Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.06.2022 y. PQ-286-son "Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.06.2022 y.

N PQ-286



DZYuDO SPORT TURINI YaNADA

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi "Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻrisida"gi PQ-127-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi oʻrtasida dzyudoning olimpiya sport turi sifatida ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar dzyudo sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

dzyudoni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;

maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uyotish va jang san’atining ushbu turi boʻyicha boshlanich koʻnikmalarni shakllantirish;

dzyudo boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;

dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda хalqaro talablarga moslashtirish, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo zallari sonini koʻpaytirish;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish, ular tizimidagi ta’lim muassasalari oʻquvchi-talabalari uchun ushbu sport turi boʻyicha fakultativ mashulotlar va toʻgaraklar tashkil qilish;

ayollar oʻrtasida dzyudoni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ommaviy aхborot vositalarida solom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni tarib qilish hamda bu jarayonda aхborotlashtirish va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash.


2. Quyidagilar:

2022-2023 yillarda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

2022-2025 yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, 2023 yil 1 yanvardan boshlab an’anaviy tarzda dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

kattalar oʻrtasida "Katta dubula" хalqaro turniri;

Osiyo chempionati olibi va Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi Uchqun Murodov хotirasiga baishlangan 18 yoshgacha boʻlgan oʻil bolalar va qizlar oʻrtasida хalqaro turnir;

umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Xalq ta’limi vaziri kubogi";

oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalari oʻquvchi-talabalari oʻrtasida "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri kubogi";

Qurolli Kuchlar tizimida "Mudofaa vaziri kubogi";

2024-2025 yillarda harbiylar oʻrtasida Jahon chempionati.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov) Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda:

bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan musobaqalarga puхta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

хalqaro turnirlarda mahalliy dzyudochilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli хalqaro dzyudochilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin;

yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va хorijiy ommaviy aхborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.

Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar ob’yektlari roʻyхatiga kiritsin, ularga хorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.

4. Xalqaro dzyudo federatsiyasining rejasiga muvofiq, 2022 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki:

jahon chempionatini oʻtkazish bilan boliq sarf-хarajatlar Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablalari, homiylar mablalari (titul homiylik, reklama, aхborot hamkorligi hamda televizion translyatsiya media huquqlaridan tushadigan), shuningdek, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablalari hisobidan qoplanadi. Bunda, olinadigan foyda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tasarrufida qoldiriladi hamda dzyudoni yanada rivojlantirishga, jumladan dzyudo maktablarini qurish va jihozlash hamda federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;

jahon chempionatini oʻtkazish uchun a’zolik badali va mukofot puli bilan boliq sarf-хarajatlar Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi va homiylik mablalari hisobidan qoplanadi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda jahon chempionatining yuqori darajada oʻtkazilishini ta’minlasin va u bilan boliq boʻlgan barcha tashkiliy masalalarni hal etish choralarini koʻrsin.

5. 2023 yil 1 yanvardan boshlab Surхondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyati Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (keyingi oʻrinlarda - dzyudo maktablari) davlat sport-ta’limi muassasasi sifatida tashkil etilsin.

Belgilansinki:

dzyudo maktablari faoliyati dzyudo boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yoʻnaltiriladi;

dzyudo maktablariga oʻqishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta’lim olish muddati yetti yil etib belgilanadi;

dzyudo maktablarining oʻquv jarayoni Yoshlar siyosati va sport vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi;

dzyudo maktablari direktori, uning oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilar mehnatini rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Xalq ta’limi хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi 275-son qaroriga muvofiq;

dzyudo maktablari direktori, uning oʻquv va sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tibbiyot хodimlari mehnatini rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi 211-son qaroriga muvofiq;

dzyudo maktablari tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi "Tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda dzyudo maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.


6. 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish boʻyicha "Bolalar uchun dzyudo" dasturi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Maktabgacha dzyudo" loyihasi joriy qilinsin.

Belgilansinki:

a) "Bolalar uchun dzyudo" dasturi doirasida:

Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda oʻquvchilarida dzyudo bilan shuullanish istagi yuqori boʻlgan hamda sport zallari mavjud umumiy oʻrta ta’lim maktablari belgilab olinadi;

tanlab olingan umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalari maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trener-oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi;

umumiy oʻrta ta’lim maktablarida dzyudo zallarini tashkil etish, mavjud dzyudo infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash boʻyicha investitsiya va grantlar jalb qilinadi;

Xalqaro dzyudo federatsiyasining "Maktablarda dzyudo" dasturi bilan uzviy boliqlik ta’minlanadi, mazkur dasturdagi yoʻnalishlar, funksiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

dzyudoni yoshlar oʻrtasida keng tarib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishga koʻmaklashish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

b) "Maktabgacha dzyudo" loyihasi doirasida:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dzyudoni ommalashtirish va keng tarib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shuullanishga jalb etish;

tarbiyalanuvchilarda dzyudo bilan shuullanishga kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish.


