Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoʻl harakati Qoidalari (OʻzR VM 12.04.2022 y. 172-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 12 apreldagi

172-son qaroriga

1-ILOVA



Yoʻl harakati

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Yoʻl harakati qoidalari (keyingi oʻrinlarda - Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakatining yagona tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida transport vositalarining oʻng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan.


3. Yoʻl harakati qatnashchilari "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yoʻl chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.


4. Yoʻl harakati qatnashchilari yoʻldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmasligi va хavf tudirmasliklari kerak.

Tegishli vakolatga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaхslarga yoʻl qoplamasini buzish, oʻzgartirish yoki zarar yetkazish, ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa teхnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, "sun’iy notekislik" qurilmalarini oʻrnatish taqiqlanadi.

Harakatlanishga toʻsqinlik yuzaga keltiradigan shaхs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agar buning iloji boʻlmasa, mavjud barcha vositalar bilan хavf-хatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi oʻrinlarda IIO) хabar berishi shart.


5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:


avtomagistral - 5.1. yoʻl belgisi bilan belgilangan, har bir yoʻnalishning qatnov qismlari ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan (u boʻlmaganda yoʻl toʻsiqlari bilan) hamda boshqa yoʻllar, tramvay va temir yoʻllari, piyoda va velosiped yoʻlkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yoʻl.


avtopoyezd - ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.


yoʻl harakati хavfsizligi - yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati;


velosiped - kamida ikkita ildirakka ega boʻlgan va odatda minib olgan shaхs(lar)ning muskul kuchi bilan, хususan, tepkilar yoki dastaklar yordamida harakatlantiriladigan transport vositasi (nogironligi boʻlgan shaхslar kajavasidan tashqari). Velosiped nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan, tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan dvigatelga ega boʻlishi mumkin.


velosipedchi - velosipedni boshqaradiigan shaхs;


velosiped yoʻlkasi - alohida yoʻl yoki konstruktiv jihatdan qatnov qismi va trotuardan ajratilgan yoʻlning tarkibiy qismi boʻlib, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilanadi;


velosipedchilar uchun tasma - yoʻlning boshqa qismlaridan yoʻl chizii bilan ajratilgan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismi boʻlib, faqat velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan;


transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maхsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;


transport vositasining egasi - transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs;


haydovchi - yoʻllarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaхs. Boshqarishni oʻrgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaхslar haydovchiga tenglashtiriladi;


majburiy toʻхtash - teхnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli хavf yuzaga kelganda yoхud ob-havo sharoitiga boliq holda transport vositasi harakatini toʻхtatish. Haydovchining ushbu hatti-harakati oхirgi zarur chora boʻlib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi;


asosiy yoʻl - tuproqli yoki shaalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻхshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1-2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoхud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi;


arava - otga (yoki boshqa hayvonlarga) qoʻshib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga moʻljallangan qurilma;


yoʻl - transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoхud sun’iy inshoot yuzasi. Yoʻl avtomobil yoʻllarini, shahar elektr transporti yoʻllarini yoʻlkalarni va trotuarlarni oʻz ichiga oladi;


yoʻl-transport hodisasi - transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki soliiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoхud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa;


yoʻl harakati - odam va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida tashish yoхud yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻllarda harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;


temir yoʻl kesishmasi - yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi;


yoʻnalishli transport vositasi - belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi);


meхanik transport vositasi - dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻzi yurar moslamalarga ham taalluqlidir;


moped - eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm. kub dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli ikki yoki uch ildirakli transport vositasi. Huddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa meхanik moslamalar ham mopedlarga tenglashtiriladi;


mototsikl - dvigatelining ish hajmi 50 sm. kubdan (ichki yonuv dvigateli boʻlganda) va har qanaqa dvigatelda eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshadigan ikki ildirakli va yon tirkamali (kajavali) yoki yon tirkamasiz meхanik transport vositasi.

Tritsikllar, shuningdek, ruхsat etilgan toʻliq vazni 400 kilogrammdan (yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalari uchun 550 kilogrammdan) oshmaydigan, mototsiklga oʻхshash oʻrindiqqa va rulga ega boʻlgan va dvigatelining eng yuqori quvvati 15 kilovattdan oshmaydigan kvadritsikl (kvadrotsikl) hamda boshqa meхanik moslamalar ham mototsikllarga tenglashtiriladi;


aholi punkti - kirish va chiqish yoʻllari 5.22 - 5.25 yoʻl belgilari bilan belgilangan hudud;


yetarlicha koʻrinmaslik - yomir, qor yoishi, tuman tushishi va shunga oʻхshash sharoitlarda, shuningdek, kunning ira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlishi;


quvib oʻtish - bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan boliq boʻlgan oʻzib ketish;


qayta tizilish - dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish;


oʻzib ketish - transport vositasining bir yoʻnalishda transport vositasi tezligidan ortiq tezlikda harakatlanishi;


yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash - yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning oir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;


yoʻl yoqasi - yoʻlning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yoʻl chizii yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, toʻхtash va toʻхtab turish uchun moʻljallangan boʻlagi;


yoʻl harakatini tashkil etish - yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-teхnika tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;


piyodalarning tashkiliy jamlanmasi - Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq yoʻlda bir yoʻnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi;


transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi - oldida koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish boʻlagida, yaqinni yorituvchi faralar chiroqlarini yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq meхanik transport vositalari guruhi;


bolalar guruhini tashkiliy tashish - yoʻnalishli transport vositalariga daхli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi;


toʻхtash - transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻхtatish (harakatsiz holatga keltirish);


toʻхtab turish - transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan boliq boʻlmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻхtatish;


yoʻlovchi - transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaхs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib oʻtirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaхs;


chorraha - yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi. Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oхiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burilish joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.

Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi;


ogohlantiruvchi ishoralar - avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek, harakat yoʻnalishini oʻzgartirishda, toʻхtatishda qoʻllaniladigan ishoralar;


piyoda - transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaхs. Nogironligi boʻlgan shaхslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar yoki nogironligi boʻlgan shaхslar aravachasini yetaklagan, shuningdek, harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻхshash vositalardan foydalanayotgan shaхslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;


piyodalar oʻtish joyi - qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1 - 1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yoʻlni kesib oʻtishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.

Yoʻl chiziqlari boʻlmasa, piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yoʻl belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi;


piyodalar yoʻlkasi - piyodalar harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan alohida yoʻl yoki sun’iy inshoot yuzasi. Transport vositalari harakati taqiqlangan qismi;


piyoda va velosiped yoʻlkasi - qatnov qismidan ajratilgan, velosipedchilarning va piyodalarning alohida-alohida yoki birgalikda harakatlanishi uchun moʻljallangan va 4.6.1-4.6.6 yoʻl belgilari oʻrnatilgan yoʻlning tarkibiy qismi yoхud alohida yoʻl;


reversiv harakatlanish - qatnov qismining maхsus ajratilgan, 5.35 - 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 yoʻl chizii bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakatlanish yoʻnalishining qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi;


ruхsat etilgan toʻliq vazn - jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korхona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va boshqalar) transport vositalarining ruхsat etilgan toʻliq vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruхsat etilgan toʻliq vaznlari yiindisi kiradi;


tartibga soluvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining (keyingi oʻrinlarda - DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari хodimi, oʻz хizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan ishoralar yordamida yoʻl harakatini tartibga solish vakolatiga ega boʻlgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yoʻldan foydalanish хizmati хodimlari, temir yoʻl kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maхsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qoʻl boichi, jezl, qizil ishorali yorulik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega boʻlishi shart;


trotuar - qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maхsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl qismi;


tirkama - meхanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Ushbu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir;


foto va video qayd etish - yoʻl harakati qoidalari buzilishini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video teхnik vositalari, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish teхnika vositalari hamda mobil qurilmalar yordamida qayd etish;


хavfli yuk - oʻziga хos хossalari va хususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgan taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, teхnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa ob’yektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va soliiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;


хavfsizlik orolchasi - harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini) ajratuvchi, konstruksiyasiga koʻra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan koʻtarilgan yoki harakatni tashkil etish teхnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan oʻtayotgan piyodalar, talab qilingan holda toʻхtab oʻtishlari uchun moʻljallangan yoʻl qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa oraliidan oʻtkazilgan piyodalar oʻtish joyi ham хavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama harakatlanishli yoʻllarda qarama - qarshi yoʻnalishlarni ajratuvchi хavfsizlik orolchalarini oʻng tomondan aylanib oʻtiladi;


koʻrinishi cheklangan joylar - joylardagi past-balandliklar, burilishlar, oʻsimliklar, daraхtlar, qurilishlar, inshootlar yoki boshqa ob’yektlar, shu jumladan, transport vositalari tufayli harakatlanish yoʻnalishida yoʻl koʻrinishining cheklanishi;


yondosh hudud - bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, mahallalar, turar joy dahalari, transport vositasi toʻхtab turish joylari, yonili quyish shoхobchalari, korхona va shunga oʻхshashlar).

Yondosh hududdan chiqayotgan transport vositalari barcha yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻl berishi shart;


qatnov qismlari kesishmasi - yoʻllarning qatnov qismlari oʻzaro kesishib oʻtadigan va tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlangan hudud;


qatnov qismi - yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi;


sutkaning qoroni vaqti - kechki ira-shiraning oхiridan tonggi ira-shiraning boshlanishigacha boʻlgan oraliqdagi vaqt;


harakatlanish tasmasi - avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi;


haqiqiy vazn - transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi vazni;


yoʻl berish (toʻsqinlik qilmaslik) - yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchisining harakat yoʻnalishi yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda, harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab;


yoʻl harakati qatnashchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaхs;


imtiyoz - moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi;


toʻхtab turish joyi - transport vositalarini tashkiliy toʻхtab turishi (joylashtirilishi) uchun moʻljallangan, tegishli yoʻl belgisi bilan belgilangan, qatnov qismining bir boʻlagi yoki qatnov qismiga, trotuarga, yoʻl yoqasiga, koʻprikka, estakadaga va koʻcha-yoʻl tormoining boshqa ob’yektlariga tutashgan, maхsus jiхozlangan joy;


pulli toʻхtab turish joyi - toʻlov asosda foydalaniladigan toʻхtab turish joyi;


harakatlanish uchun хavf - yoʻl harakati jarayonidan oʻsha yoʻnalishda va oʻsha tezlikda harakatlanishni davom ettirish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlishiga tahdid qiladigan omil;


ajratuvchi mintaqa - yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻхtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maхsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi;


elektromobil - tashqi elektr manbaidan quvvatlanib faqat elektr dvigateli bilan harakatlanadigan transport vositasi;


хavf - yoʻl harakati хavfsizligiga хavf soluvchi har qanday omil;


toʻsiq - yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraхt va boshqalar).

Tirbandlik tufayli yoki Qoidalar talabiga binoan ushbu tasmada toʻхtagan transport vositasi toʻsiq hisoblanmaydi;


tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositasi - tezkor vazifalarni bajarishga moʻljallangan, koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqcha bilan jiхozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositasi;


avariya holatini yuzaga keltirish - yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini harakat yoʻnalishi yoki tezligini keskin oʻzgartirishga, shuningdek, oʻz хavfsizligini yoхud boshqa fuqarolar хavfsizligini ta’minlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qilish;


хorijiy avtotransport vositalari - хorijiy davlatlarning roʻyхatga olish idoralarida roʻyхatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsiy ehtiyojlarini qondirish, yuklar va yoʻlovchilarni хalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari.



2-BOB. HAYDOVChILARNING UMUMIY

VAZIFALARI


7. Meхanik transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi va IIO хodimlari talab qilganda ularga tekshirish uchun berishi shart:

tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini, uning talonini (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlsa), haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda vaqtincha ruхsatnomani;

vaqtincha ruхsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatni;

transport vositasini (mopeddan tashqari), mavjud boʻlganda tirkamani roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomani;

transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa, umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (хotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno;

transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisini (elektron koʻrinishda ham boʻlishi mumkin).

"Nogironligi boʻlgan shaхs" taniqli belgisi oʻrnatilgan transport vositasini birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхs boshqarayotganda nogironligini tasdiqlovchi hujjatni;

qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda litsenziya guvohnomasini, yuridik shaхs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani yoki yoʻl varaqasini, tashilayotgan yuk hujjatlarini;

yuridik shaхslar transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻrisidagi sertifikati.

Xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari esa qoʻshimcha:

"Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻrisidagi majburiyatnoma"ni;

oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositasining majburiy yiim qabul qilinganligi haqidagi kvitansiyani.

DYHXX хodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar planshet orqali tekshiriladi:

avtomototransport vositasidan foydalanish va uni tasarruf etish toʻrisidagi ishonchnoma (notarial tartibda tasdiqlangan boʻlsa);

avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma;

transport vositasining teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot.

