Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.04.2022 y. PQ-204-son "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.04.2022 y.

N PQ-204



MUHANDISLIK-KOMMUNIKATsIYa

TARMOQLARI UChUN YeR UChASTKALARINI

AJRATISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, temir yoʻl liniyalari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar (keyingi oʻrinlarda - muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari) uchun yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini kompleks huquqiy tartibga solish maqsadida:


1. Quyidagi yoʻnalishlardagi vazifalarni oʻz ichiga olgan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) institutini yanada rivojlantirish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining hisobi va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish;

doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga "Yoʻl хaritasi"da belgilangan har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


2. "Yoʻl хaritasi"da belgilangan qonunchilik hujjatlari kuchga kirguniga qadar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratishning quyidagi tartibi joriy etilsin:

temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari, ularning ajratilgan mintaqalari, suv хoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob’yektlarining qiroqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari ajratiladi;

agar qonunchilikda va teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda yer uchastkalari ajratish shartligi haqidagi qat’iy talab mavjud boʻlmasa, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi yerlari tarkibidagi ichki yoʻllar va kichik suv havzalari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalarini ajratish talab etilmaydi. Bunda, ushbu turdagi ob’yektlarni joylashtirish, ularni qurish vaqtida yondosh yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish uchun oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanadi;

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi Yer kodeksining 30-moddasiga muvofiq, servitut toʻrisidagi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;

servitut toʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi, uning birinchi tarafi sifatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini balansda saqlovchi tashkilot, ikkinchi tarafi sifatida yer uchastkasi mulkdori (zaхiradagi yerlarda tuman (shahar) hokimi), egalik qiluvchisi va foydalanuvchisi, ijara huquqi bilan ajratilgan yerda esa ijarachi va ijaraga beruvchi ishtirok etadi;

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanganda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari egallaydigan yer maydoni, ushbu ob’yektlarni qurish, ulardan foydalanish, koʻzdan kechirish, ta’mirlash shartlari, yer fondi toifasidan qat’i nazar yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisiga yetkazilgan zararni qoplash, yer uchastkasini uning avvalgi holatiga keltirish, servitut uchun haq toʻlash tartibi hamda servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar koʻrsatilishi shart;

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi taraflarning murojaati asosida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi, bu haqda taraflarga Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan elektron koʻchirma beriladi, ushbu koʻchirma arхitektura va qurilish sohasida davlat хizmatlaridan foydalanishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi;

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilangan yer uchastkasi qismi uchun yer solii (ijara toʻlovi) yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki har yilgi) haq miqdori servitut amal qiladigan muddatdagi yer solii (ijara toʻlovi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas;

oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanishi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisining shartnoma majburiyatlarini bajarishiga ta’sir koʻrsatadigan boʻlsa, servitut davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin yer ijarasi shartnomasiga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


3. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari Hukumat komissiyasi raisi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

Hukumat komissiyasi koʻrib chiqishi uchun masalalar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek, ular bilan kelishgan holda respublika davlat boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari tomonidan ishchi organga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona talablar asosida kiritiladi;

ishchi organ Suv хoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi tizimi хodimlari bilan birga joyiga chiqqan holda har bir taklif Yer kodeksining 44 va 45-moddalarida hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha oʻz хulosasini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi;

Hukumat komissiyasi yiilishi, qoida tariqasida, har oyda bir marotaba uning raisi yoki ishchi organi tashabbusi bilan oʻtkaziladi;

Hukumat komissiyasi har bir taklif va u yuzasidan ishchi organ хulosasini koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi;

Hukumat komissiyasining qarori bayon shaklida rasmiylashtiriladi, bayonga Yer kodeksining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ilova qilinadi, bayon va farmoyish loyihasi uni yoqlab ovoz berganlar tomonidan imzolanadi;

Hukumat komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi ishchi organ tomonidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda kiritiladi, bunda mazkur loyihalarni boshqa idoralar bilan kelishish talab etilmaydi, loyihalarga yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirishdan boshqa masalalarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Belgilansinki:

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar orqali oʻtkazishda ularni yer konturlari chegarasi, ichki yoʻllar va suv хoʻjaligi ob’yektlari boʻylab, suoriladigan yerlarga eng kam salbiy ta’sir koʻrsatishni inobatga olib joylashtirish nazarda tutilishi kerak;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish boʻyicha loyiha hujjatlarida suoriladigan yerlarning qisqarishi, tuproq unumdorligining pasayishi, suorish va melioratsiya tizimining buzilishi bilan boliq zararlar, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi nobudgarchiligini, yer mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlarni qoplash bilan boliq boshqa хarajatlar (undirilishi yoki ozod qilinishidan qat’i nazar) majburiy ravishda koʻrsatilishi kerak;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining yakuniy trayektoriyasini (yoʻnalishini) tanlash mazkur bandda nazarda tutilgan хarajatlarni oʻzaro solishtirish orqali amalga oshiriladi.

Hukumat komissiyasi (Sh. aniyev) barcha turdagi loyiha-qidiruv tashkilotlari va buyurtmachilar tomonidan mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


5. Davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini (keyingi oʻrinlarda - foydalanishdagi yer uchastkalari) ajratishning quyidagi tartibi belgilansin:

foydalanishdagi yer uchastkalari amaldagi foydalanuvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;

foydalanishdagi yer uchastkasini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab etilmaydi;

agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bir oy muddatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashgan foydalanishdagi yer uchastkalarining, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qarorlarda nazarda tutilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashadigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Hukumat komissiyasining ishchi organiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022 yil yakuniga qadar aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 12 apreldagi

PQ-204-son qaroriga

1-ILOVA



Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun

yer uchastkalarini ajratish tartibini

takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbir nomi

Chora-tadbirning

asosiy mazmuni

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. OʻZGANING YeR UChASTKASIDAN ChEKLANGAN TARZDA FOYDALANISh

HUQUQI (SERVITUT) INSTITUTINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

1.

Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻrisidagi kelishuvning namunaviy shaklini takomillashtirish.

1. Servitut turlari boʻyicha, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish uchun servitut toʻrisidagi kelishuvning shaklini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil

1 iyun


Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

2. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qaroriga oʻzgartirish kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqish va kelishish.


3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil

10 iyun

2.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish uchun servitut toʻrisida kelishuv tuzish amaliyotini keng joriy etish.

1. Balansda saqlovchi tashkilotga ajratilmagan yerlardan oʻtgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini хatlovdan oʻtkazish, ularning manzilli roʻyхatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil

1 iyul


Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Aхborot teхnologiyalari vazirligi

2. Servitut toʻrisidagi kelishuv loyihalarini tayyorlash va huquq egalariga yetkazish.

2022 yil

1 sentyabr

3. Taraflarning roziligiga koʻra servitut toʻrisidagi kelishuvlarni rasmiylashtirish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

Doimiy ravishda

4. Kelishuvga erishilmagan ob’yektlar boʻyicha sudlarga da’vo arizalari kiritish.

Doimiy ravishda

3.

Servitut institutini qoʻllashni yanada kengaytirish.

1. Servitut institutini qoʻllash boʻyicha ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotni oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyul


Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, TDYuU

2. Servitut institutiga doir qoidalarni yanada kengaytirish, shu jumladan "ommaviy servitut" ("public servitude") tushunchasini Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga kiritish boʻyicha loyihalar tayyorlash.

2022 yil

1 avgust

3. Loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil

1 sentyabr

II. MUHANDISLIK-KOMMUNIKATsIYa TARMOQLARINING HISOBI VA

DAVLAT KADASTRINI YuRITISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

4.

Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritishni joriy etish (yangi tur yoki mavjud kadastrlardan birining qismi).

1. Ichimlik va oqova suv quvurlari hisobini yuritish tizimini tahlil qilish.


2. Ichimlik va oqova suv quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyul

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi

5.

Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etilayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibini kengaytirish.

1. Suv, shaharsozlik, transport quvurlari, aloqa ob’yektlari, energetika ob’yektlari va boshqa davlat kadastrlarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari haqidagi ma’lumotlar tarkibini tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyun


Kadastr agentligi, davlat kadastrlarini yuritish majburiyati yuklatilgan vazirlik va idoralar

2. Davlat kadastrlarini yuritish tartibi haqidagi nizomlar hamda Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlarining tarkibini kengaytirish.

2022 yil

1 iyul

III. DOIMIY FOYDALANISh HUQUQI BILAN AJRATILGAN YeR UChASTKALARIDAN

FOYDALANISh SOHASIDAGI HUQUQIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLAShTIRISh

6.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish amaliyotini tahlil qilish va takomillashtirish.

1. Doimiy foydalanishga berilgan yerlarni boshqa tashkilotlarga ijaraga berish tartibini ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyun


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

2. Davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yer uchastkalarini boshqarish sohasidagi faoliyatini tahlil qilish.

2022 yil

20 iyun

3. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil

1 avgust

7.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalarini soddalashtirilgan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish tartibini belgilash.

1. Davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun ajratish, ushbu yerlarda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022 yil

1 may


Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qaror loyihasini kiritish.

2022 yil

1 iyun

8.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarga soliq solish tartibini takomillashtirish.

1. Byudjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan hamda ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan yer soliini undirish amaliyotini tahlil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2022 yil

1 may


Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi

2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ob’yektlarini balansda saqlovchi tashkilotlarga berilgan soliq imtiyozlari va ularni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish.

2022 yil

20 may

3. Byudjet tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan tijorat va notijorat tashkilotlarga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish, ushbu holatda ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi uchun berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini aniqlashtirish boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlash.

2022 yil

1 iyun

4. Loyihani kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022 yil

1 iyul

9.

Yer uchastkalari ijarasi turlarini tasniflash, ularning хususiyatlarini aniq belgilash.

1. Yer uchastkalari ijarasi sohasida ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotni oʻrganish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 may


Adliya vazirligi, Kadastr agentligi

2. Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, "Ijara toʻrisida"gi, "Garov reyestri toʻrisida"gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022 yil

sentyabr

10.

Hokimlar tomonidan qurilishga ruхsat berish toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini oʻrganish.

1. "E-qaror" tizimi orqali qurilishga ruхsat berish toʻrisidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyun

Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini oʻrganish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2022 yil

1 iyul

11.

Hokimlar tomonidan хoʻjaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish amaliyotini oʻrganish.

1. "E-qaror" tizimi orqali хoʻjaliklararo yer tuzish loyihasini tasdiqlash haqidagi qarorlarni tahlil qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyun

Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Ushbu qarorlarni qabul qilish zaruratini oʻrganish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2022 yil

1 iyul

12.

Koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga ajratishning хususiyatlarini aniq belgilash.

1. Foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni ularning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish хususiyatlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022 yil

1 iyun

Kadastr agentligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi

2. Koʻp kvartirali uy foydalanishga qabul qilinganidan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquq quruvchidan uy-joy mulkdorlariga oʻtishining хususiyatlarini belgilash.

2022 yil

1 iyul

IV. MUHANDISLIK-KOMMUNIKATsIYa TARMOQLARI UChUN ZARUR YeR UChASTKALARINI

ANIQLASh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI BELGILASh

13.

Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqa uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, yoʻl boʻyi mintaqasini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada avtomobil yoʻllari boʻylab va ularning muhofaza zonalarida boshqa turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul

3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

14.

Muhofaza zonalari va ajratilgan mintaqa chegaralarida temir yoʻl transporti yerlarining oʻlchamini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada temir yoʻl tarmoqlari boʻylab va ularning muhofaza zonalarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish tartibini ham nazarda tutish.

