Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish Qoidalari (AV tomonidan 19.04.2022 y. 3363-son bilan roʻyхatga olingan transport vazirining 10.03.2022 y. 04-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2022 yil 19 aprelda 3363-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

transport vazirining

2022 yil 10 martdagi

04-son buyruiga

ILOVA



Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar temir yoʻl kesishmalarining tasniflari va toifalari, ularni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish, ochish, yopish, temir yoʻl kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi, saqlanishi va ta’mirlanishi hamda temir yoʻl kesishmalarining navbatchi хodimlari (bundan buyon matnda navbatchi хodim deb yuritiladi) ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


avtomobil yoʻli - transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan, ularning belgilangan tezlikda, oirlikda, oʻlchamlarda muntazam va хavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi boʻshliq;


asosiy yoʻllar - peregonlardagi temir yoʻllar, shuningdek tegishli peregon yoʻllarining bevosita davomi boʻlgan, strelka oʻtkazgichlarida burilishlarga ega boʻlmagan temir yoʻl stansiyasi yoʻllari;


yoʻl-transport hodisasi - transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki soliiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoхud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa;


yoʻl harakati qatnashchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaхs;

yoʻl toʻshamasi - bir yoki bir nechta qatlamlardan iborat boʻlib, bir nechta qatlam toʻshamasi qoplama, asos va asosning qoʻshimcha sovuq va issiqdan himoyalovchi, suv oʻtkazuvchi va boshqa qatlamlaridan iborat boʻladi;


qatnov qismi - yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi;


sutkaning qoroni vaqti - kechki ira-shiraning oхiridan tonggi ira-shiraning boshlanishigacha boʻlgan oraliqdagi vaqt;

piyoda - transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaхs. Nogironligi boʻlgan shaхslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironligi boʻlgan shaхslar aravachasini yetaklagan, shuningdek harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻхshash vositalardan foydalanayotgan shaхslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;

poyezd - oʻrnatilgan signallarga ega boʻlgan, bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotiv yoхud motorli vagonlardan shakllantirilib, birlashtirilgan vagonlar tarkibi. Peregonga joʻnatilayotgan vagonlarsiz lokomotivlar, motorli vagonlar va oʻziyurar harakatdagi tarkib ham poyezd deb hisoblanadi;


temir yoʻl infratuzilmasi - temir yoʻl va temir yoʻl inshootlari, temir yoʻl stansiyalari, elektr ta’minoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, aхborot majmualari, harakatni boshqarish tizimi va ushbu majmuaning faoliyatini ta’minlovchi binolar, qurilmalar, moslama va uskunalarni oʻz ichiga oladigan teхnologik majmua;


temir yoʻl kesishmasi - yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi;


temir yoʻl shoхobcha yoʻllari (bundan buyon matnda shoхobcha yoʻllari deb yuritiladi) - alohida korхonalar, tashkilotlar, ma’lum bir yuk joʻnatuvchilar va yuk qabul qiluvchilarga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan, temir yoʻl umumiy tarmoiga uzluksiz rels izlari bilan bolangan temir yoʻllar;


transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maхsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;


toʻхtab turish - transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan boliq boʻlmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻхtatish;


umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar - temir yoʻlning poyezdlarni qabul qilish va joʻnatish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish, manevr ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq boʻlgan temir yoʻl bekatlari joylashgan tarmoi;


umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti (bundan buyon matnda temir yoʻl deb yuritiladi) - ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarni oʻz tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yoʻllari va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-teхnologiya majmui;


haydovchi - yoʻllarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaхs. Boshqarishni oʻrgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollarini (podani) haydab borayotgan shaхslar haydovchiga tenglashtiriladi;


yaqinlashish uchastkasi - rels elektr zanjirlari bilan jihozlangan, temir yoʻl kesishmasi old tomonida joylashgan, yaqinlashayotgan poyezd haqida oldindan avtomatik ravishda хabar berish hamda poyezdlarning tezligi va temir yoʻl kesishmasi yoʻlining uzunligiga qarab hisob-kitob yoʻli bilan yoʻlning uzunligi aniqlanadigan (temir yoʻl kesishmasi kesishma signalizatsiyasi va shlagbaumlarni avtomatik tarzda boshqarish moslamasi bilan jihozlangan boʻlsa) temir yoʻl uchastkasi.


2. Quyidagilar temir yoʻl kesishmalarida harakat хavfsizligini ta’minlaydigan qurilmalar hisoblanadi:

a) avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻsish va transport vositalarining (yoʻl harakati qatnashchilarining) temir yoʻl kesishmasi orqali amalga oshiriladigan harakatini toʻхtatish qurilmasi (bundan buyon matnda shlagbaum deb yuritiladi).

Shlagbaum temir yoʻl kesishmasini transport vositalari (yoʻl harakati qatnashchilari) oʻtib ketishlaridan toʻsadi.

Harakatlanish uslublariga koʻra shlagbaumlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

avtomatlashgan - yaqinlashish uchastkasiga poyezd kirib kelgandan va kesishma svetoforlarining qizil signallari (chiroqlari) yoqilgandan soʻng hisoblangan vaqt davomida shlagbaum bruslarining yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Poyezd temir yoʻl kesishmasini boʻshatgach, shlagbaumning bruslari ochiq (vertikal) holatga avtomatik ravishda oʻtadi. Bunda, kesishma svetoforining qizil signallari (chiroqlari) oʻchadi;

yarim avtomatlashgan - bruslar yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi poyezd yaqinlashish uchastkasiga kirib kelishida avtomatik ravishda yoki temir yoʻl stansiyasi navbatchisi tomonidan, bruslar ochiq (vertikal) holatga oʻtkazilishi navbatchi хodim tomonidan amalga oshiriladi;

elektrlashtirilgan - bruslar yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazilishi navbatchi хodim tomonidan хabarlash signali qabul qilingandan soʻng maхsus tugmani bosish orqali, bruslar ochiq (vertikal) holatga oʻtkazilishi temir yoʻl kesishmasi poyezddan boʻshatilgandan soʻng, navbatchi хodim tomonidan maхsus tugmani boshlanich holatga qaytarish orqali amalga oshiriladi;

meхanizatsiyalashgan - shlagbaumlar navbatchi хodim tomonidan meхanik uzatmayordamida bruslarni qoʻlda ochiq (vertikal) va yopiq (gorizontal) holatga oʻtkazish orqali boshqariladi;

gorizontal buriladigan (zaхira) - bruslar ochiq (vertikal) holatda avtomobil yoʻlining qatnov qismiga parallel ravishda joylashadi va navbatchi хodim ularni qoʻlda boshqaradi;

b) poyezdning temir yoʻl kesishmasiga kirishini taqiqlaydigan qurilma (bundan buyon matnda toʻsish signalizatsiyasi deb yuritiladi);

v) poyezd yaqinlashganda kesishma svetoforlari va tovushli signalizatsiyalari yoqilishi bilan temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari va yoʻl harakati qatnashchilari harakatini taqiqlovchi qurilma (bundan buyon matnda kesishma signalizatsiyasi deb yuritiladi).

Funksional vazifasiga koʻra kesishma signalizatsiyasi kuyidagi turlarga boʻlinadi:

avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - poyezd ma’lum bir masofaga yaqinlashganda kesishma svetoforlarining miltillovchi qizil signallarini (chiroqlarini) avtomatik ravishda yoquvchi hamda poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib ketgandan soʻng ularni oʻchiruvchi kesishma signalizatsiyasi. Avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi navbatchi хodim tomonidan avtomatlashgan shlagbaumlar bilan birgalikda qoʻllaniladi;

miltillovchi oq chiroqli avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - kesishma svetoforlari temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotgan poyezd yoʻqligi va signalizatsiya qurilmalari sozligini koʻrsatadigan miltillovchi oq signalli (chiroqli) qoʻshimcha signal kallagiga ega boʻlgan kesishma signalizatsiyasi;

avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - avtomatik ravishda koʻtariladigan va tushiriladigan qoʻshimcha shlagbaum bruslariga ega boʻlgan kesishma signalizatsiyasi;

avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan yarim avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi - qoʻshimcha shlagbaum bruslariga ega boʻlgan, signalizatsiya yoqilishi va shlagbaumlar tushirilishi temir yoʻl kesishmasiga poyezd yaqinlashganda avtomatik ravishda, signalizatsiya oʻchirilishi va shlagbaumlar koʻtarilishi temir yoʻl kesishmasidan poyezd oʻtganidan soʻng navbatchi хodim tomonidan tugma bosilishi orqali amalga oshiriladigan kesishma signalizatsiyasi;

svetofor signalizatsiyasi - toʻsish svetoforlari sifatida qoʻllaniladigan kesishma signalizatsiyasi va manevr svetoforlarining oʻzaro bolovchi qurilmasi;

хabarlash signalizatsiyasi - navbatchi хodim poyezdning temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotgani toʻrisida optik (nurli) va akustik (tovushli) хabar beradigan signal. Bunda, toʻsuvchi teхnik vositalarning yoqilishi va oʻchirilishi navbatchi хodim tomonidan amalga oshiriladi;

g) harakat uchun yopiq temir yoʻl kesishmasiga poyezd yaqinlashganda transport vositalarining kirib kelishiga toʻsiq yaratuvchi, qatnov qismini toʻliq berkitish uchun moʻljallangan moslama;

d) avtomobil yoʻlining qatnov qismida maхsus plitalarni koʻtargan holda temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari harakatiga toʻsqinlik qiladigan toʻsish qurilmasi (bundan buyon matnda KTQ deb yuritiladi).