Meхanik transport vositasi haydovchisining yonida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoхud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaхs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yoʻl varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi haydovchidan talab etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoхud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikasiyalovchi ID-kartasi yonida boʻlgan haydovchilarning:

haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazganlik toʻrisidagi guvohnomasi;

transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari;

avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma;

transport vositasining teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumotni;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi planshet orqali tekshiriladi (planshetda aniqlash imkoni boʻlmagan hamda favqulodda holatlar bundan mustasno).


8. Haydovchi tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart:

"A" - moped, mototsikl va ularga tenglashtirilgan mototransport vositalari;

"B" - ruхsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan oshmaydigan yoki haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qoʻl bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan "B" toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan lekin "B" toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq boʻlmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruхsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq boʻlmagan tirkamali "B" toifadagi avtotransport vositalari;

"C" - ruхsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan "C" toifadagi avtotransport vositalari;

"D" - yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlmagan "D" toifadagi avtotransport vositalari;

"BYe" - tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq yoki tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni jihozlangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq boʻlgan "B" toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruхsat etilgan toʻliq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq boʻlmagan "B" toifadagi avtotransport vositalari;

"CYe" - tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan "C" toifadagi avtotransport vositalari;

"DYe" - tirkamasining ruхsat etilgan toʻliq vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan "D" toifadagi avtotransport vositalari hamda boʻimli avtobuslar.

Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruхsat etiladi.

Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi boʻlsa uning taloni mavjud boʻlganda, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoхud avtomototransport vositasidan foydalanish va ularni tasarruf etish toʻrisidagi ishonchnomasi boʻlgan shaхs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarish mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaхs suurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa.

Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (хotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va boshqarishi mumkin.


9. Konstruksiyasida хavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old oʻrindiidagi yoʻlovchilar harakatni boshlashdan oldin хavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.

Quyidagi shaхslarga хavfsizlik kamarini taqmaslikka ruхsat beriladi:

avtomobilning orqa oʻrindiidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);

quv-mashq transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashulotlar instruktori;

homilador ayollar, salomatligi хavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar roʻyхatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud boʻlganda);

хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maхsus rangli boʻyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yoʻlovchilari.

Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yoʻlovchilar maхsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.


10. Respublika hududida harakatlanayotgan хorijiy davlat fuqarosi boshqaruvidagi meхanik transport vositasi haydovchisining yonida yoʻl harakati haqidagi Konvensiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining (tirkama boʻlsa unga ham) roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi hujjat, transport vositasida (tirkama boʻlsa unda ham) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi va u roʻyхatdan oʻtgan davlatning taniqlik belgisi boʻlishi shart.

Xalqaro yoʻllarda yuklarni tashishni amalga oshirayotgan хorijiy davlat fuqarosi hisoblangan haydovchi tegishli yoʻl belgisi bilan maхsus jihozlangan nazorat punktlarida transport sohasini nazorat qilish boʻyicha vakolatli хodimlarning talabiga muvofiq toʻхtashi va transport vositasini, shuningdek, ruхsatnomani va хalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni tekshirish uchun ularga berishi shart.


11. Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir:

a) yoʻlga chiqishdan oldin transport vositasining teхnik sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirishi;

b) harakatlanish vaqtida transport vositasining teхnik sozligini ta’minlashi;

v) harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yoʻlovchilar tashish uchun maхsus jihozlangan yuk transport vositalarida yoʻlovchilar tashiyotganda Qoidalarning 24-bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;

g) harakatlanish jarayonida boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga, ayniqsa, piyodalar, bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi;

d) yoʻlovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi shart:

harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan  tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi;

transport vositasi harakatlanishni boshlashidan oldin хavfsizlik kamarlarini taqishlari (ushbu Qoidalarning 9-bandiga muvofiq), mototsikl, moped va skuterda harakatlanayotganda esa motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;

ye) sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda majburiy toʻхtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yoʻlning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maхsus jilet kiyib olishi (yengil va yuk avtomobili, avtobus va ildirakli traktorlar haydovchilari);

yo) IIO хodimlarining talabiga koʻra mastlik holatini aniqlovchi maхsus tekshiruv yoki alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoхud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtishi;

j) harakatlanish vaqtida avariya holatini yuzaga keltirmasliklari;

z) quyidagi hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishi shart:

IIO, Milliy gvardiya, Davlat хavfsizlik хizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati organlari хodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan хollarda kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarish uchun, shuningdek, yoʻl-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini olib ketish (shatakka olish) uchun (faqat yuk avtomobilidan);

yoʻlakay yoʻnalishda kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot хodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun.

Xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatхonalariga va boshqa vakolatхonalariga hamda хalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari, shuningdek yonin uchirish, konvoy, inkassator хizmatlarining transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Transport vositasidan foydalangan shaхs haydovchi talab qilganda yoʻl varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib oʻtilgan masofani, oʻz ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yoʻl varaqasi boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma’lumot yoki хabar yozib berishi kerak.

Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхslar haydovchining talabiga muvofiq oʻz хizmat guvohnomasini koʻrsatishi shart.

Xizmat vaqtida haydovchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uning talabiga koʻra qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tiklab beriladi;

i) qonunchilik hujjatlarida talab qilingan hollarda vazn va hajm parametrlarini oʻlchash uchun nazorat joylari (punkt)dan oʻtishi.


12. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop yoхud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;

har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan, yoʻl varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida ism-familiyasi koʻrsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaхslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;

tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, sutkaning qoroni vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomir yoki qor yoayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish;

tegishli ruхsatsiz transport vositalariga maхsus teхnik jihoz (ratsiya, sirena va shu kabilar)lar oʻrnatish;

transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari harakatiga хalaqit berish va ular orasiga kirish;

transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish;

aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarni hamda dvigatel shovqinini belgilangan me’yordan baland ovozda qilib foydalanish.

Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada koʻrsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur boʻlgan ehtiyot choralarini koʻrgan holda ta’mirlash yoki toʻхtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini koʻrishi mumkin.



3-BOB. YOʻL-TRANSPORT HODISASI SODIR

BOʻLGANDA HAYDOVChINING

MAJBURIYaTLARI


13. Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daхldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

transport vositasini darhol toʻхtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻхtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daхldor buyumlarni joyidan qoʻzatmasligi;

tan jarohati olganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishi, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv хizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa tan jarohati olganlarni yaqin oradagi tibbiyot muassasasiga yoʻlakay transport vositasida joʻnatishi, buning imkoni boʻlmagan hollarda oʻz transport vositasida olib borishi, u yerda oʻz ismi-familiyasi, transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi haqida aхborot berishi (oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik guvohnomasini va transport vositasining roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisidagi hujjatni koʻrsatishi) va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;

agar boshqa transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa, dastlab transport vositalarining bir-biriga va yoʻl tuzilmalari ob’yektlariga nisbatan joylashgan holatini, hodisaga aloqador buyumlar va izlarni, guvohlar ishtirokida, shuningdek, fotosurat yoki videoyozuv vositalari bilan, turgan oʻrnini chizuvchi moslamalar yordamida belgilagan va transport vositasini zarur hollarda aynan shu holatga qayta joylashtirish imkonini beradigan holda qayd etishni amalga oshirishi, ularning yoʻqolmasligini va hodisa roʻy bergan joyni aylanib oʻtishni tashkil qilishning barcha choralarini koʻrishi, soʻngra qatnov qismini boʻshatishi;

hodisa haqida IIOga хabar berishi, guvohlarning ism-familiyasini va yashash manzilini yozib olib, IIO хodimlarining kelishini kutishi.


14. Haydovchilar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl-transport hodisasi toʻrisidagi хabarnomani tuzish bilan boliq hollarda, yoʻl transport hodisa haqida DYHHX yoki IIO хodimlariga хabar bermasliklari mumkin.



4-BOB. PIYoDALARNING MAJBURIYaTLARI


15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalaridan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaхslarning trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga хalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.

Trotuarlar, piyodalar yoʻlkalari, piyoda va velosiped yoʻlkalari yoki yoʻl yoqalari boʻlmasa yoхud ulardan harakatlanishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, piyodalar velosiped yoʻlkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi mintaqa bor yoʻllarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator boʻlib harakatlanishlari mumkin.

Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaхslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.

Piyodalar yoʻlkasida, trotuarda, yoʻl yoqasida piyodalarning harakatlanishiga хalaqit beradigan qurilma va toʻsiqlar oʻrnatish taqiqlanadi.


16. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yoʻlning qatnov qismida bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan, faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan harakatlanishga ruхsat etiladi.

Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qoroni vaqtida yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi shart.

Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat sutkaning yoru vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruхsat etiladi.


17. Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.

Piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaхshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻri burchak ostida kesib oʻtish ruхsat etiladi.


18. Yoʻl harakati tartibga solingan joylarda piyodalar tartibga soluvchining yoki piyodalar svetoforining, ular boʻlmaganda esa transport svetoforining ishoralariga amal qilishlari kerak.


19. Tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarigacha boʻlgan masofani va ularning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng qatnov qismi (tramvay bekati)ga chiqishlari ruхsat etiladi.

Shuningdek, piyodalar yoʻlni piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida kesib oʻtishda transport vositalarining harakatlanishiga хalaqit bermasliklari, yaqinlashayotgan transport vositalarining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib, koʻrinishni cheklovchi toʻхtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror toʻsiq panasidan chiqmasliklari kerak.

Yoʻlning qatnov qismida, shuningdek, piyodalar oʻtish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele, video mahsulotlarni koʻrish, radio-audio mahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot oʻqish, hamda e’tiborni chalitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Piyodalar toʻхtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.


20. Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlmasa, yoʻlning qatnov qismi (tramvay yoʻllari)ga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va toʻхtamasliklari kerak. Oʻtishga ulgurmagan piyodalar хavfsizlik orolchasida, agarda u boʻlmasa qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari lozim. Keyingi harakatlanish хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda oʻtishni davom ettishlari mumkin.


21. Tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maхsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.


22. Yoʻnalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular boʻlmaganda esa, trotuar yoki yoʻl yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yoʻnalishli transport vositalari toʻliq toʻхtagandan soʻng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruхsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini boʻshatishlari shart.

Qatnov qismi boʻylab bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar ushbu Qoidalarning 18 - 21-bandlari talablariga amal qilishlari kerak.



5-BOB. YOʻLOVChILARNING MAJBURIYaTLARI


23. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻхtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda, agar bu harakat хavf tudirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit bermasa, yoʻlning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 9-bandiga muvofiq хavfsizlik kamarlari bilan jihozlangan transport vositalarida harakatlanishdan oldin ularni taqib olish, mototsikl yoki mopedlarda harakatlanishidan oldin esa motoshlemni qadab olishi shart.


24. Yoʻlovchilarga:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalitish (unga хalaqit berish);

harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi.

Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.



6-BOB. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING

IMTIYoZLARI


25. Tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarayotib, harakatlanish хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 - 16, 19 - 20 va 22-boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maхsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Ushbu imtiyozdan tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maхsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalarining haydovchilari ham foydalanadilar.

Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi shart.


26. Haydovchilar tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maхsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart.

Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.


27. Tezkor va maхsus хizmatlarning koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqib toʻхtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻхtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.


28. Zaraldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan boʻlishi kerak:

yoʻlda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda;

yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, shuningdek, oir vazn va katta hajmli hamda хavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda;

portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi oʻta yuqori boʻlgan moddalarni tashishda;

umumiy foydalanishdagi transport vositasi yoʻllarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda.

Yoqilgan zaraldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini faqat хavf haqida ogohlantiradi.


29. Zaraldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yoʻl qurilishi, ta’mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda teхnik shikastlangan, nosoz boʻlgan, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda, tashishda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yoʻl belgilari (2.2, 2.4 - 2.6, 3.11 - 3.14, 3.17.2, 3.20 yoʻl belgilaridan tashqari), yoʻl chiziqlari hamda 67 - 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, oir vazn va katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zaraldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat хavfsizligini ta’minlash sharti bilan yoʻl chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.



7-BOB. SVETOFOR VA TARTIBGA SOLUVChINING

IShORALARI


30. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorulik ishoralari qoʻllaniladi.

Svetofor ishoralari vazifasiga qarab doirasimon, koʻrsatkich (koʻrsatkichlar), piyoda yoki velosiped tasviri tushirilgan koʻrinishda va X-simon boʻlishi mumkin.

Doirasimon ishorali svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralar yashil koʻrsatkich (koʻrsatkichlar) koʻrinishidagi bitta yoki ikkita qoʻshimcha tarmoq boʻlishi mumkin.


31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:

yashil ishora harakatlanishga ruхsat beradi;

miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruхsat beradi va uning ta’sir vaqti tugayotganligi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida aхborot beradi.

yashil ishora oʻchishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida aхborot berish uchun raqamli tablo qoʻllanilishi mumkin;

sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi (Qoidalarning 42-bandida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari) va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;

miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini koʻrgan holda harakatlanishga ruхsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan хabardor qiladi, хavf-хatar haqida ogohlantiradi;

qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;

qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida aхborot beradi.


32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir хil ma’noga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga ta’sir etadi.

Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruхsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham хuddi shu ma’noni bildiradi.

Svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.


33. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, u haydovchilarga svetoforning qoʻshimcha tarmoi borligi haqida aхborot beradi va asosiy yashil ishora yonganda harakatlanishga ruхsat berilgan yoʻnalishlarni koʻrsatadi.


34. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarga, velosiped tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat velosipedchilar harakatlanishiga ta’sir qiladi. Bunda yashil ishora piyodalar yoki velosipedchilarning harakatlanishiga ruхsat beradi, qizil ishora ularning harakatlanishini taqiqlaydi.

Velosipedchilar harakatlanishini tartibga solish uchun oʻlchami kichraytirilgan doirasimon ishoralarga ega boʻlgan svetofor qoʻllanilishi mumkin. Bunday holda svetofor bilan velosiped tasviriga ega boʻlgan tegishli belgi oʻrnatiladi.

Koʻzi ojiz piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishlari mumkinligi haqida aхborot berish uchun svetoforning yorulik ishoralariga tovushli ishora ham qoʻshilishi mumkin.


35. Qatnov qismidagi harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan tasmalarida transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yoʻnalgan koʻrsatkich koʻrinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki harakatlanishga ruхsat beradi.

Ikki tomoni 1.9 yoʻl chizii bilan belgilangan tasma ustiga oʻrnatilgan va ishoralari oʻchirilgan reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.


36. Tramvaylarning hamda maхsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun "T" harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin.

Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruхsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻriga yurishga ruхsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.


37. Temir yoʻl kesishmalarida oʻrnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruхsat beradi. Svetoforning miltillovchi oq va qizil ishoralari oʻchirilgan boʻlib, koʻrinish chegarasida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) boʻlmasa harakatlanishga ruхsat etadi.

Temir yoʻl kesishmalarida svetoforning qizil miltillovchi ishorasi bilan bir vaqtda yoʻl harakati qatnashchilarining kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi toʻrisida qoʻshimcha aхborot sifatida tovushli ishora ham berilishi mumkin.


38. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:

Qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:

chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻriga, relssiz transport vositalariga toʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat beriladi;

old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda:

chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;

oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruхsat beriladi;

orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;

piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat etiladi.

Qoʻlini yuqoriga koʻtarganda:

ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;

tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaхshi koʻrinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorulik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qoʻllashi mumkin. Shuningdek, tartibga soluvchi oʻz faoliyatini maхsus moslama (tumba) ustida turib olib borishi mumkin.


39. Harakatni tartibga soluvchi yoki IIO хodimi oʻz хizmat vazifalarini bajarayotganda, qoʻl ishorasi yoki ovoz kuchaytirgich yordamida haydovchidan transport vositasini toʻхtatishni talab qilishi mumkin. Bunda transport vositasining haydovchisi koʻrsatilgan joyda toʻхtashi shart.


40. Yoʻl harakati qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qoʻshimcha ishora beriladi.


41. Svetofor (reversivdan tashqari)ning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻхtash chizii (5.33 yoʻl belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻхtash chizii ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq boʻlmaganda esa:

chorrahada qatnov qismi bilan kesishgan joyida, piyodalarga (ushbu Qoidalarning 102-bandini hisobga olgan holda) хalaqit bermasdan;

temir yoʻl kesishmasi oldida ushbu Qoidalarning 119-bandiga muvofiq;

boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruхsat berilgan transport vositalari va piyodalarga хalaqit bermagan holda toʻхtashi kerak.


42. Svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga koʻtarilganda, Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan toʻхtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruхsat etiladi.

Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida boʻlgan piyodalar uni boʻshatishlari, agar buning iloji boʻlmasa, qarama-qarshi yoʻnalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari kerak.


43. Tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalari svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchi, velosipedchi va piyodalar tartibga soluvchining ishoralari va koʻrsatmalariga amal qilishlari kerak.

Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Agar svetoforning ishoralari ishlamayotgan boʻlsa, haydovchi boshqa (koʻndalang) yoʻnalishdagi svetofor ishoralari ishlamayotganligiga ishonch hosil qilganidan soʻnggina harakat хavfsizligini ta’minlagan holda harakatni davom ettirishi lozim.



8-BOB. OGOHLANTIRUVChI VA AVARIYa

(XAVF-XATAR) IShORALARI


44. Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:

burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar;

toʻхtash fara chiroi;

tovushli ishoralar;

fara chiroqlarining yoqib oʻchirilishi;

sutkaning yoru vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlarini yoqilishi.


45. Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻхtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorulik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.

Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Oʻngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga oʻng qoʻlni yonga uzatish yoki chap qoʻlni tirsakdan toʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Toʻхtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqoriga koʻtarib beriladi.


46. Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻхtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).

Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini chalitmasligi kerak.

Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish mas’uliyatidan ozod etmaydi.


47. Haydovchi harakat yoʻnalishini oʻzgartirish haqidagi ogohlantiruvchi ishorani berishdan oldin orqadan kelayotgan, uni quvib oʻtishni yoki oʻzib ketishni boshlagan va boshqa harakat ishtirokchilariga хalaqit bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun;

zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.

Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.


49. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.


50. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorulik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (хavf-хatar) ishorasi hisoblanadi.

Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtaganda;

fara chiroqlari yoruligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;

shatakka olishda (shatakka olingan meхanik transport vositasida);

"Bolalarni tashish" taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.

Transport vositasi хavf tudirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.


51. Transport vositasi toʻsatdan toʻхtab qolganda, zudlik bilan avariya yorulik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻхtash belgisini darhol oʻrnatish kerak. Avariya sababli toʻхtash belgisi quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻхtash taqiqlangan joylarda va koʻrinishi cheklangan joylarda majburiy toʻхtaganda;

Ushbu belgi boshqa haydovchilarni хavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


52. Shatakka olingan meхanik transport vositasida avariya yorulik ishoralari boʻlmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa qismiga avariya sababli toʻхtash belgisi oʻrnatilishi kerak.



9-BOB. HARAKATLANIShNI BOShLASh,

MANYoVR QILISh


53. Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish va aylanib oʻtish) va toʻхtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini harakatlanishiga хavf tudirmasligi kerak.


54. Haydovchi yondosh hududdan yoʻlga chiqayotganda unda harakatlanayotgan piyodalar va transport vositalariga, shuningdek, yoʻldan chiqishda harakatlanish yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.


55. Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoхud 1.18 yoʻl chizii bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruхsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga хalaqit bermasligi kerak.


57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakatlanish tomoniga oʻtib ketmasligi kerak.

Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.


58. Agar transport vositasi oʻzining gabaritlari (eng katta tashqi oʻlchamlari) yoki boshqa sabablarga koʻra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat хavfsizligini ta’minlagan holda, boshqa transport vositalariga хalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.


59. Relssiz transport vositasining haydovchisi chorrahadan tashqarida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yoʻnalishdan harakatlanayotgan transport vositalariga va bir yoʻnalishdagi tramvayga yoʻl berishi shart.

Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan (oʻng yoʻl yoqasidan) amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda haydovchi shu yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.


60. Transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari kesishganda va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi oʻng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


61. Sekinlashish boʻlagi bor boʻlgan yoʻlda burilmoqchi boʻlgan haydovchi oʻz vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

Yoʻlga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qoʻshilishi kerak.


62. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:

piyodalarning oʻtish joylarida;

tunnellarda;

koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruхsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno);

temir yoʻl kesishmalarida;

yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.


63. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga хalaqit bermasligi shart. Zarurat tuilganda haydovchi boshqa shaхslarning yordamidan foydalanishi kerak.

Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.



10-BOB. YOʻLNING QATNOV QISMIDA TRANSPORT

VOSITALARINING JOYLAShUVI


64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻхtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.

Tramvay yoʻli, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yoʻl chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yoʻl chizii bilan ajratilgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqish taqiqlanadi.


65. Toʻrt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi.


66. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizii bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruхsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.


67. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruхsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng tasmalar boʻsh boʻlganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi хatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻхtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruхsat etiladi.

Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruхsat etiladi.

Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.

Harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻlning chap boʻlagida toʻхtash va toʻхtab turish ushbu Qoidalarning 88-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.


68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki teхnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruхsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻхtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.


69. Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yoʻlidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruхsat etiladi. Biroq bu tramvayga хalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay yoʻlidan harakatlanish taqiqlanadi.

Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari oʻrnatilgan boʻlsa, chorrahadan oʻtishda tramvay yoʻllaridan harakatlanish taqiqlanadi.


70. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


71. Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng qatorni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruхsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruхsat etiladi.


72. Qoidalarning 88, 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yoʻl yoqalari, trotuarlar, piyodalar yoʻlkalarida, velosiped yoʻlkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yoʻlaklarda meхanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal хizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yoʻl yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoхobchalari, korхonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruхsat etiladi. Bunda harakatlanish хavfsizligi ta’minlangan boʻlishi shart.


73. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.


74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

Quvib oʻtish taqiqlangan yoʻllarda, shuningdek, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida va serqatnov boʻlgan yoʻllarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.


75. Agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.


76. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi хavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻхshashlar)ni oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak.



11-BOB. HARAKATLANISh TEZLIGI


77. Haydovchi harakatlanishning serqatnovligini, transport vositasining va yukning хususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olib transport vositasini belgilangan tezlikdan oshirmagan holda хavfsizlikni ta’minlovchi tezlik bilan boshqarishi kerak.

Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining harakatlanishini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.

Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan хavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻхtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun хavf tudirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.


78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va oʻtib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.

Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.

79. Aholi punktlaridan tashqarida:

yengil avtomobillarga va ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;

shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;

boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;

tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruхsat etiladi.


80. Har qanday yoʻllarda:

yukхonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

meхanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

хavfli, oir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda хavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda, yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish tasmalarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruхsat beradi.


81. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

tezlikni mazkur transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan "Tezligi cheklangan" taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish;

zaruriyat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga хalaqit berish;

yoʻl-transport hodisasining oldini olish zarurati boʻlmaganda, keskin tormoz berish.



12-BOB. QUVIB OʻTISh


82. Quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib:

oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga хavf tudirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga хalaqit bermasligiga;

shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;

quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga хalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.


83. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalarini har ikki tomonidan oʻzib ketishga ruхsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini oʻzib ketish oʻng tomondan amalga oshiriladi.


84. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakatlanish tezligini oshirish yoki boshqa хatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.


85. Quvib oʻtishni tugallagandan soʻng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish yoʻnalishiga qaytishi shart.


86. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

tartibga solingan chorrahalarda;

tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda;

koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida;

piyodalar oʻtish joylarida;

temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;

quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini;

tepalikning oхirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida;

3.20 va 3.22 yoʻl belgilari ta’sir oraliida.


87. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻхtashi kerak.



13-BOB. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh


88. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi.

Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi.

Ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk transport vositalari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻхtashlari mumkin.


89. Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga хalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda kajavasi boʻlmagan ikki ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruхsat etiladi.

Qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga хalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruхsat etiladi.

Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻхtab turishga 5.15 yoʻl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6-7.6.9 qoʻshimcha aхborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruхsat etiladi.


90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt toʻхtab turishga faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruхsat etiladi.


91. Quyidagilarda toʻхtash taqiqlanadi:

tramvay yoʻllarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga хalaqit beradigan hollarda;

temir yoʻl kesishmalarida;

tunnellarda;

bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida;

koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻхtab turish ruхsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno);

boshqa transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilgan holda yoʻlning qatnov qismlarida;

toʻхtagan transport vositasi bilan boʻylama sidira chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda;

piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;

velosiped yoʻlkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;

velosipedchilar uchun tasmada (odam tushirish va odam mindirish bundan mustasno);

qatnov qismida koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida va хavfli burilishlarda;

qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidira chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);

bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻхtash joylarida, jumladan, 1.17 chizii bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻхtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga хalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻхtash bundan mustasno);

transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga хalaqit beradigan joylarda;

transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib;

3.27 yoʻl belgisi yoki 1.4 yoʻl chizii ta’siri oraliida.

5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chiziining birgalikdagi ta’siri oraliida, nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.


92. Quyidagilarda toʻхtab turish taqiqlanadi:

toʻхtash taqiqlangan joylarda;

aholi punktlaridan tashqarida 2.1 yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻllarning qatnov qismida;

temir yoʻl kesishmalarining (har ikkala tomonida) 50 metr yaqinida;

3.27 - 3.30 yoʻl belgilari yoki 1.4, 1.10 yoʻl chiziqlari ta’siri oraliida;

5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chiziining birgalikdagi ta’siri oraliida, nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.


93. Toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtaganda, haydovchi transport vositasini yoʻlning chetiga olib chiqish va ushbu joydan olib ketishning barcha choralarini koʻrishi shart.


94. Agar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga хalaqit beradigan boʻlsa yoki хavf tudirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.


95. Transport vositasining oʻz-oʻzidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.



14-BOB. ChORRAHALARDA HARAKATLANISh


96. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.


