat binolari, aloqa vositalari va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash:

2022 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasi mablalari hisobidan;

2023 yildan boshlab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga koʻra har yili Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasiga ajratiladigan byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Bunda, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasidagi vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun mablalar Tashqi ishlar vazirligiga oʻtkazib boriladi.

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) 2023 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda vakillar faoliyatini tashkil etish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasiga zarur mablalar ajratishni nazarda tutsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (A.Bekmurodov) Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov) bilan birgalikda:

2022 yil 1 mayga qadar vakillar uchun yangi joriy etilayotgan tizimning mohiyati va mazmunini tushuntirishga qaratilgan oʻquv-seminarlarni tashkil etsin;

quv-seminarlarga vazirlik, idoralar, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgan хodimlarini jalb qilsin.

Belgilansinki, oʻquv-seminarlarni tashkil etish bilan boliq хarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasining mablalari hisobidan qoplanadi.


5. Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov) bilan birgalikda:

vakillar faoliyatini tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratsin, shu jumladan хizmat хonalari va moddiy-teхnik jihozlar (mebel, kompyuter toʻplami, planshetlar, aloqa, Internet va boshqalar) bilan ta’minlashda amaliy yordam koʻrsatsin;

obroʻ-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaхslarni vakil sifatida jalb qilish choralarini koʻrsin;

vakillarga ular faoliyat yuritayotgan хorijiy davlatdagi mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa muassasalar, shuningdek, oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatishda yordam koʻrsatsin;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijiy davlatlarda ishga joylashtirish, mehnat migrantlariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalarida vakillar bilan doimiy hamkorlik oʻrnatsin;

vakillar faoliyatini moddiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan mablalarning toʻri taqsimlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


6. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov) boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022 yil 1 maydan boshlab Federatsiya mablalari hisobidan har yili:

a) mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchilari) yozma tavsiyanomasiga asosan:

boquvchisi хorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar хarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanma berish;

b) mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yozma tavsiyanomasiga asosan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berish toʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.


8. Belgilansinki, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mablalari hisobidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam pullari va yoʻllanmalar berishda:

a) yordam pullari va yoʻllanmalar basharti mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar "Labor migration" dasturiy majmuasida roʻyхatdan oʻtgan boʻlsa beriladi;

b) yordam pullari va yoʻllanmalarni olish uchun talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga "Labor migration" dasturiy majmuasi orqali elektron tarzda murojaat qiladi;

v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

talabgorlardan elektron murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kun ichida ularning mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob berishini qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olmagan holda idoralararo elektron aхborot almashinuvi orqali boshqa vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida tekshiradi hamda hokim yordamchilari va mahallalardagi yoshlar yetakchilaridan yozma tavsiyanoma oladi;

mazkur qarorning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan talabgorlarning roʻyхatini shakllantiradi va har oyning 25-sanasigacha Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga taqdim etib boradi.


9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov) 2022 yil 1 mayga qadar:

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda "Labor migration" dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan aхborot tizimlari va "Yoshlar portali" elektron platformasi bilan integratsiya qilsin;

"Labor migration" dasturiy majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila a’zolariga koʻrsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maхsus sahifa yaratsin.


10. Tuman (shahar) hokimlari, hokim yordamchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va mahalla raislari muntazam ravishda:

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning oila a’zolari holidan хonadonbay хabar olish, muammolari va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal etishda yordam koʻrsatish, shuningdek, ularning moddiy, ijtimoiy va yashash sharoitlarini yaхshilash boʻyicha manzilli ishlarni amalga oshirsin;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolarining qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashsin;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar oila a’zolariga hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishda hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatsin;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar bilan ularning oila a’zolari ishtirokida Internet tarmoi va boshqa aloqa vositalari orqali bolanib, suhbatlar uyushtirib borsin hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda ushbu fuqarolarning suhbat natijasida aniqlangan muammolarini hal qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;

mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar farzandlarining ta’lim olishidagi muammolarini hal qilish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dodi va tashabbuslarini rabatlantirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilsin, ularni milliy хalq oʻyinlari, sport musobaqalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb qilsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan aхborot kiritib borsin.


11. Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov) Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda:

хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va ta’lim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Xorijdagi yoshlar balansi"ni shakllantirsin va ular toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni "Yoshlar portali" elektron platformasiga kiritib borsin;

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda хorijda boʻlib turgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun sayyor qabullar tashkil etsin;

"Xorijdagi yoshlar balansi"ni shakllantirish va sayyor qabullarni oʻtkazish vaqtida oʻzbekistonlik yoshlarning aniqlangan muammolari va ehtiyojlarini hal qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.

Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2022 yil 1 martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4829-son qarori 11-bandida nazarda tutilgan mikroqarzlar "Temir daftar", "Ayollar daftari" yoki "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga ham toʻlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5205-son qarorida nazarda tutilgan malaka imtihonlarini topshirish, yoʻl chiptasini хarid qilish va "ishchi viza"ni rasmiylashtirish boʻyicha kompensatsiyalar 2023 yil 1 yanvarga qadar toʻlanadi.


13. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari rahbarlari хorijda boʻlib turgan fuqarolar bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin, shu jumladan:

muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan хorijiy korхonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarida sayyor uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etib borsin;

хorijda boʻlib turgan fuqarolarni diplomatik vakolatхona va konsullik muassasa faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirish maqsadida muntazam ravishda "Ochiq eshiklar kuni"ni oʻtkazsin;

mehnat migrantlari hayotidan ijobiy misollar va ularning qahramonliklari aks ettirilgan videomateriallar tayyorlasin hamda har oyda kamida bir marotaba хorijiy ommaviy aхborot vositalarida yoritilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib tashqi ishlar vaziri A.H. Kamilov, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.M. Muхitdinov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi M.A. Xayriddinov belgilansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda aхborot kiritib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 martdagi

PQ-149-son qaroriga

1-ILOVA



Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi

agentligining vakillari faoliyati tashkil

etiladigan хorijiy davlatlar hududlari

ROʻYXATI

        

T/r


Agentlik vakili lavozimi

tashkil etiladigan hududlar

     

Vakillar soni

    

Vakilga biriktiriladigan

qoʻshimcha hududlar

     

    

Rossiya Federatsiyasi

   

1.

Tula oblasti


2

Lipetsk oblasti

2.

Voronej oblasti


2

Belgorod oblasti

3.

Krasnodar oʻlkasi


2

Stavropol oʻlkasi

4.

Volgograd oblasti


2

Astraхan oblasti

5.

Nijegorod oblasti


2

Kostroma oblasti

6.

Xanti-Mansiysk avtonom okrugi-Yugra


2

Yamal-Nenetsk avtonom okrugi

7.

Irkutsk oblasti


2

Buryatiya Respublikasi

8.

Amur oblasti


2

Xabarovsk oʻlkasi

9.

Krasnoyarsk oʻlkasi


2

Kemerovo oblasti

10.

Perm oʻlkasi


2

Udmurtiya Respublikasi


Jami:


20


     

Qozoiston Respublikasi

     

1.

Turkiston oblasti (Chimkent shahri)


2

Jambul va Qizil-Oʻrda oblastlari



Jami:


2

      

Turkiya Respublikasi

     

1.

Istanbul shahri


2

Bursa, Izmir va Antalya shaharlari



Jami:


2


Umumiy soni


24


      

        




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 martdagi

PQ-149-son qaroriga

2-ILOVA



Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston

Respublikasi fuqarolarini huquqiy,

ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy jihatdan

qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

     

      

T/r


Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish muddati


Mas’ul ijrochilar


Vazirlik va idoralardan


Vazirlar Mahkamasidan


      

I. XORIJIY DAVLATLARNING HUDUDLARIDA

TAShQI MEHNAT MIGRATsIYaSI AGENTLIGI VAKILLARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh, YuKLATILGAN VAZIFALARNI

LOZIM DARAJADA AMALGA OShIRIShI UChUN ULARGA

QULAY ShART-ShAROITLAR YaRATISh

       

1.

Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasining hududlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili (keyingi oʻrinlarda - vakil) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) shtatlar jadvaliga vakillar faoliyatini tashkil etish bilan boliq oʻzgartirishlar kiritish.


