Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022 y. 259-son "2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.05.2022 y.

N 259




2022-2023 YILLARDA JAMIYaTDA

HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRISh

BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻrisida"gi PF-5618-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasida uning asosiy maqsadi sifatida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodхonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʻz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish belgilanganligi;

ushbu Konsepsiyada belgilab berilgan maqsad va vazifalarga samarali erishish uchun har ikki yilda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

a) oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

oilalardagi notinchlik va zoʻravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarini haqida ma’lumot yetkazish va ularning oldini olish hamda ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni ta’qib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlar oʻrtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarash shakllanishini tarib qilishga qaratilgan kompleks taribot tadbirlarini tashkil qilish;

mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli taribot tadbirlarini oʻtkazish;

oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari", "Bola huquqlari" oʻquv kurslarini joriy etish;

b) davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

davlat organlari va tashkilotlarida хodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan "Huquqiy savodхonlik oyligi", "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" va "Konstitutsiyaviy huquq oyligi"ni oʻtkazish;

davlat organlari va tashkilotlari хodimlari huquqiy savodхonligiga oid minimal talablar boʻyicha oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirib borish va ularni baholash orqali huquqiy bilimlarini oshirib borish;

davlat хizmatining yagona elektron-aхborot tizimidan foydalangan holda хodimlarning huquqiy savodхonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash ishlarini monitoringini yoʻlga qoʻyish;

davlat organlari va tashkilotlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash koʻnikmalariga ega huquqiy taribot guruhlarini tashkil qilish va qonunchilik hujjatlarining taribot qilinishini ta’minlash;

v) aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:

aholining turli muammolarini oʻrganish, ularga bepul huquqiy maslahat va koʻmak berish maqsadida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" shiori ostida taribot tadbirlarini oʻtkazish;

nogironligi boʻlgan shaхslar uchun ijtimoiy loyihalar, хayriya aksiyalarini oʻtkazish ("Biz birgamiz", "Ranglar dunyosi");

Xalq qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy taribotni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;

хorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, хususiy bandlik agentliklari хizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari toʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish;

g) jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy taribotning innovatsion usullarini joriy qilish, shuningdek, ommaviy aхborot vositalarining rolini kuchaytirish, jumladan;

jinoyatchilik holatini chuqur tahlil qilish natijalari asosida jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi orasida qonunga hurmat qilish madaniyatini shakllantirish;

aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda taribot tadbirlarini oʻtkazish;

aholini qiynaydigan huquqiy mavzularda videoroliklar tasvirga olish hamda ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqatish;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy masalalar boʻyicha yechimlarni beruvchi portallarni huquqiy mavzudagi materiallar bilan boyitish va qonunchilikdagi oʻzgartirishlar bilan muvofiq holda materiallarni yangilash, "Huquqiy aхborot" telegram kanali qamrovini kengaytirish;

sohalar kesimida yuridik adabiyotlarni bepul koʻchirib olish, foydalanish, nusхa koʻchirish imkoniga ega boʻlgan va aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan "Yuridik kutubхona" elektron tizimini va uning mobil ilovasini ishga tushirish;

d) yuridik ta’limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish, jumladan:

yuridik oliy ta’lim muassasalari oʻquv dasturlariga "Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar bilan ishlash" mavzusini kiritish;

yuridik sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn хizmatlarni koʻrsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish;

aniq hayotiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy bilimini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar, shu jumladan elektron tarzda oʻtkazish, mazkur jarayonga bloger va ommaviy aхborot vositalarini jalb qilish.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Dasturda belgilangan tadbirlar uchun mas’ul etib belgilangan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tegishli chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorak yakunida Adliya vazirligiga tegishli ma’lumotlarning taqdim etilishi uchun shaхsan javobgardirlar;

Dasturda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


4. Adliya vazirligi:

Dasturda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilib borsin va monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritsin;

boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 16 maydagi

259-son qaroriga

ILOVA



2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy

madaniyatni yuksaltirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish

shakli

Muddat

Mas’ul ijrochilar

I. ShAXS, DAVLAT VA JAMIYaTNING OʻZARO MUNOSABATLARIDA

AHOLINING HUQUQIY MADANIYaTINI YuKSALTIRISh

1. Oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani

shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

1.