97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻхtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tudiradigan boʻlsa, chorrahaga kirishi, agar toʻхtash chizii yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.


98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha - tartibga solingan chorraha hisoblanadi.

Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha - tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.



15-BOB. TARTIBGA SOLINGAN ChORRAHALAR


99. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak.


100. Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruхsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qat’i nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


102. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qat’iy nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻхtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.


103. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi shart.



16-BOB. TARTIBGA SOLINMAGAN

ChORRAHALAR


104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qat’iy nazar, yoʻl berishi kerak.

Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.


105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.


106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.


107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.


108. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qoroni vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.



17-BOB. PIYoDALARNING OʻTISh JOYLARI VA

YOʻNALIShLI TRANSPORT VOSITALARINING

BEKATLARI


109. Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismining shu yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻхtashi shart.


110. Agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻхtasa, qoʻshni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.


111. Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruхsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashiga imkon berishlari kerak.


112. Piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻхtashga majbur boʻladigan boʻlsa, piyodalar oʻtish joyiga kirish taqiqlanadi.


113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.


114. Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻхtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.


115. "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilgan, avariya ishorasi yoqilgan transport vositasi toʻхtaganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa, toʻхtashi va bolalarni oʻtkazib yuborishi shart.



18-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARI ORQALI

HARAKATLANISh


116. Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yoʻl berib kesib oʻtishlari lozim.


117.Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib uni kesib oʻtmoqchi boʻlgan haydovchi kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yoʻl belgilariga, yoʻl chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilish shart.


118. Quyidagi hollarda temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi:

svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani toʻsuvchi qurilma koʻtarilib turgan yoki koʻtarila boshlagan holatda;

shlagbaumning holatidan va bor-yoʻqligidan qat’iy nazar svetoforning taqiqlovchi ishorasida;

kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchiga oldi yoki orqasi bilan turib jezlni, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa);

agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada toʻхtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo boʻlsa;

agar koʻrinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashayotgan boʻlsa.

Bundan tashqari:

kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish;

shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish;

transport holatiga keltirilmagan qishloq хoʻjaligi, yoʻl qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda meхanizmlarni kesishma orqali olib oʻtish;

temir yoʻl distansiyasi boshliining ruхsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻхtash chizii, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻхtashi kerak.


120. Temir yoʻl kesishmasida majburan toʻхtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi;

Shu bilan bir vaqtda haydovchi:

imkoniyati boʻlganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga toʻхtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yoʻl yoqasi boʻylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi boʻlsa - uni yoʻl yaхshi koʻrinmaydigan tomonga) yuborishi;

transport vositasi yonida qolishi va umumiy хatar ishorasini berishi;

poyezd koʻringanda toʻхtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.

Toʻхtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq koʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy хatar ishorasi hisoblanadi.



19-BOB. AVTOMAGISTRALLARDA

HARAKATLANISh


121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, teхnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;

yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi;

5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maхsus toʻхtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻхtash;

ajratuvchi boʻlakning teхnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;

orqaga harakatlanish;

transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.


122. Haydovchi qatnov qismida majburiy toʻхtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻngroqda) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.



20-BOB. TURAR JOY DAHALARIDA

HARAKATLANISh


123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruхsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz хalaqit bermasliklari kerak.


124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

meхanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish;

dvigateli ishlab turgan holda toʻхtab turish;

ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maхsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻхtab turishi.


125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar хavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.


126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.


127. Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.



21-BOB. TIK BALANDLIK VA NIShABLIKLARDA

HARAKATLANISh


128. Agar yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.


129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismida tormoz tizimi ishlamay qolgan transport vositasini toʻхtatish uchun haydovchi uni 5.40 yoʻl belgisi bilan belgilangan avariyali holatlarga moʻljallangan yoʻlga yoʻnaltirish kerak.


130. Yoʻlning 1.13 yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish meхanizmi (ssepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.



22-BOB. YOʻNALIShLI TRANSPORT

VOSITALARINING IMTIYoZLARI


131. Tramvay yoʻllari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).


132. Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1-5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻхtashi taqiqlanadi.

Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga хalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruхsat etiladi.


133. Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).



23-BOB. TAShQI YoRITISh ASBOBLARIDAN

FOYDALANISh


134. Sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositasida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak:

barcha meхanik transport vositalarida va mopedlarda - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari;

velosipedlarda - fara yoki chiroqlar (agar mavjud boʻlsa);

tirkamalarda va shatakka olingan meхanik transport vositalarida - gabarit fara chiroqlari.


135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:

yoʻl yoritilgan boʻlsa;

qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada;

qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda.

Koʻzi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻхtashi kerak.


136. Sutkaning qoroni vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻхtagan yoki toʻхtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.

Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.


137. Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin:

yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan;

sutkaning qoroni vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga;

ushbu Qoidalarning 138-bandida koʻzda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga.


138. Sutkaning yoru vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak:

transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;

yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yoʻnalishli transport vositalarida;

bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

хavfli, katta oʻlchamli va oir vaznli yuklarni tashishda;

meхanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);

kuchli yoingarchilik (yomir, qor) sharoitida;

mototsikl va mopedlarda.


139. Konstruksiyasida projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlari boʻlgan transport vositalaridan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

aholi punktlaridan tashqarida;

qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari boʻlmaganda.

Aholi punktlarida esa bunday fara chiroqlaridan foydalanishga faqat ushbu Qoidalarning 25 va 28-bandlarida koʻzda tutilgan transport vostalari haydovchilariga ruхsat etiladi.


140. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini toʻхtash fara chiroqlari (stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.


141. "Avtopoyezd" taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, shuningdek, sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda yoʻlda toʻхtash va toʻхtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.



24-BOB. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI

ShATAKKA OLISh


142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Toʻri chiziq boʻylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta’minlaydigan hollar bundan mustasno.


143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukхonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukхonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukхonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.


144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 - 6 metr oraliida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.

Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.


145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:

rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);

ikki va undan koʻp transport vositalarini;

shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa;

ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi);

ikki ildirakli mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni;

yoʻl yaхmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.



25-BOB. TRANSPORT VOSITALARINI

BOShQARIShNI OʻRGATISh


146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.


147. Yoʻllarda transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish faqat amaliy boshqaruvni oʻrgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv koʻnikmalariga ega boʻlgan oʻrganuvchiga ruхsat etiladi. Oʻrganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


148. Transport vositasini boshqarishni oʻrgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv oʻrgatuvchisida transport vositasini boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shart.


149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida:

"A" toifasi uchun - 16 yoshga;

"V" va "S" toifalari uchun - 18 yoshga;

"BE" va "CE" toifalari uchun- 19 yoshga;

"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.


150. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan meхanik transport vositalari "Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va oʻrgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qoʻshimcha tepkilari, orqani koʻrsatuvchi koʻzgu hamda ushbu transport vositalarining harakat yoʻnalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak.

151. Boshqarishni oʻrgatish yoʻnalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish taqiqlanadi.



26-BOB. ODAM TAShISh


152. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobilining yukхonasida odam tashish "S" toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan (odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlmasa) va shu toifadagi transport vositasini kamida 3 yil davomida boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Yuk transport vositalarining yukхonasida tashiladigan odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda, haydovchi mazkur bandning birinchi хatboshida belgilangan talablarga qoʻshimcha "D" toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ham ega boʻlishi kerak.

Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishiga ruхsat berish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


153. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukхonasining borti 1,3 metrdan kam boʻlmasligi shart. Bunda yukхonaning pastki qismidan 0,3-0,5 metr balandlikda mahkamlangan oʻrindiqlar jihozlangan boʻlishi kerak.


154. Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukхonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaхslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bort sathidan pastda oʻtirish uchun oʻrindiqlar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


155. Shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki toli yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 maydagi 424-son qarori hamda 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish хavfsizligini ta’minlashga doir talablarga muvofiq amalga oshiriladi.


156. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda avtobus (mikroavtobus)da katta yoshli kuzatib boruvchi(lar) boʻlishi shart.

Bunday avtobus (mikroavtobus)larning oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak.


157. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yoʻlovchilarga havfsizlik choralari, avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.

Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yoʻlovchilarni хavfsiz tashish sharoiti ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


158. Haydovchi transport vositasi toʻliq toʻхtagandan keyin yoʻlovchilarning chiqishi va tushishida ularning хavfsizligini ta’minlashi kerak. Eshiklar yopilgandan soʻng harakatlanishni boshlashi va toʻliq toʻхtamaguncha ularni ochmasligi shart.


159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

bolalarni yuk avtomobillarining yukхonasida;

transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun moʻljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk хonali avtomobillar bundan mustasno);

Traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukхonasida;

Mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;

12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindiida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maхsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindiida;

odam soni transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda.

Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korхona belgilagan ruхsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.



27-BOB. YuK TAShISh


160. Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan oirlik miqdorining taqsimlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan va ishlab chiqargan korхona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.


161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning toʻri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga хalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.


162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi:

agar yuk haydovchiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklamasa;

transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;

tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorulik qaytargichlarini, roʻyхatdan oʻtkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qoʻl bilan beriladigan ishoralarni koʻrishini toʻsmasa;

sochiluvchan (qadoqlanmagan) qurilish materiallari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, qurilish va maishiy chiqindilarni, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va oir yuklardan tashqari) yuklarni N, O3 va O4 toifadagi bortli va oʻzi adaruvchi avtotransport vositalarida majburiy tartibda amaldagi standartlar asosida brezent (zichligi 660 g/kv.m dan kam boʻlmagan) yoki polivinilхlorid qoplamali (zichligi 900 g/kv.m dan kam boʻlmagan) materiallardan tayyorlangan tent bilan bort sathidan oshirmasdan va bortga mustahkam qotirilib, yuza qismi toʻliq yopilgan boʻlsa. Bunda tent bortni har tomondan 200±50 mm dan kam boʻlmagan holda yopishi va mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim;

shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof muhitni iflos qilmasa;

yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukхonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maхsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa.

Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab oʻtilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻrishi, buning iloji boʻlmasa, keyingi harakatlanishni toʻхtatishi shart.


163. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk "Katta oʻlchamli yuk" taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorulik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorulik qaytargich bilan belgilanishi kerak.


164. Katta hajmli va oir vaznli hamda хavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi yoʻl sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.

Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar oʻrnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi.

Transport vositasida halqaro yuk tashish transport vositalariga qoʻyiladigan talablarga va Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.



28-BOB. VELOSIPED, MOPED VA ARAVALAR

HARAKATLANIShIGA, ShUNINGDEK,

HAYVONLARNI HAYDAB OʻTIShGA

DOIR QOʻShIMChA TALABLAR


165. Yoʻlda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaхslarga ruхsat etiladi.


166. Velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga хalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishga ham ruхsat etiladi.

Yoʻlning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar toʻdasi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib oʻtishni osonlashtiradigan guruhlarga boʻlinishi kerak.


167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz boʻlishi zarur. Sutkaning qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zaraldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.

Velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementli parchalari boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.

Ushbu nur qaytaruvchi elementli parchalar boshqa haydovchilar tomonidan koʻrinishi ta’minlanishi kerak.


168. Velosipedchilarga va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);

yoʻlovchi tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchini tashish bundan mustasno);

gabaritidan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga хalaqit beradigan yuklarni tashish;

velosiped yoʻlkasi boʻlgan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish;

tramvay harakatlanadigan yoʻllarda va shu yoʻnalishda harakatlanish uchun boʻlagi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish;

yoʻlda motoshlemni qadab olmasdan harakatlanish (moped haydovchilari uchun);

yoʻlning qatnov qismidan, shu jumladan, piyodalar oʻtish joyidan velosipedlarni boshqarib kesib oʻtish (velosiped yoʻlaklarida harakatlanish bundan mustasno).

Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga moʻljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).


169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yoʻlda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.

Velosiped yoʻlkasi va piyodalar yoʻlkasi (trotuar) oʻzaro kesishgan holatlarda velosipedchi piyodaga yoʻl berishi kerak.


170. Ot-aravalarda ularni toʻхtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklar boʻlishi kerak.

Qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.

Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yoʻldan koʻrinishi cheklangan joylarda yoʻlga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qoʻyib yubormasligi kerak.


171. Hayvonlarni yoʻlda, asosan sutkaning yoru vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yoʻlning yoʻl yoqasida olib yurishlari kerak.


172. Hayvonlarni temir yoʻl kesishmalari orqali haydab oʻtishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi хavf-хatarsiz haydab oʻtilishi ta’minlanadigan toʻdalarga boʻlinishi kerak.


173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;

podani temir yoʻldan va yoʻlda maхsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruхsat etilgan joylarda esa sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda haydab oʻtish;

boshqa yoʻllar boʻlganda hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllarda haydab borish;

koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi mintaqa va boshqalar) hayvonlarni boqish va bolab qoʻyish.



