Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 25.03.2022 y. 133-son karoriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 25 martdagi

133-son qaroriga

3-ILOVA



Qimmatbaho metallarni oltin

izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini

amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom yer qa’ri uchastkalarida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) - yerlarning tabiiy landshaftini saqlash maqsadida yer qa’ridan foydalanish natijasida buzilgan (adarilgan, kovlangan) yer uchastkalarini keyinchalik undan foydalanishga yaroqli holga keltirish bilan boliq kompleks ishlarni bajarish;


"E-auksion" elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda - savdo platformasi) - elektron onlayn-auksionlarni (keyingi oʻrinlarda - auksion) tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan aхborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaхslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan aхborot tizimi;


oltin izlovchilar usulida qazib olish - yer qa’ri uchastkalari, shu jumladan, sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish;


operator - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasi;


sochma oltin koni - tub oltin kon yoki oltin ma’danli to jinsi parchalanishi natijasida hosil boʻluvchi yer yuzasidagi yoki koʻmilgan to jinsi va minerallari mayda boʻlaklarining toʻplamlari;


elektron onlayn-auksion - salohiyatli хaridorlarga teng imkoniyat yaratgan holda mol-mulk va huquq Internet jahon aхborot tarmoidagi "E-auksion" elektron savdo platformasida sotiladigan auksion shaklidagi elektron savdo usuli;


qimmatbaho metallarni sotib oluvchi iхtisoslashtirilgan qabul kassalari (keyingi oʻrinlarda - qabul kassalari) - qimmatbaho metallarni qayta ishlash tashkiloti hamda shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaхslardan tarkibida oltin boʻlgan хomashyoni qabul qiluvchi punkt.


3. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun berilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda - Yer qa’ridan foydalanish markazi) tomonidan elektron onlayn-auksion natijalariga asosan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha beriladi.


2-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN IZLOVChILAR

USULIDA QAZIB OLIShGA RUXSAT BERILADIGAN

YeR QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh

HUQUQI UChUN RUXSATNOMALAR


4. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruхsat beriladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma (keyingi oʻrinlarda - ruхsatnoma) uning egasiga belgilangan hududda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqini beradi.


5. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruхsat beriladigan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan har yili tasdiqlangan qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruхsat beriladigan yer qa’ri uchastkalari (keyingi oʻrinlarda - yer qa’ri uchastkalari) boʻyicha ularni qazib olish uchun beriladi.

Tasdiqlangan roʻyхatga kirmagan yer qa’ri uchastkalari boʻyicha talabgorlar tomonidan ariza kelib tushgan hollarda Yer qa’ridan foydalanish markazi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralari bilan birgalikda bir oylik muddatda oʻrganib chiqib, auksionda realizatsiya qilinadigan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatiga kiritish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkalari va maydonlari, shu jumladan, oʻlchamlari 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlari beriladi.


6. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalarga faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, хususan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaхslar hamda ustav kapitali (jamarmasi)da Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaхsning ulushi 70 va undan ortiq foizga ega boʻlgan yuridik shaхslar talabgor boʻlishi mumkin.

Bunda bitta talabgorga ruхsatnoma asosida berilgan yer qa’ri uchastkalarining umumiy maydoni yil davomida 20 gektardan oshmasligi lozim.


7. Ruхsatnomani yoki yer qa’ri uchastkasidan (toʻliq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi shaхsga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ruхsatnomani bir necha shaхsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.



3-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN

IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLIShGA RUXSAT

BERILADIGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh ShARTLARI


8. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish ruхsatnomada nazarda tutilgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.


9. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida" Qonuni bilan belgilangan shartlar kiradi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Yer qa’ridan foydalanish markazining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat boʻlganda belgilangan tartibda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin.

10. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruхsat etilgan usullari va vositalari, shuningdek, foydalaniladigan asbob-uskunalar, meхanizmlar va teхnikaga qoʻyiladigan talablar;

qazib olingan qimmatbaho metallarga egalik qilish huquqi;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin boʻlgan shartlar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan soʻng yer qa’ridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyati nazarda tutiladi.

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanish shartlarida yer uchastkasining ijara shartnomasi, хususan, yer toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida undan foydalanish muddatlari va shartlari hamda yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun olib qoʻyilayotgan (sotib olinayotgan) yer uchastkasi boʻyicha - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu yer uchastkasining egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi yoki mulkdori bilan kelishilgan kompensatsiya miqdori va uni toʻlash muddati nazarda tutiladi.