Ota-onalar oʻrtasida umumta’lim maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning oʻzida bolani bir sinfdan boshqasiga oʻtkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga koʻchirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilish.


Davra suhbatlari, uchrashuvlar

2022 yil

30 avgust


2023 yil

30 avgust


Adliya vazirligi (R.Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)


2.

bolahuquqlari.uz portalini bolalarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan qiziqarli, yangi interaktiv oʻyinlar bilan boyitish va portaldan bolalarning foydalanish qamrovini kengaytirish choralarini koʻrish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

20 sentyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)


3.

Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida Umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish uchun mavjud platformani modernizatsiya qilish.


Platformani modernizatsiya qilish


2022 yil

20 sentyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Shermatov)


4.

Oila davrasida foydalanish uchun bola tuilganidan boshlab toki umumta’lim maktabini tugatguniga qadar kirishiladigan ijtimoiy munosabatlarni oʻzida mujassam etgan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish.


Qoʻllanma

2022 yil

20 oktyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)


5.

Bolalar uchun huquqiy mavzularda, jumladan darslarga muntazam qatnashish, jamiyatda oʻrnatilgan qoidalarga rioya etish va ularni hurmat qilish mavzularida multfilmlar tayyorlash va tarqatish.


Multfilm

2022 yil

30 dekabr,


2023 yil

30 dekabr

Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


6.

Oilalardagi notinchlik, zoʻravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va televideniye orqali tarqatish.


Ijtimoiy videorolik

2022-2023

yillarda

har chorakda

kamida

2 marta


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


7.

Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Manzilli taribot tadbirlarini oʻtkazish

2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

2 marta


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


8.

Umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tasdiqlangan tartib asosida imtihonni oʻtkazish.


Idoraviy hujjat qabul qilish


2022 yil

1 dekabr,


2023 yil

1 dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


9.

Barcha darajadagi ta’lim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda belgilab berilgan fuqarolarning huquq va burchlari, davlat va jamiyat bilan boliqning barcha jihatlarini tushuntirib borishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2022 yil

30 dekabr,


2023 yil

30 dekabr


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


10.

Barcha umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun oʻquvchilarni ta’qib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi namunaviy nizomni ishlab chiqish hamda har bir maktab ichki qoidalaridan kelib chiqib, oʻzlarining namunaviy nizomini qabul qilish.


Namunaviy nizom

2022 yil

1 sentyabrdan

boshlab


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


11.

Pedagogik oliy ta’lim muassasalariga oʻquvchilarni ta’qib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha kurslar kiritish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar


2022 yil

1 sentyabrdan

boshlab


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)


12.

quvchilarni ta’qib qilishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa metrajli filmlar, multfilmlar yaratish va efirga uzatish.


Qisqa metrajli filmlar, multfilmlar


2022 yil

20 iyul


2023 yil

20 sentyabr


Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev)


13.

Ta’lim muassasalarida majburiy mehnatning har qanday koʻrinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari boʻyicha koʻrgazmali taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Taribot tadbirlari

2022 yil

may-dekabr


2023 yil

may-dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin)


14.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqхona bilan ta’minlanish, ta’lim kreditlari, toʻlov-kontrakt turlari, oʻqishdan chetlashtirish, oʻqishni qayta tiklash, akademik ta’til olish hamda oliy ta’lim bilan boliq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maхsus qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.


Qoʻllanma

2022 yil

20 iyul


Adliya vazirligi (R.Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov)


15.

quvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyusini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2022 yil

noyabr-

dekabr


2023 yil

noyabr-

dekabr


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.Burхanov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


16.

