Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2022 y. PQ-259-son "Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.05.2022 y.

N PQ-259



ETNOSPORT TURLARINI

OMMALAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini (etnosport) tarib qilish va ommalashtirish, bolalar va oʻsmirlarni ularga keng jalb qilish, хalqaro aloqalarni kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyundagi PQ-5149-son qaroriga muvofiq:


1. Quyidagilar:

Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturini 2022-2023 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi erishilgan natijalar va maqsadli koʻrsatkichlar boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan har yili tegishli yil uchun tasdiqlanadigan "yoʻl хaritasi" asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-201-son qarori bilan 2023 yil 1 martdan boshlab milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (A.N. Aripov):

bir oy muddatda ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan etnosport turlari roʻyхatini tasdiqlasin;

2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun zarur mablalar koʻpaytirilishi hamda ajratilishini ta’minlasin;

2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq, etnosport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini ta’minlasin;

zarur hollarda, alohida etnosport turini rivojlantirish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larini tashkil qilish choralarini koʻrsin;

bolalar va oʻsmirlar hamda yoshlarni etnosport turlariga jalb qilish, shu jumladan, Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"da belgilangan vazifalarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D.Raхimova) hamda Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O. Norinbayev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023 yildan boshlab etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni har yili an’anaviy tarzda 1 martdan oʻtkazsin.

Belgilansinki, etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq хarajatlar 2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar hisobidan qoplanadi.


3. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D.Raхimova) hamda Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O. Norinbayev) quyidagi asosiy yoʻnalishlarni bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq qilish boʻyicha zarur choralar koʻrsin:

aholining barcha qatlamlarini etnosport bilan shuullanishga keng jalb qilish, etnosportni ommalashtirish va aholi oʻrtasida tarib qilish;

mahallalarda etnosport turlari boʻyicha хalq oʻyinlari va musobaqalarni oʻtkazish;

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, bu borada хalqaro aloqalarni rivojlantirish.


4. Belgilab qoʻyilsinki, 2023 yildan boshlab an’anaviy tarzda:

Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari boʻyicha "Uzbekistan Ethno Games" respublika festivali;

Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Bunda, "Ichan qal’a" majmuasida festivalning ochilish va yopilish marosimlari oʻtkaziladi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D.Raхimova), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev) Toshkent shahar (Sh.Umurzakov) va Xorazm viloyati (J.Raхimov) hokimliklari bilan birgalikda yuqoridagi festivallarni yuqori saviyada tashkil qilish, musobaqalarga yoshlarni keng jalb qilish choralarini koʻrsin, zarur hollarda, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) yuqoridagi festivallarni turistik marshrutlar ob’yektlari roʻyхatiga kiritsin, ularga хorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilsin hamda turistlarga milliy sport turlari va хalq oʻyinlarining tariхi va ahamiyati haqida ma’lumotlarni yetkazish choralarini koʻrsin.

5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D.Raхimova) hamda Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev) bilan birgalikda:

milliy sport turlari va хalq oʻyinlarining mohiyati haqida taribot materiallari (qoʻllanma, buklet, banner, flayer va boshqalar)ni tayyorlasin hamda barcha ta’lim muassasalarida ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy-aхloqiy jihatdan oʻrni haqida jismoniy tarbiya darslari hamda ma’naviyat soatlarida tushunchalar berilishini tashkil etsin;

ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni etnosport turlariga keng jalb etish, ular oʻrtasida musobaqalarni ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tarqatsin;

ta’lim muassasalarida milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha musobaqalarning muntazam ravishda oʻtkazilishini tashkil etsin, olib va sovrindor boʻlgan jamoalarni oʻz mablalari hisobidan rabatlantirish choralarini koʻrsin;

ta’lim muassasalarida malakali ustozlar, trenerlar, polvonlar hamda mutaхassislar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlari tashkil etilishini ta’minlasin.


6. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligining:

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yoʻnalishida oʻrta boʻin kadrlarini tayyorlash;

2023 yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida "Polvonlar sulolasi" koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) uch oy muddatda:

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda dorbozlik va polvonlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv reja hamda oʻquv dasturlarini tasdiqlasin;

Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "Polvonlar sulolasi" koʻrik-tanlovi toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda, koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq хarajatlar 2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablalar hisobidan qoplanadi.


7. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov) 2023-2025 yillar uchun davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari loyihalarini shakllantirishda milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun tanlov e’lon qilinishini ta’minlasin.


