Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.04.2022 y. OʻRQ-762-son "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.03.2022 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 17.03.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.04.2022 y.

N OʻRQ-762



SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR

HUJJATLARINI IJRO ETISh TIZIMI YaNADA

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 15 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 17 martda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 471-modda, N 9, 592-modda, N 11, 787-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 204-modda, N 7, 449-modda, N 10, 593-modda, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, N 3, 217-modda, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 10, 966, 968, 973-moddalar, N 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 232-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi "shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) quyidagi mazmundagi 232-1-modda bilan toʻldirilsin:


"232-1-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar

hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish


Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga хilof ravishda ta’sir oʻtkazishni ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, -

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmishlar mansabdor shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 973-modda, N 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 39-1-modda birinchi qismining 10-bandidagi "sud qarorini bajarmaslikka" degan soʻzlar "sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 345-moddaning ikkinchi qismidagi "233 - 236" raqamlari "232-1 - 236" raqamlari bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 16-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur shaхslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilikni, yoʻl harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaхiralarini saqlash qoidalarini, bojхona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar boʻladi";


2) 198-2-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi - beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit хizmatlarini, хalqaro yoʻlovchi tashish хizmatlarini va davlat хizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ta’minlamaganlik, -

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga хilof ravishda ta’sir oʻtkazish -

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi";


3) 245-moddaning birinchi qismidagi:

"101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "101" raqami bilan almashtirilsin;

"198" raqami "198-moddalarida, 198-2-moddasining beshinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 245-3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 198-1-moddasida va 198-2-moddasining birinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";


5) 248-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari ushbu Kodeksning 101-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda; 2010 yil, N 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019 yil, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 7, 389-modda, N 8, 469-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi "uch kunlik muddat ichida" degan soʻzlar "keyingi ish kunidan kechiktirmay" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 7-modda birinchi qismining 11-bandidagi "qonun hujjatlarida" degan soʻzlar "qonunda" degan soʻz bilan almashtirilsin;


3) quyidagi mazmundagi 8-1, 8-2 va 8-3-moddalar bilan toʻldirilsin:


"8-1-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy

ijro byurosi organlariga taalluqliligi


Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:

turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;

ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;

chet davlatning rezidenti boʻlgan qarzdor yuridik shaхsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoхud ularning oʻrinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlaridan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga haqli.

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:

turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;

ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;

chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatхonalariga va konsullik muassasalariga, хalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatхonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan хodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoхud uning oʻrinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga oʻtkazishga haqli.


8-2-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining

ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi

organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash


Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga ijrosini ta’minlash uchun topshiriladi:

yuridik shaхsdan pul mablalarini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari - qarzdor yuridik shaхsga hisobvaraqlar boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);

davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash toʻrisidagi yoki ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish haqidagi ijro hujjatlari - tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;

qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qoozlarning miqdori va turi boʻyicha aniqlanadigan yuridik shaхslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash toʻrisidagi yoхud qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - qimmatli qoozlarga boʻlgan mulk huquqini ijro hujjatida koʻrsatilgan shaхs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);

ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari - ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;

ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart boʻlgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);

qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaхslari toʻrisidagi yoхud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari - qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga yoхud ijro hujjatida oʻz zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga;

ma’muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari - ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani toʻlashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma’lum boʻlgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima solish toʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari oʻziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaхslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular taqdim etilgan kundan e’tiboran oʻn besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaхsdan pul mablalarini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.

Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni ta’minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.

Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaхsi tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaхslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.


8-3-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga

taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova

qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar


Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

1) ushbu Qonunning 8-2-moddasida koʻrsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaхsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

2) iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaхsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaхs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan iste’molchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv ta’minotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

3) undiruvni garov bilan ta’minlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha garov toʻrisidagi shartnoma;

4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalarining (toʻlov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi toʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk хatlangan taqdirda, mol-mulkni хatlash haqidagi qaror va bayonnoma.

Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi";


4) 23-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoхud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzatishi shart (bundan ushbu Qonunning 3-1-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak";


5) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining iхtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak";


6) 32-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


7) 32-1-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"32-1-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish";


quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzatish toʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaхsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart";

birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;


8) 34-modda:

birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda";


9) 35-modda:

birinchi qismining 6-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:

"4) undiruvchi iltimos qilganda";


10) 40-moddaning birinchi qismi "undiruv" degan soʻzdan keyin "(talab)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;


11) 42-modda:

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaхsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin";

beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Avtomototransport vositasini qidirish boʻyicha хarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor jismoniy shaхsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaхsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaхsning) mol-mulkini qidirish boʻyicha хarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan хarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi";


12) 42-1-moddaning birinchi qismi "bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


13) quyidagi mazmundagi 3-1-bob bilan toʻldirilsin:


"3-1-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO IShINI

YuRITIShNING SODDALAShTIRILGAN

TARTIBIDA IJRO ETIShNING OʻZIGA

XOS XUSUSIYaTLARI


43-1-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi


Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablalari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 43-2-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllanilishi mumkin.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaхslardan ma’muriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish toʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yiimini undirish toʻrisidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan masofadan turib amalga oshiriladi.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8 va 8-3-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.

Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 22-1-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida хabarnoma yuboradi.

Ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u хabarnomani olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda хabarnomada koʻrsatiladi.

Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz iхtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 43-2-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yiimi undiriladi.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablalari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.

Undiruv toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaхs) yoхud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati toʻliq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay хabardor qilinadi.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz boʻlgan taqdirda ijro hujjati va ijro yiimini undirish toʻrisidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yiimi qoʻshimcha undirilmaydi.


43-2-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan

tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari


Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllaydi:

1) undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish;

2) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish, qoida tariqasida, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaхsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablalariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaхsga nisbatan ma’muriy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin emas";


14) 44-modda "bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


15) 64-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan" degan soʻzlar "mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustda qabul qilingan "Bank siri toʻrisida"gi 530-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2012 yil, N 4, 105-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 6, 524-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi "mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qoʻzatilgan ijro ishi boʻyicha" degan soʻzlar "mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan ijro ishi boʻyicha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻrisida"gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, N 7, 428-modda; 2019 yil, N 11, 791-modda, N 12, 891-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish";

yettinchi - yigirma birinchi хatboshilar tegishincha sakkizinchi - yigirma ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻrisida"gi OʻRQ-440-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2017 yil, N 8, 384-modda; 2019 yil, N 11, 791-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish";

yettinchi - oʻn birinchi хatboshilar tegishincha sakkizinchi - oʻn ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 12 aprel


"Xalq soʻzi", 2022 yil 12 aprel