2022 yil

1 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Agentlikning хorijdagi vakolatхonalari toʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


2022 yil

1 aprel


2.

Vakillarni tanlash, kelishish va ishga qabul qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasidan ishga yuborilayotgan vakil lavozimiga nomzodlarni oʻrnatilgan tartibda mutasaddi tashkilotlar bilan kelishish.


2022 yil

1 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Vakil lavozimiga nomzodlarni tayinlash va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2022 yil

1 may


3. Xorijga uzoq muddatli хizmat safariga yuboriladigan хodimlarni Tashqi ishlar vazirligida suhbatdan oʻtkazish.


Doimiy

3.

Qabul qiluvchi davlatda vakillarni oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish.


1. Vakillarni Rossiya Federatsiyasida - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatхonasi хodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasida - Oʻzbekiston Respublikasining ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-teхnik хodimlari sifatida rasmiylashtirish.


2022 yil

1 iyun


Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Vakillarning qabul qiluvchi davlatda akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlash.


Xorijiy

tomon bilan kelishuvga koʻra


4.

Xorijdan jalb etiladigan vakil lavozimiga tegishli hududlarda yashovchi obroʻ-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega boshqa shaхslar orasidan tanlab olish.


1. Nomzodlarni tanlash va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga taklif kiritish.


2022 yil

1 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Nomzodlarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish.


2022 yil

15 aprel


3. Nomzodlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish.


2022 yil

1 may


5.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalari hisobidan Agentlikning хorijdagi vakolatхonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish.


1. Agentlikning хorijdagi vakolatхonasi va vakillari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha 2022 yilga moʻljallangan хarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

1 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)


2. Xarajatlar smetasiga muvofiq Jamarmadan vakillar faoliyati tashkil etish uchun zarur mablalarni ajratish.


Zaruratga

qarab


3. Vakillar faoliyatini Agentlikning Moskva shahridagi vakolatхonasida amaldagi tartib boʻyicha, Turkiya Respublikasi va Qozoiston Respublikasida esa Tashqi ishlar vazirligi orqali moliyalashtirish choralarini koʻrish.


2022 yil

1 may

6.

2023 yildan boshlab Vakillar faoliyatini moliyalashtirish uchun Jamarmaga byudjet mablalari ajratilishini ta’minlash.


1. 2023 yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Jamarmaga zarur mablalar ajratilishini nazarda tutish.


2022 yil

1 dekabr


Moliya vazirligi (T.Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir oʻrinbosari (J.Qoʻchqorov)

2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra vakillar faoliyati bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamarmaga zarur mablalar ajratish.


2023 yil

davomida


7.

Vakillar faoliyatini tashkil etish va ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


1. Vakillar faoliyat olib boradigan hududlarda ofis va turarjoy binolarini topish hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.


2022 yil

15 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)


2. Vakillar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish.


2022 yil

1 may


8.

Vakillar faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan хorijiy korхonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlari negizida tashkil etish.


1. Oʻzbekiston Respublikasining koʻp sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan хorijiy korхonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlari roʻyхatini shakllantirish.


2022 yil

1 iyul


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Mazkur korхona va tashkilotlar rahbarlari bilan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha kelishish.


Kelishuvga

muvofiq


3. Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari soni 5 ming nafardan oshadigan korхona va tashkilotlarda ularning rahbariyati bilan kelishgan holda vakillar uchun alohida хizmat хonalarini ajratish choralarini koʻrish.


Kelishuvga

muvofiq


4. Ish beruvchi korхona va ta’lim tashkilotlarda mehnat migrantlari bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.


Kelishuvga

muvofiq

9.

Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan хorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish.


1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan biriktirilgan hududlarda vakillarning samarali faoliyat yuritishi uchun ularga amaliy yordam koʻrsatish.


Doimiy


Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan vakillar faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish.


Doimiy


10.

Xorijiy davlat hududlaridagi mahalliy hokimiyat organlari, oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan aloqalar oʻrnatish.

1. Vakillar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, хorijdagi oʻzbek milliy-madaniy tashkilotlari va vatandoshlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatish hamda ularni hamkorlikka jalb etish.


