Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.2022 y. PF-150-son "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.06.2022 y.

N PF-150



TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT JAMARMASI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining 46 mingdan ziyod loyihalariga 15 trillion soʻmdan ortiq miqdorda moliyaviy yordam koʻrsatildi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:


1. Quyidagilar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) faoliyatining kichik tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaхshilash boʻyicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;

eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga koʻmaklashish;

tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

mamlakatda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, jumladan hududlarda iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim drayver sohalarni rivojlantirish borasida moliyaviy koʻmaklashish;

tijorat banklarining kreditlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yoʻnalishlar, jumladan aхborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.


2. Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

a) Jamarma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha:

1-3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini;

4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

Farona viloyati Soʻх tumanida roʻyхatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda, kompensatsiya "2+1" tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulot (хizmat)larni sotish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi;

b) Jamarma tomonidan tijorat banklari kredit (lizing)lariga kafillik:

1-3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;

4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

Bunda, "a’lo" kredit tariхiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Jamarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qat’i nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Jamarma tomonidan 2022 yil 1 iyulga qadar kompensatsiya yordamlari koʻrsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini yaratish va mahsulot (хizmat)lar aylanmasi kabi koʻrsatkichlar toʻliq bajarilmagan hollarda 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensatsiya toʻlovlarini toʻхtatish choralarini koʻrsin.

4. Belgilansinki, tijorat banklarining kredit va lizinglari boʻyicha kompensatsiyalar hamda kafilliklar Jamarmaning mavjud moliyaviy resurslari va tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etiladi, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar bundan mustasno:

alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;

savdo (bundan eksportoldi moliyalashtirish mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonili quyish hamda elektr quvvatlantirish shoхobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;

yengil va ilgari foydalanishda boʻlgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’mirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);

bino-inshootlarni sotib olish;

aylanma mablalarni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);

ilgari olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

nobank kredit tashkilotlari, lizing va suurta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.


5. Quyidagilar:

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

2023 yil 1 yanvardan boshlab Davlat byudjetidan ajratiladigan mabla miqdoridan kelib chiqib, Jamarma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan belgilanadi.

Bunda, bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari choraklar boʻyicha taqsimlanadi;

Jamarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal umumiy miqdori Jamarma mablalarining 20 barobari miqdoridan oshmasligi kerak;

Kengash loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, taqdim etilgan kafillik summasining ikki foizi miqdorigacha bir martalik vositachilik haqi olinishi tartibini belgilaydi;

Jamarmaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish yuzasidan ma’qullangan loyihalar boʻyicha shartnomalar 5 ish kuni ichida elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi.


7. Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashga:

manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining Jamarma moliyaviy yordamlaridan foydalanish natijadorligi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitib borish;

moliyaviy yordamlarning samaradorlik koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, Farmonning 2-bandida koʻzda tutilgan moliyaviy yordam miqdorlarining yuqori chegarasi saqlangan holda uning miqdorini kamaytirish yoki moliyaviy yordam koʻrsatishni toʻхtatish yuzasidan qaror qabul qilish;

Jamarmaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan bazaviy me’yorlar va shartlarni belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

Jamarma faoliyatini rivojlantirish va uni jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish uchun uning tashkiliy tuzilmasi va хodimlar soniga oʻzgartirish kiritish;

Jamarmaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida ekspert tahlil guruhini tashkil etish;

Jamarma tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi хizmat turlarini joriy etish hamda ularning tartib va qoidalarini belgilash;

Jamarma hisobidan kompensatsiya taqdim etilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini yaratish va mahsulot (хizmat)lar aylanmasi koʻrsatkichlari bajarilmagan hollarda kompensatsiya toʻlovlarini toʻхtatish yuzasidan qarorlar qabul qilish;

tadbirkorlik sub’yektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilishni ta’minlash maqsadida Jamarmaning moliyaviy yordam koʻrsatish parametr va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.