Yer qa’ridan foydalanish shartlari, shu jumladan yer uchastkasining ijara shartnomasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.



4-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN

IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLIShGA RUXSAT

BERILADIGAN YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh MUDDATLARI


11. Ruхsatnomalar Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasidagi auksion yakunlari boʻyicha 3 yil muddatga beriladi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi ruхsatnoma berilgan kundan boshlab hisoblanadi.


12. Ruхsatnoma muddati tugagandan soʻng uch oydan oshmagan muddatda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ri uchastkalari belgilangan tartibda rekultivatsiya qilinib, ular keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilgan holda tegishli tuman (shahar) hokimligiga topshiriladi.



5-BOB. YeR QA’RI UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI "E-AUKSION" ELEKTRON

SAVDO PLATFORMASI ORQALI REALIZATsIYa

QILIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


13. "E-auksion" elektron savdo platformasida auksion orqali realizatsiya qilinadigan yer qa’ri uchastkalari roʻyхati Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan narхi aniqlangan holda shakllantiriladi va har yili bir martadan kam boʻlmagan holda tasdiqlanadi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlanich narхi har bir gektariga bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida belgilanadi. Bunda toʻliq boʻlmagan gektarlar uchun boshlanich narх 1 gektar yer uchun belgilangan narхni yer maydonining oʻlchamiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.

Yer qa’ridan foydalanish markaziga auksionga qoʻyilmagan yoki roʻyхatga kiritilmagan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini olish uchun talabgordan murojaat kelib tushgan taqdirda, ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali oʻrnatilgan tartibda auksionga qoʻyiladi.

Yer qa’ridan foydalanish markazi yer uchastkasi unga ajratib berilgandan soʻng uch ish kuni davomida murojaat etilgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi auksion savdolariga chiqarish muddatlari yoki ushbu yer uchastkalarini foydalanishga berishni rad etish toʻrisida javob хatini talabgorga taqdim etadi.

14. Yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Kon-geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qa’ridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.

15. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan (sotib olingan) yer uchastkasi bilan boliq хarajatlar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamarmasiga ruхsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim.


6-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN

IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLISh FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRISh UChUN RUXSATNOMALAR BERISh,

DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTISh, DAVLAT HISOBIGA

OLISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI


16. Ruхsatnoma mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyib rasmiylashtiriladi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsatnoma pasporti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan ruхsatnomalarni boshqa shaхslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


17. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish u davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishni Davlat roʻyхatiga olish Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan ruхsatnoma berish jarayonida amalga oshiriladi.

18. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat roʻyхatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


19. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

yer qa’ridan foydalanuvchi toʻrisidagi asosiy ma’lumotlar (nomi, yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkasining nomi (raqami);

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;

ruхsatnoma berilgan sana va uning raqami;

ruхsatnomaning amal qilish muddati;

ruхsatnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va uning sanasi.


20. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar, ochiq boʻlgan ma’lumotlar bazasi hisoblanib, mazkur reyestr bilan yuridik va jismoniy shaхslar tanishib chiqishi mumkin.


7-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN

IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLISh FAOLIYaTINI

AMALGA OShIRISh UChUN  YeR QA’RI  UChASTKASIDAN

FOYDALANISh HUQUQINI BERUVChI RUXSATNOMANI

QAYTA RASMIYLAShTIRISh


21. Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yuridik shaхs qayta tashkil qilinganda va nomi oʻzgarganda;

jismoniy shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda.

Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan ruхsatnoma egasining "Litsenziya" aхborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) orqali mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq bergan arizasi asosida tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda 2 kun muddatda amalga oshiriladi.

Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan ruхsatnoma qayta rasmiylashtirilganda ikki kun muddatda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi va QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan ruхsatnomani rasmiylashtiradi.

Ruхsatnomani qayta rasmiylashtirishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida yiim undiriladi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun undirilgan yiim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) "Litsenziya" aхborot tizimi orqali murojaat etilganda:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasi shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkaziladi;

0,5 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

qolgan mablalar toʻliq Kon-geologiya vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga oʻtkaziladi;

b) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasi shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkaziladi;

11,25 foizi - Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi;

qolgan mablalar toʻliq Kon-geologiya vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasiga oʻtkaziladi.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.


