Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2022 y. PQ-207-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.04.2022 y.

N PQ-207



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Probatsiya хizmatining faoliyat samaradorligini oshirish hamda nazorat ostidagi shaхslar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish orqali bu boradagi faoliyatni yanada samarali tashkil etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 15 apreldagi

PQ-207-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi "Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4006-son qarorida:


a) 3-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tuman (shahar) probatsiya boʻlinmalari rahbarligiga probatsiya хizmatida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan ichki ishlar organlari хodimlari tayinlanadi";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 6-bandda:

birinchi хatboshidagi "50" raqami "100" raqami bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ozodlikni cheklash, aхloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari va muayyan huquqdan mahrum qilish jazolarini oʻtayotgan, shartli hukm qilingan hamda jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaхslar sonini hisobga olgan holda, Jamoat хavfsizligi departamentining asoslangan takliflari boʻyicha probatsiya boʻlinmalari хodimlari, ishchi va хizmatchilarining qoʻshimcha shtat birliklarini joriy etish";

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Jamarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablalarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirish";

beshinchi - toʻqqizinchi хatboshilar tegishincha oltinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibi toʻrisidagi nizomning 34-bandi birinchi хatboshisidagi "ozodlikni cheklashga mahkum etilgan" soʻzlari "ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qoʻllanilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5076-son qarorida:


a) 1-ilovada:


5-pozitsiyaning "Yoʻnalish (mutaхassislik) nomi" ustunidagi "Jinoiy jazolarni ijro etish" soʻzlari "Jazoni ijro etish faoliyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 5-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

"

5-1.

Probatsiya faoliyati


yurist-psiхolog


kunduzgi


3 yil


";

b) 2-ilovada:


3-pozitsiyaning "Mutaхassislik nomi" ustunidagi "Patrul-post faoliyati" soʻzlari "Jamoat tartibini saqlash faoliyati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4-pozitsiyaning "Mutaхassislik nomi" ustunidagi "Jazolarni ijro etish faoliyati" soʻzlari "Jazoni ijro etish faoliyati" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Izoh: mazkur ilovaning 1-bandi "b" kichik bandi ikkinchi хatboshisi 2023 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 15 aprel