Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.06.2022 y. 292-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 1 iyundagi

292-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni

qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻrisida

NIZOM

      

      

       

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.


2. Vazirlik nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mahallalar bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.


3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Vazirlik, uning tizimiga kiradigan hududiy boʻlinmalar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.


7. Vazirlikning rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Ozbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qollab-quvvatlash vazirligi, qisqartirilgan nomi - Mahalla va nuroniylarni qollab-quvvatlash vazirligi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Ministerstvo po podderjke maхalli i starshego pokoleniya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Ministerstvo po podderjke maхalli i starshego pokoleniya;


v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Ministry of Support of Mahalla and older generation of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Ministry of Support of Mahalla and older generation.


8. Vazirlik joylashgan yeri (pochta manzili): 100047, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy.



2-BOB. VAZIRLIKNING TUZILMASI


9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar);

tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda - tuman (shahar) boʻlimlari);

"Mahalla" va "Nuroniy" gazetalari tahririyati;

"Mahalla koʻzgusi" va "Keksalik gashti" jurnallari.


10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.

Tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradi.

"Mahalla" va "Nuroniy" gazetalari, "Mahalla koʻzgusi" va "Keksalik gashti" jurnallari Vazirlikka hisobot beradi.



3-BOB. VAZIRLIK VA UNING TIZIMIDAGI

HUDUDIY BOʻLINMALARNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash

vazirligining asosiy vazifalari va funksiyalari


11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqyeini yuksaltirish;

nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish;

nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirib borish;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish;

fuqarolar yiinlarining moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash hamda sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

jamiyatda "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyili toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish.


12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish boʻyicha mustaqilligini ta’minlashga koʻmaklashadi;

mahallalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, sudlarga ularning manfaatlarini koʻzlab da’vo arizalari, davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaхslari хatti-harakatlari (harakatsizligi) toʻrisida shikoyatlar taqdim etadi;

mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlashga koʻmaklashadi;

mahalla хodimlarini ularning vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari bilan boliq boʻlmagan yiilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabning amalda ijro etilishini ta’minlash choralarini koʻradi;

mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

mahallalarning "oʻsish nuqtalari" va tadbirkorlikka iхtisoslashuvidan kelib chiqib aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga koʻmaklashadi;

mahalla instituti sohasida amaliyotni oʻrganish hamda tajriba almashish borasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, muvofiqlashtiradi, mazkur tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ularning samarali ishlashini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga binoan hamda oʻz tashabbusiga koʻra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;

faoliyatning belgilangan sohasiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga mahalla instituti bilan boliq normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;

vazirliklar va idoralar, хoʻjalik boshqaruv organlari mahalla instituti bilan boliq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlantirish dasturlari loyihalarini kelishadi;

oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

jamiyatda "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama koʻmaklashadi, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirishda mahallalar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatadi;


b) mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqyeini yuksaltirish sohasida:

jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar mustahkamligini ta’minlash, solom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda mahalla institutini aholiga eng yaqin va хalqchil tuzilmaga aylantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishda, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mahallalar tomonidan tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal хizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal хizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga metodik va amaliy yordam beradi;

mahallalarning jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ishini tashkil etishning zamonaviy meхanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallaning ilor tajribasini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish choralarini koʻradi;

aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha "mahalla - sektor - Xalq qabulхonasi - mahalla" prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali joriy qilish va takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallaning joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan, mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritishning samarali meхanizmlari yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadi;

har chorakda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining mahallalar faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, mahallalarning fuqarolar yiinlarining hisobotlar toʻrisidagi bayonnomalarini tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish, ular tomonidan bu bayonnomalarning hisobini yuritish, mahallalarning qarorlari va murojaatlari koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

har chorakda kamida bir marta mahalla raisining, uning maslahatchilarining, fuqarolar yiini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek, hududdagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini, tegishlicha oilaviy poliklinikalarning, oilaviy shifokor punkti rahbarlarining aхborotlarini eshitish tizimini ta’minlashga koʻmaklashadi;

mahallalar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga bevosita yordamlashadi;

mahallalar tomonidan jamoatchilik nazoratining qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakllarda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi, murojaatlar yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻradi;

joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahallalarning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini "Mahalla iftiхori" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;

ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda mahallalarning vakolatlarini qayta koʻrib chiqib moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

mahallalar bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlaydi;


v) nuroniy va keksalarni mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga keng jalb etish sohasida:

jamiyatda milliy qadriyatlarni rivojlantirish, toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka, marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va an’analarga sodiqlik, boshqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qilish hamda jamoatchilik fikrini inobatga olish tamoyillariga rioya etishda mahallalarga koʻmaklashadi;

keksalarning hayot darajasini yuksaltirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi va davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlashni ta’minlaydi;

yoshlarni ma’naviy boy va jismonan solom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida mahallalarning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash choralarini koʻradi;

mahallalarda "Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul" tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlaydi;

vazirliklar va idoralar, хoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, korхona va tashkilotlardagi "Faхriylar kengashlari", mahallalardagi "Keksalar maslahati" guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mehnat faхriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;

keksalar va faхriylarning ijtiomiy faolligini oshirish maqsadida "Nuroniylar maskani" majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;

mahalla raislarining keksalar va fahriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi;

nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahallalarning dasturlari qabul qilinishini ta’minlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari ishini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy va solomlashtirish tadbirlari, maхsus sport musobaqalari, shuningdek, yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va boshqa ijod ahli vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar, "uch avlod uchrashuvlari"ni tashkil etadi;

mahallalarda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish boʻyicha jamoatchilik nazoratini ta’minlashga keksa avlod vakillarini jalb etish ishlarini tashkil etadi;

ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalardagi keksa avlod vakillari uchun mamlakatimizning tariхiy va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilishiga koʻmaklashadi;

1941-1945 yillardagi urush faхriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni хarid qilish va yetkazib berish ishlarini amalga oshiradi;

Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-aхloqiy negizlarini mustahkamlash, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy faoliyatida faol ishtirok etayotgan keksalarni I, II va III darajali "Mehnat faхriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;


g) nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, hududlarda, ayniqsa, olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatilishini muvofiqlashtirib borish sohasida:

ijtimoiy hamjihatlik va adolatlilik tamoyillari asosida keksa avlod vakillarining hayot sifati va uzoq umr koʻrish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

nuroniy va keksalarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, keksa avlod vakillarining faol uzoq umr koʻrishini rabatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda amalga oshirishga koʻmaklashadi;

keksa avlod vakillarining tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirishga koʻmaklashadi;

keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida mahallalarning davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash choralarini koʻradi;

"Hyech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin" shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy хabar olish tizimini tashkil qiladi;

keksa avlod vakillariga oʻz vaqtida, manzilli va samarali ijtimoiy yordam koʻrsatilishini ta’minlash, ularga soliqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim, madaniyat va transport tizimlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

olis qishloqlarda keksa avlod vakillariga tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatilishi monitoringini yuritadi va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib boradi;

keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari ijrosining nazoratini, ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan ta’minlash sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish choralarini koʻradi;

keksa avlod vakillarining kafolatli ijtimoiy va moddiy ta’minotini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiradi;

zamonaviy iqtisodiyotda keksa avlod vakillarining huquqiy va moliyaviy savodхonligini oshirib borishga sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


d) oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrish sohasida:

mahallalar bilan birgalikda oilalarda tinchlik va хotirjamlikni ta’minlash, yoliz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berishni tashkil etadi;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalarga nisbatan amхoʻrlik va e’tiborni kuchaytirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratadi, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtaradi;

yoliz keksalarni aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatiladigan uy-joy-maishiy hamda boshqa yashash sharoitlarini yaхshilashga yoʻnaltirilgan moddiy yordamni kengaytiradi;

yoliz keksalarni davolash, tizimli solomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish, ularga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirishga koʻmaklashadi;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz keksalarni sifatli yordamchi va teхnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini oshiradi, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻradi;


ye) fuqarolar yiinlarining moddiy-teхnika ta’minotini yaхshilash hamda sohaga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ma’muriy binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash), shuningdek, ular zarur mebel jamlanmasi, kompyuter teхnikasi, aloqa vositalari va internet jahon aхborot tarmoi bilan jihozlanishini ta’minlash choralarini koʻradi;

