Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.04.2022 y. PQ-212-son "Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish meхanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

19.04.2022 y.

N PQ-212



HUDUDLARDA TADBIRKORLIK

LOYIHALARINI MOLIYaLAShTIRISh

MEXANIZMLARINI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash orqali kichik va oʻrta tadbirkorlikni yanada rivojlantirishmaqsadida:


1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bankning kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari hisobidan 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Belgilansinki:

kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;

tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korхonalari va ustav jamarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar hamda aylanma mablalarni toʻldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;

tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 milliard soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 milliard soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 milliard soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 milliard soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi;

kredit liniyasi mablalarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.


3. Mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit liniyasidan samarali foydalanilishini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

kredit mablalariga talab va loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga qaratilganidan kelib chiqib, kredit liniyasi resurslarini hududlar (Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar) va tijorat banklari kesimida taqsimlash;

loyiha fabrikalari va loyiha guruhlari tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda loyiha va loyihaoldi hujjatlarning sifatli va qisqa muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlash;

tadbirkorlik sub’yektlari hamda tijorat banklari tomonidan kredit liniyasi mablalari samarali va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini tashkil etish;

vazirlik, idora va hudud rahbarlarining kredit mablalarini oʻzlashtirish, loyihalarni amalga oshirish va belgilangan muddatda ishga tushirish toʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish.


4. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (Sh.Vafayev) resurslar hududlar va tijorat banklari kesimidagi taqsimotga muvofiq tijorat banklarining talabnomasi kelib tushgandan soʻng uch kunlik muddatda tijorat banklariga joylashtirilishini ta’minlasin.


5. Tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ajratayotgan mablalarning tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring hamda nazorat qilish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib "2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 19 apreldagi

PQ-212-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 iyundagi "Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4752-son qarori 2-bandida:


a) ikkinchi хatboshidagi "foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib" soʻzlari "10 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) uchinchi хatboshidagi "Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha" soʻzlari "14 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5113-son qarori 5-bandida:


a) toʻrtinchi хatboshidagi "foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib" soʻzlari "10 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) beshinchi хatboshidagi "Markaziy bankning asosiy stavkasida" soʻzlari "14 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 20 aprel


"Xalq soʻzi", 2022 yil 20 aprel