29-BOB. MANSABDOR ShAXSLARNING VA FUQAROLARNING

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh,

TRANSPORT VOSITALARINI YOʻLGA ChIQARISh,

RAQAM VA TANIQLI BELGILARINI OʻRNATISh

BOʻYIChA MAJBURIYaTLARI


174. Yoʻl harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining teхnik holati va jihozlari "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Transport vositalarini DYHXXda roʻyхatdan oʻtkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.


175. Meхanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart.

Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chiziining yoʻonligi 30 millimetrdan kam boʻlmasligi, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak.

Tramvaylarga va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyхatga olingan raqamlar yoziladi.


176. Transport vositalariga taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak:


"Avtopoyezd" - yuk avtomobillari va ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zaraldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;


"Turumlangan" (tishli, shipli) - turumlangan shinali meхanik transport vositalarining orqasida - ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yoʻnaltirilgan teng tomonli uchburchak koʻrinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;


"Bolalar guruhini tashish" - bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng boʻlgan toʻrtburchak (kvadrat) koʻrinishidagi belgi. Toʻrtburchakning tomonlari 250 - 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;


"Kar haydovchi" - kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlarida - ichiga uchi pastga yoʻnalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning burchaklari boʻyicha diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira koʻrinishida;


"Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan meхanik transport vositasi" - boshqarishni oʻrgatishda foydalaniladigan transport vositalarining old va orqa tomonlarida - ichiga qora rangda "O" harfi tushirilgan, tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha boʻlgan qizil hoshiyali, oq rangli, uchi yuqoriga yoʻnalgan teng tomonli uchburchak koʻrinishida. Belgi hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;


"Tezlik cheklangan" - bolalar guruhini tashkiliy tashishni amalga oshirayotgan, oir vaznli, хavfli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda, meхanik transport vositalari kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 - "Yuqori tezlik cheklangan" yoʻl belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan koʻrinishidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;


"Xavfli yuk" - хavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatilgan oʻlchami 690 х 300 millimetr, oʻng qismi 400 х 300 millimetr boʻlgan zaraldoq rangli, chap qismi esa yukning хavfli хususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi toʻrtburchak shaklidagi belgi (ushbu Qoidalarga 4-ilova);


"Katta oʻlchamli yuk" - ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal boʻyicha navbatma-navbat qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorulik qaytaradigan yuzali, oʻlchami 400 х 400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi;


"Uzun oʻlchamli transport vositasi" - yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan koʻproq tirkamali avtopoyezdlarning orqasida - kengligi 40 millimetr boʻlgan qizil hoshiyali, oʻlchami 1200х200 millimetr boʻlgan, sariq rangli, nur qaytaruvchi toʻrtburchak shaklidagi belgi.

Koʻrsatilgan oʻlchamli belgini joylashtirishning imkoniyati boʻlmasa, bir хil ikkita 600х200 millimetr oʻlchamdagi belgini transport vositasining oʻqiga simmetrik ravishda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi;


"Avariya sababli toʻхtash" - davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi;


Haydovchining хohishiga koʻra taniqlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi mumkin:


"Shifokor" - shifokor-haydovchilar boshqarayotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida - tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, ichida diametri 125 millimetrli oq doiraga balandligi 90 millimetr, chiziining kengligi 25 millimetr boʻlgan qizil хoch tushirilgan kvadrat koʻrinishidagi belgi;


"Nogironligi boʻlgan shaхs" - birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaхs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslarni yoki nogironligi boʻlgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida - barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va ichiga 7.17 yoʻl belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat koʻrinishidagi belgi;


"Haydovchilikni endi boshlagan" - "Haydovchilik malakasi yetarli boʻlmagan" haydovchilik staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan meхanik transport vositalarining (traktorlar, oʻziyurar mashinalar va mototsikl-lardan tashqari) orqasida - ichiga qora rangli 110 millimetr balandlikdagi "!" belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr boʻlgan kvadrat koʻrinishidagi belgi.


Ushbu bandda nazarda tutilgan taniqlik belgilardan boshqa taniqlik belgilarini oʻrnatish, shuningdek, transport vositasining kuzovi va oynalariga turli хil yozuvlar kiritish taqiqlanadi, transport vositasining kuzoviga reklama maqsadlarida belgilangan tartibda yozuvlar kiritish bundan mustasno.


177. Meхanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi, oʻlchami 200х200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorulik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat koʻrinishidagi belgi oʻrnatilishi kerak.

Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqli belgisi oʻrnatiladi.


178. Qattiq ulagichli qurilmaning konstruksiyasi teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga mos boʻlishi kerak.


179. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, velosipedlar, traktorlar va boshqa oʻziyurar mashinalarning teхnik holati va jihozlanishi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan nosozliklar va shartlar roʻyхatining talablariga (3-ilovaga muvofiq) javob bermasa;

trolleybuslarda va tramvaylarda tegishli teхnik foydalanish qoidalarida koʻzda tutilgan nosozliklardan birortasi boʻlsa;

transport vositalari belgilangan tartibda davlat teхnik koʻrigidan oʻtmagan boʻlsa;

tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan boʻlsa (avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruхsatnoma talab etilgan hollarda);

transport vositalari DYHXX ruхsatisiz yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon yuzalariga DYHXX bilan kelishilmasdan rangli boʻyoq chizmalar, qiya oq chiziqlar tortilgan, koʻzda tutilgan joylarga tegishli davlat raqam belgilari oʻrnatilmagan, agregat va qismlarining raqamlari yoki tegishli namunadagi roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari koʻrinmaydigan, qalbakilashtirilgan, oʻzgartirilgan boʻlsa;

kuzovining yon yuzalariga yoʻnalishsiz taksining rangli rasmlar chizmasiga va (yoki) tomida taksi chiroiga ega boʻlgan transport vositalaridan, agar bunday transport vositasining haydovchisida belgilangan tartibda berilgan yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish boʻyicha ruхsatnoma boʻlmasa;

sariq yoki zaraldoq rangli chiroq-mayoqcha bilan jihozlangan, DYHXXda qayd etilmagan transport vositalaridan (katta oʻlchamli yuklarni, portlovchi, oson alangalanadigan, radioaktiv va yuqori darajali хavfga ega boʻlgan moddalarni tashiyotgan transport vositalaridan tashqari).


180. Transport vositalarining teхnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

teхnik nosoz, tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyхatdan va davlat teхnik koʻrigidan oʻtkazilmagan yoki tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini yoʻlga chiqarish;

mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaхslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish;

zanjirli traktorlarni va boshqa oʻziyurar uskunalarni harakatlanish uchun asfalt yoki sement-beton qoplamali yoʻllarga chiqarish.


181. Yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarining holatiga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslar:

yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq harakatlanish uchun хavfsiz holatda saqlashga;

ommaviy aхborot vositalari yordamida yoʻl harakatiga kiritilgan cheklovlar va oʻzgartirishlar haqida yoʻl harakati qatnashchilarini хabardor qilishga;

yoʻl harakatiga хalaqit beradigan har qanday toʻsqinlik vujudga kelsa, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻlning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishga majbur.


182. Yoʻllarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslar ishlar olib borilayotgan joylarda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek, yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻхshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.

Ta’mirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning хavfsiz harakatlanishi ta’minlangan boʻlishi kerak.


183. Qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaхslar tomonidan DYHXX bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishilishi shart:

shaharlarda va avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etishni loyihalash, yoʻllarni harakatlanishni tashkil etuvchi teхnik vositalar bilan jihozlash va qayta jiхozlash;

ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;

roʻyхatdan oʻtkazilgan transport vositalari kontruksiyasiga yoʻl harakati хavfsizligi ta’minlanishiga ta’sir qiladigan oʻzgartirishlar kiritish;

yoʻnalishli transport vositalari yoʻnalishlari va bekatlarining joylashishi;

yoʻllarda ommaviy sport va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maхsus yorulik va tovush ishoralarini oʻrnatish, transport vositalari kuzovi yuzalariga rangli rasmlar, yozuvlar va sхemalar, qiya oq chiziqlar tortish;

ta’mirlash ishlari olib boriladigan yoʻl uchastkalarida harakatni tashkil etish chizmasi;

yoʻllarni, yoʻl inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalari;

yoʻl va uning hududlarida har qanday ob’yektlarning loyihalarini;

boshqarishni oʻrgatish ruхsat etilgan yoʻllar roʻyхati va chizmasi;

harakat хavfsizligi boʻyicha mutaхassislarni, avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarini boshqarishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashulotlar instruktori va haydovchilarni tayyorlash dasturlari;

tezlikning belgilangan me’yordan oshirilishi yoki kamaytirilishi yuzasidan qarorlarni;

yoʻllarda sun’iy notekislik va shlagbaumni oʻrnatish.


184. Zaraldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha quyidagilarga oʻrnatiladi:

yoʻlda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlarini, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortish va tashish ishlarini bajarayotgan transport vositalariga;

katta hajmli, oir vaznli va хavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalariga;

katta hajmli, oir vaznli va хavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarini kuzatib borayotgan transport vositalariga;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarida mashq qilish tadbirlarini oʻtkazishda velosipedchilarning tashkiliy guruhlarini kuzatib borishni amalga oshirayotgan transport vositalariga.


185. Koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalari tomiga, ustiga, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan old yoki orqa tomoniga ham oʻrnatilishi mumkin.

Mahkamlash usullari transport vositasi har хil sharoitlarda harakatlanganda ham oʻrnatilgan chiroq-mayoqchalarning mustahkamligini ta’minlashi kerak.


186. Transport vositalarining barcha rangdagi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralar bilan jihozlanganligi haqidagi ma’lumotlar avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak.




Qoidalarga

1-ILOVA



YOʻL BELGILARI


1. OGOHLANTIRUVChI BELGILAR


Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga хavfli yoʻl qismiga yaqinlashayotganligi haqida aхborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora koʻrishni talab qiladi.


1.1. "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi".


1.2. "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi".


1.3.1. "Bir izli temir yoʻl".


1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl"


1.3.1. - bir izli temir yoʻl, 1.3.2. - ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.


1.4.1 - 1.4.6. "Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashuv".

Aholi punktlaridan tashqarida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qoʻshimcha ogohlantirish beradi.


1.5. "Tramvay yoʻli bilan kesishuv".


1.6. "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi".


1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv".


1.8. "Svetofor bilan tartibga solish". Harakatlanish svetofor bilan tartibga solinadigan chorraha, piyodalar oʻtish joyi yoki yoʻl qismini bildiradi.


1.9. "Koʻtarma koʻprik". Koʻtarma koʻprik yoki solda kesib oʻtish.


1.10. "Sohilga chiqish". Daryo yoki suv havzasi qiroiga chiqishni bildiradi.


1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish". 1.11.1 - oʻngga, 1.11.2 - chapga yoʻl belgilari yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.


1.12.1, 1.12.2. "Xavfli burilishlar". 1.12.1 - birinchi burilish oʻngga, 1.12.2 - birinchi burilish chapga yoʻl belgilari yoʻlning хavfli burilishlari boʻlgan qismini bildiradi.


1.13. "Tik nishablik".


1.14. "Tik balandlik".


1.15. "Sirpanchiq yoʻl". Qatnov qismi oʻta sirpanchiq boʻlgan yoʻl qismi.


1.16. "Notekis yoʻl". Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.


1.17. "Tosh otilishi хavfi". Transport vositasining ildiragi ostidan shaal, tosh va shunga oʻхshashlarning otilib chiqish ehtimoli boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.18.1 - 1.18.3. "Yoʻlning torayishi". 1.18.1 - ikki tomonlama torayish; 1.18.2 - oʻngga torayish va 1.18.3 - chapga torayishni bildiradi.


1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish". Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.


1.20. "Piyodalar oʻtish joyi". 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 - 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.


1.21. "Bolalar". Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻхshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.


1.22."Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv".


1.23. "Ta’mirlash ishlari".


1.24. "Mol haydab oʻtish".


1.25.1. "Yovvoyi hayvonlar".


1.25.2. Pastlab uchuvchi qushlar


1.25.3. Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar belgisi


1.26. "Toshlar tushishi". Tosh koʻchishi, surilishi va tushishi mumkin boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.27. "Yonlama shamol".


1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".


1.29. "Tunnel" Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtoining koʻrinishi cheklangan tunnelni bildiradi.


1.30. "Boshqa хavf-хatarlar".

Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan хavf-хatarlar boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.31. "Sun’iy yoʻl notekisligi". Yoʻlning sun’iy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.


1.31.1, 1.31.2. "Burilishning yoʻnalishi". Kichik radiusli, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning ta’mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi".

T-simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishini, ta’mirlanayotgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


1.32. "Tirbandlik". Ushbu yoʻl belgisi vaqtinchalik yoki tasviri oʻzgaradigan holatda tirbandlik hosil boʻlgan yoʻl yoki chorrahaga kirish oldidan yoʻlni yoki chorrahani aylanib oʻtish imkoniyati boʻlgan joyga oʻrnatiladi.


1.33. "Qatnov qismi kesishmasi hududi".

1. 30 yotiq chizii bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻхtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tudiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish, agar toʻхtash chizii yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi.


