Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2022 y. 160-son "Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2022 y.

N 160



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOJXONA HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN

TOVARNING BOJXONA QIYMATINI

ANIQLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan tovarning bojхona qiymatini aniqlash usullari va ularni qoʻllash;

sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasida oʻzaro boliqlik mavjud boʻlgan hollarni oʻrganish va bojхona qiymatini aniqlash;

moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojхona qiymatini aniqlash;

deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada notoʻri koʻrsatilib olib kirilgan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash va qayta koʻrib chiqish;

bojхona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojхona qiymatini aniqlash;

avariya, yengib boʻlmas kuch ta’siri oqibatida yoki noma’lum sabablarga koʻra shikastlanishi yoхud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yoʻqolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojхona qiymatini aniqlash;

bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Ushbu qaror 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 6 aprel