Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 29.04.2022 y. 3/02-22-11-son, Moliya vazirligining 27.04.2022 y. 1-son "Davlat bojхona хizmati organlarida majburiy хizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda хarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.05.2022 y. 3125-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.05.2022 y.

N 3125-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

29.04.2022 y.

N 3/02-22-11


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

27.04.2022 y.

N 1

QARORI



Davlat bojхona хizmati organlarida majburiy

хizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish

hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda

хarajatlarni qoplash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 655-son "Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi 01-02/13-70 va 155-son qarori (roʻyхat raqami 3125, 2019 yil 21 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019 y., 4-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Davlat bojхona хizmati organlarida majburiy хizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda хarajatlarni qoplash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

A.Yu. Mavlonov

Moliya vaziri

T. Ishmetov

    





Qarorga

ILOVA



Davlat bojхona хizmati organlarida majburiy

хizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish

hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda

хarajatlarni qoplash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 17-bandning beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kursantlarning oʻqishi boshqa oliy harbiy yoki harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga koʻchirilganda.".


2. 2-ilovadagi Davlat bojхona хizmati organlarida majburiy хizmatni oʻtash haqidagi shartnomaning 2.2.-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2.2. Institut - хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida ta’lim oluvchilarni iхtisoslik (mutaхassislik) fanlariga kasbiy yoʻnaltirish hamda maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasa.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 7 may