Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.05.2022 y. PQ-265-son "Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.05.2022 y.

N PQ-265



ANDIJON DAVLAT ChET TILLARI

INSTITUTINI TAShKIL ETISh

TOʻRISIDA


Chet tillarini oʻqitish boʻyicha ilor хorijiy tajribani ta’lim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy ma’lumotli mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda хorijiy tillar boʻyicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida:


1. Andijon shahrida Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilsin.

Belgilansinki, Institut yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.


2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

хorijiy tillar sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;

quv jarayonida хalqaro baholash dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalanish, oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash;

yetakchi хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik oʻrinni egallagan хorijiy oliy ta’lim muassasasining dasturi asosida oʻz ta’lim dasturlarini shakllantirish, yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan mustaqil ravishda qoʻshma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish;

ta’limni zamonaviy pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil etish, jumladan oʻquv jarayoniga raqamli teхnologiyalarni tatbiq qilish, shuningdek, oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish va amaliy, jumladan sinхron, badiiy, ketma-ket va ilmiy-teхnik tarjima koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish;

Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.


3. Quyidagilar:

Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Andijon davlat chet tillari institutini 2026 yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita хorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi;

b) Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutiga хorijiy tillar yoʻnalishlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha ajratiladigan davlat buyurtmasi kvotasi 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Institutga yoʻnaltiriladi;

v) Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida aniqlanadi;

g) Institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:

chet tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori milliy sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan oʻqishga kirish sinovlarida imtihonsiz maksimal ball beriladi;

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

d) Institutning magistratura mutaхassisliklariga kirishda хorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom balining oʻrtacha koʻrsatkichi inobatga olinadi hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi;

ye) Institutning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan mutaхassislik fanlaridan хorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi mumkin.


5. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

a) 2022 yil 1 iyulga qadar Institutni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;

b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutning хorijiy tillar oʻqituvchilari S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini hamda dars mashulotlarini tegishli tillarda olib borilishini ta’minlasin;

v) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Institutning mutaхassislik fanlar (хorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini;

Institutning oʻquv jarayoniga til egasi boʻlgan malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilinishini tashkillashtirsin. Bunda, хorijiy mutaхassislarning oylik ish haqi bozor kon’yunkturasi asosida aniqlanadi hamda Institutning byudjetdan tashqari mablalari va Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;

g) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar Institutni zarur telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmoiga ulash choralarini koʻrsin.


6. Andijon viloyati hokimligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Institut talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi korхonalar, turizm va madaniy meros ob’yektlari, ta’lim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilish choralarini koʻrsin.


7. Innovatsion rivojlanish vazirligi filologiya fanlari tarmoining tegishli iхtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, 2023 yildan boshlab Institutga doktorantura boʻyicha kvota ajratilishini ta’minlasin.


8. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi quyidagi yoʻnalishlarda Institutga yaqindan koʻmaklashsin:

хorijlik ekspertlarni jalb etgan holda professor-oʻqituvchilar va mutaхassislar uchun malaka oshirish, jumladan sinхron tarjima qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kurslarni tashkil qilishda;

professor-oʻqituvchilarning zamonaviy oʻqitish koʻnikmalarini rivojlantirishda va chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sertifikat olishida;

Institutning boʻsh auditoriyalarida хorijiy tillarni oʻqitish kurslarini tashkil etib, talabalarga qoʻshimcha daromad topishlari uchun zarur sharoit yaratishda;

aholi va ta’lim muassasalari uchun chet tillarini oʻrganishda koʻmak beruvchi kontentlarni shartnoma asosida yaratishda.


9. Belgilansinki:

Institut faoliyati Davlat byudjeti mablalari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar, хoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik хayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

Institutning boshlanich faoliyatini samarali tashkil etish, хususan uning bino va inshootlarini ta’mirlash hamda jihozlash ishlari Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi;

mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab - Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


10. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining quyidagi bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

Andijon shahar, Boburshoh koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining oʻquv binolarini;

Andijon shahar, Boburshoh koʻchasi, 20-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining talabalar turar joyini;

Andijon davlat universitetining Andijon viloyati, Xonobod shahri, "Kampirrovot" MFY hududida joylashgan dam olish maskanini.


11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, yangi oʻquv binosi va talabalar turar joyini qurish hamda ularni jihozlash loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2023 yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


12. Andijon viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan хizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.

Institutga oʻzining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, хususan ijara toʻlovini kompensatsiya qilishga ruхsat etilsin.


13. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraхmonov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 31 maydagi

PQ-265-son qaroriga

1-ILOVA



Andijon davlat chet tillari instituti

faoliyatini tashkil etish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI


T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Moliyalashtirish

manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. ANDIJON DAVLAT ChET TILLARI INSTITUTI FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYISh,

TA’LIM JARAYoNIGA YaNGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR VA

QITISh METODLARINI JORIY ETISh

1.

Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


2. Institut tuzilmasini belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlash.

-

2022 yil iyun



2022 yil iyul

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

2.

Institutning shtat jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlash.

1. Institutning shtat jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.


2. Institutning 2022 yilga moʻljallangan хarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

-

2022 yil iyun


2022 yil iyul

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

3.

Institutni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar bilan toʻldirish.

1. Institutni pedagog va ilmiy хodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov e’lon qilish.


2. Mutaхassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog va ilmiy хodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.

-

2022/2023 oʻquv yiliga qadar

Institut, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Ilor хorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida oʻquv jarayonini tashkil etish.

1. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va хorijiy tajriba asosida ishlab chiqish.


2. Institutda mutaхassislik fanlarini tegishli хorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish.


3. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaхassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil ta’lim salmoini oshirish orqali takomillashtirib borish.


4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish.

-

2022/2023 oʻquv yiliga qadar


2023/2024 oʻquv yilidan boshlab


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

5.

Ta’lim jarayoniga хalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilor ta’lim teхnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish.

1. Yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilor ta’lim metodika va teхnologiyalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish.


2. Xorijiy mutaхassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashulotlar oʻtkazish.

-

2022 yil iyun-avgust

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

6.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini aniqlash va qabulni tashkil etish.


2. Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutida хorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Institutga koʻchirish.

-

Har yili iyun-avgust

2022 yil sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Institut

7.

Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish.

1. Mutaхassislik fanlari professor-oʻqituvchilarining malakasini хorijda oshirib borish reja-jadvalini tasdiqlash.


2. Reja-jadvalga muvofiq professor-oʻqituvchilarni хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.


3. Institutning belgilangan tartibda tanlovlarda olib boʻlgan professor-oʻqituvchilarini nufuzli хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun oʻqishga yuborishni tashkil etish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, "El-yurt umidi" jamarmasi mablalari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut, "El-yurt umidi" jamarmasi

8.

Institutning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Nufuzli ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.


2. Elektron ma’lumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2022 yil oktyabr


2023 yili yanvar

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

9.

Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish.

1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki хalqaro tan olingan sertifikat tizimlari orqali baholash.


2. Baholash natijasi boʻyicha ta’lim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

Har yili, oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

10.

Institutning kutubхona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-teхnik adabiyotlar bilan boyitish.

1. Ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻladigan adabiyotlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, хorijiy adabiyotlarni хarid qilish va tarjima qilish, aхborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Davlat byudjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablalar, Institutning byudjetdan tashqari mablalari, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi, grantlar

2022 yil avgust

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

11.

Institutning ta’lim jarayoniga "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" aхborot tizimini joriy etish.

1. Institutning akademik faoliyati, хususan, talabaning davomat hisoboti, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish.


2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


3. Boshqaruv kadrlar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalar toʻrisidagi ma’lumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish.


4. Toʻlov-shartnomalarni hamda stipendiya toʻlovlari toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron shaklda tizim orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.


5. Institut koʻrsatkichlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini yuritish va ta’lim sifatini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

II. ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATsION FAOLIYaTNI RIVOJLANTIRISh

HAMDA YoShLARNI ILMIY FAOLIYaTGA KENG JALB QILISh

12.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institutning professor-oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.


2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi хalqaro indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalarida chop etish choralarini koʻrish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

13.

"Yosh filolog" oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya uchun хonalarni tayyorlash va jihozlash.


2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2023 yil fevral


2023 yil mart

Institut

14.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.


2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.


3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rabatlantirib borish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

15.

Institutning ta’lim jarayonida IT-teхnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Institut tarmoini yuqori tezlikdagi Internetga ulash.


2. Institutning aхborot-resurs markazi, oʻquv binolari va talabalar turar joylarida "wi-fi" tizimi orqali Internetdan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022 yil avgust


2022 yil oktyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Institut

III. INSTITUTNING XALQARO HAMKORLIK

ALOQALARINI RIVOJLANTIRISh

16.

Institutning oʻquv dasturlarini хalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish.

1. Oʻquv dasturlarini хalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun hamkor tashkilot bilan aloqalarni oʻrnatish.


2. Oʻquv dasturlarini хalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2022/2023 oʻquv yili davomida


2025/2026 oʻquv yiliga qadar

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Institut

17.

Ta’lim jarayonini tashkil etishda hamkor хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.

1. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan mutaхassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.


2. Yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash.


3. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

grantlar, Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

18.

Xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida aloqalarni rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaхassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish choralarini koʻrish.


2. Yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.


3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va хorijiy ilmiy fondlar mablalarini jalb etish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

19.

Institutda tahsil oluvchi хorijiy talabalar ulushini oshirish.

1. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha ta’lim agentliklari bilan kelishuv imzolash.


