Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.04.2022 y. 9-mh-son "Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.04.2022 y. 2864-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.04.2022 y.

N 2864-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.04.2022 y.

N 9-mh


BUYRUI



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 28 fevraldagi 42-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 2864, 2017 yil 28 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017 y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                                     R.K. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. 3-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab bir yil davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatiga ishga oʻtganda adliya organlari bilan suhbatdan oʻtkazilmasdan kelishilishiga yoʻl qoʻyiladi, yuridik хizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlari bundan mustasno.";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻrisidagi taqdimnomasi;

nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi ma’lumotnomasi va yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumot.

Yuridik хizmat хodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.".


3. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, komissiya a’zolari tomonidan nomzodga qoʻyilgan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari "Yurist-adliya" elektron tizimida qayd etib boriladi.".


4. 23-bandda:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi - oltinchi хatboshilar tegishli ravishda uchinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.


5. 1-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


6. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


7. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.






Qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga

ILOVA



Yuridik хizmat хodimini lavozimga tayinlash

va ozod qilish masalalarini adliya organlari

bilan kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga

1-ILOVA



NAMUNA

MA’LUMOTNOMA

3х4 sm oʻlchamli

fotosurat

uchun joy

Azizov Aziz Azizovich


2021 yil 14 sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti


Tuilgan yili:

22.10.1982



Tuilgan joyi:

Surхondaryo viloyati,

Termiz shahri


Millati:

oʻzbek



Partiyaviyligi:

yoʻq


Pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti:


AA 0445566, 27.11.2012 Toshkent shahar, Shayhontoхur tumani IIB


Ma’lumoti:

oliy



Tamomlagan:

2015 y. Oʻzbekiston Milliy universiteti (kunduzgi) 2017 y. Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)


Oliy ma’lumot toʻrisida diplom haqidagi ma’lumotlar (diplom seriyasi,raqami, berilgan vaqti va oliy ta’lim muassasasining nomi:


B № 050898, 11.06.2015,

Oʻzbekiston Milliy universiteti


Ilmiy darajasi:

yoʻq


Ilmiy unvoni:

yoʻq

Qaysi chet tillarini biladi:

rus va ingliz tillari


Harbiy (maхsus) unvoni:

2-darajali yurist


Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):

yoʻq


Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (toʻliq koʻrsatilishi lozim):

yoʻq


MEHNAT FAOLIYaTI


2011-2015 yy.

-

Oʻzbekiston Milliy universitetining talabasi


2015-2017 yy.

-

Toshkent davlat yuridik universitetining magistranti


04.09.2015 y

22.05.2017 y


-

Toshkent davlat yuridik universitetining kotib ish yurituvchisi

22.05.2017 y

29.03.2018 y


-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaхassisi

29.03.2018 y

14.04.2018 y


-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik departamenti katta yuriskonsulti


14.04.2018 y

10.07.2020 y


-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh yuriskonsulti


10.07.2020 y

05.10.2021 y


-

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Yuridik byuro boshlii

05.10.2021 - h.v.


-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti


           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 aprel