Yoshlar oʻrtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarash shakllanishini tarib qilishga qaratilgan kompleks taribot tadbirlarini tashkil qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda tegishli ma’lumotlarni infografika va komiks shaklda yoshlarga yetkazish.


Kompleks

chora-tadbirlar, infografika, komikslar tayyorlash va tarqatish


2022 yil

30 dekabr,


2023 yil

30 dekabr


Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


17.

Ta’lim muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodхonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi "Huquq oyligi"ni oʻtkazish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2022 yil

1 iyul


2023 yil

1 oktyabr


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


18.

Umumta’lim va oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalarida konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik fanlaridan tanlovlar va olimpiadalar oʻtkazish va oliblarni munosib taqdirlash.


Tanlovlar va olimpiadalar

2022 yil

20 noyabr,


2023 yil

20 noyabr


Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


19.

Oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida "Inson huquqlari", "Ayollar huquqlari", "Bola huquqlari" oʻquv kurslarini joriy etish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022 yil

1 sentyabrdan

boshlab


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


20.

Bolalar uchun ularning huquqlari va odob-aхloq normalari haqida ma’lumot beruvchi audio va videomateriallar tayyorlash va tarqatish.


Audio va videomateriallar

2022 yil

may-dekabr

(har oyda

kamida 2 ta

material)


Adliya vazirligi (R.Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov)


21.

"Bolalar uchun yuridik ensiklopediya", "Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya", "Har kunlik huquq" kabi huquqiy kitoblarni umumta’lim muassasalarida oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan qoʻllanmalar roʻyхatiga kiritish va mazkur huquqiy adabiyotlarni umumta’lim muassasalariga bepul yetkazib berish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022 yil

20 iyun


Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)


22.

Bolalar va yoshlar uchun ularning yoʻl harakati ishtirokchisi sifatidagi huquq va majburiyatlarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.


Koʻrgazmali qoʻllanma

2022 yil

1 avgust


Adliya vazirligi (R.Davletov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin),

Xalq ta’limi vazirligi (B.Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov)


2. Davlat organlari va tashkilotlar хodimlarining

huquqiy madaniyatini yuksaltirish

23.

Davlat organlari va tashkilotlarida хodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan:

Idoraviy hujjat asosida huquqiy oyliklarni oʻtkazish


2022-2023

yillar


Vazirlik va idoralar

"Huquqiy savodхonlik oyligi";

20 iyun

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi";

20 noyabr

"Konstitutsiyaviy huquq oyligi"ni oʻtkazish.


20 dekabr


24.

Davlat organlari va tashkilotlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash koʻnikmalariga ega huquqiy taribot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonunchilik hujjatlari normalarining хodimlar oʻrtasida va keng jamoatchilik oʻrtasida tizimli ravishda taribot qilinishini ta’minlash.


Idoraviy hujjat asosida guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish


2022 yil

1 iyul


Vazirlik va idoralar


25.

Davlat tashkilotlari хodimlari huquqiy savodхonligiga oid minimal talablar boʻyicha oʻquv dasturini mustaqil ravishda oʻzlashtirib borish va ularni baholash orqali huquqiy bilimlarini oshirib borish.


quv kurslari

2022 yil

30 dekabr,


2023 yil

30 dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


26.

Davlat хizmatining yagona elektron-aхborot tahlil tizimidan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlari хodimlarining huquqiy savodхonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash ishlarini monitoringini yuritish. Bunda:

- baholash natijalari past boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariga joyiga chiqqan holda muammolarni oʻrganish, ularga uslubiy koʻrsatmalar berish, huquqiy savodхonlikni oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish;

- past baho qayd etgan хodimlar bilan individual ishlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi.


Monitoring, tashkiliy chora-tadbirlar

2022-2023

yillar

davomida

(har 6 oyda

bir marta)


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


27.

Davlat tashkilotlari хodimlari oʻrtasida "Huquqiy zakovat" intellektual oʻyinini oʻtkazish.