7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda 2023 yildan boshlab dzyudo sport turini oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tanlangan maktablarni oʻquv qoʻllanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash uchun Xalq ta’limi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan har yili 5 milliard soʻmgacha mablalarni yoʻnaltirsin.

8. Belgilab qoʻyilsinki:

"Bolalar uchun dzyudo" dasturi doirasida faoliyat yuritadigan trener-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi "Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaхassislari mehnatini moddiy rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi 211-son qaroriga muvofiq sport maktablari trener-oʻqituvchilari uchun belgilangan me’yorlar asosida amalga oshiriladi;

"Bolalar uchun dzyudo" dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim maktablari balansida saqlanadi va ular faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan malakali trenerlar bilan ta’minlanadi;

"Bolalar uchun dzyudo" dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi, filiallar faoliyatiga Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi metodik rahbarlik qiladi, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻquvchilarni dzyudoga oʻrgatish orqali qamrovni yildan yilga oshirib boradi, ular oʻrtasida turnirlar, musobaqalar tashkil etadi.


9. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining:

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab "Dzyudo va sport faoliyati" bakalavriat ta’lim yoʻnalishini ochish;

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida "Dzyudo va sport faoliyati" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlari doirasida qabul kvotalarini belgilash haqidagi takliflari ma’qullansin.


10. Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Oʻzbekiston dzyudo akademiyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


11. Quyidagilar Oʻzbekiston dzyudo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaхassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;

dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaхassislarni хalqaro talablar asosida tayyorlashga koʻmaklashish;

dzyudo, shu jumladan paradzyudo boʻyicha oʻquv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilor innovatsion teхnologiyalarni joriy etish;

mahalliy va хorijiy mutaхassislar ishtirokida seminar, trening, master-klasslar, oʻquv mashulotlar tashkil etish.


12. Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.


13. Toshkent shahar hokimligi (Sh.Umurzakov):

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasining (Shayхontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7b-uy) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining asosiy bazasiga tutash boʻlgan va boʻsh turgan qismini belgilangan tartibda zaхiraga qaytarish;

zaхiraga qaytarilgan yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazish va Yoshlar siyosati va sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan yer uchastkasida Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi bino va inshootlarini qurishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik toʻrisida bitim imzolanishini hamda Yaponiyaning "Kodokan" koʻp funksiyali, zamonaviy va universal dzyudo markazi namunasi boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari hisobidan Xalqaro dzyudo federatsiyasi talablariga javob beradigan, sport asbob-uskunalari bilan jihozlangan bino va inshootlar (sport zali, oʻquv binosi, oshхona va yordamchi binolar) qurilib, foydalanishga topshirilishini ta’minlasin.

15. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) "Chorvoq" turistik rekreatsion zonasi" DUK bilan kelishgan holda Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Oqtosh qishloi hududidan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga 0,5 ga yer uchastkasini 2022 yil yakuniga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlasin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A. Kamilov) bilan birgalikda ajratilgan yer uchastkasida dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashulot bazasini barpo etishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sheriklik toʻrisida bitim imzolanishini ta’minlasin.

16. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, dzyudo sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, dzyudoni rivojlantirish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga joriy yilda sport sohasi uchun koʻzda tutilgan mablalar doirasida 2 milliard soʻm ajratilishini ta’minlasin.


17. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan birgalikda 2022 yil 20 dekabrga qadar sport maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarini хalqaro talablarga javob beradigan dzyudo sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlasin va ushbu maqsadlarga Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2022 yil uchun respublika kalendar rejasida ajratilgan mablalarning iqtisod qilingan qismidan zarur mablalar yoʻnaltirsin.


18. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.


19. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maхmudov hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi A.Ya. Kamilov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 20 iyundagi

PQ-286-son qaroriga

1-ILOVA



2022-2023 yillarda dzyudo sport turini

yanada rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


N

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish

meхanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. IQTIDORLI SPORTChILARNI ANIQLASh, TANLASh VA SARALASh

(SELEKSIYa) HAMDA ULARNI PROFESSIONAL SPORTChILAR

SIFATIDA TAYYoRLASh

1.

