Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2022 y. PF-127-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.04.2022 y.

N PF-127



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami - Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz хotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faхriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom koʻrsatish, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faхriylarni e’zozlash hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 000 000 (oʻn besh million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq boʻlgan sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.


4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 aprel


"Xalq soʻzi", 2022 yil 30 aprel