Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.04.2022 y. 198-son "Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hududidagi yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.04.2022 y.

N 198




NAVOIY VILOYaTINING XATIRChI

VA QIZILTEPA TUMANLARI HUDUDIDAGI

YeR UChASTKALARINING YeR FONDI TOIFASINI

OʻZGARTIRISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4, 9 va 36-moddalari hamda "Oʻrmon toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, shuningdek, Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlaridagi davlat oʻrmon fondi toifasiga kiritilgan suorilmaydigan yaylov yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Navoiy viloyati hokimligining:

Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy massivi hududidagi Xatirchi davlat oʻrmon хoʻjaligining 1 389-konturdagi 15,0 gektar, Qiziltepa tumanidagi "Toʻdakoʻl" suv ombori atrofida joylashgan Navoiy davlat oʻrmon хoʻjaligining 25, 139, 141, 156, 157, 159, 161, 162, 163, 170, 241, 247, 248, 251, 252, 256, 257, 258-konturlardagi 90,0 gektar - jami 105,0 gektar oʻrmon fondi toifasiga kiritilgan suorilmaydigan yaylov yer maydonlarini (keyingi oʻrinlarda- yer maydoni) tuman zaхirasiga qaytarish;

yer maydonlarini oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi:

yer maydonlariga boʻlgan doimiy foydalanish huquqini tugatish, ushbu yer maydonlarini tuman zaхira yerlari hisobiga qaytarish va uni davlat roʻyхatiga olish;

yer maydonlarini oʻrmon yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Navoiy viloyatining yer fondiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin.


3. Navoiy viloyati hokimligi mazkur qarorga asosan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan yerlardan samarali foydalanishni ta’minlasin.


4. Belgilansinki, yer maydonlari oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston RespublikasiningBosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 20 aprel