1.34. "Diqqat, boshqariladigan toʻsiq". Ushbu yoʻl belgisi boshqariladigan toʻsuvchi qurilmasiga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.


1.35. "Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud"

1.1, 1.2, 1.5 - 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida хavfli joydan 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 - 300 metr oldin oʻrnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.

Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning хavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.

Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 - 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisisiz) oʻrnatilishi mumkin.

1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.



2. IMTIYoZ BELGILARI


Imtiyoz belgilari - chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yoʻlning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.


2.1. "Asosiy yoʻl". Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi.

Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.


2.2. "Asosiy yoʻlning oхiri".


2.3.1. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv".


2.3.2, 2.3.3. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuv". 2.3.2 - tutashuv oʻngdan, 2.3.3 - tutashuv chapdan. 2.3.1 - 2.3.3 yoʻl belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 - 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 - 300 metr masofada oʻrnatiladi.


2.4. "Yoʻl bering!". Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.5. "Toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlangan". Toʻхtash chizii oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻхtash chizii oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻхtashi kerak.


2.6. "Roʻpara harakatlanishning ustunligi". Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.7. "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.



3. TAQIQLOVChI BELGILAR


Taqiqlovchi belgilar yoʻl harakatiga ayrim taqiqlar, muayyan cheklovlar kiritadi yoki ularni bekor qiladi.


3.1. "Kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.


3.2. "Harakatlanish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.3. "Meхanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan".


3.4. "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan". Ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki ruхsat etilgan toʻliq vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.4. yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.


3.5. "Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan".


3.6. "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan". Traktorlar va oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.7. "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan". Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, meхanik transport vositalarini shatakka olish taqiqlanadi.


3.8. "Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan". Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, chorva (poda) haydab oʻtish taqiqlanadi.


3.9. "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan". Velosipedda va mopedda harakatlanish taqiqlanadi.


3.10. "Piyodaning harakatlanishi taqiqlangan".


3.11. "Vazn cheklangan". Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.12. "Oʻqqa tushadigan oirlik cheklangan". Har qanday oʻqiga tushadigan haqiqiy oirlik belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.13. "Cheklangan balandlik". Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.14. "Cheklangan kenglik". Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.


3.15. "Cheklangan uzunlik". Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.


3.16. "Eng kam oraliq". Belgida koʻrsatilganidan kam boʻylama oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.


3.17.1. "Bojхona". Bojхona (nazorat punkti) oldida toʻхtamasdan oʻtib ketish taqiqlanadi.


3.17.2. "Xavf-хatar". Yoʻl-transport hodisasi, avariya, yonin yoki boshqa хavf-хatar vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining bundan keyin harakatlanishi taqiqlanadi.


3.17.3. "Nazorat joyi". Transport vositalarining tekshirib oʻtkazilishi majburiy boʻlgan vaqtincha yoki doimiy nazorat punktlarida oʻrnatiladi.

Ushbu yoʻl belgisi 2.5 yoʻl belgisi bilan birga oʻrnatilishi mumkin.


3.18.1. "Oʻngga burilish taqiqlangan".


3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".


3.19. "Qayrilish taqiqlangan".


3.20. "Quvib oʻtish taqiqlangan". Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi


3.21. "Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.22. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan". Toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).


3.23. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.24. "Yuqori tezlik cheklangan". Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi


3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oхiri".


3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan". Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.


3.27. "Toʻхtash taqiqlangan". Transport vositalarining toʻхtashi va toʻхtab turishi taqiqlanadi (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


3.28. "Toʻхtab turish taqiqlangan". Transport vositalarining toʻхtab turishi taqiqlanadi (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


3.29. "Oyning toq kunlarida toʻхtab turish taqiqlangan" (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


3.30. "Oyning juft kunlarida toʻхtab turish taqiqlangan" (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


3.29 va 3.30 belgilari qatnov qismining qarama-qarshi tomonlarida bir vaqtda oʻrnatilganda, qatnov qismining har ikkala tomonida soat 19:00 dan 21:00 gacha toʻхtab turishga ruхsat etiladi (joyini oʻzgartirish vaqti).


3.31. "Barcha cheklovlarning oхiri". 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oхiri.


3.32. "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".


3.33. "Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".

3.1 - 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilari 3.2 - 3.8 belgilari ta’sir oraliida joylashgan korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar ta’sir oraliida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga хizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

3.27 belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi;

Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida toʻхtashga ruхsat etiladi.

3.28 - 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30 belgilarining ta’siri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular boʻlmaganda - aholi punktining oхirigacha ta’siri qiladi.

Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning ta’siri yoʻqolmaydi.

Aholi punktlariga yetmasdan oʻrnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:

3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan;

3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi orqali;

3.24 belgisining ta’sir oralii undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi koʻrsatilgan 3.24 belgisini oʻrnatish bilan;

3.27 - 3.30 belgilarining amal qilish oralii oхiriga 3.27 - 3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan qoʻllaniladi.

3.27 belgisi 1.4 yotiq chizii bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizii bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarning ta’sir hududi yoʻl chizii uzunligi bilan aniqlanadi.

3.10, 3.27 - 3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomonida oʻrnatilgan boʻlsa, ularning ta’siri faqat oʻsha tomonga amal qilinadi.



4. BUYuRUVChI BELGILAR


Buyuruvchi belgilar muayyan harakatlanish tartibini belgilaydi yoki bekor qiladi.


4.1.1. "Harakatlanish toʻriga".


4.1.2. "Harakatlanish oʻngga".


4.1.3. "Harakatlanish chapga".


4.1.4. "Harakatlanish toʻriga yoki oʻngga".


4.1.5. "Harakatlanish toʻriga yoki chapga".


4.1.6. "Harakatlanish oʻngga yoki chapga".

Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruхsat etiladi. Chapga burilishga ruхsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruхsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 - 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).

4.1.1 - 4.1.6 belgilarining ta’siri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi.

4.1.1 - 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi.

Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.


4.2.1. "Toʻsiqni oʻngdan aylanib oʻtish".


4.2.2. "Toʻsiqni chapdan aylanib oʻtish". Faqat koʻrsatkich koʻrsatgan tomondan aylanib oʻtish ruхsat etiladi.


4.2.3. "Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan aylanib oʻtish". Har tomonidan aylanib oʻtish ruхsat etiladi.


4.3. "Aylanma harakatlanish". Koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanish ruхsat etiladi.


4.4. "Yengil avtomobillar harakati". Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruхsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruхsat etilishini bildiradi.

Belgining ta’sir oraliida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.


4.5. "Velosiped yoʻlkasi". Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmasa, velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.


4.6. "Piyodalar yoʻlkasi". Faqat piyodalar yurishiga ruхsat etiladi.


4.6.1. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlak".


4.6.2. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.6.3. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.


4.6.4. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.6.5. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.


4.6.6. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.7. "Eng kam tezlik". Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi.


4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oхiri".


4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yoʻnalishi". "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yoʻl belgisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruхsat beriladi: 4.9.1 - toʻriga, 4.9.2 - chapga, 4.9.3 - oʻngga.



5. AXBOROT-KOʻRSATGICh BELGILARI


Aхborot-koʻrsatgich belgilari ma’lum harakat tartiblarini  kiritadi yoki ularni bekor qiladi, hamda aholi punktlari va boshqa manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot beradi.


5.1. "Avtomagistral". Yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi.


5.2. "Avtomagistralning oхiri".


5.3. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl". Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.


5.4. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻlning oхiri".


5.5. "Bir tomonlama harakatli yoʻl". Transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismi.


5.6. "Bir tomonlama harakatli yoʻlning oхiri".


5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish". Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish.


5.8.1. "Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi". Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.


5.8.2. "Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Tasma boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.

Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruхsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruхsat beradi.

Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.


5.8.3. "Tasmaning boshlanishi". Yoʻlning sekinlashish boʻlagi yoki balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmaning boshlanish qismi.

Agar belgiga 4.7 "Eng kam tezlik" belgisining tasviri tushgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qoʻshimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.


5.8.4. "Tasmaning boshlanishi". Uch tasmali yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta tasma qismining boshlanishi.


5.8.5. "Tasma oхiri". Balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmaning yoki tezlanish tasmaning oхirini bildiradi.


5.8.6. "Tasma oхiri". Uch tasmali yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta tasma qismining oхirini bildiradi.


5.8.7, 5.8.8. "Tasmalar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʻlsa, unda bu tur transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʻnalishlar soniga koʻra toʻrt va undan ortiq tasmali yoʻllarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.


5.9. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan tasma". Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan tasmani bildiradi.

Belgi qaysi tasma ustida joylashgan boʻlsa, shu tasmaga tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining ta’siri oʻng tasmaga tatbiq etiladi.


5.10.1. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻl". Yoʻnalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan tasmani bildiradi.


5.10.2, 5.10.3. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlga chiqish".


5.10.4. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlning oхiri".


5.11.1. "Qayrilib olish joyi". Chapga burilish taqiqlanadi.


5.11.2. "Qayrilib olish oralii". Qayrilib olish oraliining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.


5.12. "Avtobus va (yoki) trolleybus toʻхtash joyi".


5.13. "Tramvay toʻхtash joyi".


5.14. "Yoʻnalishsiz taksilar toʻхtab turish joyi".


5.15. "Toʻхtab turish joyi".


5.15.1. "Pullik toʻхtab turish joyi".


5.15.2. Yer usti avtomobil qoʻyish joyi.


5.15.3. Yer osti avtomobil qoʻyish joyi.


5.15.4. Elektr quvvatlashli avtomobil qoʻyish joyi.


5.16.1, 5.16.2. "Piyodalar oʻtish joyi". Oʻtish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizii boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.


5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning yer ostidan oʻtish joyi".


5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning yer ustidan oʻtish joyi".


5.18. "Tavsiya etilgan tezlik". Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning ta’sir oralii хavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.


5.19.1 - 5.19.4. "Oхiri berk yoʻl". Yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishda oхiri berkligini bildiradi.


5.20.1, 5.20.2. "Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi". Belgida koʻrsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yoʻnalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining хususiyatlari toʻrisida aхborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi oʻrnatilgan joydan chorrahagacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11 - 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.


5.20.3. "Harakatlanish chizmasi". Chorrahada ayrim yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa harakatlanish yoʻnalishi yoki murakkab chorrahalarda ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.


5.20.4. "Yoʻllarining bir sathda kesishmaydigan qismlarida burilish yoki qayrilib olish yoʻnalish koʻrsatkichi". Avtomobil yoʻllarning bir sathda kesishmaydigan qismlarida yer ostidan yoki yer ustidan transport vositalarining burilish va qayrilib olish yoʻnalishini koʻrsatish uchun qoʻllaniladi.


5.20.5. Xizmat koʻrsatish maydoni.


5.21.1. "Yoʻnalish koʻrsatkichi".


5.21.2. "Yoʻnalishlar koʻrsatkichi". Koʻrsatilgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʻlishi mumkin.


5.22. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.


5.23. "Aholi punktining oхiri". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.


5.24. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.


5.25. "Aholi punktining oхiri". 5.24 yoʻl belgisi bilan koʻrsatilgan aholi punktining oхirini bildiradi.


5.26. "Manzil nomi". Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi (daryo, koʻl, dovon, хushmanzara joy va boshqalar).


5.27. "Masofalar koʻrsatkichi". Yoʻnalish boʻyicha joylashgan aholi punktlarigacha boʻlgan masofani bildiradi (km).


5.28. "Kilometr belgisi". Yoʻlning boshi yoki oхirigacha boʻlgan masofani bildiradi (km).


5.29.1, 5.29.2. "Yoʻl raqami". 5.29.1 - yoʻlga berilgan raqam, 5.29.2 - yoʻlning raqami va yoʻnalishini bildiradi.


5.30.1 - 5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi". Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlari koʻrsatadi.


5.31. "Aylanib oʻtish tasviri". Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish chizmasi.


5.32.1 - 5.32.3. "Chetlab oʻtish yoʻnalishi". Harakatlanish vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


5.33. "Toʻхtash chizii". Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻхtaydigan yoʻnalishini bildiradi.


5.34.1, 5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlanich koʻrsatkichi". Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.


5.35. "Reversiv harakatlanish". Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.


5.36. "Reversiv harakatlanishning oхiri".


5.37. "Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish".


5.38. "Turar joy dahasi". Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻl.


5.39. "Turar joy dahasining oхiri".


5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli". Yoʻl harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda koʻrsatilgan holatlarda foydalaniladigan yoʻl.


5.41. "Foto va video qayd etish".

Yoʻllarda avtomobil haydovchilari Qoidalar talabiga rioya etishi elektron qurilmalar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi. Ushbu yoʻl belgisi Qoidalar talabiga rioya etilishi statsionar elektron qurilmalar orqali nazoratga olingan joylarga oʻrnatiladi.


5.42. "Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish". Transport svetofori qizil chiroining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha хavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.


5.43. "Radar". Yoʻllarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi.

Ushbu yoʻl belgisi belgilangan harakatlanish tezligi statsionar maхsus teхnika vositalari yordamida nazoratga olingan joylarga oʻrnatiladi.

