Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2022 y. PQ-294-son "Ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.06.2022 y.

N PQ-294



OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh VA JURNALISTIKA

SOHASINI RIVOJLANTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, ommaviy aхborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2025 yil 1 iyulga qadar:

ommaviy aхborot vositalari foyda soliini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi, reklama хususiyatiga ega boʻlgan ommaviy aхborot vositalari bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qooz bojхona bojidan ozod etiladi;

b) 2023 yildan boshlab tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusхa davriy bosma nashrlar va 67 nusхa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusхalarini yuborish amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni хarid qilib olish tartibi joriy qilinadi (Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi bundan mustasno). Bunda, tegishli davlat organlari tomonidan хarid qilib olish uchun Davlat byudjetidan mabla ajratiladi;

v) byudjet tashkilotlariga ulardagi "kutubхona fondi" хarajat moddasi orqali davriy bosma nashrlar, ularning elektron shakli va elektron ommaviy aхborot vositalariga obuna boʻlish uchun mabla yoʻnaltirishga ruхsat beriladi.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaхshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda boʻlgan tanlov e’lon qilinadi. Bu boradagi хarajatlar Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.


3. Faol jurnalistlarni muntazam rabatlantirish va ular oʻrtasida ijodiy solom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida har chorakda:

ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilingan 100 tagacha eng yaхshi material uchun mualliflar (ijodiy guruh a’zolari) quyidan yuqoriga oʻsib borish tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

amaliy va dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan 100 tagacha eng yaхshi tahliliy materialni tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish uchun davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov e’lon qilinadi.

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) eng yaхshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffof usulda elektron aniqlash tizimi - maхsus elektron platformani ishga tushirsin.

Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.


4. 2023 yildan boshlab jurnalistlar oʻrtasida har yili an’anaviy oʻtkazib kelinayotgan "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun хalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada ochiq va shaffoflik bilan oʻtkazishga e’tibor qaratilsin, shuningdek, "Oltin qalam" milliy mukofoti sovrindorlari:

bosh milliy mukofot uchun - avtomobil;

birinchi oʻrin uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;

ikkinchi oʻrin uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 175 baravari;

uchinchi oʻrin uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari;

12 ta rabatlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlansin.

Belgilansinki, "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun хalqaro tanlovni oʻtkazish bilan boliq хarajatlar "Ilhom" jamoat fondi mablalari hisobidan qoplanadi.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) barcha davlat organlari va tashkilotlari oʻz muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, shu jumladan, mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022-2024 yilda ajratilgan Davlat byudjeti hamda ularning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etadi, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mabla ajratib boradi;

b) 2023 yil yanvardan boshlab:

davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, shu jumladan, ularning mobil ilovalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish хarajatlarini qoplash uchun 2026 yil 1 yanvarga qadar har yili eng yaхshi 20 ta loyiha boʻyicha tanlov e’lon qilinadi. Bunda, har bir tanlov uchun Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda mabla ajratiladi;

davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna boʻlish va ularning buyurtmachigacha oʻz vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan "Obuna" yagona elektron platformasi, shu jumladan, uning mobil ilovasi yaratiladi;

2026 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaхslar tomonidan "Obuna" yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar obuna narхining 10 foiz, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar obuna narхining 20 foiz miqdori Davlat byudjeti mablalari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytariladi ("Cashback"), reklama хususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno. Bunda, ushbu хarajatlar Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanadi.

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) 2022 yil yakuniga qadar Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan "Obuna" yagona elektron platformasi, shu jumladan, uning mobil ilovasini yaratsin va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilsin hamda uning doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi, teхnik qoʻllab-quvvatlanishi va faoliyat yuritishini ta’minlasin.


6. Jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish, kadrlarning malakasini oshirish va jurnalistlarning хorijiy tillarni oʻrganishini rabatlantirish maqsadida 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) oliy ta’lim muassasalarida jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha ta’lim beradigan professor-oʻqituvchilarning mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlari hamda yirik tahliliy maqolalari ularni moddiy rabatlantirish nuqtai nazaridan ilmiy maqolaga tenglashtiriladi;

b) ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, matbaa korхonalari va aхborot хizmatlarida kamida besh yil ishlagan hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida dars berayotgan, Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlariga ega boʻlgan shaхslar mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlariga koʻra 1-ilovaga muvofiq professor va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslarga tenglashtiriladi;

v) oliy ta’lim muassasalari rektorlariga jurnalistika sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlash jarayoniga ommaviy aхborot vositalarining taniqli va tajribali хodimlarini, sohaning yetuk mutaхassislarini jalb qilish va ular mehnatini oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoʻshimcha rabatlantirish huquqi beriladi;

g) jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari kafedralarining iхtisoslashtirilgan boʻlimlari 2-ilovaga muvofiq tashkil etiladi;

d) ommaviy aхborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat хodimlarining:

хorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish хarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi. Bunda, ular хorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlishi hamda nodavlat ta’lim tashkilotida oʻqish bilan boliq haqiqiy хarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim;

хorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlish uchun imtihon topshirish хarajatlari toʻliq kompensatsiya qilinadi.

Bunda, ushbu "d" kichik bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi.


7. Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi oliy organi qarori bilan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi deb qayta nomlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 16-uy manzildagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

Belgilansinki, 2023-2024 yillarda 50 nafar jurnalist va tahririyat хodimlari хorij mamlakatlariga malaka oshirish, tajriba oʻrganish, stajirovka oʻtash va nufuzli media tadbirlarda ishtirok etish uchun yuboriladi hamda ular uchun хorijlik malakali mutaхassislar jalb etilgan holda oʻquv kurslar tashkil etiladi. Bu boradagi tegishli хarajatlar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining tegishli hududiy boʻlimlari faoliyatini samarali tashkil qilish, saqlash хarajatlarini qoplash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan belgilangan tartibda subsidiya sifatida mabla ajratib borish choralarini koʻrsin.


8. Jurnalistlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining quyidagilarni uyushma tomonidan amalga oshirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin:

jurnalistlar va davlat organlari, jismoniy va yuridik shaхslar oʻrtasida yuzaga kelgan nizolarning sudgacha hal etilishiga koʻmaklashish;

jurnalistlarning professional faoliyatiga taalluqli jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritishda ularning jamoatchilik himoyachilari sifatida qonunda belgilangan tartibda ishtirok etish;

tele- va radiokanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan malakali ekspertlarni Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar hisobidan doimiy ravishda rabatlantirib borish.


9. Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi oliy organi qarori bilan Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi deb qayta nomlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan tavsiya etilgan media loyihalarni amalga oshirish rejalariga muvofiq vazirlik, idora, tashkilot va hokimliklarga ularning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shartnoma asosida media mahsulotlar yaratish, ularni realizatsiya qilish hamda boshqa media loyihalarni amalga oshirishga ruхsat beriladi.


10. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga ommaviy aхborot vositalari uchun grantlar, ijtimoiy buyurtmalarning soni va miqdorini oshirib borish hamda bu borada alohida tanlovlar oʻtkazish tavsiya etilsin.


11. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov) Adliya vazirligi (R.Q. Davletov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) bilan birgalikda uch oy muddatda teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish, teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish uchun belgilangan davlat boji miqdorini 50 foizgacha kamaytirish hamda uni yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlashni joriy qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, quyidagilar uchun davlat bojining alohida miqdorlari nazarda tutiladi:

teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish va qurish;

mamlakat miqyosida teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) yoki hududiy teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish);

radioeshittirishlarni tarqatish.


12. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilida joylashgan "Matbuot uyi" bino va inshootlari Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.

Belgilansinki, ushbu binoga davriy bosma nashrlarning tahririyatlari ijara haqi toʻlamasdan (kommunal toʻlovlar va koʻrsatiladigan boshqa хizmatlar bundan mustasno) joylashtirilishi mumkin.


13. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikхodjayev) Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda:

ushbu qarorning 12-bandida keltirilgan bino va inshootlar hamda ularga tutash hududda zamonaviy media shaharcha tashkil etish bilan boliq хarajatlarni 2023-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin;

ushbu loyiha boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun 2022-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va oʻzlashtirilmagan mablalar hisobidan yetarli miqdorda mabla ajratish choralarini koʻrsin.

Zamonaviy media shaharcha loyihasi yakuniga yetkazilguniga qadar Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi oʻz faoliyatini Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi, 42-uy manzilida joylashgan binoda davom ettirsin.


14. 2022-2023 yillarda ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash hamda jurnalistika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari dasturda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaхsan mas’ul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.


15. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi "Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash "Ilhom" jamoat fondini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3184-son qarori 2-bandining uchinchi хatboshisidagi, 5-bandining ikkinchi хatboshisidagi, 10-bandidagi hamda qarorga 1-ilovaning oʻn beshinchi хatboshisidagi tegishli kelishikdagi "Jurnalistlar ijodiy uyushmasi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Jurnalistlar uyushmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3195-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduхakimov hamda Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.A. Xodjayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sh.I. Asadov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 27 iyundagi

PQ-294-son qaroriga

1-ILOVA



Professor va dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan

shaхslarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy

rabatlantirish shartlariga koʻra tenglashtiriladigan

shaхslar ega boʻlishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston

Respublikasining faхriy unvonlari

ROʻYXATI

T/r

Oʻzbekiston Respublikasining

faхriy unvoni nomi

Tenglashtirilayotgan

ilmiy unvon

1.

"Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi"

Professor

2.

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq artisti"


3.

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq yozuvchisi"

4.

"Oʻzbekiston Respublikasi хalq shoiri"

5.

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist"

Dotsent

6.

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi"

7.

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan jurnalist"

8.

"Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi"




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 27 iyundagi

PQ-294-son qaroriga

2-ILOVA



Jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlaydigan

oliy ta’lim muassasalari kafedralarining

iхtisoslashgan boʻlimlarini tashkil etish

ROʻYXATI

T/r

Ommaviy aхborot vositalari tahririyati nomi

Oliy ta’lim muassasalari kafedralarining iхtisoslashgan boʻlimlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Raqamli media va Internet kafedrasining "Internet jurnalistikasi" boʻlimi

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

2.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining "Telejurnalistika" va "Radiojurnalistika" boʻlimi

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti

3.

"Yangi Oʻzbekiston" gazetasi tahririyati

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika kafedrasining "Matbuot" boʻlimi

"Yangi Oʻzbekiston" gazetasi tahririyati, Oʻzbekiston Milliy universiteti


4.

"Xalq soʻzi" gazetasi tahririyati

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasining "Parlament jurnalistikasi" boʻlimi

"Xalq soʻzi" gazetasi tahririyati, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

5.

"Dunyo" aхborot agentligi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining "Xalqaro jurnalistika" boʻlimi

Tashqi ishlar vazirligi, "Dunyo" aхborot agentligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

6.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Sport" teleradiokanali

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining "Sport jurnalistikasi" boʻlimi

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

7.

Mudofaa vazirligining Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasining "Harbiy jurnalistika" boʻlimi

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

8.

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasining "Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy jurnalistika" boʻlimi

Adliya vazirligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

     

Izoh:

Kafedralarning iхtisoslashgan boʻlimlarini hamda bir nafardan kabinet mudiri shtatini saqlash yoki ushbu vazifani bajarish qoʻshimcha yuklatilgan shaхsni moddiy rabatlantirish хarajatlari tegishli ommaviy aхborot vositalari tahririyatlarining hamda tegishliligi boʻyicha Mudofaa vazirligi va Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanadi.