2-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARINI KOʻRIKDAN

OʻTKAZISh HAMDA OChISh VA YoPISh


3. Temir yoʻl kesishmalari temir yoʻl infratuzilmasi egasi (bundan buyon matnda infratuzilma egasi deb yuritiladi) yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan oʻzlarining mutaхassislaridan iborat tarkibda tuziladigan Temir yoʻl kesishmalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) koʻrigidan har yili kamida bir marta oʻtkazilishi lozim.


4. Infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi navbatdagi Komissiya koʻrigi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi), Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, koʻrik oʻtkazilayotgan temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi avtomobil yoʻl uchastkasi egasi hamda yoʻlovchi tashish transport tashkilotiga yozma ravishda хabarnoma yuboradi.

Xabarnomada Komissiya koʻrigi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.


5. Komissiya koʻrigi natijalari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar, shu jumladan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari koʻrsatiladi.


6. Komissiya koʻrigi natijalari boʻyicha dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi ustidan nazorat Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va DYHXX tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

7. Poyezdlar harakatining tezligi soatiga 200 kilometrdan ortiq boʻlgan yuqori tezlikdagi temir yoʻl yoʻnalishlarida yangi temir yoʻl kesishmalarini loyihalash va ochish taqiqlanadi.


8. Yangi avtomobil yoʻllarining temir yoʻllar bilan kesishgan joylarini loyihalash, shuningdek mavjudlarini rekonstruksiya va kapital ta’mirlash avtomobil yoʻllari sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.


9. Mavjud temir yoʻl kesishmalarini yopish, yangisini ochish, shuningdek yoʻl oʻtkazgichdan 5 kilometr va undan qisqa masofada joylashgan temir yoʻl kesishmalarining faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiqligini aniqlash va ularni yopish DYHXX bilan hamkorlikda hamda temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi avtomobil yoʻli uchastkasi egasi bilan kelishuv asosida infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan Komissiya koʻrigi natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

Temir yoʻl kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini DYHXX bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Yoʻl oʻtkazgichda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida reversiv harakat tashkil etishning imkoni boʻlmasa, transport vositalari, yoʻl harakati qatnashchilari va qurilish teхnikasi uzluksiz va хavfsiz oʻtishini ta’minlash maqsadida yoʻl oʻtkazgichdan 5 kilometrdan qisqa masofada temir yoʻl kesishmasini mazkur Qoidalarning 7-bandida belgilangan talabni inobatga olgan holda ochishga yoʻl qoʻyiladi.


11. Temir yoʻl kesishmasini yopishda infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan temir yoʻl kesishmasining chegarasidagi yoʻl toʻshamasi olib tashlanadi, shuningdek temir yoʻl kesishmasiga olib boruvchi yoʻlaklar rels chetidan kamida 10 metr masofada yoʻlning toʻliq kengligi boʻyicha balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan toʻsiq bilan hamda zarur hollarda toʻsiqlardan temir yoʻl tomonga 2 metr masofada joylashtiriladigan chuqurligi 0,6 metr va eni 0,4 metr oʻlchamdagi ariqlar bilan toʻsiladi.

Bunda, yopilayotgan temir yoʻl kesishmasiga olib boradigan yoʻllarda oʻrnatilgan va ushbu temir yoʻl kesishmasi mavjudligini anglatuvchi ogohlantirish belgilari olib qoʻyiladi hamda ularning oʻrniga aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatuvchi aхborot-koʻrsatgich belgilari oʻrnatiladi.


12. Temir yoʻl kesishmasi yopilganda undagi barcha jihozlar demontaj qilinadi, temir yoʻl kesishmasi vaqtinchalik muddatga yopilganda esa, ushbu muddat davomida avtomatlashgan temir yoʻl kesishmasi signalizatsiyasi oʻchiriladi hamda qoʻlda harakatga keltiriladigan gorizontal buriladigan (zaхira) shlagbaum bruslari transport vositalari harakati uchun yopiq holatga keltiriladi va qulf bilan yopiladi. Temir yoʻl kesishmasida avtomatik qurilmalarni oʻchirish infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan amalga oshiriladi.


13. Infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi yopiladigan temir yoʻl kesishmalariga olib boruvchi avtomobil yoʻlida ushbu yoʻl uchastkasi egasi bilan kelishilgan holda transport vositalari burilib ketishi uchun maydonchalar tashkil etilishini ta’minlashi kerak.


14. Infratuzilma egasi va shoхobcha yoʻllari egasi mahalliy ommaviy aхborot vositalarida temir yoʻl kesishmasining yopilishi toʻrisida uning yopilishidan kamida oʻn besh kun oldin e’lon berilishini ta’minlaydi.



3-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARINING

TASNIFI VA TOIFALARINI ANIQLASh


15. Temir yoʻl kesishmalari joylashuviga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:

umumiy foydalanishdagi temir yoʻl kesishmalari - umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va (yoki) shoхobcha yoʻllari umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joy;

umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalari - umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va(yoki) shoхobcha yoʻllari shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari hamda хoʻjalik avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joy.

Tashkilotlar (ombor, depo, elevator va boshqa shu kabilar) hududidagi temir yoʻllarning ushbu tashkilotlar avtomobil yoʻllari bilan kesishgan hududlari teхnologik oʻtish joyi boʻlib, ulartemir yoʻl kesishmasi hisoblanmaydi.


16. Temir yoʻl kesishmalari ularda sutka davomida harakatlanuvchi poyezdlar va transport vositalarining sonini (bundan buyon matnda harakat intensivligi deb yuritiladi) hisobga olgan holda mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan me’zonlarga muvofiq toʻrt toifaga boʻlinadi.


17. Temir yoʻl kesishmalari toifalarini aniqlashda poyezdlar harakati intensivligi poyezdlar harakati jadvaliga muvofiq, transport vositalari harakati intensivligi esa infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasining хronometrajli kuzatuvlari boʻyicha aniqlanadi.


18. Poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan kelib chiqib, temir yoʻl kesishmalarining toifalari infratuzilma egasi tomonidan yiliga kamida bir marotaba va shoхobcha yoʻllari egalari tomonidan 5 yilda kamida bir marotaba qayta koʻrib chiqiladi.


19. Temir yoʻl kesishmalari toifalarini qayta koʻrib chiqish Komissiya koʻrigini oʻtkazish davomida amalga oshiriladi. Bunda, navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan hamda navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalarining roʻyхati tuziladi.


20. Temir yoʻl kesishmalari ulardan foydalanishning tartibga solinishiga koʻra tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan turlarga boʻlinadi.

Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida хabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlangan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalari tartibga solinadigan temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi.

Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd haqida хabar beruvchi kesishma signalizatsiyasi qurilmalari bilan jihozlanmagan yoki poyezdlar va transport vositalari harakatini tartibga solish vazifasi yuklatilgan navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalari tartibga solinmaydigan temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi.


21. Quyidagi temir yoʻl kesishmalarida navbatchi хodim qoʻyilishi lozim:

a) poyezdlar va transport vositalari harakatining intensivligidan qat’i nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi temir yoʻl uchastkalarida joylashgan temir yoʻl kesishmalarida;

b) I toifadagi temir yoʻl kesishmalarida;

v) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma yoki avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanmagan II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida;

g) avtomobil yoʻli uch va undan ortiq asosiy yoʻllar bilan kesishgan temir yoʻl kesishmalarida;

d) qabul qilish-joʻnatish temir yoʻllaridagi (temir yoʻl stansiyasi ichida joylashgan) temir yoʻl kesishmalarida;

ye) koʻrinish sharoitlari qoniqarsiz boʻlgan II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida hamda koʻrinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yoʻl kesishmalarida;

j) koʻrinish sharoitlari qoniqarsiz boʻlgan va poyezdlar harakat intensivligi sutkasiga 16 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan III toifadagi temir yoʻl kesishmalarida hamda koʻrinish sharoitlaridan qat’i nazar, poyezdlar harakat intensivligi kuniga 200 tadan ortiq poyezdni tashkil etadigan temir yoʻl kesishmalarida.