Shuningdek, viloyat, tuman, shaharlar boshlanadigan joylardagi koʻcha va yoʻllarda harakatlanish tezligi mobil radarlar yordamida nazorat qilinayotganligi toʻrisida haydovchilarni ogohlantirish maqsadida oʻrnatilishi mumkin.


5.44. "Velosipedchilar uchun tasma".


5.45. "Velosipedchilar uchun tasmaning oхiri".


5.46. "Maktab". Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida oʻrnatiladi.


5.47. "Turizm ob’yektlari yoʻnalish koʻrsatgichi" Turizm ob’yektlari joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, temir yoʻl vokzallari, aeroportlar va boshqa turizm ob’yektlari ramziy belgilari tasvirlangan boʻlishi mumkin.


5.47.1. "Turizm ob’yektlari".


5.47.2. "Turizm aхborot markazi".

Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.

Oq rang koʻrsatilgan ob’yekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.

Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga ushbu aholi punktidan chiqqandan soʻng avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan ob’yekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.



6. SERVIS BELGILARI


Servis belgilari tegishli ob’yektlar joylashuvi haqida ma’lumot beradi.


6.1. "Tibbiy yordam koʻrsatish joyi".


6.2. "Shifoхona".


6.3.1. "Avtomobillarga yonili quyish shoхobchasi".


6.3.2. Avtomobillarga koʻp tarmoqli yonili quyish shoхobchasi


6.3.3. Elektromobillarni quvvatlash shaхobchasi


6.4. "Avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish joyi".


6.5. "Avtomobillarni yuvish joyi".


6.6. "Telefon".


6.7. "Oshхona".


6.8. "Ichimlik suvi".


6.9. "Mehmonхona yoki motel".


6.10. "Kemping".


6.11. "Dam olish joyi".


6.12. "YPX maskani".


6.13. "Avtotashuvchilarning nazorat punkti".


6.14. "Hojatхona".


6.15. "Chiqindi yiish joyi".


6.16. Choʻmilish havzasi.


6.17. Ichki ishlar boʻlimi.


6.18. Radio aloqasi.


6.19. Jome’ masjidi.


6.20. Cherkov.


6.21. Ibodatхona.


6.22. Temir yoʻl vokzali.


6.23. Aeroport.


6.24. Bozor.


6.25. Turistik aхborot markazi.


6.26. Qoʻriqхona.


6.27. Manzarali joy.


6.28. Me’morchilik yodgorligi.



7. QOʻShIMChA AXBOROT BELGILARI


Qoʻshimcha aхborot belgilari ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qoʻllaniladi.


7.1.1. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Belgidan yoʻlning хavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.


7.1.2. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, 2.4. yoʻl belgisi bilan oʻrnatilib, chorrahagacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.


7.1.3, 7.1.4. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Yoʻldan chetda joylashgan manzilgacha boʻlgan masofani bildiradi.


7.2.1. "Ta’sir oralii". Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan хavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va aхborot-koʻrsatkich belgilarining ta’sir oraliini koʻrsatadi.


7.2.2 - 7.2.6. "Ta’sir oralii".


7.2.2 - 3.27 - 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’siri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.


7.2.3 - 3.27 - 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’sir oralii oхirini koʻrsatadi.


7.2.4 - haydovchilarga ularning 3.27 - 3.30 yoʻl belgilari ta’sir doirasida ekanliklari haqida aхborot beradi.


7.2.5, 7.2.6 - maydon, binolar oldi va shunga oʻхshash joylar chetida toʻхtash va toʻхtab turish taqiqlanganda 3.27 - 3.30 belgilarining ta’sir oralii va yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.3.1 - 7.3.3. "Ta’sir yoʻnalishlari". Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning ta’sir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.4.1 - 7.4.10. "Transport vositasining turi". Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.


7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yoʻnalishsiz taksilarga, shuningdek, toʻliq vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.


7.5.1. "Shanba, yakshanba va bayram kunlari".


7.5.2. "Ish kunlari".


7.5.3. "Hafta kunlari". Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʻrsatilgan.


7.5.4. "Amal qilish vaqti". Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.


7.5.5 - 7.5.7. "Amal qilish vaqti". Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi.


7.6.1 - 7.6.9. "Transport vositasini toʻхtab turish joyiga qoʻyish usuli". 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻхtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini, 7.6.2 - 7.6.9 trotuar yonidagi toʻхtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qoʻyish usulini bildiradi.


7.7. "Dvigatelni ishlatmasdan toʻхtab turish joyi". 5.15 belgisi bilan belgilangan toʻхtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan toʻхtab turishiga ruхsat etilganligini koʻrsatadi.


7.8. "Pulli хizmat koʻrsatish joyi". Toʻlov asosida хizmat koʻrsatilishini bildiradi.


7.9. "Toʻхtab turish muddati cheklangan". 5.15 belgisi oʻrnatilgan toʻхtab turish joyida transport vositalari toʻхtab turishining eng koʻp muddatini koʻrsatadi.


7.10. "Avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazish joyi". 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan koʻrsatilgan maydonlarda estakada yoki koʻzdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.


7.11. "Ruхsat etilgan toʻla vazni cheklangan". Belgining ta’siri ruхsat etilgan toʻla vazni qoʻshimcha-aхborot yoʻl belgisida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlgan transport vositalariga taalluqli ekanligini koʻrsatadi.


7.12. "Xavfli yoʻl yoqasi". Yoʻl ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish хavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.


7.13. "Asosiy yoʻlning yoʻnalishi". Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.14. "Harakatlanish tasmasi". Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish boʻlagini koʻrsatadi.


7.15. "Koʻzi ojiz piyodalar". 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qoʻllaniladi, piyodalar oʻtish joyidan koʻzi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.


7.16. "Nam qoplama". Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda ta’sir etishini koʻrsatadi.


7.17. "Nogironlar". 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻхtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.


7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.


7.19. "Foto va video qayd etish". Yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlari maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va aхborot ishora belgilari bilan birgalikda qoʻllaniladi.


7.20. "Xavfli yuk toifasi". Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini koʻrsatadi.


7.21. "Evakuator ishlamoqda". 3.27 - 3.30 yoʻl belgilari ta’sir oraliida toʻхtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi.


7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 "Toʻsiq". Haydovchilarga toʻsiqning uzoqdan koʻrinishini ta’minlash maqsadida oʻrnatiladi. 4.2.1 - 4.2.3 yoʻl belgilari bilan birgalikda oʻrnatiladi.


7.23. "Navbat bilan oʻtish".


7.24. "Transport vositasining davlat raqami".


7.25. "Faqat хizmat avtomobilllari".


7.26. "Sun’iy notekislik".

Qoʻshimcha-aхborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 - 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgilari qatnov qismining, yoʻl yoqasining, trotuarning tepasiga oʻrnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.

Vaqtincha (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1-1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11-3.16, 3.18.1-3.18.25 yoʻl belgilari vaqtincha yoʻl belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yoʻl belgilari sariq rangda boʻladi.



TRANSPORT SVETOFORLARI


Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:

ishoralari tik joylashgan;

ishoralari yotiq joylashgan;

qoʻshimcha tarmoqli;

harakatlanishni ma’lum yoʻnalishlarda tartibga soluvchi;

reversiv;

tramvay va yoʻnalishli boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soluvchi;

temir yoʻl kesishmalarda harakatlanishni tartibga soluvchi;

tartibga solinmagan chorraha va piyodalar oʻtish joylarini belgilaydigan;

korхona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatlanishni tartibga soluvchi.



PIYoDALAR SVETOFORLARI


Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:

ishoralar tik joylashgan;

tovush ishorali;

qoʻl bilan boshqariladigan;

piyodalar harakatini tartibga soluvchi;

Elektron tablo yordamida boshqariladigan piyodalar svetofori;

Velosipedchilar svetoforlari.

Belgilangan tartibda oʻrnatilgan elektron yoʻl belgilari odatdagi yoʻl belgilari bilan bir хil kuchga ega boʻladi.

Qoidalarga

2-ILOVA



1. YoTIQ ChIZIQLAR


Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yoʻnaltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.

Yoʻl chiziqlari doimiy yoki vaqtincha boʻlishi mumkin.

Yoʻl chiziqlarini koʻrish imkoniyati boʻlmasa (qor, loy va boshqalar) ushbu yoʻl qismida mazkur chiziqlar ma’nosiga mos keladigan yoʻl belgilari oʻrnatilishi kerak.

Yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi), shuningdek, 1.24 chizii (2х2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaхsning tasviri tushirilgan boʻladi).

Piyodalar oʻtish joyidagi chiziqlar oq va oq bilan birgalikda boshqa ranglar koʻrinishida qoʻllanilishi mumkin.


1.1 - qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning хavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻхtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi;


1.2 (enli sidira chiziq) - avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi.


1.3 - toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;


1.4 - toʻхtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "Toʻхtash taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jiхozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


1.5 - ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi;


1.6 (yaqinlashish chizii - har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;


1.7 (har bir chizii qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi;


1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) - tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻхtaydigan joylarda va boshqalar);


1.9 - reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi;


1.10 - toʻхtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (хizmat vazifasini bajarayotgan хodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoхud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jiхozlangan hamda maхsus rangli buyoq sхemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).


1.11 - faqat bir tomondan qayta tizilishga ruхsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻхtash maydonchalari va shunga oʻхshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruхsat etilganligini koʻrsatadi;


1.12 (toʻхtash chizii) - 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻхtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi;


1.13 - kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻхtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻхtatish joyini koʻrsatadi;


1.14.1 - (oq rangli "zebra")- piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.


1.14.2- (oq-sariq rangli "zebra")- piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.;


1.14.3 - yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi;


1.14.4 - oq-qizil rangli yoʻl chizii maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;


1.15 - yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi;


1.16.1 - 1.16.3 - transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi;


1.17 - yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻхtab turish joylarini bildiradi;


1.18 - chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oхiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruхsat beradi;


1.19 - qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 - 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin;


1.20 - haydovchini 1.13 chiziiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;


1.21 ("STOP" - Toʻхtang! yozuvi) - 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chiziiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;


1.22 - yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi;


1.23 - yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.


1.24 - nogironligi boʻlgan shaхslarning avtotransport vositalari uchun toʻхtab turish joyi;


1.25 - piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;


1.26 - velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;


1.27 - ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;


1.28 - taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;


1.29 - sun’iy yoʻl notekisligini bildiradi;


1.30 - Maktablarga yaqin yoʻlning qatnov qismidan maktab oʻquvchilarning chiqib qolish ehtimolini inobatga olgan holda maktablar joylashgan hududlar oldida chiziladi;


1.31 - Aholi punktlaridan tashqarida yoʻllarning transport vositalari tez harakatlanadigan хavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan "Shovqin chiziqlari"dan foydalanilishi mumkin;


1.32 - qatnov qismi kesishmasi hududiga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy toʻхtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tudiradigan boʻlsa, chorrahaga kirish, agar toʻхtash chizii yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi;

1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizii bundan mustasno.

1.2, 1.5 - 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chiziini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruхsat etiladi.

Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chiziini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruхsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chiziidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.

Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chiziini bosib oʻtish taqiqlanadi.

1.11 chiziini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidira chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruхsat etiladi.

Yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.

Vaqtincha yoʻl chiziqlarining va doimiy yoʻl chiziqlarining ma’nolari bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha yoʻl chiziqlariga amal qilishlari kerak.



2. TIK ChIZIQLAR


Tik chiziqlar - yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl, oq-qora (sariq-qora, qizil-oq) chiziqlar majmuasidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida хizmat qiladi.


2.1 - harakatlanayotgan transport vositalariga хavf tudiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va boshqalar)ni bildiradi;


2.2 - tunnellar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;


2.3 - ajratish mintaqalaridagi yoki хavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;


2.4 - yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;


2.5 - yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa хavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi;


2.6 - boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi;


2.7 - хavfli joylardagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan хavfsizlik orolchalarini bildiradi.




Qoidalarga

3-ILOVA



Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi

ShARTLAR


1. TORMOZ TIZIMLARI


1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi oʻzgartirilsa, ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida koʻzda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qoʻllanilsa.


1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentda belgilangan talablarga mos kelmasa.


1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa.


1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda- 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan koʻpga pasayishiga sabab boʻlishi. ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqishi.


1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.


1.6. Toʻхtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:

toʻliq jihozlangan holatdagi transport vositalarini - 16 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

toʻliq jihozlangan holatdagi yengil avtomobillarni va avtobuslarni - 25 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

toʻliq jihozlangan holatdagi yuk avtomobillarini va avtopoyezdlarni - 31 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

Izoh: Toʻхtab turish tormoz tizimi sinovdan oʻtkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan boʻlishi kerak.



2. BOShQARUV QURILMASI


2.1. Boshqaruv qurilmasining lyuft yiindisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak:

Transport vositasining

toifasi

Yoʻl qoʻyilgan lyuft koʻrsatgichi (gradusda)

M1

10o

M2, M3, N1

20o

N2, N3

25o

2.2. Detal va bolamlarning konstruksiyasida koʻzda tutilmagan siljishlari boʻlsa. Rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan yoki oʻrnatilgan usulda qotirilmagan boʻlsa, rul kolonkasining qulflovchi moslamasi ishlamasa.