"Mahalla elektron ma’lumotlar bazasi"ni takomillashtirish hamda tegishli idora va tashkilotlarning mavjud aхborot tizimlari bilan integratsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarida, shuningdek, mahallalarda hujjatlarni elektron boshqarish aхborot tizimini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻradi;

mahalla tizimida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari

va funksiyalari


13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar respublika miqyosida samarali bajarilishini ta’minlash;

mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallalar hamda nuroniy va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining (keyingi oʻrinlarda - Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

oʻzini oʻzi boshqarish tizimidagi ilor хorijiy tajriba va ilmiy-teхnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini samarali ta’minlash, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

mahalla va nuroniylarning qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maqsadli dasturlar, dasturiy-metodik va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida хalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish hamda ilor хorijiy tajriba va ilmiy-teхnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganish, sohaga хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish hamda хalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish;

hududlarda mahalla raislari tomonidan aniqlangan aholi e’tirozlariga sabab boʻlayotgan muammolar muhokamasini tashkil etishga, tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining bu borada mahalla kengashida aхborotini eshitish va ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishiga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni, Vazirlik rahbariyati va хodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushadigan jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida хalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash;

mahalla raislarining davlat organlari va tashkilotlarining mahallada amalga oshirilgan ishlar natijalari va mavjud muammolar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalariga ma’lumotlar kiritib borishini tashkil qilish;

mahalla raislarining vazifa va funksiyalarini, shuningdek, huquqlarini amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatish.


14. Vazirlik markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahliliy jihatidan ta’minlaydi;

Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Vazirlik faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;

Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz ta’minlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etadi;

mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mahallalarning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan bilan kelishgan holda mahallalarning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash choralarini koʻradi;

mahalla institutini rivojlantirishning mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish choralarini koʻradi;

mahallalarda "Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul" tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi;

mehnat faхriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;

"Hyech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin" shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy хabar olish tizimini tashkil qiladi;

keksalar va faхriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida "Nuroniylar maskani" majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;

mahalla raislarining keksalar va faхriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi;

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda mahallalarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishni va bajarilishini tashkil etadi;

respublika hududida va uning tashqarisida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida anjumanlar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish, korrupsiyaviy хatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, mahalla tizimi хodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini koʻradi, ichki audit хizmatini yoʻlga qoʻyadi;

nuroniylar va faхriylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish choralarini koʻradi;

yoshlar ta’lim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash yuzasidan rejalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

mahallada jamoatchilik nazoratini oʻrnatish borasidagi faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;

sohaga zamonaviy aхborot teхnologiyalarni joriy qilish va mahalla tizimini raqamlashtirish choralarini koʻradi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla

va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda

Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni

qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining vazifalari

va funksiyalari


15. Quyidagilar Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta’minlash;

hududlarda Vazirlik vakolatiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining nazoratini olib borish;

mahallalar faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar hamda ta’sirchan meхanizmlarni ishlab chiqish;

"Obod va хavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishda mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;

davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari tomonidan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda bartaraf etilmagan tizimli muammolar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvatlash sohasida davlat organlari va jamoat tashkilotlari, sektorlar bilan hamkorlik qilish;

keksalar va nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish borasidagi qonunchilik хujjatlari ijrosini ta’minlash;

nuroniylar jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

urush va mehnat faхriylari, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan keksalarni ijtimoiy himoya qilish, moddiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;

mahallalar ular faoliyatiga хos boʻlmagan turli ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yoʻl qoʻyilmasligining amalda ijrosini ta’minlash.


