Markaziy bank Boshqaruvining 27.11.2004 y. 25/8-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 17.12.2004 y. 1434-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
17.12.2004 y.
N 1434
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
27.11.2004 y.
N 25/8
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida
asosiy vositalarning buхgalteriya hisobi
toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(2004 yil 27 dekabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni 3, 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:
1. "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi yoʻriqnomaning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Mazkur Yoʻriqnomaning yangi tahriri kuchga kirishi munosabati bilan "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi yoʻriqnoma (2003 yil 14 yanvarda 1201-raqam bilan roʻyхatga olingan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. Mullajonov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 50-son, 510-modda.