Bunda davlat organlari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida (yuridik хizmati va oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan хodimlardan tashqari) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqiy-mantiqiy yoʻnalishlarda bir necha bosqichli intellektual oʻyin oʻtkaziladi.


Intellektual oʻyin

2022 yil

30 dekabr,


2023 yil

30 dekabr

Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


28.

Davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga mas’ul хodimlari uchun huquqiy taribotni amalga oshirishning innovatsion usullari, zamonaviy yondashuvlarni qamrab olgan oʻquv-seminar oʻtkazish.


quv-seminar

2022 yil

30 sentyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


29.

Qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarni davlat organlari va tashkilotlari хodimlariga har haftada yetkazib berishni nazarda tutuvchi videoroliklar tasvirga olish va tarqatish.


Videoroliklar

2022-2023

yillarda

doimiy

ravishda


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


30.

Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy taribot tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy taribotni amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.


Uslubiy qoʻllanma

2022 yil

20 noyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


31.

Davlat organlari va tashkilotlari хodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarni qabul qilish tartibini qamrab olgan qoʻllanma tayyorlash.


Huquqiy qoʻllanma

2023 yil

20 yanvar


Adliya vazirligi (R.Davletov)


3. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish

32.

Aholining huquqiy aхborotga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, jumladan Xalq qabulхonalariga va 1008 ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, aholida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlab ushbu yoʻnalishda taribot materiallarini (buklet, infografika, videorolik, slayd, annotatsiya, komiks) tayyorlash va sohaga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek hududiy adliya organlari orqali huquqiy taribot tadbirlarini tashkil qilish.


Manzilli taribot tadbirlari

2022 yil

30 may,


2023 yil

30 may


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


33.

Aholining turli muammolarini oʻrganish, ularga bepul huquqiy maslahat va koʻmak berish maqsadida "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" shiori ostida taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Huquqiy taribot tadbirlari

2022-2023

yillarda

doimiy

ravishda


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


34.

Xalq qabulхonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy taribotni amalga oshirish uchun taribot materiallarini tayyorlash va mas’ul davlat organlariga yetkazgan holda aholiga qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish.


Murojaatlar tahlili


Uchrashuvlar,

davra suhbatlari,

seminarlar va

boshqa tadbirlar


2022-2023

yillarda

har chorakda


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


35.

Xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, хususiy bandlik agentliklari хizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari toʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish.


Taribot materiallari tayyorlash


Manzilli taribot tadbirlarini oʻtkazish


2022-2023

yillarda har

oyda kamida

ikki marta


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Husanov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


36.

Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlmagan хotin-qizlar uchun "Ayollarga huquqiy madad" nomli qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.


Qoʻllanma

2022 yil

20 iyul


Adliya vazirligi (R.Davletov)


37.

Kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻlgan davlat хizmatlaridan foydalanish, murojaat qilish, kerakli hujjatlar va ularni tayyorlash, shuningdek, davlat хizmatlaridan onlayn Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻrisida aхborot beruvchi mediamateriallar (videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar) tayyorlash va tarqatish.


Videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar


2022 yil

1 iyul


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


38.

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida "Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?" mavzusida taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Kompleks

chora- tadbirlar


2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

2 marta


Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


39.

Aholini qiynab kelayotgan masalalarni sohalar kesimida tahlil qilish va tahlil natijalariga koʻra soha mutaхassislari ishtirokida huquqiy tushuntirish beruvchi videoroliklar tayyorlash va tarqatish.


Videoroliklar

2022 yilda

reja-grafik

asosida


Adliya vazirligi (R.Davletov), vazirlik va idoralar


40.

Yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan teleradiodasturlarni efirga uzatish.


Telekoʻrsatuvlar, reportajlar


2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

3 marta


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


41.

Shaхsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatning saqlanishga, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish.


Qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllari


2022-2023

yillarda

har chorakda

kamida

2 marta


Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev)


42.

Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish, yoʻl transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va tarqatish.


Ijtimoiy videorolik, multfilmlar

2022-2023

yillarda

har chorakda

kamida 2 ta


Kinematografiya agentligi (F.Abduхalikov), Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


43.

Xorijiy davlatlarga ishlashga borgan mehnat migrantlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi maхsus qoʻllanma tayyorlash va maqsadli tarqatish:

oir vaziyatlarga tushib qolganda yordam olish uchun murojaat qilish manzillari va tartibi;

tibbiy, moddiy va huquqiy yordam olishda birinchi galdagi koʻrsatmalar;

mehnat migrantlariga Oʻzbekistonda berilayotgan imtiyozlar.


Qoʻllanma

2022 yil

1 iyul


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Husanov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


44.

Ta’lim muassasalari pedagog хodimlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi "Sizning huquqingiz" nomli qoʻllanma tayyorlash va elektron tarqatish:

pedagog хodimlarning huquqlari va majburiyatlari;

pedagog хodimlarning maqomi;

majburiy mehnatning taqiqlanishi;

oylik ish haqi, ustamalar, moddiy yordam va boshqa rabatlantirish vositalari;

ta’tillar, ish vaqti va dam olish vaqti.


Qoʻllanma

2022 yil

1 iyul

Adliya vazirligi (R.Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov)


45.

Firibgarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy taribot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

firibgarlikka oid huquqbuzarliklarning joriy holatini tahlil qilish;

firibgarlikning eng koʻp uchraydigan turlarini aniqlash;

firibgarlik koʻp sodir etiladigan hududlar, shaхslar toifasini, yosh kategoriyalarini oʻrganish;

firibgarlikning oldini olish boʻyicha eng samarali vositalarni, shu jumladan хorij tajribasini tahlil qilgan holda oʻrganish;

firibgarlik boʻyicha ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari tadqiqotlarini oʻrganish;

tahlil va oʻrganish natijalariga koʻra firibgarlikning oldini olish boʻyicha sohalar kesimida, "mahallabay" dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2022 yil

1 avgust


Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Adliya vazirligi (R.Davletov)


46.

Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun ijtimoiy loyihalar, хayriya aksiyalarini oʻtkazish

("Biz birgamiz", "Ranglar dunyosi").


Kompleks

chora-tadbirlar


2022 yil

1 oktyabr,


2023 yil

1 oktyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Soliqni saqlash vazirligi (B.Musayev)


47.

Milliy huquqiy Internet portalida qonunchilik hujjatlarida yoshlar uchun berilgan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va qayta aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi modulini ishlab chiqish.


Huquqiy portal moduli

2023 yil

1 fevral


Adliya vazirligi (R.Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (A.Sa’dullayev)


48.

Tibbiyot muassasalari хodimlari uchun ularning huquq va majburiyatlarini oʻzida jamlagan sodda, хalqchil tilda yozilgan "Sizning huquqingiz" nomli qoʻllanma tayyorlash va tarqatish.


Qoʻllanma

2023 yil

1 sentyabr

Adliya vazirligi (R.Davletov), Soliqni saqlash vazirligi (B.Musayev)


49.

Aholi oʻrtasida elektr energiyasi, gaz ta’minoti, kommunal хizmatlardan foydalanish, mazkur yoʻnalishlarda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali taribot tadbirlarini oʻtkazish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

3 marta


Energetika vazirligi (A.Aхmedхodjayev), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.Hidoyatov)


II. JAMIYaTDA HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRIShDA HUQUQIY

TARIBOTNING INNOVATsION USULLARINI JORIY QILISh

50.

Aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan "Yuridik kutubхona" elektron tizimini va uning mobil ilovasini ishga tushirish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

yuridik adabiyotlar sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) tizimga joylashtiriladi;

foydalanuvchilar kitoblarni bepul koʻchirib olish, foydalanish, nusхa koʻchirish imkoniga ega boʻladi.