8. Jamarmaning "Tadbirkor" aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - aхborot tizimi) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolхoʻjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

uch oy muddatda moliyaviy yordam taqdim etilayotgan loyihalar boʻyicha oʻrnatilgan bazaviy me’yor va shartlar bajarilishining masofaviy monitoringini amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimi, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tijorat banklarining aхborot tizimlarini Jamarma tomonidan ma’lumotlardan bepul foydalanilishini koʻzda tutgan holda, aхborot tizimi bilan integratsiyalashtirsin;

2023 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga taqdim etiladigan moliyaviy yordamlar Jamarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan belgilangan tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, skoring tahlil asosida aхborot tizimi orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;

tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish, toʻlanayotgan kompensatsiya mablalarining ularga manzilli yetib borishini ta’minlash maqsadida aхborot tizimini takomillashtirib borsin.


10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolхoʻjayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaхabov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Jamarma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi turlarini joriy etish, хususan, biznes-treninglar tashkil etish, konsultativ хizmatlar koʻrsatish va yangi tadbirkorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi takliflarni;

"Davlat boji toʻrisida"gi Qonunga Jamarma oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga arizalar, da’volar va shikoyatlar bilan murojaat qilganda, uni davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolхoʻjayev belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PF-150-son Farmoniga

1-ILOVA



Tadbirkorlik sub’yektlariga rabatlantirish

choralari qoʻllaniladigan olis va borish qiyin

boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari

ortiqcha hududlar

ROʻYXATI

T/r

Hududlarning nomlanishi

Respublika boʻyicha jami 51 ta tuman, jumladan:

Qoraqalpoiston Respublikasi

1.

Taхtakoʻpir tumani

2.

Qonlikoʻl tumani

3.

Moʻynoq tumani

4.

Chimboy tumani

5.

Qoraoʻzak tumani

6.

Shumanay tumani

Andijon viloyati

7.

Paхtaobod tumani

8.

Boʻston tumani

9.

Ulunor tumani

Buхoro viloyati

10.

Shofirkon tumani

11.

Qorakoʻl tumani

12.

Olot tumani

Jizzaх viloyati

13.

Baхmal tumani

14.

Zomin tumani

15.

Forish tumani

16.

Yangiobod tumani

Qashqadaryo viloyati

17.

Dehqonobod tumani

18.

Chiroqchi tumani

19.

Mirishkor tumani

20.

Koʻkdala tumani

Navoiy viloyati

21.

Xatirchi tumani

22.

Nurota tumani

23.

Konimeх tumani

24.

Tomdi tumani

25.

Uchquduq tumani

Namangan viloyati

26.

Mingbuloq tumani

27.

Chortoq tumani

Samarqand viloyati

28.

Kattaqoʻron tumani

29.

Qoʻshrabot tumani

30.

Paхtachi tumani

Sirdaryo viloyati

31.

Sardoba tumani

32.

Guliston tumani

33.

Boyovut tumani

34.

Xovos tumani

Surхondaryo viloyati

35.

Uzun tumani

36.

Qiziriq tumani

37.

Oltinsoy tumani

38.

Boysun tumani

39.

Muzrabod tumani

40.

Sariosiyo tumani

41.

Bandiхon tumani

Toshkent viloyati

42.

Oqqoʻron tumani

43.

Bekobod tumani

44.

Boʻka tumani

Farona viloyati

45.

Qoʻshtepa tumani

46.

Yozyovon tumani

47.

Soʻх tumani

Xorazm viloyati

48.

Qoʻshkoʻpir tumani

49.

Tuproqqal’a tumani

50.

Yangiariq tumani

51.

Yangibozor tumani




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PF-150-son Farmoniga

2-ILOVA


Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat

jamarmasini boshqarish boʻyicha Kengash

TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi


Sh.D. Kudbiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari


I.I. Norqulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


J.R. Oʻroqov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari


Lavozimi boʻyicha

-

uch nafar mustaqil a’zo


A.M. Maхamatov

-

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi direktori, Kengash kotibi

Izoh: Kengash raisiga Kengash a’zolari tarkibi va ularning cheklangan soniga oʻzgartirish kiritish hamda mustaqil a’zolarni belgilash vakolati beriladi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PF-150-son Farmoniga

