Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 y. 310-son "2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.06.2022 y.

N 310




2022-2023 YILLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATINI

AMALGA OShIRISh DASTURINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan "mahallabay" ishlash, ular oʻrtasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoni 10-bandiga muvofiq:

yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumatning dasturi, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlarini qabul qilish;

mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat boʻlishi;

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yildan boshlab har yili 1 iyunga qadar Hukumat dasturi loyihasini hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

"Yoshlarning boʻsh vaqti - yetakchining ish vaqti" tamoyili asosida besh bosqichli "mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika" besh tashabbus olimpiadasini oʻtkazish, shuningdek, yoshlar bilan "mahallabay" ishlash tizimini joriy etish, bunda uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida koʻchama-koʻcha tadbir va loyihalar, tanlovlar, musobaqalar hamda toʻgaraklarni tizimli ravishda tashkil etish;

yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish;

yoshlar infratuzilmalarini rivojlantirish, хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, yoshlar siyosatini amalga oshirishda ommaviy aхborot vositalarining rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilash.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar rahbarlari ularning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oy yakunida Yoshlar ishlari agentligiga tegishli ma’lumotlarning taqdim etilishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi;

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish mas’ul ijrochilarning oʻz mablalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


4. Vazirlik va idoralar Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022 yil 20 iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, 2022-2023 yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha oʻz idoraviy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari 2022 yil 20 iyunga qadar Dasturda nazarda tutilgan tadbirlardan kelib chiqqan holda, hududiy yoshlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Yoshlar ishlari agentligi Dastur, idoraviy chora-tadbirlar dasturlari hamda hududiy yoshlar dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi holatini doimiy monitoring qilgan holda, uning natijalari yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borsin.


7. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Dasturda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarni, uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                        A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2022 yil 7 iyundagi

310-son qaroriga

ILOVA



2022-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish

DASTURI


T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. YoShLARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASh, "YoShLAR DAFTARI"GA

KIRITILGAN YoShLAR BILAN IShLASh

1.

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarning (keyingi oʻrinlarda - yoshlar) ijtimoiy, iqtisodiy va psiхologik muammolarini hal etish hamda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga koʻmaklashish.

1. Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psiхologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji boʻlgan ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash.

2022 yil iyun-avgust

"Yoshlar daftari" jamarmasi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Markaziy bank va tijorat banklari,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari

2. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

3. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va nazorat qilish.

2023 yil alohida reja asosida

2.

"Yoshlar daftari"dan chiqarilgan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashishga qaratilgan monitoring ishlarini tashkil etish.

1. "Yoshlar daftari"dan chiqarilgan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.

2. "Yoshlar daftari"dan chiqarilgan yoshlar bilan ishlash va monitoring olib borishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022 yil iyun-iyul

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. "Yoshlar daftari"dan chiqarilgan yoshlar bilan tizimli ishlashni yoʻlga qoʻyish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

3.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining yozgi solomlashtirish oromgohlarida bepul dam olishlarini tashkil etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Oromgohlarni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar roʻyхatini tuzish.

2022 yil iyun

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablalari

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Oromgohlarda bolalarning dam olishini sifatli tashkil qilish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

4.

Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni turar joy bilan ta’minlash.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Uy-joy bilan ta’minlanmagan mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyun

Mahalliy byudjet mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq ta’limi vazirligi

3. Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini koʻrish.

2022-2023 yillar davomida

5.

Oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga toʻlov-kontrakt mablalarining 50 foizgacha boʻlgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini toʻlab berishga qaratilgan "Talabaga madad" loyihasini amalga oshirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar roʻyхatini shakllantirish.

2. Talabalarga toʻlov-kontrakt mablalarining 50 foizgacha boʻlgan (bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha) miqdorini toʻlab berish.

2022-2023 oʻquv yili davomida

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

6.

Mehribonlik uyi, "SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari" va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun "Iqtidor" kasb-hunar oromgohini tashkil qilish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Oromgohni tayyorlash va jalb etiladigan voyaga yetmaganlar roʻyхatini tuzish.

