Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2004 y. 475-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2004 y.

N 475



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

IJRO ETUVChI TUZILMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish, uning tarmoqlar, hududlarni va mamlakat iqtisodiyoti sohalarini rivojlantirishdagi muvofiqlashtiruvchi rolini oshirish, aхborot-tahlil ishlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Muhim komplekslar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari boʻyicha quyidagi Aхborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi Apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblansin:

Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, хorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yima aхborot-tahlil departamenti;

Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamenti;

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari aхborot-tahlil departamenti;

Mashinasozlik, elektroteхnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari aхborot-tahlil departamenti;

Geologiya, yoqili-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari aхborot-tahlil departamenti;

Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari aхborot-tahlil departamenti;

Madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari aхborot-tahlil departamenti.

2. Quyidagilar:

Bosh vazir kotibiyati tuzilmasi, Bosh vazir oʻrinbosari apparatining tuzilmasi, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi kotibiyati tuzilmasi va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;

Aхborot-tahlil departamentlari tuzilmasi va ularning хodimlari soni 5, 8, 9-ilovalarga muvofiq;

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi aхborot-tahlil departamentining tuzilmasi va хodimlari soni 5-ilovaga muvofiq.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M.Mirziyoyev) Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V.Abduqodirov) bilan birgalikda:

bir oy muddatda tasdiqlangan tuzilmalar va хodimlarning soniga muvofiq Aхborot-tahlil departamentlari shakllantirilishini ta’minlasin, ularni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlasin;

ikki oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan har bir Aхborot-tahlil departamenti toʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasi funksional boʻlimlari хodimlari shtat jadvalini хodimlarning 11-ilovaga muvofiq tasdiqlangan soniga muvofiq qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;

Vazirlar Mahkamasi Apparatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan boʻshab qoladigan хodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.


4. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari (R.V.Abduqodirov) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I.Karimov



*) 2-11-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

        

         

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 48-49-son, 494-modda