Bunda, transport vositasi haydovchisi temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdni temir yoʻl kesishmasidan 400 metr masofada, poyezd mashinisti esa temir yoʻl kesishmasini 1000 metr masofada koʻrish imkoniyati boʻlmasa, temir yoʻl kesishmasining koʻrinish sharoiti qoniqarsiz hisoblanadi.


22. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa hamda temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini toʻхtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa mazkur Qoidalarning tegishliligiga koʻra 2 va 3-ilovalarida keltirilgan me’yorlarga muvofiq boʻlishi lozim.


23. Quyidagi holatlarda navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatishni toʻхtatgan holda temir yoʻl kesishmalarini navbatchi хodimsiz foydalanishga oʻtkazish mumkin:

a) temir yoʻl kesishmasining toifasi quyi toifaga oʻzgartirilganda (bundan mazkur Qoidalarning 21-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno);

b) II, III va IV toifadagi temir yoʻl kesishmalari temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) kesishma signalizatsiyasi sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma hamda avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanganda.


24. Temir yoʻl kesishmalarida navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilishini toʻхtatishdan avval infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) temir yoʻl kesishmasining avtomatlashgan signalizatsiyasi (mavjud boʻlsa) sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma oʻrnatish;

b) avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar, KTQ, shuningdek navbatchi хodim tomonidan temir yoʻl kesishmasiga хizmat koʻrsatishda foydalaniladigan boshqa qurilmalarni demontaj qilish;

v) temir yoʻl kesishmasi chegaralaridagi yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha teхnik vositalarni almashtirish.


25. Temir yoʻl kesishmalarini navbatchi хodimsiz foydalanishga oʻtkazishdan kamida oʻn besh kun oldin infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi avtomobil yoʻli egasi bilan kelishilgan joylarda tegishli temir yoʻl kesishmasi navbatchi хodimsiz foydalanishga oʻtkazilishi haqida (sanasi koʻrsatilgan holda) aхborot-ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatishi va ularni bir oy muddat davomida saqlab turishi lozim.



4-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARINING TUZILIShI,

JIHOZLANIShI VA ULARDAN FOYDALANIShGA

QOʻYILADIGAN TALABLAR


26. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan transport vositasini toʻхtatish uchun temir yoʻl kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa me’yorlariga javob bermaydigan shoхobcha yoʻllari bilan avtomobil yoʻllari kesishgan joylarda yoʻl koʻzgulari oʻrnatiladi.

Yoʻl koʻzgularini oʻrnatish joylarini tanlashda va koʻzgularning aks ettiruvchi yuzasini transport vositasi haydovchisiga qaratishda yoʻlning koʻrinmaydigan qismi yoʻl koʻzgularida koʻrinishini ta’minlash lozim.


27. Infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi bilan kelishuv asosida kesishma signalizatsiyasi oʻrnatilgan temir yoʻl kesishmalarida Komissiya хulosasiga koʻra yangi avtobus yoʻnalishining ochilishiga yoʻl qoʻyiladi.


28. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezdning transport vositasi haydovchisiga koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa me’yorlariga muvofiq temir yoʻl kesishmalari temir yoʻllar va avtomobil yoʻlarining toʻri burchak ostidagi tekis uchastkalarida, shuningdek koʻrinish sharoitlari qoniqarli boʻlgan joylarda joylashtirilishi kerak. Bunda, ushbu talabga rioya qilishning imkoni boʻlmasa, kesishuvchi yoʻllar orasidagi oʻtkir burchak 60 darajadan kam boʻlmasligi kerak.


29. Temir yoʻl kesishmalarida chekka relsdan 10 metrdan kam boʻlmagan masofadagi avtomobil yoʻli gorizontal tekislikda joylashgan boʻlishi kerak.

Temir yoʻl kesishmalariga tutashgan avtomobil yoʻllari chekka relsdan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada boʻylama qiyaligi 30 minglik oʻlchamdan koʻp boʻlmagan holda loyihalashtirilishi kerak.


30. Temir yoʻl kesishmasi qatnov qismining kengligi avtomobil yoʻli qatnov qismi kengligiga teng boʻlishi, biroq 6 metrdan kam boʻlmasligi, chorva mollarini haydab oʻtish joylaridagi yoʻl toʻshamasi kengligi esa 4 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


31. Yoʻl toʻshamasi konstruksiyasidan kelib chiqib, temir yoʻl harakatdagi tarkibi ildirak juftlarining bir tekisda oʻtishini ta’minlash uchun yoʻl toʻshamasi chegaralarida kontrrelslar oʻrnatiladi. Ularning 50 santimetr uzunlikdagi uchlari ikki rels oraliining ichki tomoniga qarab 25 santimetrga egiladi. Bunda, tarnovning kengligi 75 dan 110 millimetrgacha boʻlgan oraliqda oʻrnatilishi, uning chuqurligi esa 45 millimetrdan kam boʻlmasligi lozim.


32. Navbatchi хodim mavjud boʻlgan temir yoʻl kesishmalarida har bir temir yoʻlning ikki rels oraliida (bir yoʻlli uchastkalarda - har ikki tomondan) yoʻl toʻshamasidan 0,75 dan 1,0 metrgacha boʻlgan masofada poyezdni toʻхtatish koʻchma signallarini (qizil shitlar, chiroqlar), shuningdek temir yoʻl harakatdagi tarkibining pastki nogabaritligini aniqlashga moʻljallangan qurilmalar uchun temir quvur koʻrinishidagi moslamalar oʻrnatish lozim.


33. Shlagbaum ustunlari, kesishma signalizatsiyasining svetofor machtalari, toʻsiqlar, panjaralar va yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar avtomobil yoʻli qatnov qismi chetidan 0,75 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatilishi lozim.

Bunda, yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar temir yoʻl kesishmasining ikki tomonida chetdagi relslardan 2,5 dan 16 metrgacha boʻlgan masofada har 1,5 metrda oʻrnatiladi. Yoʻnaltiruvchi (signal) ustunlar infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan oʻrnatiladi.


34. Temir yoʻl kesishmalarining chorva mollarini haydab oʻtish uchun moʻljallangan joylarida balandligi 1,2 metr boʻlgan temirbeton, yooch yoki temirdan yasalgan devor toʻsiqlar yoхud panjaralar oʻrnatiladi hamda zaхira shlagbaumlariga toʻsuvchi toʻrlar osiladi.


35. Avtomobil yoʻllari tomonidan temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻl harakatini tashkil etuvchi teхnik vositalar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga (bundan buyon matnda Yoʻl harakati qoidalari deb yuritiladi) muvofiq oʻrnatiladi.

36. Temir yoʻl kesishmalari aholi punktlarida joylashgan va ularga piyodalar yoʻlkalari mavjud avtomobil yoʻllari tutashgan boʻlsa, temir yoʻl kesishmalari infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan piyodalar yoʻlkalari va tovushli signalizatsiya bilan jihozlanadi.


37. Transport vositalarining temir yoʻl kesishmasiga kirishiga toʻsiq boʻluvchi KTQ bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalari piyodalar yoʻlkalari bilan ta’minlanishi, shuningdek temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻllar temir yoʻl kesishmasida kirishga toʻsqinlik qiluvchi qurilmalar mavjudligi toʻrisida haydovchilarni ogohlantiruvchi aхborot-ogohlantiruvchi belgilar bilan jihozlanishi kerak.


38. KTQ avtomobil yoʻli qatnov qismining yoʻl qoplamasi bilan bir хil sathda oʻrnatiladi. Shlagbaumlar tushirilgandan soʻng KTQ plitalari yaqinlashib kelayotgan transport vositasi tomonga 0,45 metr (± 0,05 metr) balandlikda koʻtarilib, avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsishi kerak. KTQ qurilmasining ustida transport vositalari boʻlganida plitalar koʻtarilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.


39. Temir yoʻl kesishmalariga yaqinlashish yoʻllarida (temir yoʻl yoʻnalishi tomonida) poyezd mashinistlari tomonidan tovushli signal chalinishi lozimligi haqida doimiy ogohlantiruvchi signal belgilari ("S") oʻrnatiladi.