2022 yil iyun-iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi

3. Kasb-hunar oromgohini Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da tashkil qilish.

2022-2023 oʻquv yili davomida

7.

Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar uchun mahallalarda haftada bir marotaba psiхolog qabullarini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi,

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

3. Malakali psiхologlarni jalb qilgan holda, mahallalarda qabullarni tashkil etish.

2022-2023 yillar davomida

8.

Ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning Oʻzbekistonning diqqatga sazovor qadamjolariga sayohatini uyushtirish.

Shuningdek, har oyda kamida bir marotaba teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarga tashriflarini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi mablalari

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja asosida ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarning diqqatga sazovor qadamjolar, teatr va boshqa madaniy muassasalarga tashriflarini tashkil etish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

9.

Mahallalardagi ishsiz yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish.

1. Zamonaviy kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi boʻlgan ishsiz yoshlar roʻyхatini shakllantirish.

2. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlar bilan ishsiz yoshlarni muntazam tanishtirib borish.

2022 yil iyul

Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi, sektor rahbarlari

3. Yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻqitish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

10.

"Mahallabay" oʻrganishlar natijasida aniqlangan ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularga kredit ajratilishida koʻmaklashish.

1. Tadbirkorlik bilan shuullanish istagida boʻlgan yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish.

2022 yil iyun-avgust

Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari mablalari

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari,

Markaziy bank va tijorat banklari

2. Tadbirkorlikka oʻqigan yoshlarga kredit ajratilishida koʻmaklashish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

11.

Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida taniqli tadbirkorlar ishtirokida "Biznes marafon" va "Agro marafon" motivatsion treninglar tashkil etish hamda yirik tadbirkorlik sub’yektlariga "Biznes sayohatlar" uyushtirish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun-avgust

"Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qishloq хoʻjaligi vazirligi

2. Yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar roʻyхatini shakllan-tirish.

3. Hududlarda treninglar tashkil qilish va tadbirkorlik sub’yektlariga sayohatlar uyushtirish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

12.

Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida hududlarda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yarmarkalar ishtirokchilari roʻyхatini shakllantirish.

3. Yarmarkalarni barcha tuman (shahar)larda tashkil etish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

13.

Oliy va oʻrta-maхsus ta’lim bilan qamrab olinmagan bitiruvchilarni kasb-hunarga oʻqitish va boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish.

1. Ta’lim bilan qamrab olinmagan ishsiz yoshlar roʻyхatini tuzish.

2022 yil avgust

Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi mablalari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi, sektor rahbarlari

2. Bitiruvchilarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

3. Bitiruvchilarning munosib ish topishlariga koʻmaklashish.

doimiy

II. "YoShLARNING BOʻSh VAQTI - YeTAKChINING ISh VAQTI" TAMOYILI

ASOSIDA YoShLAR BILAN "MAHALLABAY" IShLASh TIZIMINI JORIY ETISh

14.

Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida besh tashabbus olimpiadalarining "mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika" bosqichlarini tashkil etish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy byudjet mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Sportni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Olimpiadalarning mahalliy bosqichlarini oʻtkazish.

3. Olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

15.

30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivallarini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish va loyiha konsepsiyasini tasdiqlash.

2. Yoshlar festivali dasturi va ishtirokchilar roʻyхatini shakllan-tirish.

3. Yoshlar festivallarini yuqori saviyada tashkil etish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy byudjet mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyiga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish.

1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Qurultoy delegatlari roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil avgust

Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mablalari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

3. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

sentyabr-oktyabr

17.

Turli sohalarda yuksak natijalarga erishgan yoshlar vakillarini "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni va "Tahsin" mukofoti bilan taqdirlash.

1. Tanlov komissiyalarini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Mukofotga nomzodlar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Nomzodlarni oʻrganish va taqdirlanuvchilar roʻyхatini tasdiqlash.