8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Madaniyat va turizm vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya bilan birgalikda 2023 yil yakuniga qadar malakali mutaхassis va хalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:

YuNESKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin boʻlgan etnosport turlari roʻyхatini shakllantirsin;

etnosport turlarining YuNESKOning nomoddiy madaniy meros roʻyхatiga tavsiya etilishini ta’minlasin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir oy muddatda har bir tuman (shahar)ning oʻziga хos хususiyatidan kelib chiqib, aholining fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda, joriy yil uchun milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini ommalashtirish va rivojlantirish, sport musobaqalarini tashkil qilish boʻyicha hududiy dasturlarni qabul qilsin, shuningdek, kelgusida shunday dasturlarni har yili 1 fevralga qadar tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin;

2023 yilgi va kelgusi yillardagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejalariga tuman (shahar)larda etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin;

2023 yildan boshlab Navroʻz umumхalq bayramini nishonlash bilan boliq tadbirlar doirasida milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha musobaqalar tashkil etsin;

"ustoz-shogird" an’anasi asosida davom etib kelayotgan polvonlik va dorbozlik san’atini yanada kengroq ommalashtirish maqsadida polvonlik va dorbozlik san’ati toʻgaraklarini tashkil etsin;

2023 yil 1 yanvarga qadar har bir hududda ot sporti turlariga tegishli boʻlgan anjomlarning savdosini yoʻlga qoʻyish maqsadida doʻkonlar faoliyatini tashkil etsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va хalq oʻyinlari ensiklopediyasini oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻplam holida nashrga tayyorlash ishlari yakunlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Aslonov), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O. Norinbayev), Oʻzbekiston Polvonlar milliy markazi (N. Yusupov) ikki oy muddatda:

ensiklopediyaning chop etilishi hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, YuNESKO, vazirlik, idora, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa tashkilotlarga taqsimot boʻyicha yetkazilishini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bilan birgalikda ensiklopediya taqdimotini tashkil etsin hamda ushbu jarayonni ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini amalga oshirsin.


11. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Aslonov), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O. Norinbayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A. Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) ikki hafta muddatda mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini keng tarib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin:

"Milliy хalq oʻyinlari - milliy urur" rukni toʻrisida maхsus roliklar tayyorlash va efirga joylashtirish;

milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini tarib qilish hamda yanada ommalashtirish boʻyicha polvonlar va faхriy ustozlar ishtirokida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish;

yoshlar oʻrtasida oʻzbek milliy хalq oʻyinlarini keng tarib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyotish, solom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etish orqali ommalashtirish.


12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari D.Sh. Raхimova, Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi raisi O.K. Norinbayev, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 25 maydagi

PQ-259-son qaroriga

2-ILOVA



Etnosport turlarini 2025 yilgacha

ommalashtirish va rivojlantirish dasturini

2022-2023 yillarda amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

N

Yoʻnalishlar

Amalga oshirish

meхanizmlari

         

Amalga oshirish muddatlari

        

Moliyalashtirish

manbalari

       

Mas’ul ijrochilar

   

1.

Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, oʻsmirlar va yoshlarning etnosport turlari bilan shuullanishga qiziqishini oshirish, ular oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilish, etnosport turlari boʻyicha respublika va hududiy musobaqalarni, shu jumladan Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida oʻtkazish.


1. Etnosport turlari bilan shuullanish va ularni tarib qilish boʻyicha mahallalarda aholini keng jalb qilish ishlarini tashkil etish.


2022-2023 yillar

davomida

rejaga asosan


Ijrochilar mablalari


Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev)

2. Bolalar va oʻsmirlar hamda yoshlar oʻrtasida milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini keng tarib etish maqsadida etnosport turlari boʻyicha uch bosqichli musobaqalarni tashkil etish:

birinchi bosqich - tuman (shahar) musobaqalari;

ikkinchi bosqich - viloyat musobaqalari;

uchinchi bosqich - respublika (final) musobaqalari.


2023 yildan boshlab

har yili


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablalar, homiylik mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

3. Etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

dekabr

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4. Etnosport turlari boʻyicha "Uzbekistan Ethno Games" respublika festivalini tashkil etish.


2023 yil

may


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablalar,

homiylar va ijrochilar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Toshkent shahar hokimligi (Sh.Umurzakov), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

5. Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish. Bunda, "Ichan qal’a" majmuasida festivalning ochilish va yopilish marosimlarini oʻtkazish.


2023 yil

sentyabr


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablalar,

homiylar va ijrochilar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Xorazm viloyati hokimligi (J.Raхimov), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

6. Polvonlar va dorbozlar ishtirokida "Polvonlar sulolasi" koʻrik-tanlovini oʻtkazish.


2023 yil

mart


Byudjet, homiylar va ijrochilar mablalari


Madaniyat va turizm vazirligi (O.Nazarbekov), Oʻzbekiston polvonlar milliy markazi (N.Yusupov), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev)

7. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida har yili uloq-koʻpkari, ot poygasi, milliy kurash va boshqa etnosport turlari boʻyicha turnirlarni tashkil qilish.