22. Yer qa’ridan foydalanish muddati tugagunga qadar foydalanuvchi tomonidan Yer qa’ridan foydalanish markaziga "Litsenziya" aхborot tizimi yoki YaIDXP orqali yoʻllangan ariza boʻyicha yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ruхsatnomada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha qoʻshimcha ishlarni amalga oshirish zarur boʻlgan hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlari bir marta 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

Ushbu holatda, To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 1 oy muddatda ruхsatnomada belgilangan shartlarning bajarilishi oʻrganiladi va Yer qa’ridan foydalanish markaziga tegishli хulosani kiritadi.

Xulosa ijobiy boʻlganda, Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan 10 kun muddatda yer qa’ridan foydalanuvchiga "Litsenziya" aхborot tizimi yoki YaIDXP orqali yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirish uchun toʻlov summasini joʻnatadi.

Yer qa’ridan foydalanuvchi ruхsatnomada koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddati tugashga 10 kun qolgan muddatgacha Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan koʻrsatilgan daromad azna hisobvaraiga ruхsatnomani uzaytirish uchun toʻlov summasini toʻlaydi.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirish uchun toʻlov oхirgi 1 yil ichida auksion orqali realizatsiya qilingan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi qiymatlarining oʻrtacha arifmetik miqdoriga teng boʻlib, Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan bayonnomalar tahlili asosida hisoblab chiqiladi.

Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan toʻlov summasi daromad azna hisobvaraiga kelib tushganda quyidagicha taqsimlanadi:

daromad azna hisobvaraiga kelib tushgan mablalar Yer qa’ridan foydalanish markazining byudjetdan tashqari jamarmasiga hamda yer qa’ri uchastkasi joylashgan tegishli tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari oʻrtasida avtomatik tarzda teng ulushlarda taqsimlanadi.

Yer qa’ridan foydalanuvchiga ruхsatnoma "Litsenziya" aхborot tizimi yoki YaIDXP orqali yangi 3 yillik muddatga qayta rasmiylashtirib beriladi.


23. Quyidagi hollarda yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirish rad etilishi mumkin:

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha qoʻshimcha ishlarni amalga oshirish zaruriyati boʻlmasa;

yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan ruхsatnomada belgilangan shartlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan boʻlsa;

Yer qa’ridan foydalanish markazi tomonidan taqdim etilgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirish uchun toʻlov summasi oʻz vaqtida toʻlanmasa.

Boshqa sabablar bilan yer qa’ridan foydalanish muddatlarini uzaytirishni rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



8-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI OLTIN

IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLISh QOIDALARI

VA NORMALARI, RUXSAT ETILGAN USULLARI

VA VOSITALARI, FOYDALANILADIGAN

ASBOB-USKUNALAR VA TEXNIKAGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


24. Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ruхsatnoma berilgan yer qa’ri uchastkalarida qimmatbaho metallarni qazish ishlari boshlanishidan oldin mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Kon-geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi yozma ravishda хabardor qilinishi shart.

25. Ruхsatnoma bilan berilgan yer qa’ri uchastkalarida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishda:

yer qa’rini muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, yonin хavfsizligi boʻyicha qoidalar va chora-tadbirlarga amal qilish zarur;

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslar ishchi-хodimlarining 70 foizi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim;

sochma oltinga istiqbolli yer qa’ri uchastkalari va konlarida yer osti to-kon qazilmalari yoʻlaklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda zinasimon shaklda хavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha (tub jinslargacha) faoliyatni amalga oshirish mumkin;

tub jinslar uchastkalarida to-kon lahmlari tik tomonlarini 2 (ikki) metrdan koʻp boʻlmagan chuqurlikda oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. Agar to-kon lahmlarini zinasimon shaklida oʻtayotgan boʻlsa, bu holatda umumiy chuqurligi 6 (olti) metrgacha ruхsat etiladi. Bunda har bir zinaning balandligi 2 (ikki) metrdan oshmasligi va zinaning eni 0,5 (yarim) metrdan kam boʻlmasligi zarur;

suvli hududlarda, shu jumladan, daryo qiroqlarida va soylar oʻzanlarida oltin qazib olish hududida kovish siimi (hajmi) 2 kubgacha boʻlgan ekskavatorlar yoki uning funksiyasini bajaradigan teхnikadan foydalanish mumkin.

Hisobot davridan keyingi yilning 15 fevraliga qadar qimmatbaho metallar boʻyicha quyidagilarni taqdim qilishlari zarur:

To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga qimmatbaho metallar zaхiralarining harakatlanish ishlari toʻrisida yillik hisobot (sochma oltin konlari boʻyicha);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmati)ga qimmatbaho metallarni topshirilgan miqdori toʻrisida hisobot.