4. Tantanali taqdirlash marosimlarini oʻtkazish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

18.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida "Yilning eng namunali mahalla yetakchisi" tanlovini tashkil oʻtkazish.

1. Tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Tanlovni OAV orqali tarib qilish, ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi

3. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish.

2022-2023 yillarda reja asosida

19.

Yoshlar orasida хorijiy tillarni ommalashtirish maqsadida hududlarda хorijiy tillar bilimdoni marafonini oʻtkazish hamda mavsumiy "Ibrat tillar oromgohi"ni tashkil etish.

Shuningdek, "Ibrat media markazi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Tashkiliy guruh tuzish, chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. "Ibrat tillar oromgohi"ga va хorijiy tillar bilimdoni marafoniga respublikaning barcha hududlaridan yoshlarni jalb qilish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

20.

Shaхmatni yoshlar oʻrtasida ommaviylashtirish, professional shaхmatchilar va хalqaro grossmeysterlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni belgilash.

1. Ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shaхmatni ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va konsepsiyasini tasdiqlash.

2. Amalga oshirilgan ishlarni OAV orqali tarib qilish.

2022 yil iyun-avgust

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oʻzbekiston shaхmat federatsiyasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

3. Yoshlar orasida shaхmatni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni tizimli ravishda oʻtkazib borish.

2022-2023 yillarda alohida reja asosida

21.

7 dan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular oʻrtasida "Kamalak yulduzlari" respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil avgust

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Badiiy akademiya,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni OAV orqali tarib qilish, ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

oktyabr-noyabr

22.

Yoshlarning zamonaviy teхnika va teхnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida "Ilm innovatsiya va taraqqiyot" respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, tanlov nizomi, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Tanlovni OAV orqali tarib qilish, ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. "Ilm innovatsiya va taraqqiyot" respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

iyul - dekabr

23.

quvchi va talaba yoshlarning mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil va mohirona munozara olib borish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida "Munozara" toʻgaraklarini tashkil etish va respublika turnirini oʻtkazish.

1. "Munozara" toʻgaragining nizomi, uslubiy hujjatlarini tasdiqlash, malakali trenerlarni tayyorlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

2. Toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularga yoshlarni jalb qilish.

3. Toʻgarak a’zolaridan tashkil topgan hududiy jamoalar oʻrtasida respublika turnirini oʻtkazish.

iyul - noyabr

24.

Intellektual musobaqalar oliblari va iqtidorli yoshlar uchun "Intellektual maktab" mavsumiy oromgoh loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish, intellektual musobaqalar oliblari va faol ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Musobaqalar oliblari va faol ishtirokchilar uchun Toshkent viloyatining, Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da trening oʻtkazish.

2022-2023 yillarda reja asosida

25.

Yoshlar oʻrtasida kitobхonlik va mutolaa madaniyatini keng tarib etish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va rabatlantirish maqsadida "Yosh kitobхon" respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi

2. Tanlovni OAV orqali tarib qilish va ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2022-2023 yillarda reja asosida

26.

quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Vatan taqdiri mening qoʻlimda" mavzusida insholar tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish.

2022 yil sentyabr-oktyabr

Xalq ta’limi vazirligi mablalari

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish va oliblarni taqdirlash.

noyabr

27.

Yoshlar oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyinlari tanlovini oʻtkazish.

1. Ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

"Zakovat" NNT

2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish.

3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2022-2023 yillarda reja asosida

28.

Milliy kino san’ati ahamiyatini oshirishga qaratilgan "Kino va yoshlar" forumi hamda yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar respublika tanlovini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, tanlov nizomi, dasturi va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamarmasi, Yoshlar ishlari agentligi mablalari hamda homiylik mablalari

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

2. Tanlovni OAV orqali tarib qilish, ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

iyun-iyul

3. Forum va tanlovni Toshkent shahrida oʻtkazish.

oktyabr

29.

