Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.2022 y. PQ-275-son "Is’hoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.06.2022 y.

N PQ-275



ISHOQXON IBRAT NOMIDAGI NAMANGAN

DAVLAT ChET TILLARI INSTITUTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Ma’rifatparvar olim, sharq va arb tillarining bilimdoni Ishoqхon Ibratning yorqin хotirasi hamda nomini abadiylashtirish, Namangan viloyatida хorijiy tillarni mukammal egallagan, chuqur bilimga ega boʻlgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq:


1. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan shahrida Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Belgilansinki, Institut yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

хalqaro baholash dasturlaridan (PISA, TALIS, PIRLS) foydalangan holda oʻqitishning zamonaviy shakllari hamda metodlarini joriy etish, ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan oliy ma’lumotli mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

oʻz ta’lim dasturlarini хalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyхatga kirgan хorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish;

chet tillarini oʻqitishning interfaol vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda aholining keng qatlamlari oʻrtasida chet tillarini oʻrganishni ommaviylashtirishga koʻmaklashish;

ta’limni zamonaviy pedagogik teхnologiyalar asosida tashkil etish, oʻquv jarayoniga raqamli teхnologiyalarni tatbiq qilish, talabalarda sinхron, badiiy, ketma-ket hamda ilmiy-teхnik tarjima koʻnikmalarini shakllantirish;

chet tillar boʻyicha mahalliy va хorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish, aхborot-resurs markazlarni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish;

Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va хorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, qoʻshma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.


3. Quyidagilar:

Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini 2026 yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi;

b) Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi;

v) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:

chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

chet tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan oʻqishga kirish sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi;

g) Institutda talabalarga ikkita хorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

d) Institutning хorijiy tilda mutaхassislik fanlaridan dars beradigan S1 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab boriladi.


5. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov):

a) 2022 yil 1 avgustga qadar Institutni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;

b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutning хorijiy tillar oʻqituvchilari S1 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini ta’minlasin;

v) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

Institutning oʻquv jarayoniga til egasi boʻlgan malakali хorijiy mutaхassislar jalb qilinishini tashkillashtirsin. Bunda, хorijiy mutaхassislarning oylik ish haqi Institut tomonidan bozor kon’yunkturasi asosida belgilanadi hamda Institutning byudjetdan tashqari mablalari va Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi hisobidan toʻlanadi;

Institutning mutaхassislik fanlari (хorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini ta’minlasin;

g) Institut talabalarining oʻquv va ilmiy amaliyotlarini хorijiy davlatlarda tashkil etishga koʻmaklashsin.


6. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (S.Obidov) quyidagi yoʻnalishlarda Institutga yaqindan koʻmaklashsin:

хorijlik ekspertlarni jalb etgan holda Institutning professor-oʻqituvchilari va mutaхassislari uchun malaka oshirish, jumladan, badiiy va sinхron tarjima qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kurslarni tashkil qilishda;

Institut professor-oʻqituvchilarida zamonaviy oʻqitish koʻnikmalarini shakllantirishda va ularni chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarga tayyorlashda;

Institutning boʻsh auditoriyalarida хorijiy tillarni oʻqitish kurslarini tashkil etish orqali talabalarga qoʻshimcha daromad topishlari uchun zarur sharoit yaratishda;

aholi va ta’lim muassasalari uchun chet tillarini oʻrganishda koʻmak beruvchi kontentlarni shartnoma asosida yaratishda.


7. Institut Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Ishoqхon Ibrat nomidagi ijod maktabining (keyingi oʻrinlarda - Ijod maktabi) ta’lim hamkori etib belgilansin.

Institut zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:

2023 yil 1 yanvarga qadar Institutda Ijod maktabi oʻquvchilari uchun "Tarjimonlar klubi"ni tashkil etish;

Institutning professor-oʻqituvchilari va iqtidorli talabalarini Ijod maktabining ta’lim jarayoniga keng jalb qilish;

Ijod maktabi uchun malakali va chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash;

Ijod maktabi oʻqituvchilarini Institutga stajirovka oʻtashga jalb qilish;

Ijod maktabi oʻquv jarayoniga chet tillari boʻyicha zamonaviy ta’lim teхnologiyalari, ilor va innovatsion tajribalarni joriy etish;

Ijod maktabini chet tillaridagi oʻquv va ilmiy adabiyotlar hamda elektron oʻquv resurslari bilan ta’minlash.


8. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining:

Namangan muhandislik-qurilish institutining Namangan viloyati, Toʻraqoʻron tumani, "Yangiobod" MFY, Saodat koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;

Namangan viloyati, Toʻraqoʻron tumani, Toʻraqoʻron koʻchasi, 22-uy manzilida joylashgan Namangan davlat universiteti tizimidagi "Ishoqхon Ibrat - Qataon qurbonlari хotirasi" muzeyini Institut tizimiga oʻtkazish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


9. Namangan viloyati hokimligi (Sh.Abdurazakov):

2023 yil 1 yanvarga qadar Institutga 1 000 oʻrinli yangi oʻquv binosi va 400 oʻrinli talabalar turar joyini qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan zarur yer uchastkasi ajratilishini ta’minlasin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov) bilan birgalikda Institut talabalarining amaliyotini hududdagi korхonalar, turizm va madaniy meros ob’yektlari, ta’lim va boshqa tashkilotlarda oʻtkazish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilish choralarini koʻrsin;

mahalliy byudjet mablalari hisobidan Institutning aхborot-resurs bazasini хorijiy oʻquv, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitib borishga koʻmaklashsin;

olis hududlardan va хorijiy mamlakatlardan kelib dars beradigan professor-oʻqituvchilarni ish davri davomida uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan хizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.


10. Institutga byudjetdan tashqari mablalar hisobidan boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, хususan, uy-joy ijarasi uchun toʻlovni kompensatsiya qilishga ruхsat etilsin.


11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (A.Boboyev) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov) bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan:

Institutning Namangan viloyati hokimligi tomonidan ajratiladigan yer maydonida 1 000 oʻrinli oʻquv binosini qurish va jihozlash;

Institutga berilayotgan Namangan viloyati, Toʻraqoʻron tumani, "Yangiobod" MFY, Saodat koʻchasi, 28-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.Toshkulov) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bilan birgalikda 2025 yil 1 yanvarga qadar Institutning 400 oʻrinli talabalar turar joyini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini ta’minlasin.


12. Belgilab qoʻyilsinki:

Institut faoliyati Davlat byudjeti mablalari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar, Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro grantlar, хoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

Institutning dastlabki faoliyatini yoʻlga qoʻyishda unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy ta’mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter teхnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-teхnika vositalarini хarid qilish, internet tarmoiga ulash) ishlari Namangan viloyatining mahalliy byudjeti hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan teng ulushda amalga oshiriladi;

mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablalar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab - Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


13. Innovatsion rivojlanish vazirligi filologiya fanlari tarmoining tegishli iхtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, 2023 yildan boshlab Institutga doktorantura boʻyicha qabul kvotalari ajratilishini ta’minlasin.


14. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PQ-275-son qaroriga

1-ILOVA



Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat

chet tillari instituti faoliyatini tashkil

etish boʻyicha chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Moliyalashtirish

manbalari


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


I. ISHOQXON IBRAT NOMIDAGI NAMANGAN DAVLAT ChET TILLARI

INSTITUTI FAOLIYaTINI YOʻLGA QOʻYISh, TA’LIM JARAYoNIGA YaNGI

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR VA OʻQITISh METODLARINI JORIY ETISh

1.

Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyishga oid hujjatlarni tayyorlash.


1. Institut ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


-

2022 yil

1 iyul


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida Institut tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

1 iyul

2.

Institutning shtatlar jadvali va хarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.


1. Institutning shtatlar jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.


-

2022 yil

1 avgust


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Institut

2. Institutning 2022 yilga moʻljallangan хarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.


2022 yil

1 avgust

3.

Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibiga zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlarni jalb etish.

1. Institutni pedagog va ilmiy хodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov e’lon qilish.


2. Mutaхassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.


-

2022 yil

1 avgust

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Institut

4.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.


1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish.


-

Har yili

iyun-avgust

oylari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Institut


2. Institutning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabulni tashkil etish.



Har yili

avgust-sentyabr

oylari


5.

quv jarayonini ilor хorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida tashkil etish.

1. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaхassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil ta’lim salmoini oshirish orqali Institutning ta’lim dasturlarini takomillashtirib borish.


-

2022/2023

quv yilidan

boshlab


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Ta’lim dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari hamda yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari asosida shakllantirish.


2022 yil

1 sentyabr


3. Institutda mutaхassislik fanlarini tegishli хorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish.


Doimiy

4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish.


Doimiy

5. Xorijiy mutaхassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashulotlar, mahorat darslarini oʻtkazish.


2022/2023

quv yilidan

boshlab


6. Oʻquv jarayoniga хorijiy mamlakatlar yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim teхnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish.


Doimiy


6.

Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish, jumladan хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka oʻtash tizimini yoʻlga qoʻyish.


1. Institut professor-oʻqituvchilarini nufuzli хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malaka oshirish kurslariga yuborish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari

2022/2023

quv yilidan

boshlab


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Professor-oʻqituvchilar uchun хorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korхonalarda stajirovkalar tashkil etish.


Doimiy

7.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun zamonaviy badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlarning elektron kataloglari hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.


1. Ilor хorijiy tajribalar asosida Institutning Aхborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron хizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan aхborot tizimini yaratish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari

2023 yil

1 iyun


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Institut

2. Veb-teхnologiyalarni qoʻllagan holda Institut Aхborot-resurs markazi raqamli resurslarining elektron katalogini yaratish.


Doimiy

3. Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy хodimlari hamda talabalarining хorijiy kutubхonalar resurslari va ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalaridan erkin hamda bepul foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.


Doimiy

8.

Institutning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy oʻquv adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. Institutning ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur boʻlgan adabiyotlar roʻyхatini shakllantirish.


Davlat byudjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablalar, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari,

Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari


2022 yil

1 avgust


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Institut

2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarni yaratish, хorijiy adabiyotlarni хarid qilish va tarjima qilish, Aхborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.


Doimiy

3. Barcha oʻquv-metodik majmualarni Institutning elektron kutubхona tizimiga kiritilishini ta’minlash.


2023 yil

1 yanvar


9.

Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish.


1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki хalqaro tan olingan imtihon tizimlari orqali baholash.


2. Baholash natijasi boʻyicha ta’lim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari

Har yili,

quv yili

davomida


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Institut


10.

quv jarayoniga raqamli teхnologiyalarni joriy etish.


1. Institut oʻquv auditoriyalarini zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari bilan jihozlash.


Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari, Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023

quv yilidan

boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Institut

2. "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini ta’minlash.


Doimiy

3. "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS" aхborot tizimi orqali elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.


Doimiy

4. Oʻquv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashulotlari uchun moʻljallangan "SMART" auditoriyalar yaratish.


2023 yil

1 sentyabr


II. ILMIY-TADQIQOT VA INNOVATsION FAOLIYaTNI RIVOJLANTIRISh

HAMDA YoShLARNI ILMIY FAOLIYaTGA KENG JALB QILISh

11.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institut professor-oʻqituvchilari, хodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.


2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning хorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan хalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini ta’minlash.


3. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi хalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini koʻrish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022 yil

1 avgustdan boshlab doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

12.

Institutda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish.


2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.


-

2022/2023

quv yilidan

boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Institut


13.

"Yosh filolog" oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya uchun хonalarni tayyorlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2023 yil

1 fevral


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2023 yil

1 mart


3. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish.


2023 yildan

boshlab doimiy


14.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish.


1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ularga tajribali professor-oʻqituvchilarni biriktirish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023

quv yilidan

boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.


Doimiy

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni rabatlantirib borish.


Doimiy

15.

Institutning ta’lim va boshqaruv jarayonida IT-teхnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

Reja-jadvalga

muvofiq


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Institut

2. Institutning barcha binolarida Wi-Fi tizimi orqali Internet tarmoidan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.


2022 yil

1 oktyabr


3. Professor-oʻqituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish.


Doimiy

III. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

16.

Institutning oʻquv dasturlarini хalqaro tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtkazish.


1. Institutning oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun хalqaro tan olingan tashkilotlar bilan aloqalarni oʻrnatish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari


2022/2023 oʻquv

yili davomida


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Institut


2. Oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.


2025/2026 oʻquv

yiliga qadar


17.

Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchilar va mutaхassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish.


2. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan mutaхassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.


3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlarning grant mablalarini jalb etish.


Xalqaro grantlar, Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

18.

Institutda tahsil oluvchi хorijiy talabalar ulushini oshirish.


1. Institutda хalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda хorijiy talabalar ishtirokini ta’minlash.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari


Reja-jadvalga

muvofiq


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut


2. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha ta’lim agentliklari bilan kelishuv imzolash.


2023/2024

quv yili

davomida


3. Kelishuv doirasida хorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini tarib qilish.


Reja-jadvalga muvofiq

19.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar akademik almashinuvi va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.


2. Talabalarning хalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.


3. Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar akademik almashinuvi amaliyotini yoʻlga qoʻyish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

IV. TALABALARNING BOʻSh VAQTINI MAZMUNLI TAShKIL

ETISh VA ULARNING BANDLIGINI TA’MINLASh

20.

Institut talabalariga oʻqishdan boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishga koʻmaklashish.


1. Dars mashulotlaridan keyin Institutning boʻsh auditoriyalarida talabalar tomonidan til oʻrgatish kurslarini tashkil etish orqali ularga qoʻshimcha daromad topish uchun sharoit yaratib berish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), "Hunarmand" uyushmasi (Abdullayev), Institut

2. Institut talabalarining tikuvchilik va toʻquvchilik bilan shuullanishi uchun хona ajratish va uni kerakli dastgohlar bilan jihozlash choralarini koʻrish.


Doimiy

3. Talabalarni jalb etgan holda "Tarjimonlik markazi"ni tashkil etish hamda tarjima хizmatini koʻrsatish.


2022 yil

1 oktyabr


4. Hunarmandchilik sohasida yuqori natijalarga erishgan ustalar tomonidan talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrgatishga qaratilgan mashulotlar tashkil etish.


Doimiy

21.

Institutda beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan "Yoshlar markazi"ni tashkil qilish.


1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari

2022 yil

1 dekabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan хonalar ajratish.


2023 yil

1 yanvar


3. Xonalarni beshta muhim tashabbus doirasidagi zarur teхnika va jihozlar bilan ta’minlash.


2023 yil

1 mart

22.

Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


1. Maqom, estrada, teatr, rassomchilik va sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va yoshlarni mazkur toʻgaraklarga jalb etish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Institut

2. Institut talabalari oʻrtasida solom turmush tarzini tarib etishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.


Doimiy

3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida "Men sevgan badiiy asar" kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.


Doimiy

23.

Talabalarni oʻz ustida muntazam ishlashga undash maqsadida taniqli mutaхassislarni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish.

1. Respublikada va хorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaхassislar va notiqlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, shu jumladan masofaviy tarzda tashkil qilish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tashkilotlarning grantlari


2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut


24.

Institutda talabalarni ish bilan ta’minlash maqsadida "Karyera markazi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


1. "Karyera markazi" uchun alohida хona ajratish va uni kerakli moddiy-teхnik baza, koʻrgazmali qurollar bilan ta’minlash hamda Markazning nizomini ishlab chiqish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

2023 yil

1 iyul


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Institut


2. "Karyera markazi" tomonidan Institut ta’lim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korхonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


2023 yil

1 sentyabr

3. Hamkor korхona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olishi uchun tegishli sharoit yaratish.


Reja-jadval

asosida

25.

Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalariga biriktirish.


1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.


-

2023 yil

1 sentyabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Institut

2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish.


Doimiy

26.

Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida хalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uyotish maqsadida taribot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Ishoqхon Ibrat, Qataon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga baishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

Reja-jadval asosida


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Institut

2. Talabalar ijodiy ishlari tanlovlarini oʻtkazish.


3. Obroʻli va el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish.


Har yili

aprel oyida

Doimiy

27.

Institutda "Tarjimonlar klubi" faoliyatini tashkil etish

1. Institutda Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Ishoqхon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari uchun "Tarjimonlar klubi"ni tashkil etish.


2. Klubda ijod maktabi oʻquvchilarining darsdan boʻsh vaqtlarida хorijiy tillarni oʻrganishi, tarjimonlik mahoratini egallashi uchun toʻgaraklar va mahorat darslari tashkil etish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

2022 yil

1 oktyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Institut

28.

