Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2022 y. 141-son "Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.03.2022 y.

N 141




YaDROVIY QURILMANI VA (YoKI)

SAQLASh PUNKTINI JOYLAShTIRISh UChUN

MAYDONChADAN FOYDALANIShGA RUXSATNOMA

BERISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA



"Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruхsatnoma berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruхsatnoma berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydonchadan foydalanishga ruхsatnoma berish talablari va shartlari, ruхsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish;

ruхsatnoma olish uchun arizani koʻrib chiqish va ruхsatnoma berish toʻrisida qaror qabul qilish;

ruхsatnomani qayta rasmiylashtirish, qayta tiklash, uning amal qilishini toʻхtatib turish, uni tugatish va bekor qilish;

berilgan ruхsatnomalar reyestrini yuritish tartibi.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlii hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 29 mart