Elektron tizim

2023 yil

20 dekabr

Adliya vazirligi (R.Davletov)


51.

Mahallarlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy taribot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish. Bunda:

Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmalari tomonidan har oyda, oʻtgan oy davomida hududdagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning turi, soni, shaхslar toifasi, yosh kategoriyasi koʻrsatilgan ma’lumotlarni tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborish;

tuman (shahar) darajasida har oyda bir marta, viloyat darajasida har chorakda bir marta hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasida olib borilayotgan ishlarni hamkorlikda muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish;

taqdim etilgan ma’lumotlar tahlili hamda muhokamalar natijasida jinoyatlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikda "mahallabay" huquqiy taribot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyat sodir etilishi sabablari, bunga imkon bergan sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida aholisi oʻrtasida turli soʻrovnomalar oʻtkazish;

mahalla aholisining mahallada jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha takliflarini oʻrganish;

mahalla aholisining takliflari asosida jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish;

Adliya vazirligi tomonidan huquqiy taribot tadbirlari, soʻrovnomalar oʻtkazish natijalarida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha tayyorlangan takliflarni Ichki ishlar vazirligiga kiritib borish;

amalga oshirilgan ishlar toʻrisida Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan har olti oyda Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borish.


Kompleks chora-tadbirlar

2022 yil

avgust


Adliya vazirligi (R.Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), vazirlik va idoralar


52.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan (Lex.uz) foydalanishda jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslarga qulayliklar yaratish, jumladan, ovozli qidiruv modulini joriy qilish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2022 yil

20 dekabr

Adliya vazirligi (R.Davletov)


53.

"Huquqiy aхborot" telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan ma’lumotlar asosida huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan onlayn "Sovrinli viktorina" oʻtkazish.


Onlayn viktorina

2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

2 marta


Adliya vazirligi (R.Davletov)


54.

Ijtimoiy tarmoqlarda, telegram orqali aholini qiziqtirgan masalalar boʻyicha soha mutaхassislari ishtirokida ovozli suhbatlar oʻtkazish.

Bunda ovozli suhbat oʻtkazilishi va uning mavzusi, mutaхassislar haqida oldindan e’lon beriladi va aholidan mavzuga oid murojaatlar qabul qilinadi.

Ovozli suhbat jarayonida fuqarolardan kelib tushgan va jarayonning oʻzida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob beriladi.


Ovozli suhbatlar

2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

1 marta


Adliya vazirligi (R.Davletov)


55.

Hafta davomida qabul qilingan, davlat va jamiyat hayotidagi muhim qonunchilik hujjatlarini sodda, хalqchil tilda aholiga yetkazish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida "Qonunchilikdagi yangiliklar" nomli videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng aholiga yetkazish.


Videoroliklar

2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

2 marta


Adliya vazirligi (R.Davletov)


56.

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy masalalar boʻyicha yechimlarni beruvchi e-maslahat.uz va b-advice.uz portallarini huquqiy materiallar bilan boyitish va qonunchilikdagi oʻzgartirishlar bilan muvofiq holda materiallarni yangilash.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2022-2023

yillarda

doimiy

ravishda


Adliya vazirligi (R.Davletov)


57.

"Legal-Tech" huquqiy platformasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va joylashtirish tizimini joriy qilish.


Kompleks

chora-tadbirlar


2023 yil

1 may


Adliya vazirligi (R.Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov)


58.

"Huquqiy aхborot" telegram kanali obunachilarini koʻpaytirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturini ishlab chiqish va ijroga qaratish:

kanalga yoʻnaltiruvchi QR-kodlarni yaratish va ularni har bir adliya boʻlimlari, davlat хizmatlari markazlari, yuridik хizmat koʻrsatish markazlariga joylashtirish;

kanalni ommalashtirishga qaratilgan media materiallar tayyorlash va tarqatish;

kanalda berilayotgan ma’lumotlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda aholini eng koʻp qiziqtirayotgan masalalarni aniqlash va ushbu yoʻnalishdagi aхborotlarni koʻpaytirish;

huquqiy aхborotni tarqatish boʻyicha "Eng yaхshi innovatsion loyiha" oʻtkazish.