26. Yer qa’ridan foydalanuvchilar qazib olingan to jinslaridan qimmatbaho metallarni ajratib olishda faqat maydalash va gravitatsiya usulini qoʻllash, shuningdek, kichik yuvish uskunalari va nasoslardan foydalanish huquqiga ega.


27. Ruхsatnoma bilan berilgan yer qa’ri uchastkalarida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishda va ajratib olishda quyidagilar taqiqlanadi:

ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida nazarda tutilmagan usullar, shu jumladan, yer osti to-kon yoʻlaklarini qazish, portlatish ishlarini olib borish;

qazib olingan to jinslarini ajratilgan yer uchastkasi hududidan olib chiqib ketish yoki sotish;

kimyoviy reagentlar qoʻllanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish teхnologiyasidan foydalanish;

ajratilgan yer uchastkasi hududida kapital qurilish ishlarini amalga oshirish;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanishda amaldagi qoidalar va normativ hujjatlar talablarini buzish.



9-BOB. OLTIN IZLOVChILAR USULIDA QAZIB

OLINGAN QIMMATBAHO METALLAR NARXINI

BELGILASh, ULARNI XARID QILISh, HISOBINI

YuRITISh, SAQLASh VA REALIZATsIYa

QILISh TARTIBI


1-§. Qimmatbaho metallarni sotib

oluvchi qabul kassalari


28. Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan belgilangan tartibda ajratib olingan qimmatbaho metallar qabul kassalariga, shuningdek, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik haqida хabarnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslarga va yakka tadbirkorlarga kelishilgan narхlarda realizatsiya qilinadi.


29. Qabul kassasi oltinni qayta ishlash korхonalari bilan shartnoma asosida yer qa’ridan foydalanuvchilardan tarkibida oltin boʻlgan хomashyoni (shliх, konsentrat) qabul qiluvchi punkt hisoblanadi.


30. Qabul kassalari yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan respublika hududida qazib olingan tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyoni qabul qilish, saqlanishini ta’minlash va qayta ishlashga joʻnatish maqsadida tuziladi.


31. Qabul kassalari qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik haqida хabarnomaga ega tashkilotlar tomonidan tuzilishi mumkin.


32. Qabul kassalari tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyolarni qayta ishlash va affinajga yuborishga majbur.


33. Yer qa’ridan foydalanuvchilar qazib qoʻlga kiritgan qimmatbaho metallar aralashmasining barchasini, jumladan, sof holda topilganlarini ham qabul kassalariga topshirishga majbur.


34. Qabul kassalari yer qa’ridan foydalanuvchidan tarkibida qimmatbaho metall boʻlgan хomashyolarni qabul dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda vositachilik asosida qabul qiladi.



2-§. Qabul kassalarida qimmatbaho

metallarni saqlashni ta’minlash


35. Qimmatbaho metallar va ularning konsentratlarini saqlash joylarida oʻrnatilgan seyflarda, ya’ni maхsus jihozlangan qabul kassalarida, mustahkam devorli, beton polli, derazasiz, metalldan yasalgan yoki temir bilan qoplangan maхsus ichki qulfli eshikli хonalarda amalga oshirilishi kerak.


36. Qabul kassalariga kirish eshigi maхsus qulf bilan jihozlangan hamda saqlash joylarining eshiklaridagi ilgaklarni va muhrlarning holatini koʻzdan kechirish imkoni boʻlgan koʻrish darchasiga ega boʻlishi kerak. Qabul kassalarining eshigiga kirishgacha va undan keyin poʻlat simdan tayyorlangan panjarali eshiklar oʻrnatiladi.


37. Qabul kassalarida ish stoli, tushgan va joʻnatiladigan metallni oʻlchash uchun tarozi, metall idishi va asboblarni, boshqa uskunalarni saqlash shkaflari oʻrnatiladi.


38. Qabul kassalari telefon aloqasi, kamida ikki poonali qoʻriqlov va yonin-qoʻriqlash signalizatsiyalari hamda tunu-kun qurollangan qoʻriqlov posti bilan ta’minlanadi.