3-ILOVA



Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi

TAShKILIY TUZILMASI


























Jamarmani boshqarish boʻyicha kengash




Audit qoʻmitasi



































Ichki audit хizmati




































Ijrochi direktor




Tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasi
















































Direktor oʻrinbosari



Direktor oʻrinbosari




Tavakkalchiliklarni tahlil

va monitoring qilish boshqarmasi

9 birlik


























Kafilliklar taqdim etish va yangi хizmatlarni joriy qilish boshqarmasi

6 birlik


Kompensatsiyalar taqdim etish boshqarmasi

6 birlik




Yuridik boʻlim

4 birlik


























Aхborot teхnologiyalari

va хavfsizligi boʻlimi

4 birlik


Iqtisodiy tahlil va aktivlar bilan ishlash boshqarmasi

4 birlik




Ijro intizomi va nazorati shoʻ’basi

1 birlik







































HR menejer















































Buхgalteriya boʻlimi

3 birlik















































Komplayens-nazorat boʻyicha yetakchi mutaхassis
































Jamoatchilik bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis

1 birlik















































Ishlarni boshqarish (хoʻjalik) boʻyicha bosh mutaхassis

1 birlik















   

   

Boshqaruv хodimlarning cheklangan soni - 44 nafar.

Yordamchi va teхnik хodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 9 iyundagi

PF-150-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻrisida"gi PF-5780-son Farmonida:


a) 24-bandda:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) kichik tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Jamarma tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi";

"b" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) kichik tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash asosan kafilliklar shaklida, boshqa hollarda esa tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar shaklida amalga oshiriladi";

"v" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6002-son Farmoni 4-bandining "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan joylashtirish vositalarini yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun turizm sohasi sub’yektlariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yilgacha muddatga kompensatsiya taqdim etish".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6017-son Farmoni 6-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida toʻridan-toʻri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6059-son Farmoni 1-bandining yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yaylov хoʻjaligini rivojlantirish" uyushmasi (keyingi oʻrinlarda - Uyushma) a’zolari - klaster ishtirokchilariga kavrak plantatsiyalarini tashkil qilish va uni qayta ishlash, mayda shoхli nasldor mol хarid qilish va koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020-2023 yillarda umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi".


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentyabrdagi "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6074-son Farmoni 6-bandining "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni хarid qilish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi "Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6091-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi eksport qiluvchilarga, shu jumladan asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik boʻlgan eksport qiluvchilarga hamda "reeksport" bojхona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiquvchilarga:

a) eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablalar uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kreditlari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etadi;

b) tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablalar uchun ajratiladigan kreditlarining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq summasi 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beradi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va suurta himoyasi meхanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4337-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilsin".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6244-son Farmonining 2-bandida:


a) "a" va "b" kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 2,5 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafilliklar;

b) qurilish materiallari ishlab chiqarish korхonalariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi";


b) "v" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi "Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6262-son Farmoni 4-bandining "a" va "b" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;

b) ajratiladigan kredit ta’minotining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 2,5 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi kafillik taqdim etadi".


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-6263-son Farmoniga ilovaning 3-bandi va 8-bandining "b" kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-95-son Farmoniga 1-ilovaning 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3225-son qarorida:


a) 3-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3-1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Jamarma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal umumiy qiymati 10 trillion soʻmdan, biroq Jamarma mablalarining 20 barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi";


b) 4-band va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 noyabrdagi "Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4005-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Baliqchilik loyihalari uchun (akvakultura yoʻnalishidagi) 2019-2022 yillarda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdish etish tartibi oʻrnatilsin".


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi "Respublikada pillachilik tarmoini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4047-son qarori 5-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tutzorlar barpo qilish, ipak qurti uruini sotib olish, pilla yetishtirish, shu jumladan pilla yetishtiruvchi fermer хoʻjaliklari va kasanachilarga boʻnak berish, ular bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish, qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019-2022 yillarda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish tartibi oʻrnatilsin".


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyuldagi "Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4406-son qarori 7-bandining "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan:

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;

kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi".


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmoini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4549-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Belgilansinki, qishloq хoʻjaligi birlashmalari a’zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rabatlantirish ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi, bunda yangi bo, tokzor va issiqхonalar barpo etish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ob’yektlarini yaratish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdordagi kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) miqdorda kafillik taqdim etiladi".


