Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 y. 290-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.06.2022 y.

N 290




QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR KENGAShI, VILOYaTLAR VA

TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING

TADBIRKORLIK INFRATUZILMASINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMALARI

MABLALARINI ShAKLLANTIRISh VA

ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 21 yanvardagi PF-54-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 21 yanvardagi PF-54-son Farmonining 1-bandiga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmalari tashkil etilganligi hamda ularning daromadlarini shakllantirish manbalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmalari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

jamarmalar mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish hamda jamarmalar mablalarini boshqarish tartibi;

jamarmalar daromadlari va хarajatlari prognozini hamda ularning mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli dasturini shakllantirish va tasdiqlash, shuningdek, jamarmalar mablalarini sarflash tartibi;

yirik investitsiya loyihalari hamda yoʻl boʻyi infratuzilma ob’yektlari tashkil etiladigan yer maydonlari uchuntashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi;

jamarmalar mablalaridan foydalanishni hisobga olish, hisobotini olib borish hamda nazorat qilish masalalari.


3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 1 iyun