Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.03.2022 y. 4-mh-son "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 35-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.03.2022 y. 1988-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.03.2022 y.

N 1988-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.03.2022 y.

N 4-mh


BUYRUI



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining

35-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 2 fevraldagi OʻRQ-749-son "Intellektual mulk ob’yektlari toʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 iyundagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"35. Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismi va 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisiga talabnoma topshirish huquqiga yuridik yoki jismoniy shaхs (bundan keyingi oʻrinlarda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) egadir.".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                                    R.K. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 mart