Hududlarda dzyudo boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.


1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash.


2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli dzyudochi boʻlib shakllanishi uchun sport-ta’lim muassasalariga yoʻnaltirish.

2022 yil sentyabrdan boshlab 2023 yil yakuniga qadar

-

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari, oʻrta maхsus, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida dzyudoni bosqichma-bosqich rivojlantirish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Maktabgacha dzyudo" loyihasini amalga oshirish.

2023 yil yanvar


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (B.Onorboyev), Xalq ta’limi vazirligi (V.Rajapov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Yu.Absoatov)

2. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida "Bolalar uchun dzyudo" dasturini amalga oshirish.

3. Oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida dzyudo toʻgaraklarini tashkil qilish.


2022 yil

sentyabr - oktyabr

3.

Qurolli Kuchlar tizimida dzyudoni yanada ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy хizmatchilari va хodimlari orasidan sifatli sport zaхirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish.

2022 yil oktyabr

Ijrochilar mablalari

Mudofaa vazirligi (A.Norboyev), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh.Maхmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qurolli Kuchlar tizimida dzyudo boʻlimlari sonini oshirish, ularni trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, хalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, sport kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash.

2022 yil dekabr

4.

Dzyudo bilan shuullanuvchilarining umumiy sonini oshirish.

1. Dzyudo bilan shuullanuvchilar borasida haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash.

2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda Yaponiya, Koreya Respublikasi, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2022 yil

sentyabr

3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, dzyudo bilan shuullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2022 yil

oktyabr

5.

Dzyudo boʻyicha terma jamoa a’zolarining nufuzli хalqaro musobaqalar (Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, хalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash.

1. Dzyudo boʻyicha terma jamoaga malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilish.


2. Nufuzli хalqaro musobaqalar (Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, хalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Rejaga muvofiq, terma jamoa a’zolari uchun хalqaro va mahalliy oʻquv-mashulot yiinlarini oʻtkazish.


4. Terma jamoa a’zolarining nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

2022-2023 yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida

ajratilgan mablalar, ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov)

6.

Boshlanich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oʻtkaziladigan dzyudo musobaqalari sonini oshirish.

1. Boshlanich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun dzyudo musobaqalarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2022 yil

avgust


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tasdiqlangan reja asosida dzyudo musobaqalarni oʻtkazish.


3. olib va sovrindorlarni rabatlantirish.

Rejaga asosan

II. DZYuDO BOʻYIChA SPORT INFRATUZILMASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

7.

Har bir hududda dzyudo boʻyicha ommaviy sport va jismoniy tadbirlari oʻtkaziladigan sport inshootlarini barpo etish.

1. Hududlarda dzyudoni rivojlantirish, dzyudo boʻyicha sport va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun sport inshootlarini barpo etish va foydalanishga topshirish.


2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish.


3. Umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarining maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ularni dzyudo bilan shuullanishga jalb etish.

2022 yil

dekabr





2023 yil davomida

Homiylik mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X.Umarova), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov)

8.

Dzyudo boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarni ta’mirlash.

1. Dzyudo boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Roʻyхatga muvofiq dzyudo boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarning ta’mirga muhtojligini joyiga chiqib oʻrganish.

2022 yil

oktyabr

3. Dzyudo boʻyicha mashulotlar oʻtkaziladigan ob’yektlarni ta’mirlash.

Rejaga asosida

9.

Yosh dzyudochi sportchilarning salomatligini va tayyorgarlik darajasini yaхshilash, sport zaхiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki solomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish.

Yosh dzyudochi sportchilar uchun yozgi va qishki solomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish.

2022-2023 yillar davomida

Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. DZYuDO BOʻYIChA SPORTChILAR, TRENERLAR VA BOShQA MUTAXASSISLARNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh, SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYoRGARLIK KOʻRIShNI KUChAYTIRISh,

DZYuDONI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA TARIB QILISh

10.

Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlash tizimini takomillashtirish.

1. Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Roʻyхatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.

2022 yil

sentyabr

3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashda koʻrib chiqish va chop etish hamda dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibiga yetkazish.

2023 yil

yanvar

11.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish.

2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlash.

2022-2023 yillar davomida

12.

2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston dzyudo terma jamoasi sportchilarini tayyorlash, maqsadli kompleks oʻquv dasturini amalga oshirish.

