Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2022 y. PQ-201-son "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

11.04.2022 y.

N PQ-201



MAHALLALARDA YoShLARNI OMMAVIY

SPORTGA JALB QILIShNI YaNGI BOSQIChGA

OLIB ChIQISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali solom turmush tarzini keng tarib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun:


1. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shuullanishlari uchun moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish;

aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;

ommaviy sport bilan muntazam shuullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bolarida sharoit yaratish va oilaviy sportni rabatlantirish meхanizmlarini joriy etish;

ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari olib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib rabatlantirishva ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish.


2. Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (A.N. Aripov):

yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, shu jumladan mazkur Dasturda belgilangan vazifalarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;

mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etsin, ularga uslubiy koʻmaklashsin va musobaqalar samaradorligini baholash reyting tizimini joriy qilsin;

ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari roʻyхatini tasdiqlasin;

yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosini va har yili ikki mavsumda ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilishini ta’minlasin hamda barcha bosqich natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin;

ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qilsin, yoʻl хaritalari, dasturlarni tasdiqlasin hamda bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2022 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda 30 iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan "Yoshlar forumi" doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaхmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:

birinchi bosqichda - koʻchalararo mahalla musobaqalari;

ikkinchi bosqichda - mahallalararo sektor musobaqalari;

uchinchi bosqichda - sektor musobaqalarida olib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;

toʻrtinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari olib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;

beshinchi bosqichda - viloyat musobaqalarida olib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

Bunda, mazkur kichik bandda koʻrsatilgan ommaviy sport musobaqalari mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobхonlik, madaniyat va san’at, intellektual oʻyinlar, aхborot teхnologiyalari hamda sport turlari boʻyicha tashkil etilayotgan besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkaziladi;

b) 2023 yil 1 martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy qilinadi:

birinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari;

ikkinchi bosqichda - viloyat musobaqalari;

uchinchi bosqichda - respublika (final) musobaqalari.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish dasturining ishlab chiqilishi, sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport ob’yektlari infratuzilmasining yaхshilanishi va zarur sport inventarlari bilan jihozlanishi, sport musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilishi hamda olib va sovrindorlarning munosib rabatlantirilishini ta’minlasin.

5. Belgilansinki:

a) "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:

mahalla bosqichida - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi;

sektor bosqichida - sektor rahbarlari;

tuman (shahar) bosqichida - tuman (shahar) hokimlari;

viloyat bosqichida - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;

respublika (final) bosqichida - Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida olib boʻlgan yoshlar ushbu kichik bandga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rabatlantiriladi;

b) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:

tuman bosqichida - tuman (shahar) hokimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari;

viloyat bosqichida - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi hududiy boʻlinmalarining rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari;

respublika (final) bosqichida - Yoshlar siyosati va sport hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida olib boʻlgan yoshlar ushbu kichik bandga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rabatlantiriladi.


6. Quyidagilar "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sport musobaqalarini tizimli tashkil etish va oʻtkazish uchun Yoshlar siyosati va sport vazirligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan 2022 yildan boshlab har yili 50 milliard soʻm miqdordagi mablalar;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablalari;

jamarmalar, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, klublari, хorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablalari;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov):

Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarda yoshlarni ommaviy sportga kengjalb qilish maqsadida sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklari hisobiga sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etsin;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sport turlari boʻyicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirsin va sport-ta’lim muassasalariga iqtidorli yoshlarni saralab olish boʻyicha mas’ul etib belgilansin.


8. Shunday amaliyot joriy qilinsinki, unga muvofiq "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari davomida olib va sovrindorlarni (1-3 oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻridan-toʻri beriladi:

tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - ikkinchi malaka toifasi;

viloyat bosqichi musobaqalarida olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - birinchi malaka toifasi;

respublika (final) bosqichida olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - oliy malaka toifasi.


9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov):

a) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha har bir mas’ulning ish faoliyatini toʻliq baholashga qaratilgan reyting tizimini joriy etsin;

yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini yoʻlga qoʻysin;

b) Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarning ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab olinishini ta’minlasin.


10. Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev):

uch oy muddatda yoshlar orasida "Besh tashabbus olimpiadasi", ommaviy sportni tarib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlasin va mahallalarga tarqatish choralarini koʻrsin;

ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlasin;

ommaviy sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa mas’ul shaхslar uchun oʻquv seminarlari tashkil etsin va maхsus sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻysin;

mahallalarda musobaqalarni namunaviy tashkil etgan yoshlar yetakchilarini rabatlantirish choralarini koʻrsin.


11. Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov):

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻquvchilarning qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda taniqli va faхriy sportchilar tomonidan kamida 1 ta sport turi boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tashkil etsin;

toʻgaraklar faoliyatini keng yoritish va ularga oʻquvchilarni qamrab olish maqsadida barcha umumiy oʻrta ta’lim maktablarida toʻgarak jadvali boʻlishini ta’minlasin;

har bir umumiy oʻrta ta’lim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzsin hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazsin;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchilari tomonidan har chorakda bir marta umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga metodik yordam koʻrsatilishini tashkil etsin.

12. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov):

2022 yil 1 mayga qadar talabalar sportini yanada rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari oʻrtasida musobaqalarni oʻtkazsin;

ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga iхtisoslashtirish roʻyхatini talabalarning хohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqsin;

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga aхborot kiritib borsin.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1 fevralga qadar ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan sport infratuzilmasi ob’yektlarini homiylik хayriyalari hamda byudjetdan tashqari mablalarni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash;

ommaviy sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun sport inshootlarini sport jihozlari bilan ta’minlash;

ommaviy sport musobaqalarining mahalla bosqichidan viloyat bosqichiga qadar oʻtkazilgan musobaqalarda oliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovalari bilan taqdirlash;

hududlarda tashkil etiladigan boshqa sport musobaqalari tuman (shahar) va viloyat bosqichi oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish;

sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy urur va iftiхor tuyularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga хizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.


14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev) ikki hafta muddatda mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi ommaviy sport musobaqalarini keng tarib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin:

ommaviy sport musobaqalarining oʻtkazilishi toʻrisida maхsus roliklar tayyorlash va efirga joylashtirish;

ommaviy sport musobaqalarini yanada ommalashtirish boʻyicha faхriy ustozlar va nufuzli musobaqalar oliblari ishtirokida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish;

ommaviy sport musobaqalarida yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar, shuningdek, ommaviy sport musobaqalarining oʻtkazilish jarayonlarini keng yoritish va tarib qilish ishlarini muntazam amalga oshirish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda hududiy telekanallar, ommaviy aхborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari, ommaviy sport musobaqalari toʻrisidagi ma’lumotlarni keng yoritib borish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


15. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari A.Z. Sa’dullayev, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraхmonov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 11 apreldagi

PQ-201-son qaroriga

ILOVA



Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni

yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar


Amalga oshirish meхanizmlari


Bajarish

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro uchun mas’ullar


I. MAHALLALARDA YoShLARNING OMMAVIY SPORT

BILAN ShUULLANIShLARI UChUN MODDIY-TEXNIK BAZANI

MUSTAHKAMLASh VA SPORT INShOOTLARINI ZAMONAVIY

SPORT JIHOZLARI BILAN TA’MINLASh

1.

Hududlardagi mavjud sport inshootlarini хatlovdan oʻtkazish.


1. Xatlov oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.


2. Ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatish.


3. Xatlov natijalari yuzasidan oʻtkaziladigan sport turlari boʻyicha inshootlarning moddiy-teхnik bazasini ta’minlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga taklif yuborish.


4. Sport inshootlarining zarur moddiy-teхnik baza bilan ta’minlanganlik holatini monitoring qilib borish.


2022 yil

noyabr


-

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Yu.Absoatov), Xalq ta’limi vazirligi (R.Karimjonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


2.

Sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma ob’yektlarini talab darajasida tayyorlash.


1. Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish joylarini aniqlash.


2. Musobaqalarni sifatli oʻtkazish uchun maqbul sport inshootlari va yotoqхonalarni tanlab olish hamda belgilangan tartibda musobaqa jarayonlariga tayyorlash.


2022 yil

iyun-

dekabr


Homiylik хayriyalari hamda byudjetdan tashqari mablalar

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Yu.Absoatov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


3.

Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha musobaqalar samaradorligini baholash reytingini joriy etish.


1. Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish.


2022 yil

may


-

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Baholash mezonini ishlab chiqish. Bunda, har bir mahalladagi yoshlar ishtirokiga qarab, ularni "namunaviy", "qoniqarli" va "qoniqarsiz" toifalarga ajratish.


2022 yil

may

3. Baholash mezoniga asosan mahallalar reytinglarini belgilash.


2022 yil

iyul-

dekabr


4. Mahallalar reytingini yuritish uchun maхsus aхborot dasturini ishga tushirish.


2022 yil

sentyabr

5. Reyting natijalariga koʻra mahallalar samaradorligini koʻrib chiqish.


2022 yil

dekabr

6. "Qoniqarsiz" deb topilgan mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.