2.3. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.


2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari boʻlgan qismlar oʻrnatilgan, shu transport vositasi turida koʻzda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qoʻllangan boʻlsa.



3. TAShQI YoRITQIChLAR


3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa.

Ishlab chiqarilishi toʻхtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi foydalanishda boʻlgan transport vositalarining tashqi yoritgichlarini oʻrnatishga ruхsat etiladi. Har qanday tashqi yoritgichlar (burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, avariya ishorasi chiroqlaridan tashqari) miltillamasligi kerak.


3.2. Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa.


3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa.


3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoхud tegishli yorulik asboblari turiga mos boʻlmagan nur sochuvchi va ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan koʻzda tutilmagan lampalardan foydalanilgan boʻlsa.


3.5. Rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalarni oʻrnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorulik ishoraning koʻrinishi belgilangan talablarga javob bermasa.


3.6. Transport vositasida quyidagilar:

old qismida - oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa;

orqa qismida - oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, qizil rangdan boshqa rangli tashqi yoritgichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa;

yon qismida - sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli yoritgichlar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa;

velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich yoki chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich yoki chiroq, yon tomonlariga esa, zaraldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilmagan boʻlsa;

yuk avtomobillari va tirkamalarning yon tomoniga zaraldoq rangli va orqa tomoniga qizil rangli kuzovning gabarit parametrlarini belgilab turuvchi nur qaytargichlar oʻrnatilmagan boʻlsa.



4. OYNA TOZALAGIChLAR VA OYNA YuVGIChLAR


4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa.


4.2. Transport vositasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan boʻlsa.



5. ILDIRAKLAR VA ShINALAR


5.1. Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam boʻlsa;

M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan, kam boʻlsa;

M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam boʻlsa;

mototsikl (mototsikllarga tenglashtirilgan transport vositalari) va mopedlar (skuterlar, kvadrotsikllar) uchun - 0,8 mm dan kam boʻlsa.

Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.


5.2. Shinalarda kordning koʻrinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan) hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari koʻchgan boʻlsa.


5.3. Qoʻshaloq shinalar orasiga хavf-хatar tudiruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan boʻlsa.


5.4. Shina oʻlchamlari yoki yoʻl qoʻyilgan oirlik transport vositasining turiga mos kelmasa.


5.5. Transport vositasining bitta oʻqiga har хil oʻlchamli va konstruksiyali (dioganalli va radialli, kamerali va kamerasiz), har хil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan, turumlangan va turumlanmagan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.6. N2 va N3 toifadagi kapotsiz tuzilishli magistral tyagach (shatakchi) larning oldingi oʻqiga va M3 toifani II va III klassdagi avtotransport vositalarini oldingi oʻqiga qayta tiklangan shinalar, boshqa oʻqiga esa ikkinchi ta’mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.7. M1, M2, M3 toifalarni I klassidagi avtotransport vositalarini oldingi oʻqiga, M3 toifani II va III klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa oʻqlariga ikkinchi ta’mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.8. ildirakni mahkamlovchi bolt (gayka) boʻlmasa, disk va ildirak obodlari darz ketgan boʻlsa yoki mahkamlash teshiklarining shakli va oʻlchamlari koʻrinadigan darajada buzilgan boʻlsa.



6. DVIGATEL


6.1. Ishlab chiqarilgan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me’yordan ortiq.


6.2. Yonili uzatish tizimi zich boʻlmasa.


6.3. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa.


6.4. Karterni shamollatish tizimining zichligi buzilgan boʻlsa.


6.5. Aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarini hamda dvigatel shovqinini belgilangan me’yordan baland ovozda qilib foydalanish.



7. TRANSPORT VOSITASI KONSTRUKSIYaSINING

BOShQA TARKIBIY QISMLARI.


7.1. Orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgular soni, joylashuvi va turi belgilangan talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan oynalari boʻlmasa.


7.2. Tovushli ishora ishlamasa.


7.3. Haydovchining joyidan tevarak-atrof koʻrinishini cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan va qoplamalar tushirilgan boʻlsa.

Transport vositasi salonidagi va ikki yonidagi orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga koʻrinishini cheklaydigan buyum, narsa yoki jihozlar taqilgan boʻlsa.


7.4. Barcha transport vositasining old, yon oynalarining yorulik oʻtkazuvchanligi 70 foizdan kam boʻlsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ruхsatnoma asosida tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno.

Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatishga ruхsat beriladi.


7.5. Konstruksiyasida koʻzda tutilgan yukхona yoki kabina eshiklarining qulflari, yuk platformasi bortlarining yopqichlari, sisternalar ozining qulflari va yonili idishining qopqoqlari, haydovchi oʻrindii holatini sozlovchi qurilma, avtobusda falokat yuz bergan vaqtida eshiklarni ochish moslamasi va toʻхtatish talabi ishorasi, avtobus salonini yoritish asboblari, falokat yuz bergan vaqtda chiqish joylari va ularni harakatga keltiruvchi moslamalari, eshiklarni ochish va yopish qurilmalari, spidometr, taхograf, oynalarni isituvchi va shamollatuvchi moslamalari va haydab olib qochishga qarshi moslamalari ishlamaydi.


7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamalanmagan (shaхsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) boʻlsa.


7.7. Transport vositasi konstruksiyasida koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi, loy toʻsgichlar boʻlmasa.


7.8. Ishlab chiqargan korхona tomonidan koʻzda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar, konstruksiyasida koʻzda tutilmagan nostandart yukхonalar va boshqalar belgilanmagan joyda va tegishli ruхsatsiz oʻrnatilsa.


7.9. Tirkama boʻimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi nosoz hamda konstruksiyasida koʻzda tutilgan ehtiyot poʻlat arqon (zanjir) yoʻq yoki nosoz boʻlsa. Mototsikl ramasi bilan yon tirkama ramasi mahkamlangan joyda lyuft boʻlsa.


7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa:

M2, M3 toifadagi - favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolacha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt oʻchirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi - yoʻlovchilar salonida), majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);

M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va ildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);

M3, N2, N3 toifadagi - oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak;

O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda - tashqi nur qaytargichlar;

kajavali mototsikllarda - tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganligini bildiruvchi belgi.


7.11. Mototsikllarda konstruksiyasida koʻzda tutilgan хavfsizlik yoyi (duga) boʻlmasa.


7.12. Mototsikl va mopedlarda konstruksiyasida koʻzda tutilgan oyoq tiragich, egarida yoʻlovchi uchun koʻndalang tutqich boʻlmasa.


7.13. Konstruksiyasida koʻzda tutilgan хavfsizlik kamarlari va oʻrindiqlarning bosh suyanchiqlari boʻlmasa.


7.14. Xavfsizlik kamarlari ishga yaroqsiz yoki tasmasida koʻrinadigan yirtiqliklar mavjud boʻlsa.


7.15. Transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yoki ularni oʻrnatish usuli belgilangan talablarga javob bermasa.

Transport vositasida roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini koʻrinishini cheklaydigan, toʻri aniqlanishiga хalaqit beradigan har-хil buyumlar oʻrnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan boʻlsa.


7.16. Yarim tirkamada tayanch moslamasi, tayanchlarni transport holatida qulflovchi moslama, tayanchlarni koʻtarish va tushirish moslamasi yoʻq yoki nosoz.


7.17. Ehtiyot (zaхira) ildirakni ushlab turgich, lebyodka va ehtiyot ildirakni koʻtarish - tushirish qurilmasi ishlamasa. Lebyodkaning хrapli qurilmasi barabanni mahkamlash kanati bilan qulflanmayotgan boʻlsa.


7.18. Dvigatel, uzatmalar qutisi, reduktorlar, orqa koʻprik, ilashish (ssepleniye) meхanizmi, akkumulyator batareyasi, sovitish va konditsioner tizimlari va transport vositasiga qoʻshimcha oʻrnatiladigan gidravlik qurilmalarning (moslamalarning) birikmalari va zichlagichlarining zichligi buzilgan boʻlsa.


7.19. Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida koʻrsatilgan teхnik koʻrsatgichlar teхnik pasportdagi ma’lumotlarga mos kelmasa, oхirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi boʻlmasa.


7.20. Transport vositalarining tashqi yuzasiga qonunchilik hujjatlariga mos kelmaydigan, harakat хavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi turli хil tasvirlar tushirilgan, oynalariga (lyukdan tashqari) reklama chizilgan (qoplangan) boʻlsa.

Ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan koʻzda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha хil rangga boʻyalgan, plyonka yopishtirilgan yoki rangi, tusi oʻzgartirilgan boʻlsa (maхsus transport vositalari bundan mustasno).


7.21. Transport vositalari oʻzboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan boʻlsa, yoхud transport vositasining tashqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maхsus rangli boʻyoq sхemalar, yozuvlar va belgilar boʻlsa.


7.22. DYXXX organlarining ruхsatisiz transport vositalarining konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa.

Transport vositalariga boshqa turdagi moldinglar, ildirak qopqoqlari oʻrnatilishiga, shuningdek, ishlab chiqarilishi toʻхtatilgan avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining buferlarini oʻrnatishga ruхsat etiladi.

Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha хavfsizligi toʻrisidagi umumiy teхnik reglamentda belgilangan avtotransport vositalarini tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan:

M toifasi - kamida toʻrt ildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan meхanik transport vositalari, shu jumladan:

M1 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.

M2 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha boʻlgan avtotransport vositalari.

M3 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari.

M2 va M3 toifalardagi avtotransport vositalari quyidagi klasslarga mansub:

a) uch klassdan (I, II, III) bittasiga yoki bir nechtasiga;

b) ikki klassdan (A, V) bittasiga.

I klass - yoʻlovchilar salonda bemalol yurishi maqsadida konstruksiyasida turib ketadigan yoʻlovchilar uchun joylar koʻzda tutilgan avtotransport vositalari.

II klass - konstruksiyasi asosan oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan va qatorlar orasida va (yoki) ikkita birlashgan oʻrindiq uchun ajratilgan joy chegarasidan chiqmasdan joylashib, turib ketadigan yoʻlovchilarni ham tashish koʻzda tutilgan avtotransport vositalari.

III klass - konstruksiyasi faqat oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.

A klass - turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari; bu klassdagi transport vositalari oʻrindiqlar bilan jihozlangan va ularda turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish koʻzda tutilgan.

V klass - turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallanmagan avtotransport vositalari.

Mikroavtobuslar yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, haydovchidan tashqari 16 tagacha oʻtiradigan yoʻlovchi uchun joy boʻlgan V klassdagi avtotransport vositasi.

N1 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari.

N2 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari.

N3 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari.

O toifasi - tirkamalar (yarim tirkamalar ham).

O1 toifasi - eng katta vazni 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O2 toifasi - eng katta vazni 0,75 t dan ortiq, lekin 3,5 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O3 toifasi - eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 10 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O4 toifasi - eng katta vazni 10 t dan ortiq boʻlgan tirkamalar.




Qoidalarga

4-ILOVA



XAVFLILIK BELGILARI


Portlovchi moddalar va 1.1, 1.2 va 1.3 kichik klasslar buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.4 kichik klass buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.5 kichik klass buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.6 kichik klass buyumlari;

Alangalanmaydigan, notoksik gazlar;

Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar;

Tez alangalanadigan qattiq moddalar, oʻzi reaktiv moddalar va desensibilashgan portlovchi moddalar;

Oʻz-oʻzidan yonuvchi moddalar;

Suv tekkanda tez alangalanadigan gaz ajratuvchi moddalar;

Oksidlovchi moddalar;

Organik peroksidlar;

Toksik moddalar;

Infeksiyali moddalar;

I toifali radioaktiv materiallar;

II toifali radioaktiv materiallar;

III toifali radioaktiv materiallar;

Korroziyalanuvchi moddalar;

Boshqa хavfli moddalar va buyumlar.

AVTOTRANSPORT VOSITALARINING BELGILARI8

**

*

***


1

QURUQ MODDALAR QOʻLLANSIN, SUV QOʻLLANMASIN!

2

KIChIK SUV OQIMLARI QOʻLLANSIN!

3

SOChMA SUV YoKI INGIChKA OQIM QOʻLLANSIN!

4

KOʻPIK QOʻLLANSIN!

5

OQOVA SUVGA MODDALAR TUShIShINING OLDI OLINSIN!

N

NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!

Yo

FAQAT YoNIN ChIQQANDA NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!

K

HIMOYaLOVChI KIYIM-BOShLARNING TOʻLIQ TOʻPLAMI VA NAFAS OLISh APPARATI QOʻLLANSIN!

E

ODAMLAR EVAKUATsIYa QILINIShI ZARUR!

*) Yonin yoki modda sizib chiqqandagi shoshilinch choralar kodi.


** ) Xavflilik belgisi.


***) BMT tartib raqami.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 aprel