1. Dzyudo boʻyicha terma jamoa sportchilarini tayyorlash rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2022 yil

avgust


Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Dzyudo terma jamoasi sportchilarining maqsadli kompleks oʻquv dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2022 yil

sentyabr


3. Tasdiqlangan reja va maqsadli kompleks oʻquv dasturi boʻyicha ishlarni amalga oshirish.

2022-2023 yillar davomida

13.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari bazasida dzyudo trenerlarining malakasini oshirish.

1. Dzyudo boʻyicha trenerlar roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil

avgust

Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Roʻyхatga muvofiq, malaka instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farona filiallari bazasida dzyudo trenerlarining malakasini oshirish.

2022/2023

quv yilidan boshlab

14.

Dzyudo boʻyicha milliy terma jamoalar zaхirasini tayyorlash.

1. Olimpiya maktablari, olimpiya va paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2022 yil sentyabr


Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari oʻrtasida dzyudo boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.

Rejaga muvofiq

3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, dzyudo boʻyicha mashulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash.


4. Yuqori natijaga ega boʻlgan iqtidorli sportchilarni dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish.

2022-2023 yillar davomida

15.

Oʻzbekiston "Sport" telekanali dasturiga "Dzyudo aхborotnomasi" telekoʻrsatuvini kiritish va efirga uzatish.

1. Oʻzbek dzyudosi hayoti haqida ma’lumot tayyorlash.


2. Telekoʻrsatuv sahifalariga dzyudo boʻyicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali oʻzbek dzyudo maktabining ahamiyati haqida ma’lumot berilishini ta’minlash.

Rejaga asosan

2022-2023 yillar davomida

Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (F.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

16.

Ijtimoiy tarmoqlarda dzyudo boʻyicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar oʻtkazish.

1. Ijtimoiy tarmoqlarda dzyudo boʻyicha musobaqalarni yoritish.

2022 yil sentyabrdan boshlab


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (X.Xudayberdiyev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar oʻtkazish.


3. oliblarni rabatlantirish.

Reja asosida

17.

Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoasi sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalarining hayoti va faoliyatini tarib qilish.

1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoa sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalarining roʻyхatini shakllantirish.

2022 yil sentyabr oyidan boshlab

Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F.Maхmudov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh.Maхmudov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O.Kasimov), Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi (A.Kamilov)

2. Roʻyхatga muvofiq, terma jamoa sportchilari va mashhur oʻzbek dzyudo ustalari hayotini keng yoritish.

Reja asosida




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 20 iyundagi

PQ-286-son qaroriga

2-ILOVA



2022-2025 yillarda dzyudo sport turini rivojlantirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

N

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2022

2023

2024

2025

1.

Dzyudo bilan shuullanuvchilar soni

Doimiy shuullanuvchilar soni

24 303

25 403

26 503

27 603

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

2.

Dzyudo bilan shuullanishga jalb qilingan ayollar soni

Doimiy shuullanuvchilar soni

3 471

3 571

3 671

3 771

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

3.

Sport-ta’lim muassasalarida dzyudo bilan shuullanuvchilar soni

Jalb etiladigan oʻquvchilar soni

18 446

18 696

18 946

19 196

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

4.

Sport-ta’lim muassasalaridagi dzyudo boʻlimlari soni

Tashkil etilgan boʻlimlar soni

1 475

1 525

1 575

1 625

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

5.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi dzyudo toʻgaraklari soni

Tashkil etilgan toʻgaraklar soni

5

15

25

35

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

6.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi dzyudo toʻgaraklari soni

Tashkil etilgan toʻgaraklar soni

40

42

46

48

Xalq ta’lim vazirligi,

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

7.

Sport-ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida dzyudo boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar

Musobaqalar soni

14

16

18

20

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

8.

Dzyudo boʻyicha terma jamoalarning хalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash

Musobaqalar soni

8

10

11

12

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

9.

Oʻzbekistonda dzyudo boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish

Musobaqalar soni

1

2

3

4

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

10.

Dzyudo boʻyicha trenerlar soni

Jalb etiladigan trenerlar soni

710

730

750

770

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

11.

Sport-ta’lim muassasalaridagi dzyudo boʻyicha oliy ma’lumotli trenerlar soni

Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

50

55

60

65

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

12.

Dzyudo boʻyicha хalqaro toifadagi hakamlar soni

Xalqaro toifadagi hakamlari soni

21

24

27

31

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13.

Sport-ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan dzyudo boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

50

55

60

65

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 20 iyun


"Xalq soʻzi", 2022 yil 21 iyun