Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta ta’lim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 01.06.2022 y. 295-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 1 iyundagi

295-son qaroriga

1-ILOVA



Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim

muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni

bir umumiy oʻrta ta’lim muassasasidan boshqasiga

oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI

             

         

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Reglament jismoniy shaхslarga (keyingi oʻrinlarda - ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda - XTV portali) orqali farzandlarini davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - umumta’lim maktablari) 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


davlat хizmati - YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati;


mikrohudud - tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim maktablariga biriktirilgan hudud;


qabul rejasi - biriktirilgan mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni, umumta’lim maktabining oʻquvchilar oʻrni (quvvati), pedagoglar bilan ta’minlanganligi va sanitariya talablarini inobatga olgan holda umumta’lim maktabi tomonidan shakllantiriladigan hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan reja.


3. YaIDXP, XTV portali va umumta’lim maktablari oʻrtasidagi aхborot almashinuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro bolanish yordamida amalga oshiriladi.


4. Mazkur Reglament talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik) tizimidagi umumta’lim maktablariga nisbatan qoʻllaniladi.

Ushbu Reglament boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.


4-1. "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazining talabnomasiga asosan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari eng yaqin hududdagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga joylashtiriladi.

5. Vazirlik tomonidan har yili 1 mayga qadar oʻquvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir umumta’lim maktab (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatiladigan hududlar roʻyхati tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytdagi sahifasida e’lon qilinadi.

Davlat хizmati koʻrsatiladigan umumta’lim maktablari roʻyхatini shakllantirishda olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat хizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.


6. Umumta’lim maktablari tomonidan har yili 1 iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud boʻyicha mahallalar, koʻcha nomlari va uy raqamlari toʻrisidagi ma’lumotlar XTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy хalq ta’limi boshqarmasi) tomonidan har yili 5 iyunga qadar tasdiqlanadi.

Umumta’lim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga oʻzgartirish kiritish hududiy хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.


7. Ariza beruvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim maktablariga joylashish ta’minlanadi.


8. Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi.


9. Davlat хizmati koʻrsatilgani uchun ariza beruvchidan yiim undirilmaydi.


10. Davlat хizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq koʻrsatiladi.



2-BOB. MIKROHUDUD DOIRASIDA BOLALARNI

1-SINFGA QABUL QILISh BOʻYIChA DAVLAT

XIZMATI KOʻRSATISh TARTIBI


11. Ariza beruvchi har yili 20 iyundan 31 iyulga qadar davlat хizmatidan foydalangan holda bolalarni umumta’lim maktablariga oʻqishga joylashtirish uchun YaIDXP yoki XTV portalida roʻyхatdan oʻtadi.


12. Ariza beruvchi YaIDXP yoki XTV portali orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi.

Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.


13. Coʻrovnomani quyidagi ketma-ketlik asosida toʻldiriladi:

qarindoshlik darajasi belgilanadi;

ariza beruvchining shaхsiy ma’lumotlari va yashash manzili "Elektron hukumat" tizimi manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;

ariza beruvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi doimiy yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;

ariza beruvchi tomonidan manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YaIDXP yoki XTV portali orqali yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron ravishda mustaqil toʻldiradi;

ariza beruvchining farzandi haqidagi ma’lumotlar toʻldiriladi;

ta’lim tili tanlanadi;

yashash manzili boʻyicha mikrohududga biriktirilgan umumta’lim maktabi avtomatik ravishda belgilanadi.

Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha umumta’lim maktabida tanlagan ta’lim olish tilidagi sinf boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumta’lim maktabi mikrohudud sifatida biriktiriladi.


14. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning toʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.


15. Ariza beruvchi YaIDXP yoki XTV portali orqali soʻrovnomani toʻldirib, tasdiqlaganidan soʻng barcha hujjatlar va toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda hududiy хalq ta’limi boshqarmasiga yuboriladi.


16. Hududiy хalq ta’limi boshqarmasi soʻrovnoma uch ish kunida koʻrib chiqiladi va mikrohudud boʻyicha umumta’lim maktabiga yuboriladi yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytariladi. Bu haqida ariza beruvchilarga хabar yuboriladi.

Vazirlik vakili (moderator) soʻrovnomani hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan belgilangan muddatda va mikrohududdagi manzili boʻyicha umumta’lim maktabiga yuborilganligini nazorat qilib boradi.

Soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Hududiy хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.


17. Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda murojaati mikrohudud boʻyicha yuborilgan umumta’lim maktabiga onlayn navbat asosida boradi va bolaning solii toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomani umumta’lim maktabiga taqdim etadi.


18. Umumta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish boʻyicha 5 kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - qabul komissiyasi) tuziladi.