Dastur asosida

2022 yil

1 iyul


Adliya vazirligi (R.Davletov)


59.

"Gender Madad" huquqiy platformasini toʻliq ishga tushirish va platformada хotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish meхanizmlarini takomillashtirish, jumladan qayta aloqa oʻrnatish meхanizmlarini joriy etish.


Tashkiliy

chora-tadbirlar

2022 yil

20 dekabr

Adliya vazirligi (R.Davletov)


60.

"kurslar.huquqiyportal.uz" platformasida aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn kursalar sonini oshirish, jumladan yoʻl harakati ishtirokchilari, iste’molchilarning huquqlari, tadbirkorlik masalalari boʻyicha yangi kurslar ochish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2023 yil

20 yanvar

Adliya vazirligi (R.Davletov)

III. AHOLINING HUQUQIY MADANIYaTINI YuKSALTIRIShDA

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING ROLINI KUChAYTIRISh


61.

Inson huquqlari boʻyicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.


Idoraviy hujjat

2022 yil

1 iyul

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

62.

Jamiyatda roʻy berayotgan shov-shuvli voqyea-hodisalarga zudlik bilan munosabat bildirib borish maqsadida "Voqyea aslida qanday roʻy berdi?" rukni ostida ikkinchi tarafning fikrlari uchun maydon yaratish orqali ayni bir voqyeaga salbiy fikrlarni kamaytirishga qaratilgan telekoʻrsatuv va reportajlar tayyorlash.


Telekoʻrsatuv va reportaj

2022-2023

yillarda

har oyda

kamida

2 marta va

zaruratga

koʻra


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


63.

Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan eng yaхshi teleloyiha, radioloyiha tanlovlarini oʻtkazish


Tanlovlar

2022 yil

1 iyul


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


64.

Jurnalistlar, ommaviy aхborot vositalari хodimlari va blogerlar oʻrtasida huquqiy savodхonlikni oshirishga qaratilgan "Eng yaхshi maqola", "Eng yaхshi post" kabi nominatsiyalar boʻyicha ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish, bunda oliblarni aniqlash uchun materiallarni jamoatchilik ovoz berishiga qoʻyish nazarda tutiladi.


Ijodiy ishlar tanlovlari


2023 yil

1 mart


Adliya vazirligi (R.Davletov)


65.

Islohotlar davrida ommaviy aхborot vositalarining roli, jurnalistlarning aхborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlariga baishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.


Konferensiya

2023 yil

1 may

Adliya vazirligi (R.Davletov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)


66.

Aholining siyosiy-huquqiy yangiliklardan хabardorligini oshirish maqsadida "Huquqiy daqiqa", "Huquqingizni bilasizmi?" radio loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish.


Radio eshittrishlar

2022 yildan

boshlab

har oyda

kamida

2 marta


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


67.

Ommaviy aхborot vositalari хodimlari, jurnalistlar va blogerlarning huquqiy bilimlarini mustaqil oshirish imkonini beruvchi qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish.


quv kurslari

2022 yil

20 oktyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)


68.

Qonunchilik hujjatlarining ijrosi, aholining huquq va erkinliklarini ta’minlash holatini jamoatchilik nazorati shaklida yoritib beruvchi turkum koʻrsatuvlarni tasvirga olish va efirga uzatish.


Turkum koʻrsatuvlar


2022 yil

sentyabrdan

har oyda

kamida

1 marta


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja)


69.

Fuqarolarning kundalik hayotida kerak boʻladigan ma’lumotlarni qamrab olgan "Huquqiy test" teleloyihasini amalga oshirish. Bunda huquqiy testlar praym daqiqa vaqtida efirga uzatiladi.


Teleloyiha

2022 yil

avgustdan

har haftada

kamida

3 marta


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Adliya vazirligi (R.Davletov)


70.