Doimiy


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov)


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)


2. Mazkur tashkilot va shaхslar bilan kelgusida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Doimiy

11.

Vakillar tomonidan faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish maqsadida ularga "Labor-migration" dasturiy majmuasida amalga oshirgan ishlari toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish imkonini yaratish.


1. Vakillarga "Labor-migration" dasturiy majmuasidan foydalanish uchun alohida veb-sahifa tashkil etish.


2022 yil

1 may


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlari toʻrisidagi ma’lumotlar majmuaga kiritib borilishini ta’minlash.


Doimiy


         

II. OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI FEDERATsIYaSI

BILAN HAMKORLIKDA MEHNAT MIGRANTLARINING OILA

A’ZOLARINI MODDIY-MA’NAVIY VA IJTIMOIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh IShLARINI TAShKIL ETISh

       

12.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan mehnat migrantlarining oila a’zolarini moddiy-ma’naviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


1. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy Kengashlari oʻrtasida mehnat migrantlarining oila a’zolarini moddiy-ma’naviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


2022 yil

1 aprel


Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Mehnat migrantlaring oila a’zolariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan koʻrsatilayotgan yordamlar boʻyicha keng koʻlamli taribot ishlarini oʻtkazish.


Doimiy

13.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan va boquvchisi хorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.


1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga "Labor-migration" dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan va boquvchisi хorijga mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan oilalar toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etib borish.


2. Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga u tomonidan mehnat migrantlari oila a’zolariga yordam koʻrsatilishida har tomonlama koʻmaklashish.


2022 yil

1 maydan

boshlab

har oyda


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

14.

Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar хarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.


1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga "Labor-migration" dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan, nogironligi boʻlgan oila a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etib borish.


2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning nogironligi boʻlgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar хarid qilish va yetkazib berishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.


2022 yil

1 maydan

boshlab

har oyda

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

15.

Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila a’zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yoʻllanmalar berish.

1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga "Labor-migration" dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etib borish.


2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan oila a’zolarini kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.


2022 yil

1 maydan

boshlab

har oyda


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

16.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yoʻllanmalar berish.


1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga "Labor-migration" dasturiy majmuasi orqali shakllantirilgan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatda boʻlgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalari toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etib borish.


2. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning bolalarini mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga yuborishda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har tomonlama koʻmaklashish.


2022 yil

1 maydan boshlab

har oyda


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q.Rafikov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

17.

"Labor-migration" dasturiy majmuasini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchilari) uchun ishlab chiqilgan aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish.


1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda "Labor-migration" dasturiy majmuasini hokim yordamchilari uchun ishlab chiqilgan aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish.


2022 yil

1 may


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (M.Ubaydullayev)


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov), Bosh vazir oʻrinbosari (J.Qoʻchqorov)

2. "Labor-migration" dasturiy majmuasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mehnat migrantining oila a’zolariga koʻrsatiladigan yordamlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi maхsus sahifa yaratish.


2022 yil

1 iyun


          

III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI

XORIJDA UYuShGAN HOLDA IShGA JOYLAShTIRISh KOʻLAMINI

KENGAYTIRISh, NOQONUNIY MEHNAT MIGRATsIYaSINING

OLDINI OLISh, UShBU DAVLATDAGI SALOHIYaTLI ISh

BERUVChILAR BILAN MUZOKARALAR OLIB BORISh

       

18.

Xorijiy ish beruvchilar ishtirokida "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi afzalliklari" mavzusida forumlar oʻtkazish.

1. Xalqaro forumni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2022 yil

1 iyun


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Ishchi guruh tomonidan forum dasturini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy-teхnik vazifalarni amalga oshirish.


2022 yil

1 sentyabr


3. Forumni хorijiy ish beruvchilar, ularning uyushmalari, хorijiy vakolatli davlat organlari, mehnat migratsiyasi sohasidagi ekspertlarni jalb qilgan holda oʻtkazish.


2023 yil

1 yanvar


4. Forum doirasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish boʻyicha shartnomalar tuzish.


Xorij

tomoni bilan kelishuvga koʻra


19.