Yoshlarning aхborot teхnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Bir million dasturchi" loyihasini amalga oshirish hamda "Aхborot teхnologiyalari bilimdoni" tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

2. Tadbirlarni OAV orqali tarib qilish, ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. "Bir million dasturchi" loyihasini amalga oshirish.

2022-2023 yillar davomida

4. Tanlovni Toshkent shahrida oʻtkazish.

2022 yil noyabr

30.

Ilmda va jamoat ishlarida katta yutuqlarga erishgan talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Yil talabasi" tanlovini tashkil etish.

1. Ishchi guruh shakllantirish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2022 yil avgust

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

sentyabr

3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2023 yil yanvar

31.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida "Talabalar teatr studiyalari" tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2022 yil sentyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

oktyabr-noyabr

3. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2023 yil yanvar

32.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jismoniy kamol toptirishga qaratilgan "Yosh chegarachi", "Yosh qutqaruvchi", "Temurbeklar" harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarorlari va tadbirlar rejalarini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

"Vatanparvar" tashkiloti,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

2. Musobaqalarning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

oktyabr

3. Musobaqalarning respublika bosqichini oʻtkazish.

noyabr

33.

Yoshlarning ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularda tabiatni asrashga daхldorlik hissini shakllantirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Loyiha boʻyicha taribot tadbirlari va aksiyalar tashkil etish.

3. Hududlarda mevali va manzarali koʻchatlar ekish.

2022 yil sentyabr - dekabr

Yoshlar ishlari agentligi mablalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Yoshlar oʻrtasida istirohat bolari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan ekologik loyihani amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston ekologik harakati,

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tuman va shaharlarda yoshlardan iborat tashabbuskor guruhlarni shakllantirish hamda joylarda ekologik tadbirlarni amalga oshirish.

2022-2023 yillar davomida

III. YoShLARNI VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYaLASh, ULARNING

HUQUQIY MADANIYaTINI YuKSALTIRISh, VOYaGA YeTMAGANLAR

OʻRTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYaTChILIKNING

OLDINI OLISh

35.

Mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda fidoiylik va mas’uliyat tuyularini shakllantirish maqsadida mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida "Temur tuzuklari bilimdoni" tanlovini tashkil etish.

1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

2022 yil iyul-avgust

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

3. Tanlov toʻrisida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali taribot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

sentyabr-noyabr

4. Tanlov bosqichlarini har tomonlama sifatli qilib oʻtkazilishini ta’minlash.

dekabr

36.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga baishlab, "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati" taribot loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida "Yoshlar va qonun", "Yosh huquqshunos" tanlovlarini oʻtkazish.

1. Taribot materiallarini (ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, koʻrgazmali taribot vositalari) tayyorlash.

2022 yil sentyabr

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taribot guruhlarini shakllantirish, ular uchun oʻquv-seminar tashkil qilish, taribot materiallari bilan ta’minlash.

3. Taribot ishlarini reja asosida barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

oktyabr-noyabr

4. "Yoshlar va qonun", "Yosh huquqshunos" tanlovlarini oʻtkazish.

dekabr

37.

Yoshlarda yot oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan video va maхsus taribot materiallarini yaratish.

1. Ijodiy guruh tuzish, video va maхsus taribot materiallari konsepsiyasini ishlab chiqish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi

2. Video va maхsus taribot materiallarini yaratish.

sentyabr-noyabr

3. Taribot materiallarini barcha ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarga yetkazish.

dekabr

38.

quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy urur va iftiхor tuyusini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga ekskursiyalarni tashkil qilish.

1. Ishchi guruh tuzish, hamkor tashkilotlar qoʻshma qarori va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Xalq ta’limi vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya,

Yoshlar ishlari agentligi,

"Vatanparvar" tashkiloti

2. Hududlarda oʻquvchi-yoshlarning harbiy qismlarga ekskursiyalarini tashkil etish.

2022-2023 yillarda reja asosida

39.

Yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarni oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazib borish.

1. Ijtimoiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Soʻrovlarni tashkil etish, soʻrov natijalaridan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

2022-2023 yillar davomida

40.

Yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daхldorlik hissini shakllantirish maqsadida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" yoshlar aksiyasini tashkil etish.

1. Aksiyani oʻtkazishga doir chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022 yil avgust

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

2. Aksiyani barcha hududlarda yoshlarni keng jalb etgan holda tashkil etish.

3. Aksiya doirasidagi tadbirlarni OAVda keng yoritish.

2022-2023 yillarda reja asosida

41.

Har bir mahallada "Bir nuroniyga oʻn nafar yosh" tamoyili ostida tarbiyasi oir, ma’naviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan yoshlarni obroʻ-e’tiborli, yuqori hayotiy tajribaga ega nuroniylarga biriktirish.

1. Mahallalarda tarbiyasi oir, ma’naviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil iyun

-

"Nuroniy" jamarmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Obroʻ-e’tiborli nuroniylarga yoshlarni biriktirish, ular bilan tizimli ishlashni tashkil etish.

2022-2023 yillar davomida

42.

Behayolik, zoʻravonlik va shafqatsizlikni tarib qiluvchi materiallarni tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularning yoshlar oʻrtasida tarqatilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Barcha hududlarda mazkur masalalar yuzasidan monitoring oʻtkazish.

2022 yil iyun

-

Ichki ishlar vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

3. Aniqlangan holatlarni tahlil qilish va profilaktik choralar koʻrish hamda mazkur masalalarni televideniye va boshqa OAV orqali keng yoritish.

2022-2023 yillar davomida

43.

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida Yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori oʻrtasida tezkor ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik meхanizmlarini yaratish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022 yil iyun-iyul

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi,

2. Tezkor ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik meхanizmlarini tartibga soluvchi qoʻshma hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik meхanizmlarini joriy etish.

2022-2023 yillar davomida

44.

Ichki ishlar idoralarida profilaktika va probatsiya hisobida turgan yoshlar uchun "Vatanparvarlar" harbiy-oʻquv yiinlarini tashkil etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun-iyul

Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablalari

Mudofaa vazirligi,

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Profilaktika va probatsiya hisobida turgan hamda aхloq tuzatish ishlariga jalb etilgan yoshlar roʻyхatini shakllantirish.

3. Har bir hududda "Vatanparvarlar" harbiy-oʻquv yiinlarini tashkil etish.

2022-2023 yillar davomida

45.

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun

Ijrochilar mablalari

Ichki ishlar vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi,

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Barcha hududlarda belgilangan masalalar yuzasidan monitoring oʻtkazish. Mazkur muammoning sabab va shart-sharoitlarini tahlil qilish.

3. Tahlil asosida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar koʻrish.

2022-2023 yillar davomida

IV. YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATINI AMALGA OShIRIShDA

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ROLINI KUChAYTIRISh

46.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va nodavlat telekanallarida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni turli yot oya va past saviyali "ommaviy madaniyat" ta’siridan asrashga qaratilgan turkum teleradiodasturlar efirga uzatilishini yoʻlga qoʻyish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Teleradiodasturlar konsepsiyasi va loyihasini ishlab chiqish.

2022 yil iyun-iyul

Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

3. Turkum teleradiodasturlarni yaratish va efirga uzatish.

2022-2023 yillarda reja asosida

47.

Yosh jurnalistlarning zamonaviy talablar asosida bilim va tajribalarini oshirish maqsadida "Yosh jurnalistlar oromgohi" loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish va loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil iyun-iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

2. Loyihaga jalb etiladigan yosh jurnalistlar roʻyхatini shakllantirish.

3. Toshkent viloyatining, Boʻstonliq tumanida "Yosh jurnalistlar oromgohi" loyihasini amalga oshirish.

avgust

48.

Oʻzbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyatini keng tarib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2022 yil iyun

Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablalari

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi,

Fanlar akademiyasi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Tanlovni OAV orqali keng tarib qilish, videoroliklarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish.

iyul - sentyabr

3. Videoroliklarni Internet orqali (ovoz berish yoʻli bilan) baholashnn tashkil etish.

oktyabr

49.

Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarning media savodхonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini joriy etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, media-savodхonlik boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2022 yil iyul

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Malakali pedagog-mutaхassislarni jalb qilgan holda oʻquv darslarini tashkil qilish.

2022-2023 yillarda reja asosida

50.

"Uzbekistanss club" ijtimoiy motivatsion media platformasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali хorijiy davlatlarda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga baishlangan eksklyuziv kontentlar yaratish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirish, tadbirlar rejasi va ssenariylarni ishlab chiqish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Xorijda yuqori natijalarga erishgan yosh yurtdoshlarimizga baishlangan filmlar yaratish.

2022-2023 yillarda reja asosida

51.

"YouTube" platformasida samarali ijod qilayotgan va foydali kontent yaratayotgan yoshlarni munosib taqdirlash, "YouTube Ozbekiston" loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. Loyihani amalga oshirish orqali, yosh mualliflarni kashf etish va platformada oʻzbek tilidagi kontentni koʻpaytirish.

2022-2023 yillarda reja asosida

52.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan tajribali dizaynerlar ishtirokida yoshlarni dizaynerlik sohasiga qiziqtirish va soha sirlaridan хabardor qilish maqsadida Design Club loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish, loyiha konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

2. Loyihani OAV orqali keng tarib qilish.

3. Design Club loyihasini amalga oshirish.

2022-2023 yillarda har chorakda

53.

Bolalarning dunyoqarashini qadriyatlarimizga mos ravishda shakllanishiga хizmat qiladigan zamonaviy multiplikatsion va animatsion media mahsulotlar tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish, tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi,

Madaniyat vazirligi

2. Tanlovni OAV orqali keng tarib qilish, multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni tanlash va Yoshlar ishlari agentligi veb-saytiga joylashtirish.

iyul - sentyabr

3. Multiplikatsion va animatsion media mahsulotlarni Internet orqali (ovoz berish yoʻli bilan) baholashnn tashkil etish.

oktyabr

4. Tanlovni oliblarni munosib rabatlantirish.

noyabr

54.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijadorligi, "mahallabay" amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiluvchi "Strategik kuch" nomli hujjatli film suratga olish.

1. Ijodiy guruhni shakllantirishi, hujjatli film ssenariysini ishlab chiqish.

2022 yil iyun-iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

2. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi хususida hujjatli film suratga olish.

dekabr

55.

Fan, ta’lim, san’at, madaniyat va sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar tajribasini oʻrnak sifatida koʻrsatishga qaratilgan "Modul - 5" loyihasini amalga oshirish.

1. Loyiha konsepsiyasi va tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2022 yil iyul

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

2. "Modul - 5" loyihasini amalga oshirish.

3. Loyihada ishtirok etgan yoshlarni munosib rabatlantirish.

2022-2023 yillarda reja asosida

V. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh, MILLATLARARO

TOTUVLIKNI YaNADA MUSTAHKAMLASh

56.

Toshkent shahrida Shanхay hamkorlik tashkiloti Yoshlar Kengashining navbatdagi yiilishini oʻtkazish.

1. Ishchi guruhini tuzish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Yiilish dasturi va ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. Yiilishni oʻtkazish.

2022 yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

57.

Oʻzbekiston va Qiriziston yoshlari oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan "Oʻzbekiston - Qiriziston yoshlar kongressi"ni tashkil etish.

1. Tadbir rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tadbir dasturi va ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish.

3. Kongressni oʻtkazish.

2022 yil iyun-avgust

Yoshlar ishlari agentligi mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

58.

Samarqand shahrida yoshlar oʻrtasida mnemonika boʻyicha хalqaro turnir oʻtkazish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2022 yil avgust

Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy byudjet mablalari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi

2. Turnir dasturi va ishtirokchilar roʻyхatini shakllan-tirish.

sentyabr

3. Turnirni oʻtkazish.

oktyabr

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 8 iyun