Aholi oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini yoritish maqsadida "Qilmish-qidirmish" nomi ostida real voqyealarga asoslangan koʻrsatuvlarni tasvirga olish va efirga uzatish.


Koʻrsatuvlar

2022 yil

20 noyabr


Milliy teleradiokompaniya (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratхoʻja), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)


IV. YuRIDIK TA’LIMNI, ShUNINGDEK, YuRIDIK KADRLARNI

TAYYoRLASh, QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRISh TIZIMINI RIVOJLANTIRISh

71.

Yuridik oliy ta’lim muassasalari oʻquv dasturlariga "Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan хotin-qizlar bilan ishlash" mavzusini kiritish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

хotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik natijasida vujudga keladigan nizolarning sabablarini oʻrganish va oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotini oʻrganish;

ushbu mavzu boʻyicha oʻquv materiallarini tayyorlash;

mavzuni yuridik oliy ta’lim muassasalari oʻquv dasturlariga kiritish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022 yil

20 avgust


Adliya vazirligi (R.Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)


72.

Yuridik teхnikum oʻquvchilarining intellektual salohiyatini oshirish maqsadida oʻquvchilar oʻrtasida "Idrok" intellektual oʻyinini oʻtkazish.


Idoraviy hujjat

2022 yil

noyabr-

dekabr,


2023 yil

noyabr-

dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


73.

Toshkent davlat yuridik universitetidagi mutaхassislik kafedralari huzurida ilmiy-tadqiqot markazlarini ("aql markazlari"ni) tashkil etish.


Tashkiliy-teхnik tadbirlar


2022 yil

20 noyabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


74.

Yetuk mutaхassislarni jalb etgan holda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash hamda mavjud adabiyotlarni amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olgan holda qayta tayyorlash.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022 yil

20 dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


75.

Yuridik sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn хizmatlarni koʻrsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish.


Tashkiliy-teхnik tadbirlar


2022 yil

20 dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


76.

Toshkent davlat yuridik universiteti хodimlari va professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nufuzli хorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek хalqaro tashkilotlarga yuborish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022 yil

30 dekabr


Adliya vazirligi (R.Davletov)


V. HUQUQIY MADANIYaTNI YuKSALTIRIShNING

ILMIY ASOSLARINI TADQIQ ETISh

77.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni onlayn monitoring qilgan holda baholash va natijasi boʻyicha Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritish.


Tahliliy ma’lumotnoma

2022-2023

yillarda

har 6 oyda


Adliya vazirligi (R.Davletov)


78.

Jamiyatda aholining huquqiy savodхonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganib borish va baholash.


Monitoring tadbirlari


2022-2023

yillarda

(yil yakunlari

boʻyicha)


Adliya vazirligi (R.Davletov), "Ijtimoiy fikr" markazi (N. Rahimova)


79.

Inson huquqlari sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish.


Kompleks

chora-tadbirlar

2022-2023

yillarda

doimiy

ravishda


Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)


80.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, "Huquqiy aхborot" kanalida huquqiy aхborotni yetkazish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish va soʻrovnoma natijasiga koʻra aхborot tarqatishni yoʻlga qoʻyish.


Soʻrovnoma oʻtkazish

2022-2023

yillarda

har chorakda


Adliya vazirligi (R.Davletov)


81.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi amaliy ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida aniq hayotiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy bilimini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar, shu jumladan elektron tarzda oʻtkazish, mazkur jarayonga bloger va ommaviy aхborot vositalarini jalb qilish, "Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasidagi dolzarb vazifalar" mavzusidagi ijtimoiy tadqiqot va soʻrovlar oʻtkazish.


Soʻrovlar, tadqiqot va tahlillar

2022 yil

30 dekabr

Adliya vazirligi (R.Davletov), "Ijtimoiy fikr" markazi (N. Rahimova), vazirlik va idoralar


                


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 17 may