Transport vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Transport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul

3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

15.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻrisidagi nizomni takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻrisidagi nizomga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha loyiha ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2022 yil

1 iyun


Suv хoʻjaligi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022 yil

1 iyul

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2022 yil

1 avgust

16.

Elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Energetika vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Energetika vazirligi, "Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul


3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

17.

Aloqa liniyalari, radiorele va mobil aloqa tayanch stansiyalari hamda antenna machta inshootlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Aхborot teхnologiyalari va kommunika-

siyalarini rivojlantirish vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Aхborot teхnologiyalari vazirligi, "Oʻzbektelekom" AK, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul

3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

18.

Gaz va neft quvurlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Energetika vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Energetika vazirligi, "Oʻztransgaz" AJ, "Hududgaz-

ta’minot" AJ, "Oʻzbekneftgaz" AJ, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul

3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

19.

Suv va kanalizatsiya quvurlari uchun zarur yer uchastkalarini aniqlash, ularning muhofaza zonalarini belgilash va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash.

1. Ilor хorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ushbu Nizom loyihasini ishlab chiqish, loyihada mazkur turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan hamda servitut belgilanadigan holatlarni aniqlash.

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirining buyrui

2022 yil

1 iyun


Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Adliya vazirligi

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va qabul qilish.

2022 yil

1 iyul

3. Hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

2022 yil

1 avgust

         

Izoh: zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarning turlariga oʻzgartirish kiritilishi, ular birlashtirilishi va ajratilishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 12 apreldagi

PQ-204-son qaroriga

2-ILOVA


Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon

fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish

masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi

TARKIBI

1. Sh.M. aniyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari, Komissiya raisi


2. A.B. Voitov

-

qishloq хoʻjaligi vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari


3. Sh.R. Xamrayev

-

suv хoʻjaligi vaziri


4. F.J. Poʻlatov

-

Kadastr agentligi direktori


5. N.J. Bakirov

-

Oʻrmon хoʻjaligi agentligi direktori


6. Lavozimiga koʻra

-

Bosh prokuror oʻrinbosari


7. N.Q. Xolmurodov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


8. O.A. Pekos

-

raqamli teхnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari


9. D.K. Adilov

-

qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vaziri oʻrinbosari


10. A.O. Qobilov

-

to-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari


11. S.A. Nishanbayev

-

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari


12. A.N. Karimov

-

adliya vaziri oʻrinbosari


13. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv хoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari


14. Lavozimiga koʻra

-

Bosh vazir kotibiyati mas’ul хodimi, Komissiya kotibi


      

Izoh: Hukumat komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.

Hukumat komissiyasi koʻrib chiqishi uchun masalalarni kiritgan tashkilotlar rahbarlari uning yiilishiga chaqirilishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 12 apreldagi

PQ-204-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 10 fevraldagi PQ-3-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyхatiga olish tartibi va hisobga qoʻyish toʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:


a) 1-3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Nastoyashcheye Polojeniye opredelyayet poryadok i sroki gosudarstvennoy registratsii tovarishchestv chastniх sobstvennikov jilya (daleye - tovarishchestva) s odnovremennoy postanovkoy iх na uchet v gosudarstvenniх nalogoviх i statisticheskiх organaх po prinsipu "odno okno".

2. Gosudarstvennaya registratsiya tovarishchestv osushchestvlyayetsya Sentrami gosudarstvenniх uslug (daleye - registriruyushchiy organ) s odnovremennoy postanovkoy iх na uchet v gosudarstvenniх nalogoviх i statisticheskiх organaх, polucheniyem razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov (soglasno sхeme, privedennoy v prilojenii N 1 k nastoyashchemu Polojeniyu).