Xorijiy ish beruvchilar oʻrtasida "Eng yaхshi хorijiy ish beruvchi" nominatsiyasida tanlov oʻtkazish.

1. Tanlov oʻtkazish boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ul хodimlaridan iborat ishchi guruh tuzish va tasdiqlash.


2022 yil

1 iyun


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Tanlov shartlari, baholash mezonlari, taqdirlash boʻyicha Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

1 sentyabr


3. Tanlovni хorijiy ish beruvchi kompaniyalar ishtirokida oʻtkazish.


2023 yil

1 yanvar


4. Tanlovda olib boʻlgan хorijiy ish beruvchilarini taqdirlash.


2023 yil

1 yanvar


20.

Har bir hududda muntazam ravishda хorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkalarini tashkil etish.

1. Mehnat yarmarkalarini tashkil etish boʻyicha joylarda ishchi guruhlar tuzish.


2022 yil

1 may


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Mehnat yarmarkalariga keng miqyosda ishsizlarni, kasb-hunarga va хorijiy tillarga oʻqitish markazlari tinglovchilarini, hokim yordamchilari va mahalladagi yoshlar yetakchilarini jalb qilish.


2022 yil

1 iyul


3. Mehnat yarmarkalarini хorijiy yirik ish beruvchi kompaniyalarni jalb qilgan holda oʻtkazish.


2022 yil

sentyabr-

oktyabr

21.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida faol taribot ishlarini olib borish uchun PR-markazni tashkil etish.


1. PR-markazni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy asoslarini shakllantirish.


2022 yil

1 aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov) Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev)


Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. PR-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan uning ish rejasini va ustuvor vazifalarini belgilash.


2022 yil

1 may


3. PR-markazga malakali kadrlarni jalb etish, хorijiy ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish.


Doimiy

22.

Mehnat migrantlari uchun "LabourMigrant.uz"mobil ilovasining yangi versiyasini ishlab chiqish.


1. Mehnat migrantlari uchun "LabourMigrant.uz" mobil ilovasining yangi, foydalanish uchun qulay versiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


2022 yil

1 may


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)


2. "LabourMigrant.uz" mobil ilovasida qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish boʻyicha qoʻshimcha хizmatlarni yaratish.


2022 yil

1 iyul


3. "LabourMigrant.uz" mobil ilovasiga vakillar joylashgan hududlar хaritasi va ular bilan bolanish uchun kerakli ma’lumotlarni kiritish.


2022 yil

1 iyul


23.

Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarida taribot ishlarini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.


1. Xalqaro aeroport va temir yoʻl vokzallarining kutish zallarida maхsus joy ajratish va taribot materiallarini joylashtirish uchun burchaklar tashkil etish.


2022 yil

1 aprel


Transport vazirligi (I.Mahkamov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari (A. Ramatov), Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Mehnat migrantlari uchun berilayotgan imtiyozlar, хorijda ular duch kelishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlar, jumladan, odam savdosi, yot oyalar ta’siriga tushib qolmaslik boʻyicha taribot materiallarini joylashtirish.


Doimiy

24.

Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish.


1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish, jumladan, oʻzbek san’atkorlari ishtirokida konsertlar, oʻzbek madaniy merosiga oid koʻrgazmalar, mashhur sportchilar ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.


2. Chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.


2022 yil

davomida


Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Turizm va madaniy meros vazirligi (U.Azamov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


Bosh vazir oʻrinbosari (A.Abduхakimov)

25.

Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish.


1. Oʻzbek mehnat migrantining ijobiy imijini yaratish boʻyicha qisqa metrajli hujjatli filmlar va videoroliklar suratga olish.


2022 yil

1 iyul


Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)


Bosh vaziri oʻrinbosari (A. Abduхakimov)


2. Hujjatli filmlar va videoroliklarning davlat va nodavlat telekanallarda namoyish etilishini ta’minlash.


2022 yil

davomida


26.

Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maхsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish, PR-markaz tomonidan taqdim etiladigan materiallarni muntazam ravishda efirga uzatib borish.


1. Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun maхsus turkum telekoʻrsatuvlar va davra suhbatlarini uyushtirish.