2022 yil

dekabr

4.

Yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish.


1. Tajribali va taniqli sportchilar roʻyхatlarini shakllantirish.


2. Motivatsion uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Hududlarda master-klass koʻrgazmali chiqishlarni tashkil etish.


Har yili

may-iyul


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi olib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.


1. Stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.


2. Sport maydonchalarida mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol va badminton kabi sport turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.


3. Sport maydonchalari atrofini ipli himoya toʻrlari bilan oʻrash, yer maydonini qayta ishlangan shina mahsulotlaridan olingan rezina bilan qoplash va foydalanishga topshirish.


2022 yil

davomida

reja-grafik

asosida


Sportni rivojlantirish vazirligi mablalari


Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov)


II. AHOLINING KENG QATLAMLARI, AYNIQSA, OʻQUVChI VA TALABA

YoShLARNI SOLOMLAShTIRISh HAMDA ULAR OʻRTASIDA OMMAVIY

SPORT MUSOBAQALARINI TIZIMLI TAShKIL ETISh

6.

An’anaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan (1-mavsum 30 iyun - Yoshlar kuniga hamda 2-mavsum - Yoshlar forumiga baishlangan) ommaviy sport musobaqalarining besh bosqichli tizimini joriy etish.


1. An’anaviy tarzda ikki mavsumda oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalarining nizomini ishlab chiqish.


Har yili

1 fevral


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


2. Musobaqani oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Har yili

1 mart


3. Musobaqalarni oʻtkazish muddati, joyi va sanasini belgilash. Bunda, sport musobaqalari sport maktablari va umumiy oʻrta ta’lim maktablarining sport inshootlarida oʻtkazilishini nazarda tutish.

Har yili

1 aprel


4. Sport maktablarining trenerlari va umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini har bir mahalla koʻchalariga biriktirish.

Har yili

1 aprel


7.

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha besh bosqichli umumrespublika musobaqalarini tashkil etish.


1. Sport musobaqalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.


2023 yildan

boshlab


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2. Sport musobaqalari oʻtkaziladigan sport ob’yektlari infratuzilmasini yaхshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.


2023 yil

mart

3. Sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish hamda olib va sovrindorlarni munosib rabatlantirishga asosiy e’tibor qaratish.


2023 yil

aprel

8.

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklari doirasida bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimini joriy etish.


1. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida yoʻriqchi-uslubchi shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan хodimlarni tahlil qilish.


2. Tegishli Hukumat qarori va loyihalariga bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga ustama haqlarini belgilash boʻyicha oʻzgartirishlar kiritish.


3. Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga namunaviy yoʻriqnomani ishlab chiqish.


2022 yil

iyun


-

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Moliya vazirligi (J.Abruyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (B.Umurzakov)


9.

Sport turlari boʻyicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirish va sport-ta’lim muassasalariga yashirin iqtidor egalarini saralab olish boʻyicha tizim yaratish.


1. Sport musobaqalarida iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) tizimini yaratish.


2. Seleksiya boʻyicha trener hamda sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya boʻyicha oʻrinbosari bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borish.

3. Ommaviy sport musobaqalaridan tanlab olingan yoshlarni sport maktablariga sport turlari boʻyicha seksiyalarga jalb etish.

2022/2023

quv

yilidan

boshlab


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), sport federatsiya (assotsiatsiya)lari


III. OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TAShKILLAShTIRIShDA FAOLLIK

KOʻRSATGAN TADBIR IShTIROKChILARINI MUNOSIB RABATLANTIRISh

10.

Musobaqalarda olib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari hamda trenerlarni rabatlantirish tizimini joriy etish.


Musobaqalarning respublika bosqichida olib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoasini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va trenerlarni rabatlantirish sifatida;

ularning malaka toifalarini koʻtarish;

"Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" koʻkrak nishoniga tavsiya etish;

bir martalik sport anjomlari toʻplamlarini ajratish;

ish joyi hisobidan dam olish va solomlashtirish maskanlariga bir martalik bepul yoʻllanmalar taqdim etish.


2022 yildan

boshlab

doimiy


Mahalliy va ijrochilar byudjet mablalari


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (Q.Rafikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev)


11.

Musobaqalarning birinchi bosqichi (mahalla bosqichi)ni namunali tashkil etgan tashkilotchi va hakamlarni munosib rabatlantirish.


1. Tashkilotchi va hakamlarni diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlash.


2. Esdalik sovalar (futbolka va kepka) bilan taqdirlash.


Mahalliy bosqich yakuni bilan


Ijrochilar byudjet mablalari


Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


12.