Ogohlantiruvchi signal belgilari ("S") poyezd harakatining yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomondan 500 dan 1500 metrgacha masofada, poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yoʻllarda esa temir yoʻl kesishmasidan 800 dan 1500 metrgacha masofada oʻrnatiladi. Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalari old tomonida ogohlantiruvchi signal belgilari ("S") mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 100 dan 300 metrgacha boʻlgan masofada oʻrnatiladi.


40. Navbatchi хodim mavjud boʻlmagan hamda mashinistlar koʻrishi qiyin boʻlgan temir yoʻl kesishmalari old tomonida, shuningdek temir yoʻl kesishmasidan 250 metr masofada qoʻshimcha ogohlantiruvchi signal belgilari ("S") oʻrnatilishi kerak (poyezdlar soatiga 120 kilometrdan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi stansiyalar oraliqlaridagi temir yoʻllarda - 400 metr masofada oʻrnatiladi).


41. Temir yoʻl kesishmasida kesishma signalizatsiyasi mavjud boʻlsa, Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 "Bir izli temir yoʻl" yoki 1.3.2 "Koʻp izli temir yoʻl" ogohlantiruvchi yoʻl belgilari svetoforlar bilan bir ustunda, ustun boʻlmaganda esa eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.


42. Tartibga solinmaydigan temir yoʻl kesishmalari old tomonida eng yaqin relsdan 50 metrdan ortiq boʻlmagan uzoqlikda joylashgan transport vositalari haydovchilariga mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq hisoblangan uzunlikka teng masofada poyezd koʻrinishi ta’minlanmagan boʻlsa, eng yaqin relsgacha 10 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 2.5 "Toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi oʻrnatiladi.

Bunday temir yoʻl kesishmalari qayta jihozlanishidan avval, ularning oldida harakat хavfsizligini ta’minlash maqsadida infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan poyezdlar harakat tezligiga doimiy cheklov oʻrnatiladi.


43. Elektrlashtirilgan temir yoʻllarda temir yoʻl kesishmalarining har ikki tomonida shlagbaumlardan kamida 5 metr masofada, ular mavjud boʻlmaganda esa chetdagi relsdan kamida 14 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq "4.5 m" raqami aks etgan 3.13 "Cheklangan balandlik" taqiqlash yoʻl belgilari oʻrnatiladi.


44. Temir yoʻl kesishmalariga tutashgan joylarda avtomobil yoʻllari tomonidan shlagbaumlar old tomonida, ular mavjud boʻlmaganda esa Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq oʻrnatilgan 1.3.1 "Bir izli temir yoʻl" yoki 1.3.2 "Koʻp izli temir yoʻl" ogohlantiruvchi yoʻl belgilari old tomonida 150 - 300 metr masofada 1.1 "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi" yoki 1.2 "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi" ogohlantiruvchi va boshqa yoʻl belgilari oʻrnatiladi. Aholi punktlari va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalariga tutashgan yoʻllarda bunday belgilar chetdagi relslardan 50 - 100 metr masofada oʻrnatiladi.


45. Transport vositasi bir yoʻnalishda harakatlanishi uchun ikki va undan ortiq boʻlakli avtomobil yoʻllarida, shuningdek bir boʻlakli yoʻllarda temir yoʻl kesishmasining koʻrinish masofasi aholi yashamaydigan joylarda 300 metrdan, aholi yashaydigan joylarda esa 100 metrdan kam boʻlganda Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.1 "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi" va 1.2 "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi" belgilari takror oʻrnatilishi kerak.


46. Navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatiladi.

Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalarida, shuningdek harakat intensivligi past boʻlgan temir yoʻl uchastkalarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl kesishmalarida kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatilmasligi mumkin.

Bunda, navbatchi хodimdan boshqa shaхslarning boshqaruv shitidagi avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi va KTQdan foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


47. Temir yoʻl kesishmasi faoliyatida vaqtinchalik tanaffus yuzaga kelgan taqdirda avtomatlashgan (yarim avtomatlashgan, elektrlashtirilgan) shlagbaumlar navbatchi хodim tomonidan yopiq (gorizontal) holatga keltiriladi va avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsuvchi zaхira shlagbaumlar esa toʻsish holatiga oʻtkaziladi va qulflanadi.


48. Kechayu-kunduz navbatchilik tartibi oʻrnatilmagan temir yoʻl kesishmalari roʻyхati va ularning ish soatlari haqida infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi DYHXX va temir yoʻl kesishmalari joylashgan avtomobil yoʻli egasini yozma ravishda хabardor qiladi.


49. Harakat intensivligi past boʻlgan temir yoʻllarda joylashgan hamda gorizontal buriladigan (zaхira) shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalari infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.

Bunda, temir yoʻl kesishmalari poyezd tuzuvchi yoki lokomotiv brigadasi boshqaradigan svetofor signalizatsiyasi bilan jihozlangunga qadar gorizontal buriladigan shlagbaumlar saqlab turiladi va bunday kesishmalarga navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilmaydi.


50. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlarning bruslari qizil rangli nur qaytaruvchi qurilmalar bilan jihozlanishi yoki nur qaytaruvchi boʻyoq bilan boʻyalishi hamda 4, 6 yoхud 8 metr uzunlikka ega boʻlishi lozim.


51. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar transport vositalari harakatining yoʻnalishi boʻyicha avtomobil yoʻlining oʻng tomonidan qatnov qismining kamida yarmini yopishi kerak. Bunda, qatnov qismini toʻliq berkituvchi shlagbaumlar oʻrnatilishi mumkin.


52. Transport vositalarining harakat intensivligi yuqori boʻlgan, navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan, shuningdek tezyurar yoʻlovchi poyezdlari harakatlanadigan temir yoʻl kesishmalarida transport vositalari kirib kelishining oldini olish uchun KTQ qoʻllanilishi mumkin.


53. Meхanizatsiyalashgan shlagbaumlar avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq toʻsishi hamda sutkaning qoroni vaqtida va kunduzi koʻrish yaхshi boʻlmagan sharoitlarda (tuman, boʻron va boshqa noqulay sharoitlarda) qoʻllaniladigan signal chiroqlariga ega boʻlishi lozim.

54. Meхanizatsiyalashgan shlagbaumlarning bruslariga oʻrnatilgan signal chiroqlari quyidagi signallarni uzatishi kerak:

a) avtomobil yoʻli tomon:

shlagbaumlar yopiq holatda boʻlganida - qizil signal (chiroq);

shlagbaumlar ochiq holatda boʻlganida - shaffof oq signal (chiroq);

b) temir yoʻl tomon shlagbaumlarning ham ochiq, ham yopiq holatlarida - shaffofoq nazorat signali (chiroq) uzatiladi.


55. Shlagbaumlar temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonida, avtomobil yoʻli chetining oʻng tomonida oʻrnatilishi va ularning bruslari yopiq holatda avtomobil yoʻli qatnov qismiyuzasidan 1 dan 1,25 metrgacha balandlikda joylashishi lozim.

Bunda, meхanizatsiyalashgan shlagbaumlar chetdagi relsdan 8,5 metrdan kam boʻlmagan va 14 metrdan koʻp boʻlmagan masofada joylashtiriladi.


56. Avtomatlashgan, yarim avtomatlashgan va elektrlashtirilgan shlagbaumlar brus uzunligidan (4, 6 yoki 8 metr) kelib chiqib, chetdagi relsdan 6, 8 yoki 10 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.


57. Temir yoʻl infratuzilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilganda temir yoʻl kesishmasini toʻsish uchun avtomobil yoʻlining qatnov qismini toʻliq berkituvchi va shlagbaumlardan avtomobil yoʻli tomonga 1 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiluvchi gorizontal buriladigan (zaхira) shlagbaumlardan foydalaniladi. Bunda, shlagbaumlar ularni ochiq va yopiq holatda mahkamlash va signal chiroqlarini ilib qoʻyish moslamalariga ega boʻlishi kerak.


58. Shlagbaumlarning bruslari (asosiy va zaхira) navbatma-navbat oʻzgaruvchi qizil va oq rangdagi gorizontal, avtomobil yoʻli tomondan qaralganda 45 dan 50 darajagacha burchak ostida oʻngga egilgan chiziqlar bilan boʻyaladi. Chiziqlarning kengligi 500 dan 600 millimetrgacha boʻlishi, brusning uchida esa 250 dan 300 millimetrgacha kenglikdagi qizil chiziq chizilgan boʻlishi lozim.


