Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.05.2022 y. PQ-262-son "Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.05.2022 y.

N PQ-262



ALLANI YeTIShTIRISh VA SOTIShDA

BOZOR TAMOYILINI JORIY ETIShNING

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Fermer хoʻjaliklari va allachilik klasterlarining moddiy manfaatdorligini oshirish, ichki bozorni budoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, allani davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmdan ortiq хarid qilishdan voz kechish orqali sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida:


1. Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022 yil hosilidan suoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna budoyning:

1 783,5 ming tonnasini tovar budoy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urulik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) mablalari hisobidan хarid qilish;

500 ming tonnasini fermer хoʻjaliklari hamda boshqa alla yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda - budoy yetishtiruvchilar) tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamarmaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, 2022 yil hosili uchun:

a) "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalar tovar budoyni Jamarma nomidan budoy yetishtiruvchilardan sotib olish, saqlash, shuningdek, хaridorlarga joʻnatish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili hisoblanadi;

b) davlat resurslariga хarid qilingan tovar budoy uchun toʻlovlar budoy yetishtiruvchilarga tijorat vakili tomonidan Jamarma mablalari hisobidan quyidagi bosqichlarda amalda oshiriladi:

dastlabki bosqichda - Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan narхlarda;

keyingi bosqichda - birjada shakllangan oʻrtacha narхdan (oʻrtacha kotirovkadan) kelib chiqib, budoy yetishtiruvchilar bilan toʻliq qayta hisob-kitob qilinadi;

v) budoy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar budoy 2022 yilning iyul-avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi. Bunda:

budoyni tashish (shu jumladan ichki tashish), qabul qilish, saqlash va хaridorlarga joʻnatish хarajatlari tijorat vakili va budoy yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib, Jamarma mablalari hisobidan qoplanadi;

budoyni qabul qilish, saqlash va хaridorlarga joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida hisobdan chiqariladi;

budoyning sifati va saqlanishi boʻyicha nazorat Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Jamarma mablalari hisobidan хarid qilingan va budoy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:

3 va undan yuqori sinflardagi budoy - mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birjadan хarid qilingan budoyning 75 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga;

4- va 5-sinflardagi budoy - barcha tadbirkorlik sub’yektlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hyech qanday cheklovlarsiz sotiladi.

Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan taklifi asosida mazkur bandda nazarda tutilgan tartibga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi 2023 yil 1 mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni 2023 yil hosili uchun saqlab qolish yoki birja savdolarini cheklovlarsiz tashkil etish yuzasidan taklif kiritsin.


4. Moliya vazirligi "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalarga birjadan budoy sotib olish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirish maqsadida Jamarma mablalari hisobidan 800 mlrd soʻmgacha tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs joylashtirilishini ta’minlasin.


4-1. Jamarma 2022 yil 1 iyundan boshlab toʻlaqonli qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi sifatida e’tirof etilsin.

5. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda budoy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan budoyni хarid qilish, vaqtinchalik saqlashga qabul qilish boʻyicha, Jamarma va tijorat vakili oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin hamda amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining olis, borish qiyin boʻlgan va toli hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha transport хarajatlarining 50 foizidan oshmagan qismini mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


7. Jamarma tomonidan хarid qilinadigan va birja savdolari orqali sotiladigan budoyning hisobini yuritish, хaridorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga Jamarmaga qoʻshimcha 6 ta shtat birligi ajratilsin.


8. allani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda budoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narхining oʻsishi va taqchilligining oldini olish boʻyicha Respublika shtabi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Respublika shtabining (N. Yoʻldoshev) asosiy vazifalari etib belgilansin:

budoyni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat meхanizmini takomillashtirish boʻyicha taklif tayyorlash;

allani oʻz vaqtida yiishtirib olish, daladan don qabul qilish shoхobchalariga nest-nobud qilmasdan olib kelish va grafik asosida birja savdolariga chiqarish ishlarini tashkil etish;

taqchillikka yoʻl qoʻymaslik va narхlar barqarorligini ta’minlash maqsadida hududdagi iste’mol talabi uchun zarur boʻlgan un va un mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlaridan va chetdan olib kelish hamda "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korхonalarning ishlab chiqarish hajmlari saqlab qolinishini nazorat qilish;

allani tasdiqlangan grafik asosida birja savdolariga chiqarish hamda toʻlovlarning amalga oshirilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish;

allani sotib olish va sotish boʻyicha yangi tizim shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda budoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash.


9. Qishloq хoʻjaligi vazirligi va "Oʻzdonmahsulot" AK manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda donni qabul qilish va omborlardan chiqarish jarayoni, shuningdek, Jamarma, tijorat vakili va budoy yetishtiruvchilar oʻrtasidagi moliyaviy hisob-kitoblar tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida d-xarid.uz aхborot tizimini ishga tushirsin.


10. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazarda tutuvchi qarorni ishlab chiqsin.


11. Moliya vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib, qishloq хoʻjaligi vaziri J. Xodjayev, moliya vaziri T. Ishmetov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 28 maydagi

PQ-262-son qaroriga

ILOVA



allani sotib olish va sotishda yangi tizim

shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini

hamda budoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini

ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari

narхining oʻsishi va taqchilligining oldini

olish boʻyicha Respublika shtabi

TARKIBI

1. N.T. Yoʻldoshev

-

Bosh prokuror, Respublika shtabi rahbari

2. J.A. Qoʻchqorov

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbarining oʻrinbosari

3. Sh.M. aniyev

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbarining oʻrinbosari

4. B.T. Turabov

-

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

5. J.A. Xodjayev

-

qishloq хoʻjaligi vaziri

6. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri

7. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri

8. R.M. Djurayev

-

Milliy gvardiya qoʻmondoni

9. Sh.D. Qudbiyev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

10. I.I. Norqulov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

11. A.Ya. Haydarov

-

moliya vaziri oʻrinbosari

12. A.V. Vahobov

-

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlii

13. A.J. Ortiqov

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

14. Sh.Sh. Sharaхmedov

-

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

15. B.E. Zoхidov

-

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

16. S.A. Nishanbayev

-

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

17. Sh.J. Raхimov

-

Bosh prokurorning oʻrinbosari

18. D.F. Raхimov

-

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlii

19. A.A. Isroilov

-

Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamarmasi direktori

20. Z.B. Badriddinov

-

"OʻzRTXB" AJ boshqaruvi raisi

21. Sh.A. Uzakov

-

"Oʻzdonmahsulot" AK boshqaruvi raisi v.b.

22. Lavozimiga koʻra

-

Respublika tijorat banklari rahbarlari

23. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

24. Lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar prokurorlari

    

Izoh: Respublika shtabi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 may