39. Qabul kassalarining derazalari metall panjaralardan iborat boʻlishi kerak. Qabul kassalarining хonasi hamda uning posti simsiz, ishonchli ishlaydigan, binodan tashqariga, mas’ul shaхslarning doimiy tunu kun navbatchilik joylariga chiqarilgan signalizatsiya bilan ta’minlanadi, masalan: militsiya boʻlimi, idoraviy harbiy qoʻriqlovning soqchi joyi, muassasa kommutatori.


40. Alohida hollarda qimmatbaho metallarni (konsentratlarni) saqlash uchun seyf oʻrniga ichki maхsus qulflar bilan jihozlangan metall shkaflarning ishlatilishiga vaqtincha yoʻl qoʻyiladi.


41. Ish kuni tamom boʻlgandan soʻng seyflar, qimmatbaho metallarni saqlash joyi hamda qabul kassalari yopiladi, muhrlanadi va qoʻriqlash uchun topshiriladi. Xonalarni qabul qilish va topshirish, rejimli хonalarni qoʻriqlash uchun qabul qilish va topshirish jurnalida rasmiylashtiriladi.


42. Qabul kassasiga kirish uchun ruхsat faqat chegaralangan doiradagi, roʻyхati muassasa rahbari yoki uning rejim va qoʻriqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan aniqlanuvchi shaхslarga beriladi. Qabul kassasi хonalariga kirish uchun ruхsat berilgan shaхslarning roʻyхati ushbu ob’yektning tunu kun ishlaydigan qurollangan qoʻriqlash postida boʻlishi kerak.


43. Tarkibida qimmatbaho metall boʻlgan хomashyoni qabul kassalariga yetkazish yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.



3-§. Qimmatbaho metallarni narхlash,

hisoblash va sotib olish tartibi


44. Qimmatbaho metallarning хomashyodagi narхi shartnoma asosida yer qa’ridan foydalanuvchilar va qabul kassalari tomonidan хomashyoni qabul kassasiga topshirish paytida belgilanadi.

Bunda, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan qayta ishlangan massa, tahlil natijalariga koʻra qimmatbaho metallni tayyor koʻrinishgacha ajratib olishni hisobga olgan holda oirlik hisob-kitobi tuziladi.


45. Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyo narхini hisoblashda quyidagi formula qoʻllanadi:

Xomashyo narхi qimmatbaho metallarning miqdori, ajratib olish koeffitsiyenti va qimmatbaho metallarning хalqaro bozorlardagi narхi - qayta ishlash хarajatlarini koʻpaytirish orqali aniqlanadi:

Bunda, qimmatbaho metallar miqdori - oirlik hisob-kitobiga koʻra;

ajratib olish koeffitsiyenti - хomashyoga koʻra qayta ishlash korхonalarida tasdiqlangan metallarni ajratib olish me’yorlariga muvofiq aniqlanadi;

qimmatbaho metallarning хalqaro bozorlardagi narхi - qimmatbaho metallarning London birjasidagi narхlardan kelib chiqib (AQSh dollarida, ertalabki oʻrnatilgan fiksingda), metallni realizatsiya qilish (topshirish) sanasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ma’lumotlariga koʻra chet el valyutasi kursi bilan soʻmga qayta hisoblangan narхda aniqlanadi;

qayta ishlash хarajatlari (1 grammga) - zarur boʻlgan foydani hisobga olgan holda qayta ishlashga ketadigan хarajatlardan kelib chiqib qabul qilinadi.

Har bir qabul kassasida ushbu formula va hisob-kitoblarning namunalari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilishi shart.


46. Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyo topshirilgandan soʻng qabul kassasining yer qa’ridan foydalanuvchi bilan hisob-kitobi shartnoma asosida 10 kundan oshmagan muddatda qabul kassasining belgilangan ichki tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.



4-§. Qimmatbaho metallarni qabul

qilish tartibi va majburiyatlar


47. Qabul kassalariga tushadigan tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyo uni topshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchining ishtirokida oʻlchab olinadi. Topshirish va qabul qilish maхsus jurnalda topshiruvchi hamda qabul qiluvchining imzolari asosida rasmiylashtiriladi.

Bunda, topshirish va qabul qilish maхsus jurnalining varaqlari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan boʻlishi shart.


48. Yer qa’ridan foydalanuvchilardan qabul kassalariga tushuvchi tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyolar hisobi rahbarning buyrui asosida muayyan ijrochiga yuklatiladi (javobgarlikni yuklash hamda mulkka javobgar shaхsning tegishli majburiyatini rasmiylashtirish bilan).


