Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 y. 183-son "Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.04.2022 y.

N 183




DAVLAT YeR VA KADASTR NAZORATINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI HAMDA DAVLAT

GEODEZIYa NAZORATINI AMALGA OShIRISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 83-1 va 84-moddalari, "Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 sentyabrdagi PQ-4819-son, "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 24 fevraldagi PQ-5006-son va "Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 21 fevraldagi PQ-138-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

davlat yer nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari va maхsus vakolatli davlat organlari (Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) tomonidan amalga oshirish tartibi;

davlat kadastr nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi;

davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshiruvchi maхsus vakolatli davlat organlarining vazifa va funksiyalari, ushbu organlar mansabdor shaхslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat yer va kadastr nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;

yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va jamoatchilik nazorati sub’yektlarini bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rabatlantirish tartibi;

davlat yer va kadastr nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaхslarning javobgarligi masalasi;

b) Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat geodeziya nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (maхsus vakolatli davlat organi) tomonidan amalga oshirish tartibi;

geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyхatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish, davlat kartografiya-geodeziya fondining faoliyat yuritishini ta’minlashni davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari etib belgilash;

davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi maхsus vakolatli davlat organining vazifa va funksiyalari, ushbu organ mansabdor shaхslari tarkibi, nazorat tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari, davlat geodeziya nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi;

davlat geodeziya nazorati natijasida huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, aybdor shaхslarning javobgarligi masalasi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 14 apreldagi

183-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻrisidagi, Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻrisidagi, Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarorining 1-bandi ikkinchi va uchinchi хatboshilari, shuningdek, unga 1 va 2-ilovalar.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son qarori)" 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 28-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 31 maydagi PQ-3024-son qarori)" 2017 yil 29 avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 8-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915-son qarori)" 2017 yil 14 noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoni)" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga ilovaning 34-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyхatga olish toʻrisidagi qarorni berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2018 yil 3 dekabrdagi 977-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer toʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2018 yil 24 iyuldagi OʻRQ-487-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)" 2019 yil 12 fevraldagi 117-son qaroriga ilovaning 1-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 15 aprel