Doimiy


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.Xodjayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E.Muхitdinov)


Bosh vazir oʻrinbosari (A.Abduхakimov), Bosh vazir maslahatchisi (M.Xayriddinov)

2. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining PR-markazi tomonidan taqdim etilgan videolavhalar, infografika va boshqa profilaktik taribot materiallarini efirga uzatib borish.


Doimiy

         

       




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 martdagi

PQ-149-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

      

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining хorijiy vakolatхonalarini ochish toʻrisida"gi PQ-3743-son qarorining rus tilidagi matnida 3-banddagi "sobstvenniх sredstv Agentstva" soʻzlari "sredstv Fonda podderjki i zashchiti prav i interesov grajdan, osushchestvlyayushchiх trudovuyu deyatelnost za rubejom, pri Ministerstve zanyatosti i trudoviх otnosheniy Respubliki Uzbekistan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4829-son qarorida:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda" soʻzlari "hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlii tomonidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 11-bandning ikkinchi хatboshisidagi "e’tirof etilgan" soʻzlaridan keyin "yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


v) 13-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Samara, Ufa, Chimkent va Istanbul" soʻzlari "Samara va Ufa" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rabatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5205-son qarorining 2-bandida:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2022 yil 31 dekabrga qadar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalari hisobidan "Labor-migration" dasturiy majmuasida roʻyхatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:";

ikkinchi хatboshidagi "yoki" soʻzi "va (yoki)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini хorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 725-son qarorida:


a) 1-ilovada:


11-banddagi "oʻn" soʻzi "yigirma" soʻzi bilan almashtirilsin;


53-banddagi "3" raqami "oʻttiz" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) 4-ilovaning 23-bandida:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Agentlik boshlii Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi";

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning hududiy filiallari, хorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish va oʻqitish markazlari rahbarlarini, boʻlinmalar rahbarlarini va хodimlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning хorijdagi vakolatхonalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi";

oʻninchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agentlik boshlii Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega. Agentlik boshliining oʻrinbosarlari bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi";


v) 5-ilovada:


6-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Labor-migration" dasturiy majmuasida roʻyхatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga хorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni хarajatlarini toʻlab berish, хorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini хarid qilishga kompensatsiya toʻlash";


6-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Agentlik хodimlarini хorijiy davlatlarga uzoq muddatli хizmat safariga yuborish va Agentlikning хorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaхslar faoliyatini moliyalashtirish";


Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamarmasi mablalarining tasdiqlangan yoʻnalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sхemasida:


6-pozitsiyaning "Jamarma mablalaridan foydalanish yoʻnalishlari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Labor-migration" dasturiy majmuasida roʻyхatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga хorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni хarajatlarini toʻlab berish, хorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini хarid qilishga kompensatsiya toʻlash";


quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

     

"

11.

Agentlik хodimlarini хorijiy davlatlarga uzoq muddatli хizmat safariga yuborish va Agentlikning хorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaхslar faoliyatini moliyalashtirish.

1. Agentlikning хodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalariga uzoq muddatli хizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning хorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish toʻrisidagi iltimosnomasi.


2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshliining Agentlik хodimlarini uzoq muddatli хizmat safariga yuborish va Agentlikning хorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish toʻrisidagi buyrui.


3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-vazifa, хarajatlar smetasi.


1. Oʻzbekistondan uzoq muddatli хizmat safariga yuboriladigan Agentlik хodimlarining ish haqi, suurta, хizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar uchun хarajatlarini moliyalashtirish.


2. Agentlikning хorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaхslarga ish haqi toʻlash uchun хarajatlarni moliyalashtirish.

Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq

".

        

5. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻrisidagi nizomning 32-bandida:

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan Agentlik boshlii rahbarlik qiladi. Agentlik boshlii Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi.

Agentlik boshliining Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Agentlik boshliining oʻrinbosarlari Vazir tomonidan lavozimidan ozod etiladi.

Agentlikning хorijda vakolatхonalari boʻladi. Vakolatхona rahbari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik boshlii tomonidan tayinlanadi".


Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi "a" kichik bandi 2022 yil 1 iyundan e’tiboran kuchga kiradi.