Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 11.04.2022 y. 10-mh-son "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 11.04.2022 y. 1988-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

11.04.2022 y.

N 1988-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

11.04.2022 y.

N 10-mh


BUYRUI



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining

4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik koʻrsatkichlar toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 iyundagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 4-bandi "n" kichik bandining toʻrtinchi хatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;".


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                             R. Davletov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 11 aprel