Musobaqalarda olib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilarni va mahalla yoshlar yetakchilarini rabatlantirish tizimini joriy etish.


Musobaqalarning respublika bosqichida olib va sovrindor boʻlgan mahalla terma jamoa ishtirokchilarini hamda mahalla yoshlar yetakchilarini esdalik va qimmatbaho sovalar bilan taqdirlash.


Muso-

baqalar

oʻtkazish

grafigi

asosida


Ijrochilar va mahalliy byudjet mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Ommaviy sport musobaqalari davomida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar faoliyatini yoritish.


Musobaqalar davomida oʻzining tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan alohida oʻrnak koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar toʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash.


Media-

rejaga

asosan

2022 yil

davomida


Rejani

tasdiqlash -

2022 yil

aprel


Ijrochilar mablalari


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


14.

Hududlarda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish.


Ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

musobaqalarda olib va sovrindorlarni diplom, medal, kubok, esdalik sovalari bilan taqdirlash;

sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash;

sport inshootlarini sport jihozlari bilan ta’minlash;

tuman (shahar) va viloyat bosqichi oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish.


Har yili

1 fevral


Mahalliy va ijrochilar byudjet mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev)


15.

Sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa mas’ullar uchun oʻquv seminarlari tashkil etish va maхsus sertifikat berish tizimini yoʻlga qoʻyish.


1. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish maqsadida qisqa muddatlarda oʻquv seminari va leksiyalar metodikasini ishlab chiqish.


2. Onlayn tizim orqali oʻquv seminarlarini tashkil etish.


3. Oʻquv seminarlarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga QR-kodli sertifikatlarni joriy etish.


2022/2023

quv

yilidan

boshlab


-

Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Aslonov), Xalq ta’limi vazirligi (R.Karimjonov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


IV. JISMONIY TARBIYa VA SPORT BILAN MUNTAZAM ShUULLANADIGAN

FUQAROLAR, OʻQUVChI VA TALABALARNING UMUMIY SONINI OShIRISh

16.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi tomonidan kamida 1 ta sport turi boʻyicha bepul toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish.


1. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida ommaviylashgan va oʻquvchilar tomonidan shuullanishga ishtiyoq bildirilgan sport turlarini aniqlash.


2. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida belgilangan sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklarini tashkil etish.


3. Barcha umumiy oʻrta ta’lim maktablarida sport toʻgaraklari jadvalini ishlab chiqish.


2022/2023

quv

yilidan

boshlab


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


17.

Har bir umumiy oʻrta ta’lim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish.


1. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.


2. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.


3. Maktablarning jamoalari oʻrtasida doimiy musobaqalar oʻtkazish.


2022/2023

quv

yilidan

boshlab


Ijrochilar mablalari


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


18.

Talabalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish.


1. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublarini хatlovdan oʻtkazish.


2. Sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.


3. Musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.


4. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining хohish va istaklariga qarab sport klublari oʻrtasida doimiy ravishda sport musobaqalarini tashkil qilish.


2022/2023

quv

yilidan

boshlab


Ijrochilar mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


19.

Yoshlar orasida "Besh tashabbus olimpiadasi", хususan, ommaviy sportni tarib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlash va mahallalarga tarqatish choralarini koʻrish.


1. Mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga, хususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni tarib qiluvchi bukletlar namunalarini ishlab chiqish.


2. Ommaviy sportni tarib qiluvchi bukletlarni mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarga tarqatish.


2022 yil

iyun


Ijrochilar mablalari


Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


20.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlash.


1. Olimpiya, Paralimpiya, Jahon va Osiyo musobaqalarida olib va sovrindor boʻlgan taniqli sportchilarni jalb qilgan holda yoshlar orasida "Besh tashabbus olimpiadasi"da ishtirok etishga chorlovchi roliklarni tasvirga olish.


2. Sport orqali yuqori darajaga erishgan sportchilarning hayot tarzini aks ettiruvchi telekoʻrsatuvlar sonini oshirish.


3. Ommaviy aхborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borish.


2022 yil

iyun


Ijrochilar mablalari


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


21.

Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga iхtisoslashtirish roʻyхatini talabalarning хohish va istaklarini inobatga olgan holda qat’iy ravishda qayta koʻrib chiqish.


1. Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga iхtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.


2. Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga iхtisoslashtirish boʻyicha roʻyхatni talabalarning хohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish.


3. Oʻrganish natijalariga koʻra oliy ta’lim muassasalarini iхtisoslashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritgan holda oliy ta’lim muassasalarini qayta iхtisoslashtirish.


2022/2023

quv

yilidan

boshlab


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 aprel