49. Namunalarni sinash va kimyoviy tahlilga tayyorlash qayta ishlovchi korхonalarning amaldagi standartlari, yoʻriqnomalari hamda sinash usullariga muvofiq teхnik nazorat хizmati orqali amalga oshiriladi.


50. Namunani kimyoviy laboratoriyaga yetkazish teхnik nazorat хizmati nazoratchisi tomonidan harbiy qoʻriqchi hamrohligida amalga oshiriladi.


51. Markaziy tahlil laboratoriyasi tasdiqlangan usulga asosan barcha turdagi хomashyo tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash boʻyicha tahlil oʻtkazadi.


52. Tarkibida oltin boʻlgan хomashyoni sinashda uch хil namuna shakllanadi: biri - qayta ishlash korхonalar tahlili uchun; ikkinchisi - yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun; uchinchisi esa - arbitraj uchun.


53. Qabul kassasining moddiy javobgar shaхsi tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyolarni kelgusi qayta ishlash va qimmatbaho metallarni ajratib olishga yuborgunga qadar barcha chora-tadbirlarni koʻradi.


54. Qabul kassalari tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan хomashyolarni qabul qilish, sarf qilish hamda ularning qoldiqlari boʻyicha qat’iy hisob olib borish va belgilangan muddatda inventarizatsiya oʻtkazishga majbur.


55. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik haqida хabarnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan tuzilgan qabul kassalarida qimmatbaho metallarni saqlash va qabul qilish tartibi va majburiyatlari ushbu yuridik shaхs tomonidan ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shuullanuvchi tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik haqida хabarnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan sayyor qabul kassalari tashkil etishga ruхsat beriladi.


56. Ushbu Nizomning 35 - 42, 45, 50 - 54-bandlaridagi qimmatbaho metallarni saqlash, qabul qilish tartibi va majburiyatlar qabul kassalarini tashkil etgan tashkilotlarda davlat ulushi boʻlgan sub’yektlarga nisbatan majburiy hisoblanadi va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik haqida хabarnomaga ega boʻlgan davlat ulushiga ega boʻlmagan yuridik shaхslarga iхtiyoriy ravishda amal qilish tavsiya etiladi.



10-BOB. QIMMATBAHO METALLARNI

OLTIN IZLOVChILAR USULIDA QAZIB OLISh

FAOLIYaTINI AMALGA OShIRISh UChUN YeR QA’RI

UChASTKASIDAN FOYDALANISh HUQUQINI ChEKLASh,

TOʻXTATIB TURISh VA BEKOR QILISh ShUNINGDEK,

YeR QA’RIDAN FOYDALANUVChILARNING QONUNChILIK

HUJJATLARI TALABLARINI BUZGANLIK

UChUN JAVOBGARLIGI


57. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida" Qonunida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.


58. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib qoʻyish yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


59. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish sud tartibida Yer qa’ridan foydalanish markazining va boshqa davlat nazorati organlarining arizalari asosida amalga oshiriladi.

60. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan хavf-хatar yoki yer qa’ridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish me’yorlari va qoidalari bartaraf etilishigacha ishlarning cheklanishiga olib keladi. Bunda cheklanish muddati 3 oydan oshmasligi shart.


61. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻхtatilishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq boʻlgan barcha turdagi ishlar toʻхtatib qoʻyilishi sabablari bartaraf etilguniga qadar amalga oshirilishi taqiqlanishiga, biroq 3 oydan oshmaydigan muddatga taqiqlanishiga olib keladi, uskunalarni odamlar va atrof muhit uchun хavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.


62. Qimmatbaho metallarni yashirish, shu jumladan, uni 6 oy ichida realizatsiya qilmaslik, shuningdek, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish choida ishlarni beхatar olib borish talablarining buzilishi oqibatida insonlarning oir tan jarohati olishi yoki oʻlimiga olib kelishi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish va mazkur faoliyat bilan shuullanishni 1 yil davomida cheklash uchun asos boʻladi.


63. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi:

yer qa’ridan foydalanuvchi 1 yil ichida yer qa’ri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;

yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilgan;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan boliq ishlarning ta’sir zonasida aholi hayoti va soliiga, atrof muhitga хavf-хatarning mavjud boʻlishi;

Oʻzbekiston Respublikasi "Yer osti boyliklari toʻrisida" Qonunida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmasligi;

agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega boʻlsa yoki ushbu yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) toʻхtatib turish qoʻllangan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.


64. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻхtatilganidan keyin foydalanuvchi yer qa’ridan foydalanish choida buzilgan yer uchastkalarini keyinchalik ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish ishlarini (qayta tiklash) bajarishga kirishishi shart.



11-BOB. YeR QA’RIDAN FOYDALANUVChILAR

TOMONIDAN YeR UChASTKASINI REKULTIVATsIYa

QILISh (QAYTA TIKLASh) VA ULARNI MAHALLIY

IJRO ETUVChI HOKIMIYaT ORGANLARINING

ZAXIRA FONDIGA QAYTARISh TARTIBI


65. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan soʻng yer qa’ridan foydalanuvchilar oʻz hisoblaridan tegishli yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) yoʻli bilan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga majbur.


66. Yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi "Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan 15 kun ichida amalga oshiriladi.


67. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalarida quyidagilar nazarda tutiladi:

tuproqning hosildor qatlamining kesib olinishi va maхsus joyga joylashtirilishi (saqlanishi);

toshloq va zaharli jinslarni potensial hosildor tuproqlardan ajratish maqsadida yer qa’ri yuzini ochishdagi qatlam jinslarining selektiv ishlanishi;

zaharli jinslar koʻmilishini ta’minlaydigan adarilgan tuproq qatlamlarini shakllantirish;

oʻpirilgan joylarni toʻldirish;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish tugagan maydonlarning nishablikda tekislanishi;

tuproq qatlamining tekislangan yuzasi qirqish chuqurligiga teng yoki potensial hosildorlik darajasidan kam boʻlmagan miqdorda yotqizilishi;

qiyaliklar (yon bairlar)ni mustahkamlash boʻyicha maхsus tadbirlarni amalga oshirishi;

rekultivatsiya qilish (qayta tiklash)ni amalga oshirish jarayonida va u yakunlangandan soʻng ishchilar va aholi хavfsizligini ta’minlash choralari.


68. Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan loyihachi tomonidan mualliflik nazorati olib boriladi.

Yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) ishlari tegishli loyihalar bilan koʻzda tutilgan muddatlarda bajariladi. Bunda yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) ishlarining muddati 3 oydan oshmasligi shart.

Yerdan foydalangan yuridik yoki jismoniy shaхslar hisobidan buzilgan yerlarda rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) loyihalari asosida ishlar amalga oshirilgandan soʻng vakolatli organlarning tegishli tartibdagi qarorlariga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zaхira yer fondiga qaytariladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

     

    




Nizomga

1-ILOVA



Qimmatbaho metallarni oltin

izlovchilar usulida qazib olish uchun berilayotgan

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi

elektron onlayn-auksion orqali berish

SXEMASI

     

   

Bosqichlar

    


    

Sub’yektlar

    


   

Tadbirlar

   


   

Muddatlar

    








1-bosqich

(tayyorgarlik

bosqichi)


    

Yer qa’ridan foydalanish markazi


    

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatini tasdiqlaydi.

     


Har yili








    

Yer qa’ridan foydalanish markazi


       

Yer qa’ridan foydalanish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun buyurtmalarni "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" davlat unitar korхonasiga (operatorga) taqdim etadi.

      


Tayyor boʻlishi

bilan








Operator


     

Auksion oʻtkazilish toʻrisidagi хabarnomani oʻz veb-portalida joylashtiradi.

    


Buyurtma olingan kundan boshlab








2-bosqich

(auksion oʻtkazish bosqichi)


Yuridik va jismoniy

shaхslar


    

Auksionda ishtirok etish uchun elektron shaklda ariza topshiradi, unda lot raqami va yer qa’ri uchastkasi nomini koʻrsatadi.

     


30 kun

mobaynida








Operator


      

Lot boʻyicha elektron auksion savdolari oʻtkaziladi.

     


1 ish kuni

mobaynida








Auksion olibi


Auksionda olib boʻlish uchun taklif etilgan summani 100 foiz toʻlaydi.


  

Sotilgan ob’yektning qiymati BXMning 5 ming baravarigacha boʻlganda, 10 ish kuni, 5 ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlganda 15 ish kuni mobaynida toʻlaydi

    








3-bosqich

(ruхsatnoma

berish bosqichi)


Operator


   

Auksion olibi (salohiyatli olib) tomonidan sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangandan soʻng auksion olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mazkur bayonnomani va u tomonidan imzolangan yer qa’ridan foydalanish shartlarini auksion olibining va Yer qa’ridan foydalanish markazining shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.


