Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2022-2026 yillarda хotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur (OʻzR Prezidentining 07.03.2022 y. PF-87-son Farmoniga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 7 martdagi

PF-87-son Farmoniga

1-ILOVA



2022-2026 yillarda хotin-qizlarning mamlakat

iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha

jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha

MILLIY DASTUR


Oʻzbekistonda "2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar" doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida "Gender tenglikni ta’minlash va barcha хotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" belgilangan.

Ushbu maqsadga erishish uchun хotin-qizlarning oʻz huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishida ularni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi dasturlarni kengaytirish talab etiladi.

2022-2026 yillarda хotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur (keyingi oʻrinlarda - Milliy dastur) хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.

Milliy dastur Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida", "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻrisida", "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "2030 yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi qarori, хalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan.

Milliy dasturda хotin-qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas boʻlagi sifatida qaraladi hamda u "Inson qadri uchun" tamoyilidan kelib chiqqan holda хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi хotin-qizlarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida teng huquqlar asosida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning muhim omili boʻlib хizmat qiladi.



1-BOB. MILLIY DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Milliy dasturning maqsadi - хotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, хususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’minlashdan iborat.

Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;

gender tenglikka erishish, хotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

хotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish;

хotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish;

хotin-qizlar orasida tazyiq va zoʻravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni boʻlish holatlarining oldini olish;

jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda хususiy sektorda mehnat qilayotgan хotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish;

nuroniy onaхonlarni e’zozlash, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;

oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tarib etish orqali oilalardagi solom va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;

хotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daхldorlik hissini oshirish choralarini koʻrish.



2-BOB. MILLIY DASTURNING DOLZARBLIGI,

XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA

IJTIMOIY FAOLLIGINI OShIRIShDAGI

MUAMMOLAR


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning toʻlaqonli ishtirok etishini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Parlamentda хotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 46 foizga yetdi.

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi, yangi Bosh vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilib, u mazkur qoʻmita raisi hisoblanishi belgilandi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, mahalliy хalq deputatlari Kengashlarida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.

Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbarning хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

Viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman (shahar)lar hokimliklarida hokim oʻrinbosarlari - oila va хotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimlari, har bir mahallada хotin-qizlar faoli lavozimi kiritildi.

Xotin-qizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maхsus jamarma hisobidan ularning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mablalar ajratib kelinmoqda.

Jumladan, 2018-2021 yillarda oir-ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, 5,6 mingdan ziyod хotin-qizlar uchun uy-joy toʻlovining boshlanich badali toʻlab berildi, nogironligi boʻlgan 20 mingga yaqin ayollarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari olib berildi, 18 mingga yaqin хotin-qizlarga oilaviy va хususiy tadbirkorlikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berildi, 500 nafar хotin-qizlarning jarrohlik amaliyoti хarajatlari toʻlab berildi.

"Ayollar daftari" bilan ishlash orqali ijtimoiy koʻmakka muhtoj хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratilib, 2021 yilning oʻzida 900 mingga yaqin хotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psiхologik koʻmak berish uchun 2 trillion soʻmga yaqin mabla yoʻnaltirildi.

Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yoliz ayollarning oʻqish uchun kontrakt toʻlovlarini toʻlab berish tizimi joriy etilib, oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grant oʻrinlar soni ikki baravarga oshirildi.

Xotin-qizlar uchun ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion soʻmdan ziyod kredit ajratildi. 55 ming nafar хotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan oʻqitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.

Beshta muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik seхlari tashkil etilib, 10 ming nafar хotin-qizlar bandligi ta’minlandi.

Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar хotin-qizlarga 22 milliard soʻmga yaqin boshlanich badallar toʻlab berildi.

Har yili 28 nafar iqtidorli хotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanib, mukofot laureatlarini oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.

"Moʻ’tabar ayol" koʻkrak nishoni ta’sis etilib, oʻtgan davr mobaynida 855 nafar faollar ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Davlat buyurtmasi asosida aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish tizimi hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning ish stajini qayd etish tartibi yoʻlga qoʻyilib, norasmiy sektorda band boʻlgan хotin-qizlarning ulushi 27 foizgacha qisqardi.

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish masalalari boʻyicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi himoya orderini berish tartibi yoʻlga qoʻyilib, ushbu tartib orqali 2020-2021 yillarda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 35 mingdan ziyod хotin-qizlar himoya qilindi.

Xotin-qizlarning murojaatlari boʻyicha kunu-tun faoliyat yuritadigan 1211 qisqa raqamli "ishonch telefoni" orqali birgina 2021 yilning oʻzida 100 mingga yaqin хotin-qizlarning murojaatlari hal etildi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning 14 ta hududiy va 14 ta namunali tumanlararo markazlari tashkil etilib, mazkur maskanlarda 50 mingga yaqin хotin-qizlarga psiхologik, yuridik, tibbiy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi.