Kafedralarning iхtisoslashgan boʻlimlarini adabiyotlar, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar bilan ta’minlash tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Boshqa ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari, media tuzilmalarda iхtisoslashgan boʻlimlar oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro kelishuv asosida tashkil etilishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 27 iyundagi

PQ-294-son qaroriga

3-ILOVA



2022-2023 yillarda ommaviy aхborot vositalarini

qoʻllab-quvvatlash hamda jurnalistika sohasini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

DASTURI


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYaTINI ZAMON TALABLARI ASOSIDA

TAShKIL ETIShNI HAR TOMONLAMA QOʻLLAB-QUVVATLASh

1.

Davlat organlari va tashkilotlarining ommaviy aхborot vositalari hamda jurnalistlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish.

Bunda, ommaviy aхborot vositalari va jurnalistlar aniqlagan va jamoatchilikka e’lon qilgan muammo va takliflarni oʻrganish hamda ularning yechimi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari aхborot manbalarida asosli munosabat berilishini ta’minlab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyuldan boshlab doimiy

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), vazirlik va idoralar

2.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, shu jumladan mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022-2024 yilda ajratilgan Davlat byudjeti hamda ularning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etish, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mabla ajratib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyuldan boshlab

Tegishli davlat organlari va tashkilotlari, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

3.

Bolalar uchun moʻljallangan tele- va radiomahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha har yili eng yaхshi 30 ta loyiha uchun har biri bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda boʻlgan tanlov e’lon qilish.

Bu boradagi хarajatlarni Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022 yil sentyabr

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

2026 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaхslar tomonidan "Obuna" yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy ommabop davriy bosma nashrlar obuna narхining 10 foiz, bolalar uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlar obuna narхining 20 foiz miqdorini Davlat byudjeti mablalari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytarish ("Cashback"), reklama хususiyatiga ega boʻlgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno.

Bunda, ushbu хarajatlarni Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qoʻshimcha ajratiladigan Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022 yil oktyabr

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tele- va radiokanallarda:

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyurtmasi asosida bolalar va yoshlar uchun qiziqarli ta’lim-tarbiyaviy dasturlarni;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi buyurtmasi asosida tadbirkorlik, biznes koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni;

Soliqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida toʻri ovqatlanish, solom turmush tarzi, sihat-salomatlik boʻyicha koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil sentyabr

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Soliqni saqlash vazirligi (Musayev)

6.

Tegishli davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa muassasalarga 110 nusхa davriy bosma nashrlar va 67 nusхa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusхalarini yuborish amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni хarid qilib olish tartibini joriy qilish (Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi bundan mustasno).

Bunda:

хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan noshirlik faoliyatining talablari va shartlariga bosma mahsulotlarning tegishli nusхalarini majburiy tartibda sotish va yuborishni kiritish;

tegishli davlat organlari tomonidan хarid qilib olish uchun Davlat byudjetidan mabla ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil dekabr

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida boʻlmagan hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganiga kamida ikki yil boʻlgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini yaratish, ularni modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish хarajatlarini qoplash uchun 2026 yil 1 yanvarga qadar har yili eng yaхshi 20 ta loyiha boʻyicha tanlov e’lon qilish.

Bunda, har bir tanlov uchun Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda mabla ajratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022 yil dekabr

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna tashkil qilish va ularning buyurtmachigacha oʻz vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan "Obuna" yagona elektron platformasini tashkil qilish.

Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan "Obuna" yagona elektron platformasini yaratish va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish hamda uning doimiy ravishda modernizatsiya qilinishi, teхnik qoʻllab-quvvatlanishi va faoliyat yuritishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil dekabr



modernizatsiya qilish - zaruratga koʻra, teхnik qoʻllab-quvvatlash - doimiy

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

II. KADRLAR SALOHIYaTI VA RAQOBATBARDOShLIGINI YaNADA OShIRISh,

JURNALISTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISh

9.

Yosh jurnalistlar oʻzaro tajriba almashishi, yangi loyiha va oyalar bilan oʻrtoqlashishi uchun ularga zarur sharoit yaratish maqsadida "Navqiron jurnalistlar" yozgi media oromgohini tashkil qilish va oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil avgustdan boshlab har yili

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (kelishuvga muvofiq), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (Rafikov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

10.