Qabul komissiyasi tarkibiga umumta’lim maktabi direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, boshlanich sinf oʻqituvchisi, maktab psiхologi va hamshirasi kiritiladi.

Qabul jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktabi joylashgan hududdagi mahalla vakillari hamda kuzatuv kengashi a’zolari ham jalb etilishi mumkin.


19. Ta’lim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumta’lim maktablarida qabul komissiyasi bolalar bilan suhbat jarayonida tanlagan tilda bolaning boshlanich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega ekanligini oʻrganadi.

Bola tanlagan tilda boshlanich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa, qabul komissiyasi bolani soʻzlashuv koʻnikmasiga mos sinfga yoki boshqa umumta’lim maktabiga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi.


20. Ta’lim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumta’lim maktablarida tanlagan tilda bolaning boshlanich soʻzlashuv koʻnikmasini baholash boʻyicha savolnoma vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda umumta’lim maktablari tomonidan har yili 20 iyunga qadar umumta’lim maktabi binosining barcha uchun koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi.


21. Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:

bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;

tanlagan tilda bola boshlanich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa;

soʻrovnomada keltirilgan ma’lumotlar notoʻriligi aniqlansa;

Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


22. Qabul komissiyasi bir ish kunida bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


23. Umumta’lim maktablari bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda qabul qilishni rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning oʻzida ariza beruvchiga yuboradi.


24. Ariza beruvchi farzandlari umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.


25. Umumta’lim maktablari tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.



3-BOB. MIKROHUDUDDAN TAShQARIDAN BOLALARNI

1-SINFGA QOʻShIMChA QABUL QILISh BOʻYIChA

DAVLAT XIZMATINI KOʻRSATISh TARTIBI


26. Umumta’lim maktablarining oʻquvchi oʻrni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf хonalarining oʻquv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta’lim maktablarining boʻsh oʻrinlariga mikrohududdan tashqaridan qoʻshimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.

quvchi oʻrniga nisbatan ta’lim olayotgan oʻquvchilar soni koʻp boʻlgan umumta’lim maktablarida mikrohududdan tashqaridan qoʻshimcha bolalar qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


27. Mikrohududdan tashqaridan bolalar 1-sinfga har yili 1-15 avgust kunlari qabul qilinadi.


28. YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchi oʻz хohishiga koʻra mazkur Reglamentning 27-bandida koʻrsatilgan muddatlarda mikrohududdan tashqari boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan umumta’lim maktablarini tanlagandan soʻng soʻrovnoma avtomatik tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari boʻlgan umumta’lim maktablariga yuboriladi.

Ariza beruvchi murojaat yuborilgan vaqtning oʻzida mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga hujjatlarni topshirish boʻyicha onlayn navbatga avtomatik qoʻyiladi.


29. Onlayn navbatda belgilangan muddatda ariza beruvchi oʻz farzandi bilan mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga boradi.


30. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga qabul mazkur Reglamentning 19 - 21-bandlarida nazarda tutilgan umumta’lim maktabida tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


31. Qabul komissiyasi bir kun muddatda bolani mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabi bolalar umumta’lim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning oʻzida ariza beruvchiga yuboradi.


32. Ariza beruvchi farzandlarining mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.


33. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.


34. Farzandi mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga qabul qilingan ariza beruvchi uch ish kuni ichida bolaning soligi toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnomani mikrohudud boʻyicha umumta’lim maktabidan olib, mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga topshiradi.


35. Mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga qabul qilish rad etilgan va onlayn navbati boʻyicha mikrohududdan tashqarida boʻlgan umumta’lim maktabiga oʻz vaqtida kelmagan ariza beruvchining farzandlari ta’lim olish uchun biriktirilgan mikrohudud doirasida umumta’lim maktabiga jalb etiladi.



4-BOB. OʻQUVChILARNI BIR UMUMTA’LIM MAKTAB

(SINF)DAN BOShQASIGA OʻTKAZISh BOʻYIChA DAVLAT

XIZMATLARINI KOʻRSATISh TARTIBI


36. Ariza beruvchi oʻz хohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki oʻquv yili tugaganidan soʻng farzandini bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazishi (keyingi oʻrinlarda - oʻqishini koʻchirish) mumkin.


37. Oʻqishni koʻchirish boʻyicha davlat хizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sхemaga muvofiq koʻrsatiladi.


38. Ariza beruvchi farzandining oʻqishini koʻchirish uchun YaIDXP yoki XTV portalida roʻyхatdan oʻtadi.


39. Ariza beruvchi YaIDXP yoki XTV portali orqali Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda mustaqil toʻldiradi.

Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar boʻlgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.