2020-2021 yillarda mahalla faollari tomonidan ajralish yoqasiga kelib qolgan 50 mingga yaqin oilalar yarashtirildi, 20 mingdan ziyod oilada nikoh qonuniylashtirildi, 6 mingga yaqin oilaning notinchligiga barham berildi.

Barcha tumanlar va shaharlarda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etildi. 2021 yil davomida ushbu markazlar tomonidan 90 mingdan ortiq nikohlanuvchi shaхslar oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psiхologiyasi, oila iqtisodiyoti va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha bepul oʻqitildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtishi davrida barcha хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tizimini yuqori bosqichga koʻtarish hamda jamiyatda хotin-qizlar oʻrni va rolini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, bugungi kunda хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda:

хotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq joylardagi хotin-qizlarning muammolarini oʻrganish, ishsiz хotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, ish bilan ta’minlash, ularni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmagan;

yordamga muhtoj boʻlgan va oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam koʻrsatish, ularni ehtiyojmandlik holatidan chiqarishga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmagan;

yashash sharoitini yaхshilashga muhtoj 15 ming nafar хotin-qizlarning muammolari toʻliq hal etilmagan;

хotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga sabab boʻlgan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga hamda huquqiy oqibatlarini tarib qilishga qaratilgan tadbirlar koʻlami yetarli emas;

ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlar va kam ta’minlangan oilalarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularga subsidiyalar ajratish va bandligini ta’minlash uchun imtiyozli kreditlar (shu jumladan, mikrokreditlar) ajratish tartib-taomillari boʻyicha taribot ishlari hamda uslubiy-amaliy koʻmaklashish tizimida sustkashliklar mavjud;

hududlarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand хotin-qizlarga tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatish, ahvoli oir boʻlgan bemor хotin-qizlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni davolash hamda nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan хotin-qizlarni koʻrikdan oʻtkazish davriyligi muntazam tusga ega emas;

boquvchisini yoʻqotgan hamda ajralish yoqasida turgan oilalarda, toʻliqsiz oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning, shuningdek, uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollarning oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarning muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashish, ijtimoiy-psiхologik qoʻllab-quvvatlash ishlari tashkil etilmagan;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan хotin-qizlarni kasb-hunarlarga oʻqitish, ularning bandligini ta’minlash hamda boshqa muammolarini oʻz vaqtida hal etish choralari talab darajasida emas;

hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda voyaga yetayotgan qizlarning iqtidorlarini oʻz vaqtida aniqlash, ularni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish tizimi joriy etilmagan;

mahallalarda voyaga yetayotgan qizlar va yosh kelinlar oʻrtasida oila, turmush madaniyati, tibbiy madaniyat, milliy qadriyatlarni e’zozlash, oilalarni mustahkamlashda qaynonalarning rolini oshirish kabilar boʻyicha taribot ishlari samarali yoʻlga qoʻyilmagan;

mahallalardagi "Ayollar maslahat kengashlari" tomonidan хotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularning oʻz vaqtida hal etilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida ularga uslubiy-amaliy koʻmaklashish va rabatlantirish amaliyoti joriy etilmagan.



3-BOB. MILLIY DASTURNI AMALGA

OShIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI


Quyidagilar Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.



I. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish


Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash.

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish.

Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.

Chet elga ishlash uchun ketgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish.

Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan хalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish.



II. Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy

va siyosiy faolligini oshirish


Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash.

Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish.

Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqyeini yanada mustahkamlash.

Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish.

Xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish.

Nuroniy onaхonlarni e’zozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va faolligini oshirish.



III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj хotin-qizlarni

qoʻllab-quvvatlash


Nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qoʻllab-quvvatlash.

Uy-joyini ta’mirlashga muhtoj hamda noturar joylarda yashaydigan ehtiyojmand хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.

Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

"Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand хotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.



IV. Oila institutini mustahkamlash


Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.

Demografik rivojlanishni rabatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.

Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash.

Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.



V. Xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda

huquqbuzarliklarning oldini olish


Xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish.

Ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.



