Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2022 y. 244-son "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari, Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
10.05.2022 y.
N 244
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh VAZIRINING
IJTIMOIY RIVOJLANTIRISh MASALALARI BOʻYIChA
OʻRINBOSARINING FUNKSIONAL VAZIFALARI
HAMDA TA’LIM, SOGʻLIQNI SAQLASh VA SPORT
MASALALARI, YoShLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh
VA JAMOAT TAShKILOTLARI MASALALARI
KOTIBIYaTLARI HAMDA MA’NAVIYaT VA
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISh
MASALALARI DEPARTAMENTI
TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 9 avgustdagi PF-6275-son Farmoni, "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son, "Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" 2022 yil 18 fevraldagi PQ-136-son, "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2022 yil 6 apreldagi PQ-195-son hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2022 yil 22 fevraldagi 85-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ta’lim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari oʻn kun muddatda Kotibiyatlar va Departament rahbarlari va mutaхassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatlari hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2021 yil 5 iyuldagi 419-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2022 yil 11 may