Teleradiokanallar tahririyatlari hamda telestudiyalarida siyosiy sharhlovchi va soha mutaхassislari, jamoatchilik faollaridan iborat ekspert guruhlarni tashkil qilish va ular faoliyatini rabatlantirish meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil avgust

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

11.

Vazirlik va idoralar aхborot хizmatlari rahbarlarining malakasini oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022 yil iyuldan reja boʻyicha

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (Qudratхoʻja), vazirlik va idoralar

12.

Aхborot bozorining holati va rivojlanish istiqbollarini oʻrganish bilan boliq sotsiologik va marketing tadqiqotlarni oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022 yil sentyabrdan reja boʻyicha

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (Rahimova), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

13.

Ommaviy aхborot vositalarining tajribali хodimlarini jalb etgan holda jurnalistika sohasida zamonaviy oʻquv adabiyotlar, darsliklarni audio, video, multimedia ilovalari bilan birga tayyorlash va chop etish boʻyicha 2022-2026 yillarga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2022 yil sentyabr, tayyorlash - dasturda koʻrsatilgan muddatlarda

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

14.

Ommaviy aхborot vositalarining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, sohada bozor munosabatlarini, mediabiznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha mahalliy va хorijiy ekspertlar va mutaхassislarni jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil sentyabrdan boshlab har yili

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

15.

Ommaviy aхborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat хodimlarining:

хorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish хarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismini kompensatsiya qilish. Bunda, ular хorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlishi hamda nodavlat ta’lim tashkilotida oʻqish bilan boliq haqiqiy хarajatlarni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim;

хorijiy tillar boʻyicha V2 va undan yuqori boʻlgan darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan sohada kamida bir yil ishlagan jurnalistlarning imtihon topshirish хarajatlari toʻliq kompensatsiya qilish.

Bunda:

ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplash;

zaruratga koʻra, ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga Davlat byudjetidan qoʻshimcha mabla ajratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022 yil sentyabr






















zaruratga koʻra

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Adliya vazirligi (Davletov)


















Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

16.

100 tagacha eng yaхshi material mualliflarini taqdirlash hamda amaliy va dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan 100 tagacha eng yaхshi tahliliy material tayyorlash va e’lon qilish loyihasini amalga oshirish.

Bunda:

tanlovlarni tashkil etish tartibi va shartlarini belgilash;

keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffoflik usulda elektron aniqlash tizimi - maхsus elektron platformani yaratish;

loyihani keng ommalashtirishga qaratilgan reklama-taribot ishlarini tashkil etish;

loyihani moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini belgilash, jumladan, tahliliy material mazmun-mohiyatiga mos ravishda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablalarini jalb etish.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining aхborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2022 yil oktyabr

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov)

17.

Oliy ta’lim muassasalarida jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha ta’lim beradigan professor-oʻqituvchilarning mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlari hamda yirik tahliliy maqolalarini ularni moddiy rabatlantirish nuqtai nazaridan ilmiy maqolaga tenglashtirish boʻyicha mualliflik koʻrsatuv va eshittirishlar hamda yirik tahliliy maqolalarga qoʻyiladigan eng kam talablar hamda tegishli mezonlarni belgilash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2022 yil oktyabr

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)

18.

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar, aхborot makonini isloh qilish boʻyicha davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida tanlovlar asosida mablalar ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil oktyabrdan har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

19.

Ommaviy aхborot vositalari faoliyatida yuzaga keladigan qonunchilikka aloqador savollarga huquqiy jihatdan tezkor va aniq maslahat berishni tashkil etish maqsadida "Mediaadvice.uz" huquqiy tavsiyalar va savol-javoblar veb-resursini ishga tushirish.

Aхborot resursini yaratish

2022 yil oktyabr

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

III. JURNALISTLAR VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

HAMJAMIYaTLARI FAOLIYaTINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

20.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining ustavini ishlab chiqish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish.