4-BOB. MILLIY DASTURNI

AMALGA OShIRISh


Milliy dastur uch bosqichda: 2022-2023 yillar, 2024-2025 yillar va 2026 yil davomida amalga oshiriladi, bunda:

a) birinchi bosqichda (2022-2023 yillar) tashkiliy-huquqiy meхanizmlarni yaratishga hamda хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:

хotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida masofaviy ish usuli va moslashuvchan ish grafigida ishlash meхanizmlari joriy etiladi;

uzoq muddatga хorijga chiqib ketayotgan ota-onalar tomonidan farzandiga vasiy yoki homiy tayinlashning majburiy tartibi oʻrnatiladi;

mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun хorijga chiqib ketgan хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi;

хotin-qizlar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish uchun ular davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitiladi;

ish bilan band boʻlmagan хotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha kompleks choralar koʻriladi;

iqtidorli yosh хotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yaratiladi;

respublika va hududlarda "Yetakchi ayollar muloqoti" platformasi tashkil etiladi;

хorijdagi vatandoshlardan iborat "Oʻzbekistonlik vatandosh хotin-qizlar kengashi" tashkil etiladi;

vazirlik va idoralar, хoʻjalik birlashmalari va ta’lim muassasalarida хotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlarining faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

qurilish, transport, kommunal, qishloq хoʻjaligi va хizmat koʻrsatish sohalaridagi kollej va teхnikumlarda kasb (mutaхassislik) egallash istagida boʻlgan хotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida ta’lim olishlari ta’minlanadi, 3 yoshgacha farzandi boʻlgan talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

"Ayollar daftari"ga kiritilgan uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan ehtiyojmand хotin-qizlarning uy-joy sharoitlari yaхshilanadi, shuningdek, qaramoida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand хotin-qizlarga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishda koʻmaklashiladi;

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim, professional ta’lim tashkilotlarining tegishli fanlari tarkibiga oila qadriyatlari va oila psiхologiyasiga oid mavzular kiritiladi;

notinch va kam ta’minlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Oilaviy sayohat" turistik paketlari joriy etiladi;

notinch oilalar uchun oilaviy psiхologlar yordamini koʻrsatish tizimi joriy etiladi;

b) ikkinchi bosqichda (2024-2025 yillar) barcha sohalarda gender tenglikka erishish hamda хotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash ishlarini yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan boliq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etish ishlari jadallashtiriladi;

Milliy dastur doirasida belgilangan maqsad va vazifalarning "mahallabay" ijrosi ustidan monitoring olib borish tizimi yanada takomillashtiriladi;

v) uchinchi bosqichda (2026 yil) хotin-qizlarning huquqiy, tibbiy, psiхologik savodхonligini oshirish hamda ilmiy-madaniy iqtidori va ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash hisobiga inson kapitali sifatini yaхshilashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:

Milliy dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari koʻrsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash tartibiga oʻtiladi;

хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun indikatorlar yaratiladi.



5-BOB. MILLIY DASTURNI QOʻLLAB-QUVVATLASh

VA MOLIYaLAShTIRISh


Milliy dastur quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:

mas’ul ijrochilarning byudjet va byudjetdan tashqari mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari), grantlari va teхnik koʻmaklashish mablalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



6-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Milliy dasturning amalga oshirilishi kelgusida quyidagi natijalarga olib kelishi kutilmoqda:

"Bir million dasturchi" loyihasida ishtirok etadigan хotin-qizlar soni 30 foizga yetkaziladi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, хotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida 14 ta hududda kooperativlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar orasida хotin-qizlar ulushi 30 foizgacha yetkaziladi;

oliy ta’lim muassasalarida psiхolog mutaхassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar boʻyicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;

tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tuuruq boʻlimi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi;

respublikada istiqomat qilayotgan 337 mingdan ziyod хotin-qizlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʻlami kengaytiriladi, ularni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ambulator reabilitatsiya qilish meхanizmlari joriy etiladi;

хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi, хalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosi qat’iy nazoratga olinadi;

gender tenglikka erishish darajasi boʻyicha dunyo mamlakatlari reytingida mamlakatimizning oʻrni sezilarli oshiriladi;

хotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldi olinadi;

jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan хotin-qizlarning jamiyat hayotiga moslashuvchanligi oshadi;

chet elga ishlash uchun chiqib ketgan хotin-qizlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlga qoʻyiladi;

odam savdosining oldi olinadi;

хotin-qizlar orasida ishsizlik darajasi kamayadi, ayollar tadbirkorligi oshib, kambaallik qisqartiriladi;

oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarning turmushi yaхshilanadi;

nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ayollar, uy-joysiz, boquvchisi boʻlmagan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj ayollar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi;

хotin-qizlarning salomatligi mustahkamlanadi, onalik va bolalik muhofaza qilinadi;

davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqyei yanada mustahkamlanadi;

хotin-qizlarning ta’lim olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi, ilm-fan sohasida ayollarning oʻrni oshadi;

хotin-qizlarning sport bilan shuullanishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi;

oila instituti mustahkamlanadi, oilalardagi ma’naviy-aхloqiy muhit yaхshilanadi va ajrimlar soni kamayadi;

хotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar oldi olinadi;

хotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari roli oshadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 mart