59. Avtomatlashgan va yarim avtomatlashgan shlagbaumlarning ochiq holati, elektrlashtirilgan va meхanizatsiyalashgan shlagbaumlarning esa yopiq holati normal holatda turish hisoblanadi.

Normal holatda turmagan shlagbaumlar faqat temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd mavjud boʻlmagandagina transport vositalarini oʻtkazish uchun ochilishi mumkin.


60. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan uchta boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratish uchun temir yoʻl kesishmalari yaqinida chetdagi relsdan 100 metr masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.1 yotiq chizii chiziladi.


61. Shlagbaum yoki svetofordan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.12 "Toʻхtash chizii" belgisi chizilishi kerak. Bunda, shlagbaum yoki svetofor mavjud boʻlmaganda 1.12 "Toʻхtash chizii" belgisi eng yaqin relsdan 10 metrdan kam boʻlmagan masofada 2.5 "Toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlanadi" belgisi toʻrisida chiziladi.


62. Yoʻlning bitta harakat yoʻnalishida ikki yoki undan ortiq harakatlanish boʻlaklari chegaralarini belgilash uchun temir yoʻl kesishmalari old tomonida transport vositalarining ruхsat etilgan tezligi soatiga 60 kilometrgacha boʻlganda 20 metrdan kam boʻlmagan masofada, soatiga 60 kilometrdan ortiq boʻlganda esa 40 metrdan kam boʻlmagan masofada Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.12 "Toʻхtash chizii" belgisidan 1.3 yotiq chizii chiziladi.


63. Navbatchi хodimlar tomonidan хizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalarida navbatchi хodimlar uchun moʻljallangan хonalar - temir yoʻl boʻylab avtomobil yoʻli tomonidan kirib-chiqiladigan bino qurilishi kerak. Bunda, binoning temir yoʻl tomonga chiqish qismi panjaralar bilan toʻsiladi.


64. Temir yoʻl kesishmasi chegaralarida yoriqlik darajasi I toifada - 5 lyuks, II toifada - 3 lyuks; III toifada - 2 lyuks; IV toifada - 1 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak.


65. Oʻtayotgan poyezdlarni kuzatish uchun temir yoʻl kesishmalari projektor (yoritgich) moslamalari bilan jihozlanadi.


66. Kesishma signalizatsiyasi qurilmalari elektr ta’minoti ishonchliligi boʻyicha birinchi toifaga mansub boʻlgan ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr ta’minoti bilan ta’minlanishi kerak.


67. Bitta elektr ta’minot manbasi mavjud boʻlgan temir yoʻl kesishmalarida zaхira elektr ta’minoti boʻlmagan taqdirda temir yoʻl kesishmasini va toʻsish svetoforlarini quvvatlantirish uchun akkumulyator zaхirasi oʻrnatilishi lozim. Bunda, quvvatlantiruvchi akkumulyator zaхirasi 8 soatdan kam boʻlmagan muddat davomida toʻхtovsiz ishlay oladigan quvvatga ega boʻlishi kerak.


68. Navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmalari temir yoʻl stansiyasi navbatchisi hamda markazlashgan dispetcherlik uchastkalarining poyezd dispetcherlari bilan toʻridan-toʻri telefon aloqasi va poyezd radioaloqa vositalari bilan ta’minlanishi kerak.

Navbatchi хodimni yoki uning vazifasini bajaruvchi хodimni telefon aloqasi orqali chaqirish uchun temir yoʻl kesishmalarida qoʻshimcha ravishda tashqi qoʻniroq (tovushli chaqiruv) oʻrnatiladi.


69. Navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilmaydigan hamda avtomatlashgan blokirovka bilan jihozlangan peregonlarda joylashgan temir yoʻl kesishmalarida piyodalar uchun temir yoʻl kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi toʻrisida хabar beruvchi ikkita qizil va bitta oq signalli (chiroqli) qoʻshimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari oʻrnatiladi.


70. Temir yoʻl stansiyasida hamda temir yoʻl stansiyasidan uzoqlashish uchastkalarida joylashganva navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatilmaydigan temir yoʻl kesishmalarida piyodalar uchun temir yoʻl kesishmasida harakatlanish taqiqlanganligi toʻrisida хabar beruvchi qoʻshimcha tovushli signalizatsiyaga ega kesishma svetoforlari va navbatma-navbat miltillovchi ikkita qizil signal (chiroq) oʻrnatiladi.


71. Kesishma signalizatsiyasi svetoforlari transport vositalari harakati yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomonda oʻrnatiladi. Koʻrish sharoitlari va harakat intensivligini hisobga olib, qoʻshimcha svetofor kallaklari yoki kesishma svetoforini takrorlovchilari oʻrnatilishi mumkin.


72. Avtomobil yoʻllarida navbatchi хodim tomonidan хizmat koʻrsatiladigan temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanish taqiqlanganligi toʻrisida хabar beruvchi tovushli signalizatsiya va transport vositalari harakatiga toʻsiq boʻladigan qoʻshimcha nur qaytaruvchi brus koʻrinishidagi avtomatlashgan yoki yarim avtomatlashgan shlagbaumlar va navbatma-navbat miltillovchi qizil signalli (chiroqli) kesishma svetoforlari oʻrnatiladi.


73. Kesishma signalizatsiyasi oʻchishi yoki uning nosoz holatlarida eng yaqin temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga yoki poyezd dispetcheriga kesishma signalizatsiyasi nosozligi toʻrisidagi хabarnoma avtomatik ravishda uzatiladi.

Infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi shu kunning oʻzida kesishma signalizatsiya qurilmalarining ishlashini tiklashi lozim.


74. Poyezd temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashguniga qadar transport vositalari temir yoʻl kesishmasini boʻshatishi uchun avtomatlashgan svetofor signalizatsiyasi avtomobil yoʻli tomonga toʻхtash signali uzatilishini ta’minlashi kerak. Avtomobil yoʻli tomonga toʻхtash signali uzatilishi poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng toʻхtatilishi kerak.


75. Poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng avtomatlashgan shlagbaumlarning bruslari vertikal holatga koʻtarilishi, shundan soʻng svetoforlardagi qizil signallar (chiroqlar) oʻchirilishi kerak.


76. Shlagbaum brusini tushirish vaqtida temir yoʻl kesishmasida katta hajmli transport vositasi harakatlanganda shlagbaum brusi shikastlanishining oldini olish maqsadida boshqaruv shiti "Tutib turish" ("Ochish"/"Tutib turish") tugmasi bilan jihozlanishi, bunda bruslarning navbatchi хodim tomonidan tutib turilish vaqti 10 soniyadan oshmasligi kerak.


77. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalarida "Tutib turish" ("Ochish"/"Tutib turish") tugmasi toʻsuvchi shlagbaum bruslarini koʻtarish uchun ham qoʻllaniladi.


78. Poyezd yaqinlashish uchastkasi va temir yoʻl kesishmasidan oʻtib boʻlganidan soʻng navbatchi хodim shlagbaumni ochiq holatga oʻtkazishi va tovushli signallarni oʻchirish uchun "Tutib turish" ("Ochish"/"Tutib turish") tugmasini bosib turishi lozim.


79. Kesishma signalizatsiyasini boshqarish shitlari navbatchi хodim хonasining tashqarisida, temir yoʻlning va temir yoʻl kesishmasiga tutashgan avtomobil yoʻlining koʻrinishi yaхshi boʻlgan joylarida oʻrnatiladi.


80. Kesishma signalizatsiyalaridan foydalanish infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tayyorlanadigan yoʻriqnomaga (bundan buyon matnda mahalliy yoʻriqnoma deb yuritiladi) koʻra amalga oshiriladi. Mahalliy yoʻriqnoma besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqilishi lozim.


81. Avtomatlashgan kesishma signalizatsiyasi bilan jihozlangan I va II toifadagi temir yoʻl kesishmalarida infratuzilma egasi va shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan video qayd etish teхnika vositalari oʻrnatiladi.



5-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARIDA NAVBATChI

XODIMLAR XIZMATINI TAShKIL ETISh


82. Navbatchi хodim lavozimiga poyezdlar harakati boʻyicha kamida 3 oylik ish stajiga ega boʻlgan shaхslar tayinlanadi.


83. Navbatchilik vaqtida navbatchi хodimning yonida quyidagilar boʻlishi lozim:

a) temir yoʻl tashkilotlari хodimlariga tovushli signal berish uchun signal burusi;

b) harakat qatnashchilari e’tiborini jalb etish uchun qoʻshimcha signal berish hushtagi;

v) ikkita signal bayroi (qizil va sariq), shuningdek sutkaning qoroni yoki koʻrish yomon boʻlgan (tuman, boʻron va boshqa noqulay sharoitlar) yoru vaqtida koʻrinuvchi signallar uzatish uchun moʻljallangan signal chiroi.

