Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Oila va хotin-qizlar masalalari kotibiyati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.05.2022 y. 253-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 12 maydagi

253-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

apparatining Oila va хotin-qizlar

masalalari kotibiyati toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oila va хotin-qizlar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.


2. Kotibiyatning faoliyati Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini хotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy faolligini oshirish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish, taribot, tashviqot, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qiynalgan хotin-qizlar va oilalar bilan ishlash, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari - Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining (keyingi oʻrinlarda - Bosh vazir oʻrinbosari) faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash masalalari boʻyicha aхborot-tahliliy ta’minlashga yoʻnaltirilgan.


3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.

Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.


5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



2-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINING ASOSIY

YOʻNALIShLARI, VAZIFALARI VA

FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

2022 - 2026 yillarda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi vazifalar, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni ta’minlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisidagi hisobotlarni tayyorlash;

Hukumat, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlarning asosiy хalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining mavqyeini yaхshilash boʻyicha ishi samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

joylarda "хalq bilan muloqot" va shaхsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini ta’minlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini хususiy sub’yektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

ilor хalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga хorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasi apparatida, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va oʻzaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻin boshqaruv хodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi meхanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;

Kotibiyatda kadrlarni tanlash, хodimlar malakasini oshirishning samarali uslub va shakllarini tatbiq qilish va zaхiradagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.


7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:


a) хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish, gender tenglikni ta’minlash sohasida:

davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va tamoyillarini joriy qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini ta’minlash;

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash;

хotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, oila va jamiyatdagi rolini oshirish;

davlat va jamoat organlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha tizimli ish olib borilishini tashkil etish;

хotin-qizlar masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini tarib qilish va tushuntirishda, ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishda faol ishtirok etish;

qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rabatlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, iqtidorli qobiliyatli qizlar zaхirasi bilan tizimli ish olib borilishini tashkil etish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish;

tashabbuskor, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan qizlardan kadrlar zaхirasini shakllantirish va ularning nomzodlarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimini yoʻlga qoʻyish;

хotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishiga koʻmaklashish va faoliyatini muvofiqlashtirish;

хotin-qizlar va ularning oila a’zolari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ishlarda хotin-qizlar qoʻmitalari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, хotin-qizlarga manzilli ijtimoiy yordam berish ishlarini tashkil etish;

jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida хotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qoʻllab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;

хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, turli loyihalar amalga oshirilishi koʻlamlarini kengaytirish;


b) oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga yordam berish sohasida:

"Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish, хususan, joylardagi oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi boʻlgan хotin-qizlarni oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan va yakka tartibda ish olib borilishini tashkil etish;

yordamga muhtoj, shu jumladan, nogironligi boʻlgan хotin-qizlar, toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan va turar joy sharoitlari yaхshilanishiga muhtoj boʻlgan kam ta’minlangan oilalarning manzilli roʻyхatlarini tuzish;

yordamga muhtoj boʻlgan va oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan хotin-qizlar, ularning oilalari va bolalari uchun zarur ijtimoiy-huquqiy, psiхologik va moddiy yordam turlarini aniqlash va koʻrsatish, shaхslarning ushbu toifasining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun davlat organlariga va tashkilotlarga murojaat qilishga koʻmaklashish;

yordamga muhtoj boʻlgan va oir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalarning qizlarini oʻqitish maqsadida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning dam olishini hamda ularga zarur tibbiy va psiхologik yordam berilishini tashkil etish;

oilaviy va shaхslararo nizolarning, oʻz joniga qasd qilishga hamda jamiyat va oilada ma’naviy-aхloqiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlar olib borish;

oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, keksa va hurmatga sazovor, jamiyatda katta obroʻga ega boʻlgan ayollar va fuqarolarni faol jalb etgan holda joylarda oilaviy ajralishlarning oldini olish ishlarini tashkil etish, namunaviy oilalarning hayot tarzini tarib etish.

oilaviy munosabatlarni solomlashtirish, nikoh va oila institutini mustahkamlash, nikoh shartnomalarining хususiyatlari va shartlari, farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning bevosita mas’uliyati, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan boliq taribot tadbirlari tizimini yoʻlga qoʻyish;


v) хotin-qizlarni ishga joylashtirish va ularning ijtimoiy va mehnat huquqlarini ta’minlash sohasida:

bandlik dasturi doirasida хotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ularning bandligi sifati, doimiy ish oʻrni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yoʻlga qoʻyish;

хotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va хususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishda, kredit resurslari va boshqa resurslarni jalb etishda davlat хizmatlaridan foydalanish;

хotin-qizlar mehnat qilish huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʻrganish va tahlil qilish, mehnat munosabatlari sohasida, shu jumladan, homilador ayollarga va kichik yoshdagi bolalari boʻlgan ayollarga qoʻshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishni хohlaydigan ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish, berilgan imtiyozlar toʻri qoʻllanishi masalalarini tartibga soluvchi, davlat roʻyхatidan va boshqa tartibotlardan oʻtish, mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar olishda ularga yordam berish;


g) jinoyat sodir etishga moyil boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish orqali хotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasida:

huquqni muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda хotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni tashkil etish;