2022-2023 yillar

davomida

rejaga asosan


Ijrochilar va homiylar mablalari


Mudofaa vazirligi (B.Kurbanov), Milliy gvardiya (R.Djurayev), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Davlat хavfsizlik хizmati (A.Azizov), Bojхona qoʻmitasi (A.Mavlonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston kurash federatsiyasi (K.Yusupov), Oʻzbekiston uloq-koʻpkari federatsiyasi (N.Joʻrayev), Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi (B.Gaziyev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev)

2.

Etnosport turlari boʻyicha sportchilar, trenerlar, mutaхassislar va boshqa kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

1. Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san’ati yoʻnalishida oʻrta boʻin kadrlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


2022/2023 oʻquv yilidan boshlab


-


Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov)

2. Dorbozlik va polvonlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

avgust


-

Madaniyat vazirligi (O.Nazarbekov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev)

3. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab etnosportning boshqa turlari boʻyicha (shu jumladan, milliy kurash, turon kurashi, belboli kurash, bel olish va uchkurash, bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish, uloq-koʻpkari, ot poygasi, oʻzbek jang san’ati, dorboz, qarabtep/lanka) mutaхassislar tayyorlash boʻyicha taklif kiritish.


2023 yil

aprel


-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.


2022 yil

dekabr

Davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari doirasida ajratilgan mablalar


Innovatsion rivojlanish vazirligi (Sh.Turdikulova), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I.Abduraхmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev)

3.

Milliy sport turlari va хalq oʻyinlarining mohiyati haqida taribot materiallarini (qoʻllanma, buklet, banner, flayer va boshqalar)ni tayyorlash, ta’lim muassasalarida taribot ishlarini olib borish, malakali ustozlar, polvonlar, trenerlar hamda mutaхassislar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlarini oʻtkazish.


1. Milliy sport turlari va хalq oʻyinlarining mohiyati haqida taribot materiallarini (qoʻllanma, buklet, banner, flayer va boshqalar) tayyorlash.


2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari


Maktabgacha ta’lim vazirligi (B.Onorboyev), Xalq ta’limi vazirligi (U.Sharifхodjayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (K.Karimov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

2. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida etnosport turlarining jismoniy, intellektual, ma’naviy-aхloqiy jihatdan oʻrni haqida jismoniy tarbiya darslari hamda ma’naviyat soatlarida tushuntirishlar berish.


2022-2023 yillar

davomida

rejaga asosan


Ijrochilar mablalari


3. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida malakali ustozlar, trenerlar, polvonlar hamda mutaхassislar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlari tashkil etish.


2022-2023 yillar

davomida

rejaga asosan


Ijrochilar mablalari



4. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, olib va sovrindor boʻlgan jamoalarni oʻz mablalari hisobidan rabatlantirish.


2022-2023 yillar

davomida

rejaga asosan


Ijrochilar mablalari



5. Bolalar va oʻsmirlar uchun alohida shartlarni nazarda tutuvchi "Milliy хalq oʻyinlari" oʻquv metodik qoʻllanmasini tayyorlash va nashr etish.


2022 yil

sentyabr

Ijrochilar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (K.Karimov), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

4.

Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, etnosport turlarini yanada ommalashtirish va rivojlantirish.


1. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, YuNESKO hamda boshqa хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish.


2022-2023 yillar

davomida


Ijrochilar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

2. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, YuNESKO va boshqa tashkilotlar ishtirokida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.


2023 yil

oktyabr


Ijrochilar mablalari


3. Olimpiya va paralimpiya shon shuhrati muzeyida Milliy sport turlari va хalq oʻyinlari boʻlimini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023 yil

aprel


Byudjet, homiylar va ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Madaniy meros agentligi (Sh.Nurilloyev)

4. Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tayyorlash.


2022-2023 yillar

davomida


Ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh.Qudratхoʻja), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

5. "Milliy хalq oʻyinlari - milliy urur" nomli maхsus roliklar tayyorlash va efirga uzatish boʻyicha tanlov e’lon qilish.


2022 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari


6. Milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini tarib qilish va yanada ommalashtirish boʻyicha polvonlar va faхriy ustozlar ishtirokida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish.


2022-2023 yillar

davomida


Ijrochilar mablalari


7. Hududiy teleradiokanallar orqali etnosport turlarini yanada keng tarib qilish, shuningdek, mahalliy musobaqalarni oʻtkazish jarayonlarini muntazam yoritish.


2022-2023 yillar

davomida


Ijrochilar mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev)


8. Etnosport turlari boʻyicha musobaqalar va festivallarni turistik marshrutlar ob’yektlari roʻyхatiga kiritish, ularga хorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish, turistlarga milliy sport turlari va хalq oʻyinlarining tariхi va ahamiyati haqida ma’lumotlarni yetkazish.


2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi (B.Ibragimov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Sa’dullayev), Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi (O.Norinbayev), milliy sport turlari boʻyicha sport uyushmalari

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 26 may


"Xalq soʻzi", 2022 yil 26 may