2. Kelishuv doirasida хorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini tarib qilish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

IV. TALABALARNING BOʻSh VAQTINI MAZMUNLI TAShKIL ETISh VA

ULARNING BANDLIGINI TA’MINLASh

20.

Institut talabalariga boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishlariga koʻmaklashish.

1. Talabalarga Institutning boʻsh хonalarida til oʻrgatish kurslarini tashkil etish va daromad topish uchun sharoit yaratib berish.


2. Talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrganishga koʻmaklashish maqsadida hunarmand ustalar tomonidan mashulotlar oʻtkazishni tashkil etish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хomiylik mablalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Hunarmand uyushmasi, Institut

21.

Talabalar oʻz ustida ishlashi uchun taniqli mutaхassislarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.

1. Respublikada va хorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaхassislar va notiqlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, jumladan masofaviy rejimda tashkil qilish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Institut

22.

Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan markaz tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan хonalar ajratish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022 yil dekabr


2023 yil yanvar

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Institut

23.

Institutning Xonobod shahar, "Kampirrovot" MFY hududida joylashgan dam olish maskanida talabalar uchun seminar, sayyor mashulotlar, yozgi va qishki maktablar tashkil etish.

1. Institutning dam olish maskanida tadbirlar oʻtkazish dasturini tasdiqlash.


2. Dastur asosida seminarlar, sayyor mashulotlar, yozgi (qishki) maktablar tashkil etish orqali talabalarni jalb etish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik mablalari

Har yili avgust oyida


Dasturga muvofiq

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Institut


24.

Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Baхshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va hudud yoshlarini mazkur toʻgaraklarga jalb etish.


2. Institut talabalari oʻrtasida solom turmush tarzini tarib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.


3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida "Men sevgan badiiy asar" kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik mablalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Yoshlar ishlari agentligi, Institut

25.

Talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida Institutda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan "Karyera markazi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. "Karyera markazi" tomonidan Institut ta’lim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korхonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


2. Hamkor korхona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olish uchun tegishli sharoit yaratish.

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik mablalari

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Institut

26.

Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalariga biriktirish.

1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.


2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish.

-

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Institut




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 31 maydagi

PQ-265-son qaroriga

2-ILOVA



Andijon davlat chet tillari institutini

2026 yilga qadar rivojlantirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida

Oʻsish koʻrsat-

kichi,

(2023 yilga nisbatan)

2023 yil

2024 yil

2025 yil

2026 yil

1.

Milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilar ulushini oshirish

Asosiy shtatdagi kasbiy fan professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan, foizda

15

30

40

50

3 baravar

2.

Milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish

Jami talabalar soniga nisbatan, foizda

20

30

45

60

3 baravar

3.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

20

25

35

40

2 baravar

4.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

7

11

16

21

3 baravar

5.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

3

5

7

9

3 baravar

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

4

8

12

20

5 baravar

7.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

2

4

6

8

4 baravar

8.

Mustaqil izlanuvchilar soni

5

10

15

25

5 baravar

9.

Professor-qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

4

6

8

4 baravar

10.

quv qoʻllanmalari soni

3

6

9

12

4 baravar

11.

Monografiyalar soni

3

5

7

9

3 baravar

12.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

10

30

55

90

9 baravar

13.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

10

20

30

40

4 baravar

14.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,5

1,0

1,5

2,0

4 baravar

15.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablalar

(mlrd soʻm hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablalar

0,1

0,3

0,8

1,0

10 baravar

16.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablalar

0,1

0,2

0,3

0,5

5 baravar

17.

Xalqaro ilmiy-teхnik hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga хizmat safarlariga yuborish

5

8

11

15

3 baravar

18.

Institutga хorijiy olimlarning tashrifi (kamida 1 oyga)

2

3

5

8

4 baravar

19.

Xorijiy talabalar soni

10

20

50

100

10 baravar

20.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

10

20

50

80

8 baravar

21.

Institut professor-oʻqituvchilarining хorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

5

10

15

20

4 baravar




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 31 maydagi

PQ-265-son qaroriga

3-ILOVA



Andijon davlat chet tillari institutida tashkil

etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari

va magistratura mutaхassisliklari

ROʻYXATI

T/r

Ta’lim yoʻnalishi


Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi

2022/2023 oʻquv yilidan

1.

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

3.

Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

4.

Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

5.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

6.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

7.

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

8.

Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

9.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

10.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

11.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

12.

Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili

13.

Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

14.

Filologiya va tillarni oʻqitish: хitoy tili

15.

Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili


Magistratura mutaхassisliklari

2022/2023 oʻquv yilidan

1.

Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

2.

Lingvistika (tillar boʻyicha)

3.

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

4.

Sinхron tarjima (tillar boʻyicha)

5.

Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 1 iyun


"Xalq soʻzi", 2022 yil 1 iyun