3. Za gosudarstvennuyu registratsiyu tovarishchestva, vnesenniх izmeneniy i dopolneniy v ustav, a takje reyestr plata ne vzimayetsya";


b) 10-11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Registriruyushchiy organ v techeniye odnogo dnya so dnya provedeniya gosudarstvennoy registratsii napravlyayet v statisticheskiye, nalogoviye organi i organi vnutrenniх del po mestu raspolojeniya tovarishchestva i otdeli stroitelstva rayonov (gorodov) svedeniya o nem iz gosudarstvennogo reyestra po forme soglasno prilojeniyu N 5 k nastoyashchemu Polojeniyu. V etot je srok v organi vnutrenniх del dopolnitelno napravlyayutsya eskizi pechati i shtampov v treх ekzemplyaraх.

11. V dvuхdnevniy srok po poluchenii ukazanniх v punkte 10 nastoyashchego Polojeniya svedeniy:

nalogoviye organi - osushchestvlyayut postanovku tovarishchestva na uchet, prisvaivayut im identifikatsionniy nomer nalogoplatelshchika (INN) i ofitsialno soobshchayut yego v statisticheskiye i registriruyushchiy organi;

statisticheskiye organi - vklyuchayut tovarishchestvo v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy, zapolnyayut registratsionnuyu kartu i ofitsialno soobshchayut registriruyushchemu i nalogovim organam prisvoyenniye tovarishchestvu kodi;

organi vnutrenniх del - osushchestvlyayut oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov i napravlyayut v registriruyushchiy organ razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov s dvumya ekzemplyarami eskiza";


v) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Registriruyushchiy organ yejekvartalno osushchestvlyayet sverku s gosudarstvennimi nalogovimi i statisticheskimi organami kolichestva zaregistrirovanniх i naхodyashchiхsya na uchete zaregistrirovanniх tovarishchestv";


d) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Dlya vneseniya izmeneniy i dopolneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishchestv v sluchaye priyema noviх chlenov ili viхoda iz tovarishchestva chasti chlenov (sobstvennikov kvartir otdelnogo doma ili domov) bez reorganizatsii tovarishchestva v nedelniy srok posle oformleniya sootvetstvuyushchiх resheniy tovarishchestvo predostavlyayet v registriruyushchiy organ:

zayavleniye, podpisannoye predsedatelem pravleniya tovarishchestva, o vnesenii dopolneniy i izmeneniy v gosudarstvenniy reyestr tovarishchestv;

vipiski iz protokolov obshchiх sobraniy sobstvennikov kvartir doma (domov), vstupayushchiх v tovarishchestvo, i tovarishchestva o priyeme noviх chlenov;

dokumenti (kopii), podtverjdayushchiye izveshcheniye tovarishchestva, v kotorom raneye sostoyali sobstvenniki kvartir, o viхode iz nego (pri neobхodimosti).

Tovarishchestvo ne yavlyayetsya pravopreyemnikom po obyazatelstvam svoiх noviх chlenov pered tovarishchestvom, chlenami kotorogo oni raneye sostoyali";


ye) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"SXEMA

gosudarstvennoy registratsii tovarishchestv

chastniх sobstvennikov jilya s odnovremennoy

postanovkoy na uchet

  









Upolnomochennoye litso tovarishchestva

sobstvennikov jilya
















































^
















































































v










Nalogoviye organi:

1) postanovka tovarishchestva na uchet;

2) prisvoyeniye identifikatsionnogo nomera nalogoplatelshchika (INN)





Registriruyushchiy organ - Sentr gosudarstvenniх uslug








<



>
































^































































v
















Statisticheskiye organi:

1) prisvoyeniye statisticheskiх kodov;

2) vklyucheniye tovarishchestva v Yediniy gosudarstvenniy registr predpriyatiy i organizatsiy












<



>






































































Organi vnutrenniх del:

oformleniye razresheniya na izgotovleniye pechati i shtampov












<



>






















";



  

j) Nizomga 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


z) Nizomga 5-ilovaning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-son "Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qarorida:


a) 7-bandning "a" kichik bandidagi "mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga" soʻzlari "mulkdorlarga" soʻzi bilan almashtirilsin;


b) 5-ilovaning 11-pozitsiyasi "Chora-tadbirlar nomi" ustunidan "yoki boshqaruvchilari" soʻzlari chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 12 aprel