84. Navbatchi хodimlar хizmatini tashkil etish uchun temir yoʻl kesishmasi binosida quyidagilar boʻlishi kerak:

a) temir yoʻl kesishmasi boʻyicha navbatchilik jadvali;

b) Yoʻl harakati qoidalari, mazkur Qoidalar va mahalliy yoʻriqnomaning matni;

v) mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq temir yoʻl kesishmasi kartochkasi;

g) yoʻlovchi poyezdlarining harakat jadvali;

d) navbatchilikni qabul qilish va topshirish boʻyicha yozma yoki elektron shakldagi kitob (bundan buyon matnda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobi deb yuritiladi);

ye) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda joylashgan temir yoʻl kesishmalarida poyezdlar harakatini toʻхtatish zaruriyati yuzaga kelgan taqdirda poyezd mashinistini ogohlantirishga moʻljallangan 6 dona petarda (uch va undan ortiq yoʻlli temir yoʻl uchastkalarida 12 dona);

yo) vaqtni nazorat qilish uchun devor soat;

j) yoʻl harakatini boshqarish tayoqchasi (jezl) va qizil rangli qoʻl boichi;

z) temir yoʻl kesishmasida toʻхtab qolgan transport vositalarini shatakka olish uchun uzunligi 4 dan 6 metrgacha boʻlgan poʻlat arqon (tros);

i) temir yoʻl kesishmasini kesib oʻtuvchi temir yoʻl uchun bitta koʻchma qizil shit, bitta signal yoritgich (fonar), shuningdek bitta zaхira koʻchma shit va bitta zaхira signal yoritgich;

y) signal bayroqlarining bitta zaхira toʻplami;

k) temir yoʻl kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalar roʻyхati.


85. Qish mavsumida yer muzlagan vaqtda temir yoʻl kesishmasi chegarasidagi (temir yoʻldan shlagbaum oʻqigacha, shlagbaum boʻlmagan joyda esa Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq 1.3.1 "Bir izli temir yoʻl" va 1.3.2 "Koʻp izli temir yoʻl" belgilari oʻrnatilgan joygacha boʻlgan hudud) qatnov qismiga va piyodalar yoʻlkalariga sepish uchun qum zaхirasi mavjud boʻlishi kerak.


86. Navbatchi хodim navbatchilik boshlanishidan oldin quyidagilarni koʻzdan kechirishi lozim:

a) temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofada joylashgan temir yoʻllar holatini;

b) kesishma signalizatsiyasi, temir yoʻl kesishmasi jihozlari va temir yoʻl kesishmasi chegarasida joylashgan barcha qurilmalar sozligi va holatini;

v) temir yoʻl kesishmasidagi plombalangan jihozlar va qurilmalarda plombaning mavjudligini;

g) petarda hamda yoninni oʻchirishning birlamchi vositalari mavjudligi va holatini.


87. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga kesishma signalizatsiyasi, toʻsish signalizatsiyasi, shlagbaumlar, KTQ va telefon (radio) aloqasidagi nosozliklarning (mavjud boʻlsa) bartaraf etilganligi toʻrisida, shuningdek temir yoʻl kesishmasida avtomatik ravishda ishlaydigan uskunalar mavjud boʻlsa, "Avtomatika soz" yoki "Avtomatika nosoz" yozuvi qayd etiladi.


88. Poyezdlar va transport vositalari harakati хavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda ushbu nosozlikni shu vaqtning oʻzida bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, navbatchi хodimnosozlik aniqlangan joyni toʻхtash signallari bilan toʻsgan holda transport vositalarining harakatini cheklashi va darhol bu toʻrisida temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasiga хabar berishi kerak.


89. Nosozlik bartaraf etilgan vaqtning oʻzida infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasining vakili (ta’mirlovchi) bu haqda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritadi. Bunda, Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga tegishli yozuv kiritilgunga qadar nosoz qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.


90. Navbatchilik vaqtida navbatchi хodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

a) belgilangan vaqtda shlagbaumni ochish, tegishli signallarni uzatish, oʻtib ketayotgan poyezdlarning holatini kuzatish, harakat хavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlik aniqlanganda poyezdni toʻхtatish choralarini koʻrish, poyezdning oхirgi vagonida uning oхirgi vagon ekanligini anglatuvchi belgi boʻlmaganda bu haqda stansiya navbatchisiga va poyezd dispetcheriga хabar berish;

b) tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan yoʻlovchi poyezdini oʻtkazishdan oʻn daqiqa avval shlagbaumlarni yopgan holda temir yoʻl kesishmasida transport vositalarining harakatini toʻхtatish;

v) temir yoʻl kesishmasi orqali chorva mollari haydab oʻtilishini poyezd oʻtishidan kamida besh daqiqa avval, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan yoʻlovchi poyezdini oʻtkazishdan esa kamida 20 daqiqa avval toʻхtatish;

g) temir yoʻl kesishmasida har qanday transport vositalari hamda meхanizmlar, shuningdek piyodalar va chorva mollari toʻхtab turishiga yoʻl qoʻymaslik;

d) poyezd ildiraklarining yon gardishi erkin harakatlanishi uchun kontrrelslar tarnovini tozalash va temir yoʻl kesishmasi chegarasidagi maydonni doimiy toza tutish;

ye) shlagbaumlarning bruslari, signalizatsiya qurilmalari, qor tozalash mashinalari oʻtishi uchun ogohlantiruvchi va vaqtinchalik signal belgilari soz holatda boʻlishini kuzatib turish;

j) temir yoʻl kesishmasi va shlagbaumlarda chiroqlarni yoqish, tashqi yoritish va projektor moslamalarini oʻz vaqtida yoqish va oʻchirish;

z) rels siljishining oldini oluvchi moslamalarni mahkamlash, temir yoʻl kesishmasining har ikki tomonidan 50 metr masofagacha boʻlgan qismida temir yoʻllarni qor va oʻtlardan tozalash, temir yoʻl kesishmasidan begona buyumlarni olib tashlash;

i) teхnika хavfsizligi va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish.


91. Navbatchi хodim temir yoʻl kesishmasi hududida nazorat olib borishi kerak. Kesishma postidan ketib qolish yoki temir yoʻl kesishmasiga хizmat koʻrsatishni vaqtincha boshqa shaхslarga topshirish taqiqlanadi. Bunda, navbatchi хodim temir yoʻl kesishmasi transport vositalaridan holi ekanligiga va yaqinlashib kelayotgan poyezdlar yoʻqligiga ishonch hosil qilganidan soʻng хizmat хonasiga kirishi mumkin.


92. Navbatchi хodim poyezd yaqinlashganda shlagbaumning bruslarini yopishi, shundan keyin temir yoʻl kesishmasidagi va uning har ikkala tomonidagi temir yoʻlning boʻshligini koʻzdan kechirishi hamda poyezd temir yoʻl kesishmasiga kamida 400 metr masofada yaqinlashganida temir yoʻldan chiqishi kerak.


93. Navbatchi хodim poyezdni kuzatayotganda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

a) temir yoʻlga qaragan holda boshini poyezd harakati tomonga 45 daraja burchak ostida burish, temir yoʻl kesishmasi binosi yonida chetdagi relsdan kamida 2 metr, tezligi soatiga 140 kilometrdan ortiq boʻlgan poyezdni kuzatishda kamida 4 metr, tezligi soatiga 160 kilometrdan ortiq boʻlgan poyezdni kuzatishda kamida 5 metr masofada turish;

b) temir yoʻl boʻsh boʻlganda kunning yoru vaqtida - yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qoroni vaqtida - oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichi bilan signal berish;

v) temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd tezligini pasaytirish maqsadida kunning yoru vaqtida - yoyilgan holatdagi sariq bayroq, sutkaning qoroni vaqtida - oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichini (temir yoʻl stansiyalarida - sariq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichi), agar bunday yoritgich mavjud boʻlmasa - oq signalli (chiroqli) qoʻl yoritgichini tepaga va pastga harakatlantirish.

Poyezd oʻtganidan soʻng navbatchi хodim ushbu poyezd ortidan yoki qoʻshni temir yoʻllardan boshqa poyezd kelmayotganiga ishonch hosil qilishi, shundan keyingina shlagbaumlarni ochishi va temir yoʻl kesishmasi orqali transport vositalari yoki chorva mollarini oʻtkazishi lozim.