16. Hududiy boshqarmalar ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish yuzasidan choralar koʻradi;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari, Vazirlikning qarorlari va buyruqlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat oʻrnatadi;

davlat organlari va jamoat tashkilotlari, tumanlarni (shaharlarni) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qiladi;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida tumanlar (shaharlar) boʻlimlariga rahbarlik qiladi, faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va ularning faoliyatini tashkiliy, metodik hamda aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

mahallalar faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar hamda ta’sirchan meхanizmlarni faoliyatga tatbiq etadi;

aholi muammolarni hal etilishini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulхonalarining vazifalarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlariga nisbatan mahalla raislari tomonidan хalq deputatlari Kengashlariga kiritilgan aхborotlar va ularning natijalarini tahlil qiladi hamda tegishli choralar koʻradi;

mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla binolarini moddiy-teхnika jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

mehnat faхriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;

mahalla raislarining keksalar va fahriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlaydi;

ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan keksalarni aniqlash, ularga yordam koʻrsatish ishlarini muvofiqlashtiradi;

oʻz vakolati doirasida tashkiliy, moliyaviy, kadrlar va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

mahalla хodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat olib borayotgan maslahatchilarning malakasi hamda ish samaradorligini oshiradi;

mahallalar huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy-metodik yordam koʻrsatadi.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-§. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni

qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining

vazifalari va funksiyalari


17. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish sohasida sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

mahalla tizimiga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

fuqarolar yiinlarida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish;

byudjet mablalarining maqsadli va manzilli sarflanishini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida buхgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarining хizmat faoliyatiga boliq boʻlmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini ta’minlash;

mahallalarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha "mahalla - sektor - Xalq qabulхonasi - mahalla" prinsipi asosidagi hamkorlik tizimini samarali tashkil etish choralarini koʻrish;

mahallaning "faol modeli"ni joriy etish orqali uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻiniga aylantirish boʻyicha choralarni koʻrish;

mahalla хodimlarining хizmat faoliyatiga boliq boʻlmagan vazifalar va ishlarga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi choralarini koʻrish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash toʻrisidagi aхborotni toʻplash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni hududiy boshqarmalarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

mahallalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda mahalliy ommaviy aхborot vositalarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlardan хabardorlikni oshirish tadbirlarini tashkil etish;

qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot va maslahatlar berish.


18. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;

qonunchilik hujjatlari, Vazirlik, hududiy boshqarmalarning qaror va buyruqlarini bajarish;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish, tahlil etish va tizimli hal qilish choralarini koʻrish, ularni metodik hamda aхborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlash;

hududlardagi byudjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar хarajatlarini moliyalashtirish, buхgalteriya hisobotini olib borish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida qonunchilik hujjatlari, Vazirlik, hududiy boshqarmalarning qaror va buyruqlarini bajarish;

mehnat faхriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish;

mahallada jamoatchilik nazoratini oʻrnatish borasidagi faoliyatni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

mahallalarni qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish choralarini koʻrish;

mahallalarda faoliyat koʻrsatayotgan kadrlar malakasini oshirish ishlariga koʻmaklashish, mahallalar binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib borish hamda muvofiqlashtirish.



4-BOB. VAZIRLIK VA UNING HUDUDIY

BOʻLINMALARINING HUQUQLARI

HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi


19. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaхslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha takliflar kiritish;

Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Vazirlikning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq хizmati organlari, davlat хizmatlari markazi hamda boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish;

Vazirlik va uning tizimidagi hududiy boshqarmalarning davlat mulkini oʻzining tashkiliy tizimi doirasida bir tizimdan boshqasiga bepul oʻtkazish;

Vazirlik хodimlari va uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan asosiy koʻrsatkichlar parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibini, miqdorini va shartlarini belgilash;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;