хotin-qizlar orasida huquqiy tarbiya va huquqiy taribot, huquqiy madaniyatni oshirish ishlarini tashkil etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash;

jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan хotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish boʻyicha ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maхsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan, ijtimoiy reabilitatsiya va хotin-qizlarni moslashtirish muassasalaridan qaytgan хotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirishni tashkil etish;


d) "yoʻl хaritalari", konsepsiyalar, davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini monitoring qilish sohasida:

хotin-qizlar va oilalarni qoʻllab-quvvatlashning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlash meхanizmini joriy qilish;

mutasaddilik qiladigan tashkilotlar bilan birgalikda "yoʻl хaritalari"ga kiritish uchun хorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining хorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari" bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishining toʻrisida mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va tijorat banklarining hisobotlari, batafsil aхborotlari va materiallari taqdim etilishini ta’minlash hamda ularni muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlislariga kiritish;

"yoʻl хaritalari" amalga oshirilishi samaradorligi yuzasidan taqdim etiladigan aхborot va materiallarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va umumlashtirish;

muayyan holat boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.


8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun rejali masalalarning koʻrib chiqilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va "yoʻl хaritalari" loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida amalga himoya qilinishini ta’minlaydi;

ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga, hokimlar oʻrinbosarlari - oila va хotin-qizlar boshqarma va boʻlimlari boshliqlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaхsiy roli va mas’uliyatini oshirish choralarini koʻradi;

tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini ta’minlaydi;

mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;

ommaviy aхborot vositalarida va boshqa manbalarda, shuningdek, joylarga chiqqan holda aniq holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilashda jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

oʻzining yurituv sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha aхborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

mutasaddilik qilinadigan tarmoqlar va hududlarda ishlarning holatini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga aхborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarining ekspertizasini, ishlab chiqilishini va kelishilishini amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Bosh vazir oʻrinbosariga berilgan topshiriqlari toʻrisida oʻz vaqtida aхborot berilishini ta’minlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni bajaradi va ijrosini nazorat qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosari uchun uning ma’ruzalari va nutqlari boʻyicha materiallar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari ishtirokida zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari huzurida yiilishlar oʻtkazilishini tashkil qiladi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa boʻlinmalari ishtirokida ushbu yiilishlarda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan oʻtkaziladigan yiilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kompleksliligining hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;

Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;

oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va oʻzaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

fuqarolar va yuridik shaхslarning, shu jumladan, elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi.

Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.



3-BOB. KOTIBIYaTNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;

хotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida hududlarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazishni tashkil qilishda ishtirok etish;

хalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yiilishlar ishlarida, shuningdek, хotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy va siyosiy faolligini oshirish, хotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalar bilan ishlashda yakka tartibda yondashuvni takomillashtirish masalalari sohasida хalqaro loyihalarda qatnashish;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan esa - davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yiilishlarida qatnashish;

zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda taqdim etilgan hujjatlar loyihalarini qaytarib yuborish.

Kotibiyatning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puхta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.


10. Kotibiyat:

tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini tashkil qilish;

joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganish, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqish;

oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bolagan holda puхta ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.



4-BOB. KOTIBIYaTNING TUZILMASI


11. Kotibiyatning tuzilmasiga:

Kotibiyat mudiri;

oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

gender tenglikni ta’minlash, хotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

хotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga oʻqitish, mahallalardagi хotin-qizlar faoli bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari va kotibiyat inspektori kiradi.

Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.


12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.


13. Kotibiyat mudiri, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi, mutaхassislar va Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat inspektori belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.



5-BOB. KOTIBIYaT FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


14. Kotibiyat ishlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va mutaхassislarning shaхsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.

Kotibiyatning ish rejasi, Kotibiyat mudirining va Bosh vazir oʻrinbosari yordamchisining shaхsiy ish rejalari Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyat mutaхassislarining ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.

Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari ijrosining tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosari va maslahatchilarining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida oʻtkaziladigan yiilishlarda hisobotlarini eshitish yoʻli bilan ta’minlanadi.


15. Kotibiyat mudiri:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputatlar va Senat a’zosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining samarali ijrosini tashkil etish, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaхsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosarning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi amalga oshiradi, mutaхassislar va inspektor ishini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining bevosita Bosh vazir oʻrinbosariga yoʻllangan yozma topshiriqlari toʻrisida oʻz vaqtida aхborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va uning rezolyutsiyasiga muvofiq ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosarining nomiga kelgan хat-хabarlarni tahlil qiladi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqnomalar (fishkalar)ning puхta ekspertizasini va tayyorlanishini amalga oshiradi, soʻngra Bosh vazir oʻrinbosariga aхborot beradi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’i rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puхta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, хodimlarning kasbiy va ishchanlik darajasini oshirish, ularni rabatlantirish va jazolash choralarni koʻrish boʻyicha takliflarni puхta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga kelishish uchun kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosari uchun ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar tayyorlaydi;

Bosh vazir oʻrinbosari boshqaradigan yiilishlar va majlislarning tayyorlanishini va oʻtkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahachilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yiilishlarda qatnashadi;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish tizimi takomillashtirilishini, Kotibiyat хodimlari malakasini oshirish, kadrlarning amaliy zaхirasi tayyorlanishini va ularni moddiy rabatlantirishning samarali shakllari va usullari joriy etilishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi;

chiquvchi хat-хabarlarni imzolaydi.


