Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sportni rivojlantirish vazirining 26.05.2022 y. 4-mh-son "Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 03.06.2022 y. 2592-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

03.06.2022 y.

N 2592-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SPORTNI RIVOJLANTIRISh

VAZIRINING

26.05.2022 y.

N 4-mh


BUYRUI



"Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami

kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash

toʻrisida"gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi 88-son "Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor qilish tartibi toʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014 yil 26 maydagi 1-son "Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyruiga (roʻyхat raqami 2592, 2014 yil 3 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 23-son, 280-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                              A.I. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



"Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami

kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash

toʻrisida"gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Buyruq muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq buyuraman:".


2. Ilovada:

a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq, sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.";


b) 1-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"trener - trenerlik faoliyati boʻyicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoki ta’lim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi boʻyicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan boʻlishi lozim), shuningdek, oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaхs;";


v) 9-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


g) 15-bandning uchinchi хatboshisidagi "Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2324, 2012 yil 6 fevral)" degan soʻzlar "Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2942, 2017 yil 27 oktyabr)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 3 iyun