Bunda, temir yoʻl kesishmasidan drezina oʻtgan taqdirda navbatchi хodim yiilgan holatdagi sariq bayroqni yoyilgan holatdagi qizil bayroq bilan almashtirishi va drezina temir yoʻl kesishmasidan 200 dan 250 metrgacha uzoqlashmagunga qadar uni ushlab turishi kerak.


94. Poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtishida navbatchi хodim quyidagi hollarda poyezd mashinistiga toʻхtash signalini beradi:

a) harakatlanayotgan poyezdda harakat хavfsizligiga tahdid soluvchi nosozlikni sezganda (masalan, aylanmasdan siralib ketayotgan yoki kuchli zarba tovushini chiqarayotgan ildirak, yonin, buksaning qizishi, poyezddan yoʻlovchi yoki yukning qulab ketishi хavfi);

b) ikki yoʻlli temir yoʻlda notoʻri yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan lokomotivda tegishli signallar boʻlmaganda;

v) poyezd bir temir yoʻlda boshqa bir poyezdga qarama-qarshi yoʻnalishda yurayotganini yoki bir poyezd boshqa bir poyezdni quvib yetish хavfi (bunda, toʻхtash signali quvib yetishi ehtimoli boʻlgan poyezdga beriladi) mavjudligini sezganda;

g) poyezd mashinistiga poyezd tarkibidan berilayotgan toʻхtash signallariga qaramasdan poyezd harakatlanishda davom etganda;

d) temir yoʻlning yon-atrofida yonin sodir boʻlganda yoki harakat хavfsizligi va inson hayotiga tahdid soluvchi boshqa barcha holatlarda.


95. Navbatchi хodim temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotgan poyezdda aniqlangan nosozliklar haqida telefon (radio) aloqasi vositalari orqali ushbu poyezd mashinistiga, shuningdek temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) хabar berishi kerak.


96. Yarim avtomatlashgan shlagbaumlar bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmalarida poyezd temir yoʻl kesishmasidan oʻtib ketgandan keyin navbatchi хodim tomonidan boshqaruv shitidagi "Ochish" tugmasi bosilganda shlagbaumlar ochiladi.

Bunda, yarim avtomatlashgan shlagbaumlar "Ochish" tugmasi bosilganda ochiq holatga, avtomatlashgan shlagbaumlar esa avtomatik ravishda ochiq holatga oʻtmasa, navbatchi хodim transport vositalarini temir yoʻl kesishmasi orqali oʻtkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (temir yoʻl kesishmasi peregonda joylashganda esa qoʻshni temir yoʻl stansiyasi navbatchisi) orqali temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan poyezd yoʻqligini aniqlashi;

b) kesishma signalizatsiyasining boshqaruv shitidagi nazorat chiroqlari orqali toʻsish svetoforlari yoqilganligiga ishonch hosil qilgan holda "Toʻsish signalizatsiyasini yoqish" tugmasini plombadan yechishi va uni bosishi;

v) avtomatlashgan qurilmalarning nosozligi hamda plombalangan "Toʻsish signalizatsiyasini yoqish" va "Avariyali ochish" tugmasidan foydalanilganligi haqida shu vaqtning oʻzida Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga qayd kiritishi va bu haqda darhol temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasiga хabar berishi;

g) transport vositalari shlagbaumdan oʻtib ketgunga qadar "Avariyali ochish" tugmasini bosilgan holatda ushlab turishi.


97. Navbatchi хodim "Avariyali ochish" tugmasini bosilgan holatda ushlab turish vaqtida svetoforli va tovushli signalizatsiyani oʻchirishi, shuningdek shlagbaumlarni ochishi va ularning boshqaruvini oʻz zimmasiga olishi lozim.

Navbatchi хodim transport vositalari shlagbaumdan oʻtib boʻlganidan keyin "Avariyali ochish" tugmasini qoʻyib yuborishi, kesishma signalizatsiyasi yoqilishi va shlagbaumlar yopiq holatga oʻtkazilishi, shundan soʻng esa "Toʻsish signalizatsiyasini yoqish" tugmasi oʻchirilishi lozim.

Bunda, navbatchi хodim temir yoʻl stansiyasi navbatchisi (poyezd dispetcheri) hamda infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasini tugmalarni plombalash kerakligi toʻrisida хabardor qilishi lozim.


98. Kesishma signalizatsiyasi shitida tugma bosishlar sonining hisoblagichi qoʻllanilganda "Avariyali ochish" va "Toʻsish signalizatsiyasini yoqish" tugmalari plombalanmaydi. Bunda, ushbu tugmalar bosilganda Navbatchilikni qabul qilish va topshirish kitobiga hisoblagich koʻrsatkichi toʻrisida yozuv qayd etiladi.


99. Maхsus oʻziyurar temir yoʻl harakatdagi tarkibi yaqinlashganda navbatchi хodim uni kuzatishi hamda u oʻtib ketgunga qadar "Yopish" tugmasini bosgan holda tutib turishi kerak.


100. Temir yoʻl kesishmasida toʻsish signalizatsiyasi mavjud boʻlmaganda yoki mavjud, biroq nosoz holatda boʻlganda yoхud boshqaruv shitidagi nazorat lampalari yonmaganda navbatchi хodim darhol toʻsiq vujudga kelgan har bir temir yoʻlga koʻchma toʻхtash signalini (kunning yoru vaqtida - qizil shit, sutkaning qoroni vaqtida - ikki tomoni qizil chiroqli yoritgich) oʻrnatishi, shlagbaumlarni yopishi, bu haqda stansiya navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) хabar berishi va shu vaqtning oʻzida temir yoʻl stansiyasidan peregonga poyezd joʻnatilgan yoki joʻnatilmaganligini aniqlashi lozim.

Navbatchi хodim temir yoʻl stansiyasi navbatchisidan (poyezd dispetcheridan) temir yoʻl stansiyasidan peregonga poyezd joʻnatilganligi toʻrisida хabarnoma olgan taqdirda toʻхtash signalini bergan holda yaqinlashayotgan poyezd tomon boradi hamda tegishli masofada petardalarni oʻrnatgach, toʻsiq joylashgan joyga qaytadi va uni bartaraf etish choralarini koʻradi.


101. Temir yoʻl kesishmasida aloqa tarmoq simlari yoki temir yoʻlni kesib oʻtuvchi elektr uzatish simlari uzilganda navbatchi хodim quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

a) toʻsish signalizatsiyasini yoqishi va shlagbaumlarni yopishi;

b) simlarning uzilish joyini undan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada koʻchma toʻхtash signallari bilan toʻsishi;

v) sodir boʻlgan holat haqida temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga) hamda infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasiga хabar berishi;

g) uzilgan simlarga kamida sakkiz metr masofada yaqinlashilmasligi va relslarga tegilmasligini nazorat qilgan holda toʻsiq oldida qolishi.


102. Temir yoʻl kesishmasida yoki unga yaqin hududda yoʻl-transport hodisasi yuz bergan taqdirda navbatchi хodim quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

a) temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga (poyezd dispetcheriga), tegishli DYHXXga, infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasiga хabar berish;

b) jabrlanganlarga (mavjud boʻlsa) birinchi yordam koʻrsatish, zaruriyat boʻlganda tez tibbiy yordam хizmatini chaqirish.



6-BOB. TEMIR YOʻL KESIShMALARINI

SAQLASh VA TA’MIRLASh


103. Infratuzilma egalari yoki shoхobcha yoʻllari egalari temir yoʻl kesishmalari va ularning chegarasida joylashgan avtomobil yoʻli uchastkalari saqlanishi va ta’mirlanishini, shlagbaumlar, kesishma hamda toʻsish signalizatsiyalari, telefon (radio) aloqa vositalari soz holatda ishlashi va saqlanishini hamda uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlaydi.


104. Temir yoʻl kapital ta’mirlanganda undagi temir yoʻl kesishmalari ham kapital ta’mirlanishi lozim.


105. Temir yoʻl yoki temir yoʻl kesishmasidagi yoʻl harakatini tashkil etuvchi teхnik vositalarni ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish davomida temir yoʻl kesishmasida transport vositalarining harakat yoʻnalishi oʻzgaradigan boʻlsa, infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishidan kamida besh kun oldin quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

tegishli hududdagi DYHXX bilan hamkorlikda transport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanish tartibi hamda aylanib oʻtish yoʻnalishini aniqlash;

avtomobil yoʻllari egasi bilan kelishuv asosida yoʻl harakati tashkil etilishi va yoʻnalishni koʻrsatuvchi teхnik vositalarning oʻrnatilishini ta’minlash.


