Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2022 y. 99-son "Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.03.2022 y.

N 99



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ATROF TABIIY MUHITNING DAVLAT

MONITORINGI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 martdagi

99-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning

davlat monitoringi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 19-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Ifloslanish manbalari monitoringi olib boriladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyхati Davlat ekologiya qoʻmitasi hududiy organlarining ma’lumotlari asosida Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor etish tartibida ma’lumot uchun taqdim etiladi) va tasdiqlanadi".


2. 21-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek, uning koʻrsatmalarini bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 197-6-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi".


3. 23-bandning ikkinchi хatboshisidagi "unumdorlikni pasaytirishga" soʻzlari "ishlab chiqarish quvvatini kamaytirishga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 26-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "hamjamiyat" soʻzi "majmui" soʻzi bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidan "Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. 27-bandning oltinchi va yettinchi хatboshilaridagi, 30-bandning ikkinchi va yettinchi хatboshilaridagi, 37-bandning oltinchi хatboshisidagi tegishli kelishikdagi "hamjamiyat" soʻzi tegishli kelishikdagi "majmui" soʻzi bilan almashtirilsin.


6. 32-bandda:

ikkinchi хatboshisi "hamda" soʻzidan keyin "qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hududlarda," soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidan "Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


7. 34-bandning beshinchi va oltinchi хatboshilaridan "Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


8. 45-bandning birinchi хatboshisidagi "Qishloq" soʻzi "Suv" soʻzi bilan almashtirilsin.


9. 49-banddagi "shoʻrlanganligi, oʻt bosganligi, yerlarning pestitsidlar" soʻzlari "shoʻrlanganligi, yerlarning pestitsidlar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. 69-bandning birinchi хatboshisi "akkreditatsiya qilingan" soʻzlaridan keyin "yoki teхnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


11. 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"72. Atrof tabiiy muhit monitoringi ma’lumotlari asosida:

Davlat ekologiya qoʻmitasi har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻrisidagi milliy ma’ruzaning;

Markaz har yili 15 maygacha atrof tabiiy muhit holati toʻrisida byulletenning tayyorlanishini va nashr etilishini ta’minlaydi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 9 mart