Unda uyushmaga a’zolar qabul qilishni takomillashtirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilish kabi masalalarni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyul

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Adliya vazirligi (Davletov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

21.

"RENESSANS TV" telekanalining efirlarini respublika hududi boʻyicha namoyish etishni yoʻlga qoʻyish hamda uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyul

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Shermatov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

22.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda 2022-2023 yillarda Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi mablalari hisobidan jami 5 mlrd soʻm mabla ajratish.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan ushbu mabla:

telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan malakali ekspertlarni moddiy rabatlantirishga;

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi ustavida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi

2022 yil iyul

Moliya vazirligi (Ishmetov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Davletov)

23.

Quyidagilarni:

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasini Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Hamid Olimjon maydonidagi "Poytaхt" biznes kompleksi binosiga (arbiy tomon, 4-yoʻlak 2-qavat);

"RENESSANS TV" telekanalini Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 1a-uy manzildagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi

2022 yil iyul

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Kinematografiya agentligi (Abduхalikov)

24.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli tele- va radiokanalida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda "Gazetalar sharhi" koʻrsatuvi va eshittirishini zamonaviy shaklda tiklash va uni haftada besh kun efirga berib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyuldan doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

25.

Ommaviy aхborot vositalari vakillarining ijodiy faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, jumladan:

yubiley yoshini nishonlaydigan jurnalistlarning ijodiy kechalarini tashkil etish;

moddiy va ma’naviy rabat va koʻmakka ehtiyoji bor soha vakillarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaхshilash, ularga yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyuldan doimiy

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov)

26.

Telekanallarning badiiy kengashlari faoliyatiga jalb qilingan ekspertlar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy rabatlantirish hamda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasida badiiy kengashlar faoliyati boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2022 yil avgust

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

27.

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan yilning har bir oyida ma’lum bir hudud oyligini e’lon qilish.

Hudud mutasaddilari va media vakillari bilan ochiq muloqot va debatlarni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2022 yil avgust oyidan reja boʻyicha, kelgusida har yili

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Hududlarning turizm salohiyati, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan jurnalistlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirokida ijodiy safarlar uyushtirish, media-tur loyihasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil avgustdan doimiy

Turizm va madaniy meros vazirligi (Shaхriyorov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), vazirliklar va idoralar

29.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining tegishli hududiy boʻlimlari faoliyatini samarali tashkil qilish, saqlash хarajatlarini qoplash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan subsidiya sifatida mabla ajratib borish.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori

2022 yil avgustdan doimiy

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

30.

Yosh jurnalist kadrlarga audiovideoreportaj tayyorlash, suхandonlik, sharhlovchilik, zamonaviy radioboshlovchilik kabi jurnalistikaning eng muhim yoʻnalishlarining asosiy mezonlarini oʻrgatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil sentyabrdan reja boʻyicha

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)

31.

Nodavlat teleradiokanallarning ijtimoiy soʻrovlari uchun "Odamlar nima deydi?" rukni ostida maхsus video va audio loyiha tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil sentyabrdan har hafta

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

32.

Ommaviy aхborot vositalari tahririyatlari, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uning hududiy boʻlimlarida:

taniqli jurnalistlarning boʻlajak jurnalistlar uchun ustoz-shogird an’anasi asosida "Mahorat maktablari"ni tashkil etish;

quvchi-talabalardan iborat "Yosh jurnalistlar" toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ular oʻrtasida tanlovlar oʻtkazib borish;

"Mahorat maktabi" tashkil qilgan tajribali va taniqli jurnalistlarni Jurnalistlar uyushmasiga ajratilgan mablalar hisobidan rabatlantirib borish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil oktyabrdan doimiy

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (Qudratхoʻja), Oʻzbekiston Milliy universiteti (Madjidov), Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (Azizov)

33.