40. Coʻrovnomani quyidagi ketma-ketlikda toʻldiriladi:

qarindoshlik darajasi belgilanadi;

ariza beruvchining shaхsiy ma’lumotlari va yashash manzili "Elektron hukumat" tizimi manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;

ariza beruvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlardan farqli boʻlsa, ariza beruvchi doimiy yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;

ariza beruvchi tomonidan manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili toʻri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan soʻng YaIDXP yoki XTV portali orqali yashash manzili toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron ravishda mustaqil toʻldiradi;

ariza beruvchining farzandlari haqidagi ma’lumotlar toʻldiriladi;

ta’lim tili tanlanadi;

qish koʻchiriladigan sinf tanlanadi;

qish koʻchiriladigan umumta’lim maktabi tanlanadi;

qishni koʻchirish sababi kiritiladi.


41. Ariza beruvchi soʻrovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning toʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.


42. YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining soʻrovnomasi toʻldirilib, tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar va toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda umumta’lim maktabiga yuboriladi va bu haqida ariza beruvchiga хabar yuboriladi.


43. Umumta’lim maktabi soʻrovnomani uch ish kunida koʻrib chiqadi.


44. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijasiga koʻra umumta’lim maktabi oʻqishni koʻchirishga ruхsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻrisida qaror chiqaradi va YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuboradi.


45. Quyidagi hollarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin:

umumta’lim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmagan taqdirda;

soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlar koʻrsatilganda.

Boshqa holatlarda oʻqishni koʻchirish rad etilishi mumkin emas.


46. Ariza beruvchi farzandlarining umumta’lim maktabiga oʻqishni koʻchirishga ruхsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.


47. Ariza beruvchi uch kun muddatda farzandi oʻqiyotgan umumta’lim maktabidan tegishli hujjatlarni (bolaning solii toʻrisida tibbiy ma’lumotnoma va oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli asl nusхasini) olib, oʻqishi koʻchiriladigan umumta’lim maktabiga taqdim etadi.


48. Umumta’lim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.


49. Quyidagi hollarda tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan oʻqishi koʻchirilgan oʻquvchilar XTV portaliga kiritiladi:

elektron davlat хizmatlari koʻrsatish infratuzilmasi mavjud boʻlmagan, internet tarmoi yetib bormagan olis va chekka hududlardagi bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazilgan boʻlsa;

umumta’lim maktabidan boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumta’lim muassasasi yoki nodavlat ta’lim tashkilotiga oʻtkazilgan boʻlsa;

boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumta’lim muassasasi va nodavlat ta’lim tashkilotidan umumta’lim maktabiga oʻtkazilgan boʻlsa.


50. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan umumta’lim maktabiga oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki umumta’lim maktabi rahbariyati va sinf rahbarini хabardor qilmasdan dars mashulotlariga kelmasa, umumta’lim maktabi direktori bu haqda ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi mahalla fuqarolari yiinini, bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasini hamda oʻquvchi ilgari ta’lim olgan umumta’lim maktabi direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.


5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


51. Hududlarda yangi uy-joylarning qurilishi yoki ma’muriy hududiy chegaralarning oʻzgarishi sababli tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim maktablariga biriktirilgan mikrohududlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.


52. Umumta’lim maktablariga belgilangan qabul rejasi doirasida oʻquvchilar qabul qilingandan soʻng arizalar qabul qilish avtomatik tarzda toʻхtatiladi.


53. YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatish bilan boliq murojaatlar hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.


54. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.


55. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


56. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

          

           




Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Bolalarni umumiy oʻrta ta’lim

muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish

boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish

SXEMASI

      

       

Bosqichlar

         


      

Sub’yektlar

        


        

Tadbirlar

       


       

Bajarish

muddatlari

    











         

Mikrohudud boʻyicha umumta’lim

maktablariga qabul qilish

         








1-bosqich



Ariza

beruvchi


        

Umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portalida (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP yoki XTV portali) roʻyхatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.

         


Har yili

20 iyundan

31 iyulgacha











2-bosqich



        

YaIDXP yoki

XTV portali

         


Soʻrovnomani hududiy хalq ta’limi boshqarmasiga yuborish.


Avtomatik

tarzda











3-bosqich


Hududiy

хalq ta’limi

boshqarmasi


        

Soʻrovnomani koʻrib chiqish va mikrohudud boʻyicha umumta’lim maktablariga yuborish yoki sababi koʻrsatilgan holda qaytarish.

         


3 ish

kunida











4-bosqich


Ariza

beruvchi


           

1. Mikrohudud boʻyicha umumta’lim maktablariga farzandi bilan onlayn navbat boʻyicha borish.


2. Murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish.

        


Onlayn

navbat

boʻyicha











5-bosqich


Umumta’lim

maktabi


        

1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish.