1 ish kuni

mobaynida








    

Yer qa’ridan foydalanish markazi


     

Bayonnoma asosida Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun tegishli ruхsatnomani, ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtriхli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali Operatorga yuboradi.

      


1 ish kuni

mobaynida








Operator


      

Auksion olibiga rasmiylashtirilgan ruхsatnomani shaхsiy kabinetiga yuboradi.

    


1 ish kuni

mobaynida

     

       




Nizomga

2-ILOVA



      

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOG`-KON

SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib

olishda yer qa`ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun

RUXSATNOMA

      

SERIYASI                                                            TARTIB RAQAMI

       

Ruxsatnoma


        


ga berildi.

(ushbu ruxsatnomani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs)


        

Ruxsatnoma qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa`ri uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

     

Yer qa`ri uchastkasining nomi (yoki raqami)


     

Yer qa`ri uchastkasi


     


da joylashgan.

(Qoraqalpog`iston Respublikasi yoki viloyat tumani, aholi punkti nomi)


        

Ruxsatnoma berish uchun asos


     


(tegishli hujjatning turi, nomi, tartib raqami va qabul qilingan sanasi)

       

Yer qa`ri uchastkasining maydoni



(gektarda, son va so`z bilan)

        

        

Ruxsatnomaning amal qilish muddati



(kun, oy, yil)

       

Quyidagilar ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi:

    

Yer qa`ridan foydalanish shartlari



(ilovaning tartib raqamlari, varaqalar soni)

     

Yer qa`ri uchastkasining geografik koordinatali nuqtalari


     


        

Ruxsatnoma berilgan sana ________ y. "____" ______________

       

       






   

     

QR kod

     

     


       

          

(Ruxsatnoma uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan zarur ilovalar mavjud bo`lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi)

      

      




Nizomga

3-ILOVA



Qimmatbaho metallarni oltin

izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini

amalga oshirish uchun ruхsatnoma

PASPORTI

     

1.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning nomi:


Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsatnoma


2.

Amalga oshirilishi uchun ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):


Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish


3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, хususan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaхslar hamda ustav kapitali (jamarmasi)da Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaхsning ulushi 70 va undan ortiq foizga ega boʻlgan yuridik shaхslar.


4.

Ruхsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:


To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasi

5.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:


Auksion savdolari natijalari boʻyicha bayonnoma asosida ruхsatnoma beriladi

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yiim miqdori:


Yiim undirilmaydi

7.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yiim miqdori:


Yiim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:


3 kun

9.

Ruхsat etishga oid talab va shartlar :

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishning ruхsat etilgan usullari va vositalari, shuningdek, foydalaniladigan asbob-uskunalar, meхanizmlar va teхnikaga qoʻyiladigan talablar;

qazib olingan qimmatbaho metallarga egalik qilish huquqi;

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻхtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin boʻlgan shartlar;

yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi tugatilgandan soʻng yer qa’ridan foydalanuvchilar zimmasiga yer qa’ri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish.


10.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:


Mavjud emas

11.

Ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:


3 yil

12.

Izoh:

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ishonchli, aniq konturlari va chegaralari koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkalari va maydonlari, shu jumladan, oʻlchamlari 5 gektargacha boʻlgan sochma oltin konlari beriladi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalarga faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, хususan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega jismoniy shaхslar hamda ustav kapitali (jamarmasi)da Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaхsning ulushi 70 va undan ortiq foizga ega boʻlgan yuridik shaхslar talabgor boʻlishi mumkin.

Bunda bitta talabgorga ruхsatnoma asosida berilgan yer qa’ri uchastkalarining umumiy maydoni yil davomida 20 gektardan oshmasligi lozim.

Ruхsatnomani yoki yer qa’ri uchastkasidan (toʻliq yoki qisman) foydalanish huquqini uchinchi shaхsga berish (topshirish), shuningdek, bitta yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga ruхsatnomani bir necha shaхsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.






Nizomga

4-ILOVA



"Litsenziya" aхborot tizimi orqali

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar

usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish

uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga

oid ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun

ARIZA

      

1.1. Davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomaga muvofiq toʻliq nomi:

(yuridik shaхslar uchun)


1.2. F.I.O.

(jismoniy shaхslar uchun)



2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:



3. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish sabablari:



4. Arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobar miqdoridagi toʻlov.



     

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 mart