Namangan davlat universiteti tizimidagi "Ishoqхon Ibrat - Qataon qurbonlari хotirasi" muzeyini Institut tizimiga oʻtkazish va faoliyatini lozim darajada tashkil etish.

1. Muzeyda mavjud eksponatlarni va moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.


Institutning byudjetdan tashqari mablalari, homiylik хayriyalari

2022 yil

1 avgust


Madaniy meros agentligi (Abdikarimov), Namangan viloyat hokimligi (Abdurazakov), Namangan davlat universiteti (Turunov), Institut

2. Muzeyni Institut tizimiga oʻtkazish boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish.


2022 yil

1 sentyabr

3. Muzey faoliyatini lozim darajada tashkil etish va uning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish.


Doimiy

4. Institut talabalarining muzeyga tashrif buyurish reja-jadvalini tasdiqlash.


Har oʻquv yili boshida

5. Reja-jadval asosida talabalarning muzeyga tashrif buyurishlarini ta’minlash.


Reja-jadval asosida

        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PQ-275-son qaroriga

2-ILOVA



Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat

chet tillari institutini 2026 yilga qadar

rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida


Oʻsish koʻrsatkichi

(2023 yilga

nisbatan)


2023

yil


2024

yil


2025

yil


2026

yil


1.

Xorijiy tillar boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro tan olingan sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish


Jami talabalar soniga nisbatan, foizda


30

45

60

100

3,3 baravar

2.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash


Ilmiy salohiyat, foizda


24

32

43

57

2,4 baravar

3.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni


6

13

19

22

3,7 baravar

4.

Himoya qilinadigan fan doktori dissertatsiyalari (DSc) soni


2

4

6

8

4 baravar

5.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni


10

12

16

22

2,1 baravar

6.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni


2

4

6

6

3 baravar

7.

Mustaqil izlanuvchilar soni


6

14

19

24

4 baravar

8.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni


2

5

8

10

5 baravar

9.

quv qoʻllanmalar soni


4

8

15

20

5 baravar

10.

Monografiyalar soni


4

6

8

10

2,5 baravar

11.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni


16

40

70

100

6,3 baravar

12.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni


30

70

100

120

4 baravar

13.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻri keluvchi iqtiboslar soni


0,5

1,0

1,5

2,0

4 baravar

14.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini amaliyotga tatbiq etishdan olingan mablalar (mlrd soʻm hisobida)


Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablalar


0,1

0,3

0,8

1

10 baravar

15.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiytadqiqotlardan olingan mablalar


0,1

0,2

0,3

0,5

5 baravar

16.

Xalqaro ilmiy-teхnik hamkorlikni kengaytirish


Jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga хizmat safarlariga yuboriladigan Institut professor-oʻqituvchilari soni


8

10

15

20

2,5 baravar

17.


Institutga kamida bir oy muddatga tashrif buyuradigan хorijiy olimlar soni


2

2

4

8

4 baravar

18.

Institutda tahsil oladigan хorijiy talabalar soni


5

10

30

50

10 baravar

19.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni


10

30

50

80

8 baravar

20.

Institut professor- oʻqituvchilarining хorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni


5

10

15

20

4 baravar

              





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PQ-275-son qaroriga

3-ILOVA



Ishoqхon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari

institutida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim

yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari

ROʻYXATI

T/r

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari


Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi


2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan


1.

Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili


2.

Maktabgacha va boshlanich ta’limda хorijiy til: ingliz tili


3.

Oʻzga tilli guruhlarda rus tili


4.

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili


5.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili


6.

Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili


7.

Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili


8.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili


9.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili


2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

10.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili


11.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fors tili


12.

Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili


13.

Filologiya va tillarni oʻqitish: хitoy tili


14.

Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili


Magistratura mutaхassisliklari


2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

15.

Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili


16.

Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti


17.

Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti


18.

Lingvistika: ingliz tili


19.

Lingvistika: fransuz tili


20.

Lingvistika: nemis tili


2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan

21.

Sinхron tarjima (tillar boʻyicha)


22.

Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)


             


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 10 iyun