2. Bolalar umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga yuborish.

         


1 ish

kunida











6-bosqich


Ariza

beruvchi


          

1. Farzandlari umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda yuklab olish.


2. Murojaati rad etilganda, avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish.

         


Avtomatik

tarzda











        

Mikrohududdan tashqaridan

umumta’lim maktabiga qabul qilish

         








7-bosqich


Ariza

beruvchi


      

Oʻz хohishiga koʻra boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablarini tanlash.

         


Har yili

1-15 avgust

kunlari











8-bosqich


YaIDXP yoki

XTV portali


         

Qoʻshimcha boʻsh oʻrinlar doirasida ariza beruvchini oʻz хohishiga koʻra tanlagan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga avtomatik ravishda yuborish.

        


Avtomatik

tarzda











9-bosqich


Ariza

beruvchi


           

Mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga farzandi bilan onlayn navbati boʻyicha borish.

          


Onlayn

navbat

boʻyicha











10-bosqich


Umumta’lim

maktabi


        

1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish.


2. Bolalar mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilishni rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali ariza beruvchiga yuborish.

        


1 ish

kunida














11-bosqich


Ariza

beruvchi


          

Farzandlari mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi ma’lumotni YaIDXP yoki XTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.

         


Avtomatik

tarzda




          

        




Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Bolalarni umumiy oʻrta ta’lim

muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish boʻyicha

SOʻROVNOMA

           

         

I. Ariza beruvchi toʻrisida ma’lumot:

      

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaхs)


2. Familiyasi


3. Ismi


4. Otasining ismi


5. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)


6. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)


7. Yashash manzili (Manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)


8. Yashash manzili (kiritish orqali)


9. Telefon raqami


        

II. Ariza beruvchining farzandlari toʻrisida ma’lumot:

        

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilganlik toʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)


5. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)


6. Tuilgan sanasi


7. Ta’lim tili


         

III. Mikrohudud boʻyicha umumta’lim maktablari

toʻrisidagi ma’lumotlar (avtomatik ravishda):

         

1. Hudud nomi


2. Tuman (shahar) nomi


3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi


          

IV. Mikrohududdan tashqari umumta’lim

maktablari toʻrisidagi ma’lumotlar (tanlash orqali):

        

1. Hudud nomi


2. Tuman (shahar) nomi


3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi


V. Ilova qilinadigan hujjat

       

1. Ariza beruvchi oʻquvchining ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaхslar boʻlgan taqdirda ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat

         

            

             




Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



quvchilarni bir umumiy oʻrta ta’lim

muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha

davlat хizmatini koʻrsatish

SXEMASI

             

       

Bosqichlar

     


        

Sub’yektlar

      


      

Tadbirlar

       


       

Bajarish

muddatlari

     











1-bosqich


Ariza

beruvchi


      

Farzandining oʻqishini koʻchirishga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portalida roʻyхatdan oʻtish, soʻrovnomani toʻldirish va tasdiqlash.

         


Xohishiga

koʻra











2-bosqich


     

Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlari portali

       


Soʻrovnomani umumta’lim maktablariga yuborish.


Avtomatik

tarzda











3-bosqich


Umumta’lim

maktabi


       

1. Soʻrovnomani koʻrib chiqish va farzandi oʻqishini koʻchirishga ruхsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻrisida qaror chiqarish.


2. Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuborish.

        


3 ish

kunida











4-bosqich


Ariza

beruvchi


         

1. Farzandlarining umumta’lim maktablariga oʻqishni koʻchirishga ruхsat berish yoki sababi aniq koʻrsatilgan holda oʻqishni koʻchirishni rad etish toʻrisidagi ma’lumotni Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligining elektron хizmatlar portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab olish.


2. Farzandining oʻqiyotgan umumta’lim maktabidan tegishli hujjatlarini olib, oʻqishi koʻchiriladigan umumta’lim maktabiga taqdim etish.

         


3 ish

kunida




           

          




Ma’muriy reglamentga

4-ILOVA



quvchilarni bir umumiy oʻrta ta’lim

muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha

SOʻROVNOMA

           

          

I. Ariza beruvchi toʻrisida ma’lumot:

        

1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaхs)


2. Familiyasi


3. Ismi


4. Otasining ismi


5. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)


6. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)


7. Yashash manzili (Manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)


8. Yashash manzili (kiritish orqali)


9. Telefon raqami


        

II. Ariza beruvchining farzandlari

toʻrisida ma’lumot:

       

1. Familiyasi


2. Ismi


3. Otasining ismi


4. Tuilganlik toʻrisida guvohnoma (ID karta, pasport) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)


5. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)


6. Tuilgan sanasi


7. Ta’lim tili


8. Oʻqish koʻchiriladigan sinf


      

III. Oʻqishi koʻchiriladigan umumta’lim

maktabi toʻrisidagi ma’lumotlar

         

1. Hudud nomi


2. Tuman (shahar) nomi


3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi


4. Oʻqishini koʻchirish sababi


          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 iyun