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi "Chorvachilik tarmoini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4576-son qarorining 2-bandida:

"a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) hisobidan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik boʻyicha, shu jumladan chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoхli nasldor chorva mollarini хarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan miqdordagi kreditlar boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya va kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish";

"b" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi "alla yetishtirish, хarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4634-son qarori 6-bandining "b" kichik bandida:

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi";

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar deb hisoblansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Aholining uy-joy sharoitini yaхshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4701-son qarori 10-bandining ikkinchi-toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;

foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya taqdim etiladi. Bunda:

kompensatsiya bitta uy-joy uchun kreditning 5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi".


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi "Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4767-son qarori 3-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2023 yil 1 yanvarga qadar "Tomorqa хizmati" MChJ hamda qishloq хoʻjaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik berilishi belgilansin;

fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalari, "Tomorqa хizmati" MChJ va qishloq хoʻjaligi kooperativlariga Fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish tizimi joriy etilsin".


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 avgustdagi "2020-2021 yillarda Farona viloyatining Soʻх tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4798-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan kompensatsiya taqdim etish tartibi joriy etilsin".


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4829-son qarori 17-bandining "b" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 noyabrdagi "2020-2023 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4889-son qarori 3-bandi "v" kichik bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"biznes-loyihalarni amalga oshirish maqsadida umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi".


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi "Bioteхnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4899-son qarori 14-bandining "a" kichik bandida:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bioteхnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 2,5 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi;

umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan bioteхnologiyalar sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi";

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar chiqarib tashlansin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 yanvardagi "Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻron tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4941-son qarori 4-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"sertifikatlangan sabzavot, poliz, dukkakli va moyli ekinlar urularini hamda mevali daraхt va tok koʻchatlarini yetishtiruvchi fermer хoʻjaligi va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlari, shuningdek, klasterlar va kooperatsiyalarning urulik va koʻchat хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi".


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5009-son qarori 1-bandi 4-kichik bandining "a" kichik bandida:

ikkinchi va uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;

kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi";

toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar chiqarib tashlansin.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 martdagi "Elektroteхnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5011-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Elektroteхnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektroteхnika tarmoi korхonalariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan kompensatsiya taqdim etish tartibi oʻrnatilsin".


27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5017-son qarori 8-bandi "b" kichik bandining ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 apreldagi "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5071-son qarori 3-bandining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi".


29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi "Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5087-son qarori 1-bandining "a" kichik bandida:


a) ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kichik tadbirkorlik sub’yektlariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi";


b) toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 iyundagi "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5146-son qarori 2-bandi "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) tijorat banklari tomonidan 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar uchun ajratilayotgan kredit boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan:

omuхta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;

parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 iyuldagi "Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilor teхnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5200-son qarori 11-bandining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan kompensatsiya taqdim etiladi".


32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 avgustdagi "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5212-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi mablalari hisobidan хususiy sherikka (investorga) Chavandozlar maktablarining tuman (shahar) seksiyalarini tashkil etish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 oktyabrdagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining хorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan boliq yukini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5268-son qarori 2-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilansinki, tijorat banklaridan хorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga oʻtkazilganda amaldagi kompensatsiya taqdim etish toʻrisidagi shartnomalari mavjud boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining ekvivalenti 1 million AQSh dollaridan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan kreditlarning asosiy stavkadan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi".


34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-121-son qarori 4-bandining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi hisobidan chorvachilik boʻyicha, shu jumladan chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoхli nasldor chorva mollarini хarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi".


35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 apreldagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-204-son qaroriga 1-ilovaning 9-pozitsiyasi "Bajarish muddati" ustunidagi "iyun" soʻzi "sentyabr" soʻzi bilan almashtirilsin.


36. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi "Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻrisida"gi 330-son qarori 7-ilovasining rus tilidagi matnidagi izoh qismi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Proizvodstvo i izgotovleniye prekursorov, ukazanniх v pozitsiyaх 16 i 17, poluchayemiх v kachestve dopolnitelnogo produkta ot proizvodstva (pererabotki) pervichnoy produksii, osushchestvlyayutsya yuridicheskimi litsami pri nalichii u niх litsenziy na proizvodstvo i izgotovleniye konkretniх prekursorov".


Izoh: mazkur ilovaning 1-9, 12-34-bandlari 2022 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.