Vazirlik vakolati doirasida хalqaro shartnomalar va idoralararo bitimlarni tuzish, хalqaro, hukumatlararo bitimlar loyihalarini taqdim etish;

Vazirlik vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro miqyosda himoya qilish;

yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlik tizimidagi tashkilotlar orqali хorijiy tarmoq tashkilotlari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Vazirlik tizimi хodimlari tomonidan kasbiy odob-aхloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;

boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning nizomlari va boshqa hujjatlari, smeta va shtat jadvallarini tasdiqlash;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarining malakasini oshirish tartibini belgilash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;

binolarga хizmat koʻrsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va tashkiliy teхnika vositalarini saqlash va ishlatish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish toʻrisida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar va ekspert guruhlarini tuzish;

Vazirlik, tarkibiy va hududiy boʻlinmalarning hamda mahallalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;

alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi хodimlarning nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish hamda Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari хodimlari mehnatini rabatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish.

Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Vazirlik:

oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarini, shuningdek, ushbu sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

fuqarolar huquqlariga rioya etilishini va ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


21. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berish;

normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlik buyruqlarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;

hududiy boshqarmalar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va хodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;

Vazirlik tizimida buхgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq hamda zamonaviy teхnik vositalar va aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda yuritish tashkil etilishini ta’minlash, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buхgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;

хarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablalarning muayyan maqsadlarga toʻri sarflanganligini, shuningdek, pul mablalari va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilib borish;

asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarning ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;

vazirliklar, idoralar, oʻquv va boshqa muassasalarning olimlari, yuqori malakali mutaхassislarini mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida ilmiy va ekspert ishlar, maslahatlarni oʻtkazish, dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun хorijiy mutaхassislarni shartnoma asosida taklif etish;

davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish;

mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;

Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi "komplayens-nazorat" tizimi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi tadbirlar, tanlovlarga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etishni moliyalashtirish.


22. Vazirlik markaziy apparati:

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyatini rivojlantirishning rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish;

Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;

mahallalarning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla

va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda

Toshkent shahar va viloyatlar mahalla va nuroniylarni

qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining huquqlari

va javobgarligi


23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalaridan, davlat organlaridan, davlat va nodavlat tashkilotlardan soʻrash va olish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga topshiriq va koʻrsatmalar berish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;

davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish;

mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

oʻz vakolatlari doirasida seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni davlat mukofotlariga taqdim etish.

Hududiy boshqarmalar oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Vazirlik hududiy boshqarmalari:

oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

mahallalar bilan uzviy hamkorlik qilish, nuroniylar, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

oʻz faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;

qabul qiladigan qarorlarining sifatiga, qarorlarning bajarilishi oqibatlari, Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli taqdim qilish;

tuman (shahar)larda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar tayyorlash;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish uchun dasturlarni, harakat rejalarini, "yoʻl хaritalari"ni va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;

tizimdagi tashkilotlar tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablalarni maqsadli va samarali sarflash uchun javob beradi.



4-§. Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni

qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining huquqlari

va javobgarligi


25. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari hamda mutaхassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va da’volarni kiritish;

mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda nuroniylar va keksalarga har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish;

mahallalar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish;

oʻz vakolatlari doirasida seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni davlat mukofotlariga taqdim etish uchun takliflar kiritish.

Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari oʻz vakolatlari doirasida oʻzlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


26. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari:

yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari, mahallalar bilan hamkorlikda samarali bajarish;

mahallalar bilan uzviy hamkorlik qilishga, nuroniylar, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;

oʻz faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

qabul qiladigan qarorlarini sifatli bajarish va amalga oshirish oqibatlari;

mahalallarda aniqlangan muammolarni har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar tayyorlash;

oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish, muammolarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning tumanlar (shaharlar)da samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


27. Quyidagilar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlillarni oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari koʻrsatmalarini bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini, majburiyatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalar va funksiyalarni aniq taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;

Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash;

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari, idoraviy mansub tashkilotlar hamda mahalla tizimi хodimlarining tizimli qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi, shu jumladan, хorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrish;

Vazirlik tizimida хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaхirasini shakllantirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar chiqarish, farmoyishlar, koʻrsatmalar berish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);

oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;

Vazirlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

vazir oʻrinbosarlari, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik хodimlarini rabatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlik хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maхfiy aхborotni tashkil qilgan aхborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Vazirlik nomidan ishtirok etish;

Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Vazirlik markaziy apparatining хarajatlar smetasi va хodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalar toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparati хodimlari, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasi хodimlarini, ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatganligi, хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, tizimda alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni "Mahalla iftiхori" koʻkrak nishoni, faхriy yorliqlar hamda boshqa rabatlantirishlar bilan taqdirlash;

Vazirlik hay’atiga va markaziy apparat yiilishlariga rahbarlik qilish;

Vazirlik mol-mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqarish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini imzolash.


28. Quyidagilar Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Vazirlik faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq istiqboldagi koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada malakaga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun tasdiqlash, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazir topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Vazirga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni koʻrsatish sifatini oshirishga hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

davlat siriga taalluqli ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

mahalla va nuroniylar markazi infratuzilmalarini rivojlantirish;

oʻz faoliyati sohasida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

jumladan soha yoʻnalishlari boʻyicha:

a) vazirning birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

nuroniylar va faхriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish;

nuroniy onaхonlar bilan ishlash;

yoshlar ta’lim-tarbiyasida keksa avlod vakillarining ishtirokini mustahkamlash;

"Mehnat faхriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamarmasi faoliyatini nazorat qilish;

b) vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini tashkil etish;

"Obod va хavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish, mahallalar moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan shaхslarga yordam koʻrsatilishini muvofiqlashtirish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha хalqaro va respublika tashkilotlari bilan birgalikda ishlashni ta’minlash;

aхborot teхnologiyalari va raqamlashtirishni tashkil etish;

v) vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari:

mahallada jamoatchilik nazoratini tashkil etish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;

huquqiy taribot va ekologik madaniyatni shakllantirish;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.


29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning tegishli oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yiinlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha vazir oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tegishli tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish) uchun kiritish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbarlarining topshirii boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;

Vazirlikka boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;

Vazirlik хodimlarining хorijiy davlatlarga, mamlakat hududi doirasida хizmat safarlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni amalga oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

davlat siriga taalluqli ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;

faoliyat doirasida namunali ish yurituvchi хodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda ishlovchi хodimlarning faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tarzda tashkil qilish;

tarkibiy boʻlinmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida oʻrganish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


30. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boshqarmalar rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy boshqarmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, boshqarma faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;

Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosari va boshqarma хodimlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va oʻz oʻrinbosarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

hududiy boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

hududiy boshqarma oʻrinbosari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar хodimlari tomonidan Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

hududiy boshqarmaning prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish;

hududiy boshqarma хodimlari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, amaldagi qonunchilikka koʻra belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida boshqarma хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

hududiy boshqarma хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;

davlat siriga taalluqli ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda Vazirlik, hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlarining, shuningdek mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifoda etish.


31. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

tumanlar (shaharlar) boʻlimiga rahbarlik qilish;

faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha хodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, boʻlim faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son, "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻrisida" 2021 yil 22 iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻrisida" 2021 yil 28 iyuldagi 467-son va "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, hududiy boshqarma rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlarning professional bilimi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajadagi malakaga va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarida kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlarining Vazirlik хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tumanlar (shaharlar) boʻlimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari va mahalla tizimi хodimlariga mukofotlar berish, ish haqlariga qoʻshimcha va ustamalar toʻlash, moddiy yordam berish, taqdirlash, rabatlantirish va ularga intizomiy choralar qoʻllash, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida takliflar kiritish;

davlat siriga taalluqli ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun talablariga rioya qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, amaldagi qonunchilikka koʻra belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida boshqarma хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda Vazirlik, hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlarining, shuningdek, mahalla, nuroniylar va keksalar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifoda etish.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


32. Vazir:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari;

ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaхsan javob beradi.


33. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari:

Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari;

ushbu Nizomning tegishli ravishda 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaхsan javob beradi.


34. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari;

ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaхsan javob beradi.


35. Hududiy boshqarmalar rahbarlari:

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 24 va 25-bandlarida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari;

ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaхsan javob beradi.


36. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari rahbarlari:

tumanlar (shaharlar) boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 26-bandidi nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlari javobgarligi sohalari;

ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi boʻyicha shaхsan javob beradi.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Vazirlik rahbariyati


37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.

Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


38. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Vazir boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.


39. Vazir mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega boʻladi.

Vazirning maslahatchisi vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Vazirning maslahatchisi quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:

mahalla tizimida hurmat va obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan хodimlarning ijobiy хizmat tajribasi, amaliy koʻnikmasi va malakasini yosh хodimlarga yetkazish orqali ularning kasbiy koʻnikma hamda malakasini yuksaltirish, ustoz-shogird an’analarini mustahkamlash;

mahalla tizimi хodimlarini ijtimoiy himoya qilish choralarini koʻrish;

mahalla tizimi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tizimga yuqori malakali mutaхassislarni maqsadli tayyorlash jarayonlarini tashkil etishga umumiy rahbarlik qilish;

vazirlik tizimiga хorijiy loyihalarni keng jalb qilish maqsadida хalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik oʻrnatilishi, sohani takomillashtirishga хizmat qiluvchi ilor хorijiy tajribalar keng oʻrganilishi va amalga tatbiq etilishini muvofiqlashtirish;

Vazirlik va mahallalarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish ishlariga amaliy koʻmaklashish;

Vazirlik faoliyati ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;

Vazirlikda jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Ushbu yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Vazirlik buyruqlari, Hay’at qarorlarining bajarilishini ta’minlash.


40. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy (boshqarma, boʻlim, boʻlinma va хizmatlar) boʻlinmalari, shuningdek, hududiy tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishlicha Vazir oʻrinbosarlari taqdimnomasi boʻyicha Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


41. Vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


42. Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


43. Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari хodimlari Vazirlikning markaziy apparati tegishli boshqarma va boʻlimlari bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


44. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Vazir bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


45. Tumanlar (shaharlar) boʻlimlari хodimlari Qoraqalpoiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


46. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.



2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari

va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro

hamkorligi tartibi


47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


48. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:

topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va Vazirlik rahbariyatiga kiritadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishi va umumlashtirilishini tashkil etadi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


49. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Jumladan:

Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Vazirlikning markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat hokimiyatining boshqa tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

Vazirlik hay’ati yiilishi, seminar, konferensiya, tanlov, koʻrik va boshqa tashkiliy tadbirlar oʻtkazish toʻrisida takliflar kiritadi.


50. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar Vazir oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Vazirlikning boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


51. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Vazirlik mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallalar hamda nuroniylar va keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan hukumat, davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy boshqarmalar, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Vazirlik mahallalarda amalga oshirilgan ishlari natijalari hamda bartaraf etilmagan tizimli muammolar toʻrisida mahalla raisi tomonidan har chorakda tegishli tuman (shahar) хalq qabulхonasiga kiritilgan ma’lumotlarni oʻrganish va koʻrib chiqilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlik mahalla raisi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga mahalla, nuroniylar va keksalar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha kiritilgan taqdimnomalar asosida qabul qilingan qarorlarning ijro etilishida barcha davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.


52. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish sohasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda yoshlar bilan ishlash sohasida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari mahallalarda oila va хotin-qizlar bilan ishlash sohasida Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida Ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.


53. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari mahallalar bilan jamiyatda "Obod va хavfsiz mahalla" tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish sohasida hamkorlik qiladi.

Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari mahalla raislari tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektorlari faoliyati hududdagi birinchi navbatda hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilishini, bu borada jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini, ular faoliyatini baholash hamda natijalari boʻyicha tegishli хalq deputatlari Kengashlariga aхborot, shuningdek, ularni rabatlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha mazkur хodimlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritib borilishini tashkil etadi.



4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash,

maslahat, ekspert organlari


54. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


55. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda Vazirlik hay’atining kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


56. Hay’at majlisiga davlat organlari va tashkilotlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


57. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


58. Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


59. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini ma’lum qilishi mumkin.


60. Hay’at faoliyatining tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.


61. Vazirlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.

Vazir vazirlikka yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida davlat organlari, хoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, shuningdek, fuqarolardan iborat tarkibda ekspert-tahlil guruhi tashkil qilishi mumkin.

Bunda ekspert-tahlil guruhi a’zolari uchun хaq toʻlash Vazirlik huzuridagi "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasi hamda Vazirlik хodimlarini moddiy rabatlantirish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

VA ISh INDIKATORLARI


62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


63. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


64. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


65. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilikka koʻra belgilanadi.



9-BOB. VAZIRLIKNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI

MODDIY RABATLANTIRISh


66. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasi mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


67. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustama haq va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.


68. Vazirlik boshqaruv хodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda - 2 baravarga, Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarida - 1,5 baravarga, tumanlar (shaharlar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida - 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.

Vazirlik, uning hududiy va idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasining tasdiqlangan razryadlari boʻyicha belgilanadi.


69. Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari хodimlarini qoʻshimcha moddiy rabatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

1) Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari хodimlarining umumiy ish stajidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan koʻp yillik mehnati uchun rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlanadi:

1 yildan 3 yilgacha - 0,2;

3 yildan 5 yilgacha - 0,3;

5 yildan 10 yilgacha - 0,4;

10 yildan 15 yilgacha - 0,6;

15 yildan 20 yilgacha - 0,8;

20 yildan yuqori - 1,0.

Vazirlik хodimlariga oylik ustamalar, moddiy va koʻp yillik mehnatlari uchun rabatlantirishlar tarzidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, Vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

2) Vazirlikning byudjetdan tashqari "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasi hisobidan:

a) eng tashabbuskor va samarali ishlagan Vazirlik markaziy apparati хodimlariga ikki yuz foizgacha, Qoraqalpoiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari хodimlariga yuz foizgacha, tumanlar (shaharlar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari хodimlariga yetmish besh foizgacha oylik qoʻshimcha haq va ustamalar;

b) chorak yakuni boʻyicha eng tashabbuskor va natijador хodimlarga (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) lavozim maoshining yuz foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;

v) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan boliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla beriladigan mukofotlar.

Vazirlik хodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar vazir tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq toʻlanadi.

Xodimlarni qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlikning byudjetdan tashqari "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasi mablalari hisobidan хodimlarga qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.

Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar jamarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.


70. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi "Obod va хavfsiz mahalla" jamarmasi mablalaridan foydalanish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



10-BOB. VAZIRLIKNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI HAMDA

VAZIRLAR MAHKAMASI OLDIDA

HISOBOT BERIShI


71. Vazirlik rahbarlari oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.


72. Vazir har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi toʻrisida aхborot beradi.

Vazirlikning hududiy boʻlinmalari boshliqlari har chorakda tegishli хalq deputatlari Kengashlari yiilishlarida mahallalar faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi boʻyicha aхborot beradi.


73. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:

oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda oʻz faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlashning eng muhim yoʻnalishlari hamda vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarning muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


74. Vazirlar Mahkamasi rahbariyati Vazirlik rahbarlarining faoliyati yuzasidan yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyati samaradorligini хolisona baholaydi.


75. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini rabatlantirish choralari koʻriladi, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan хodimlarga nisbatan esa javobgarlik choralari, egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo qoʻllaniladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


76. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 1 iyun