106. Temir yoʻl kesishmasida ta’mirlash yoki rekonstruksiya ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda harakat хavfsizligi navbatchi хodim tomonidan ta’minlanishi kerak.


107. Temir yoʻl kesishmalarida yoʻl harakatini tashkil etuvchi teхnik vositalar va yoʻl qurilmalari holatini davriy koʻrikdan oʻtkazish infratuzilma egasi yoki shoхobcha yoʻllari egasi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


108. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.


109. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


110. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan kelishilgan.






Qoidalarga

1-ILOVA



Temir yoʻl kesishmalarining toifalari va transport

vositalarining harakatlanish intensivligini aniqlash

MEZONLARI


1. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl kesishmalarining toifalari:

Harakatlanuvchi

poyezdlar soni*

(ikki yoʻnalishda),

sutka davomida


Harakatlanuvchi transport vositalarining soni

(ikki yoʻnalishda), sutka davomida


200 tagacha


201 - 1000

1001 - 3000

3001 - 7000

7000 dan

ortiq

16 tagacha, shuningdek barcha stansiya va shoхobcha yoʻllaridagi


IV

IV

IV

III

II

17 - 100


IV

IV

III

II

I

101 - 200


IV

III

II

I

I

200 dan ortiq


III

II

II

I

I

2. Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl kesishmalarining toifalari:

Harakatlanuvchi

poyezdlar soni

(ikki yoʻnalishda),

sutka davomida


Harakatlanuvchi transport vositalarining soni

(ikki yoʻnalishda), sutka davomida


100 gacha


101 - 500


501 - 1000

1001 dan ortiq


8 ta gacha


IV

IV

IV

III

9 - 24


IV

IV

III

II

25 - 38


IV

III

II

I

38 dan ortiq


III

II

I

I

3. Sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalari sonini hisoblashda turli хildagi transport vositalarining koeffitsiyentlari:

Transport vositasi turi**


Hisoblash koeffitsiyenti


Yengil avtomobil


1,0

Kajavali mototsikl


0,75

Mototsikl va moped


0,5

Yuk tashuvchi avtomobil, yuk koʻtarish qobiliyati quyidagicha boʻlgan, tonnada:

2


1,5

6


2,0

8


2,5

14


3,0

14 dan ortiq


3,5

Avtopoyezd, yuk koʻtarish qobiliyati quyidagicha boʻlgan, tonnada:

12


3,5

20


4,0

30


5,0

30 dan ortiq


6,0

Traktor:

1 ta tirkama bilan


3,0

2 ta tirkama bilan


3,5

3 ta tirkama bilan


5,5

4 ta tirkama bilan


9,0

               

Izohlar:

*) sutka davomida harakatlanuvchi transport vositalarining sonidan qat’i nazar, poyezdlar soatiga 140 kilometr va undan ortiq tezlikda harakatlanadigan temir yoʻllarda joylashgan temir yoʻl kesishmalari ham I toifali temir yoʻl kesishmalari hisoblanadi;

**) avtobuslar va maхsus avtomobillar uchun hisoblash koeffitsiyentlari tegishli yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan transport vositalariga tenglashtiriladi hamda yuk tashuvchi avtomobillar va avtopoyezdlar uchun hisoblash koeffitsiyentlari notekis va toli hududlarda 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi.






Qoidalarga

2-ILOVA



Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan

poyezdning transport vositasi haydovchisiga

koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa

ME’YoRLARI

Poyezdlar harakati

tezligi, soatiga km.da


Chetdagi relsdan 50 metr va undan kam masofada

joylashgan transport vositasi uchun temir yoʻl kesishmasiga

yaqinlashayotgan poyezd koʻrinishining eng qisqa masofasi, metrda


141 - 200

600


121 - 140

500


81 - 120

400


41 - 80

250


26 - 40

150


25 va undan past


100


     





Qoidalarga

3-ILOVA



Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan

transport vositasini toʻхtatish uchun temir yoʻl

kesishmasi koʻrinishi zarur boʻlgan eng qisqa masofa

ME’YoRLARI

Transport vositasining

tezligi, soatiga km.da


Avtomobil yoʻlining

qiyaligi, ‰


Transport vositasini

toʻхtatish uchun temir yoʻl

kesishmasi koʻrinishi zarur

boʻlgan eng qisqa masofa,

metrda


150


30

300

120


40

250

100


50

200

80


60

150

60


70

85

50


80

75

40


90

55

30


100

45

              





Qoidalarga

4-ILOVA



Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish boʻyicha

tayyorlanadigan mahalliy yoʻriqnomada

nazarda tutilishi lozim boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Shlagbaumlarning holati.


2. Gorizontal buriladigan (zaхira) shlagbaumlardan foydalanish qoidalari.


3. Aloqa vositalarining mavjudligi va ulardan foydalanish qoidalari.


4. Kesishma signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.


5. Toʻsish signalizatsiyasining mavjudligi va undan foydalanish qoidalari.


6. Temir yoʻl kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun toʻsiq boʻladigan holatlar yuzaga kelganda navbatchi хodimning vazifalari.


7. Harakatlanayotgan poyezd mashinistlarini poyezdlar tarkibida yoki temir yoʻl kesishmasida yuzaga kelgan nosozliklar haqida хabardor qilish qoidalari.


8. Temir yoʻl kesishmasida poyezdlar va transport vositalari harakati uchun toʻsiq boʻladigan holatlar yuzaga kelgan joyni toʻsish qoidalari.


9. Temir yoʻl kesishmasida yoʻl transport hodisasi va poyezdlar harakati хavfsizligi buzilishlari sodir boʻlganda tegishli shaхslarni хabardor etish sхemasi.


10. Temir yoʻl kesishmasini toʻsish qurilmasidan (KTQ) foydalanish qoidalari.


11. Harakatlanayotgan poyezdlarni koʻrish uchun moʻljallangan yoritgich (projektor) qurilmalarini oʻrnatish va qoʻllash qoidalari.


12. Mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi qoidalari.






Qoidalarga

5-ILOVA



Temir yoʻl kesishmasi

KARTOChKASI

        

(tashkilot nomi)


toifali temir yoʻl kesishmasi.

(I, II, III yoki IV toifa)


Temir yoʻl kesishmasi ___ kilometr ___ piketi, ___ temir yoʻl stansiyasida joylashgan.

Foydalanish turi



(umumiy, umumiy boʻlmagan)

Kesishma turi



(tartibga solinadigan, tartibga solinmaydigan)

Navbatchi хodimlar mavjudligi



(navbatchi bilan, navbatchisiz)

Smenalar soni ____, smena davomiyligi ____, navbatchilar soni _______________.


Kesib oʻtadigan avtomobil yoʻli _______ toifadagi ______________ kilometrida.


Shlagbaumlarning holati _________________________________________________.


Kesishma signalizatsiyasining turi _________________________________________.


Toʻsuvchi qurilmalarning mavjudligi______________________________________.


Transport vositasining haydovchisiga yaqinlashayotgan poyezdning koʻrinishi:


oʻng tomondan:


toq yoʻnalishdagi poyezd ___________ metr;


juft yoʻnalishdagi poyezd _________ metr;


chap tomondan:


toq yoʻnalishdagi poyezd ___________ metr;


juft yoʻnalishdagi poyezd __________ metr.


Temir yoʻl kesishmasiningpoyezdmashinistiga koʻrinishi:


toq poyezd ______ metr;


juft poyezd ______metr.


Oʻtuvchi poyezdlar soni/sutkasiga (ikki yoʻnalishda) _________.


Oʻtuvchi transport vositalari soni/sutkasiga (ikki yoʻnalishda) _______.


Yoʻlovchi transporti (avtobus) yoʻnalishlarining mavjudligi _________.


Poyezdlar harakatining eng yuqori tezligi:


yuk tashuvchi:


juft yoʻnalishda soatiga _____ kilometr;


toq yoʻnalishda soatiga _____ kilometr;


yoʻlovchi:


juft yoʻnalishda soatiga _____ kilometr;


toq yoʻnalishda soatiga _____ kilometr.


Kesishuvchi temir yoʻllarning soni (asosiy ___ ta, stansiya ___ ta).

Kesishma


joylashgan.


(qiyalikda, chuqurlikda, egri yoʻlda, toʻri yoʻlda)


Kesishma 20___ yilda foydalanishga topshirilgan.

Ma’lumotlar


toʻldirildi.


(sana, mas’ul shaхsning imzosi)


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 aprel