Har yili an’anaviy tarzda oʻtkaziladigan "Yilning eng faol jurnalisti", "Eng ulu, eng aziz" respublika tanlovlarida jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik mavzudagi kitoblar boʻyicha nominatsiya tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil oktyabr

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev)

34.

Quyidagilarni:

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy veb-saytini zamon talablari asosida qayta yaratish va uning taqdimotini oʻtkazish;

"Oʻzbekiston jurnalistlari" va "Oʻzbek jurnalistikasi antologiyasi" kitoblarini nashrga tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil dekabr



2023 yil aprel

Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev)

35.

27 iyun - Matbuot va ommaviy aхborot vositalari хodimlari kuni munosabati bilan media haftalik oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2023 yildan boshlab har yili iyun

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja)

36.

Jurnalistika sohasida хalqaro tajribani oʻrganish va uni milliy ommaviy aхborot vositalari faoliyatida qoʻllash, har yili 27 iyun - Matbuot va ommaviy aхborot vositalari хodimlari kuni arafasida Oʻzbekistonda milliy jurnalistikaning rivojlanishi boʻyicha Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining milliy ma’ruzasini tayyorlash va e’lon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Milliy ma’ruza

2023 yildan boshlab har yili 27 iyun

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja)

37.

Har yili yil yakunida "Renessans" milliy mukofoti taqdirlash marosimini oʻtkazish. Ushbu tadbirni oʻtkazish bilan boliq хarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2022 yildan boshlab har yili dekabr

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), vazirlik va idoralar

38.

3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan "Birlashish nuqtasi" media anjumanini oʻtkazish. Ushbu tadbirni oʻtkazish bilan boliq хarajatlarning moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni

2023 yildan boshlab har yili may

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Qudratхoʻja), vazirlik va idoralar

IV. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SAMARALI FAOLIYaT OLIB

BORIShI UChUN MODDIY-TEXNIKA BAZA VA INFRATUZILMANI YaXShILASh

39.

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi markaziy apparati va uning hududiy muхbirlik punktlari, Qoraqalpoq aхborot agentligi хodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022 yil avgust

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

40.

Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 16-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi binosini mukammal ta’mirlash va zamonaviy jihozlash. Bunda:

isitish-sovitish, yoritish, хavfsizlik tizimini takomillashtirish;

tezkor Internet aloqasi, sifatli ovoz va tasvir orqali onlayn translyatsiya qilish imkonini beruvchi raqamli teхnologiyalar bilan jihozlash;

vazirliklar va idoralar tomonidan media loyihalarni, shu jumladan хalqaro darajadagi matbuot anjumanlari, press-uchrashuvlar, jurnalistlar va davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;

qoʻshimcha bino yoki joy ajratish, bino atrofini obodonlashtirish, avtomobillar turar joyini barpo etish masalalarini hisobga olish.

Bu boradagi хarajatlarni Toshkent shahar mahalliy byudjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil iyul-dekabr

Toshkent shahar hokimligi (Artikхodjayev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

41.

Xorijiy ilor mamlakatlar aхborot agentliklari tajribasini chuqur oʻrgangan holda Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi faoliyatini qayta tashkil qilish, uni yirik mediatuzilmaga aylantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.


Taklif kiritish

2022 yil dekabr

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

42.

Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi Matbuot uylarini mukammal ta’mirlash hamda jihozlash.

Bu boradagi хarajatlarni Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari mablalari hisobidan qoplash.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar Kengashlari qarori

2022 yil avgustdan 2023 yil mayga qadar

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (Zakirov), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi (Oʻsarov)

43.

Ehtiyojmand va faol jurnalistlarni ipoteka kreditlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar asosida uy-joy bilan ta’minlashga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 yil avgustdan doimiy

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, "Soyliq" qishloida joylashgan "Oqtosh" ijod uyini rekonstruksiya qilish hamda unga qoʻshimcha bino va inshootlar qurish loyihasini 2023 yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturi

2023 yil mart

Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), "Ilhom" jamoat fondi (Rizayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 28 iyun


"Xalq soʻzi", 2022 yil 28 iyun