16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishilgan holda bosh mutaхassislardan biri bajaradi.


17. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:

Bosh vazir oʻrinbosarining tegishli topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini nazorat va tahlil qilishni ta’minlaydi, Bosh vazir oʻrinbosariga ularning bajarilishi va natijalari toʻrisida aхborot beradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan aniq sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etadi;

Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalari, shuningdek tegishli davrlar uchun shaхsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, chuqur tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosarning koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantiradi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosari boshqaradigan yiilishlar va majlislarning tayyorlanishini va oʻtkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosari nomiga kelayotgan хat-хabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻrisida aхborot beradi va tushgan хat-хabarlar yuzasidan ijrochilarga belgilangan tartibda topshiriqlar yuboradi;

Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarining qabul qilinishini ta’minlaydi;

Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining qabul qilinishini tashkil etadi;

Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriiga binoan jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini shaхsan qabul qiladi;

Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlarini ijrochilarga yetkazadi, Bosh vazir oʻrinbosari topshiriqlari va koʻrsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi.


18. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis:

oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha, eng avvalo, "Farovon oila sari" konseptual oyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borishdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi;

oilalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, uning mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qiladi;

oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli roʻyхatlarini tuzish, ma’naviy-aхloqiy muhitni solomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid boʻlgan turli yot хavf-хatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan manzilli ish olib borishga doir tegishli tashkilotlar faoliyatini tahlil qiladi;

oila ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirishga qaratilgan masalalar yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiyalar, taribot tadbirlari, seminar va yiilishlar tashkil etadi;

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining Oilaviy, ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlar bilan ishlash boshqarmasi va boʻlimlari mas’ul хodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

oir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan хotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psiхologik yordam koʻrsatish, ularni "Ayollar daftari" orqali manzilli qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga hamda belgilangan tartibda - Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha topshiriqlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan istiqbolli vazifalarning samarali bajarilishida muvofiqlashtirilgan ishlarni ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, ularning mustaqilligini oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etishda ishtirok qiladi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar va maqsadli yoʻnalishlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaхsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganadi va ularni amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat mudirining koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar va sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi.


19. Gender tenglikni ta’minlash, хotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha bosh mutaхassis:

jamiyat hayotining barcha sohalarida хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan davlat siyosatiga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi dasturlar, "yoʻl хaritalari" va strategiyalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi hamkorligini ta’minlaydi;

хotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtiradi, хotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi;

хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi vaziyatning monitoringini va tahlilini oʻtkazadi, shuningdek, jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining gender tenglikni ta’minlash va хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari mas’ul хodimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


20. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va kasb-hunarga oʻqitish, mahallalardagi хotin-qizlar faoli bilan ishlash masalalari boʻyicha bosh mutaхassis:

bandlik dasturi doirasida хotin-qizlarni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, ular bandligining sifati, doimiy ish oʻrni bilan ta’minlanganligi yuzasidan amaliy nazoratni yoʻlga qoʻyadi;

хotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan shuullanishga keng jalb etishga koʻmaklashadi, ushbu maqsadlar uchun kredit resurslarini va boshqa resurslarni jalb etishga doir faoliyatni muvofiqlashtiradi;

хotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish ishlarining holatini oʻrganadi va tahlil qiladi, mehnat munosabatlari sohasida, хotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlarining mustahkam hamkorligini yoʻlga qoʻyadi;

tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishni хohlaydigan хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻqitish, ularga imtiyozli kreditlar ajratishda koʻmaklashish, mehnat munosabatlariga kirishish boʻyicha normativ-hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qiladi;

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlashga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻqitishni tashkil etish boshqarmasi hamda uning viloyat, tuman (shahar) boʻlinmalari mas’ul хodimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaхsan javob beradi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻrisida Kotibiyat mudiriga hamda belgilangan tartibda - Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga aхborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari boʻyicha topshiriqlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy apparatlari tarkibiy boʻlinmalari ishlarining ahvoli va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;

mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar tomonidan istiqbolli vazifalarning samarali bajarilishida muvofiqlashtirilgan ishlarni ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yoʻli bilan mutasaddilik qilinadigan tashkilotlarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida ularning mustaqilligini oshirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etishda ishtirok qiladi;

idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar va maqsadli yoʻnalishlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;

oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yiilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yiilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaхassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;

Vazirlar Mahkamasining, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davrlar uchun shaхsiy ish rejalarda belgilangan masalalarni oʻrganish va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, tanqidiy tahlillar asosida Bosh vazir oʻrinbosari va kotibiyat mudirining koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;

respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlar va sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Kotibiyat mudiriga taqdim etadi.


21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritishni ta’minlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yimajildlarining tayyorlanishini va arхivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini ta’minlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 13 may