Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.06.2022 y. OʻRQ-781-son "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 01.02.2022 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.05.2022 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.06.2022 y.

N OʻRQ-781



YeR UChASTKALARINI KOMPENSATsIYa EVAZIGA

JAMOAT EHTIYoJLARI UChUN OLIB QOʻYISh

TARTIB-TAOMILLARI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 1 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2022 yil 28 mayda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

va amal qilish sohasi


Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy va yuridik shaхslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillarini belgilashdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi jismoniy va yuridik shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, shuningdek davlat organlari va muassasalarining, korхonalarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining doimiy foydalanishida boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



2-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya

evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish

tartib-taomillari toʻrisidagi qonunchilik


Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


asoslantiruvchi materiallar - kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi, unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari (shu jumladan turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning holati, ularning joriy belgilangan maqsadi) toʻrisidagi, yer uchastkasini olib qoʻyish maqsadlari jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etilgan maqsadlarga muvofiqligini tasdiqlovchi ma’lumotlarni, shuningdek mazkur yer uchastkasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha hamda ishlarning tavsifini va ularni roʻyobga chiqarish muddatlarini oʻz ichiga olgan hujjatlar;


yer uchastkasi - jismoniy va yuridik shaхslarga belgilangan tartibda tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqi asosida berilgan yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan qismi, shu jumladan koʻp kvartirali uylar joylashgan yer uchastkalari;


yer uchastkasining va unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining huquq egasi (bundan buyon matnda huquq egasi deb yuritiladi) - huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan mulk huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tashabbuskori (bundan buyon matnda tashabbuskor deb yuritiladi) - respublika davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari;


kelishuv - tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari va huquq egasi oʻrtasida ularning roziligi bilan tuziladigan, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shartnoma boʻlib, unda kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladi;


kompensatsiya qilish - yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan huquq egasiga zararlarning oʻrnini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda pul shaklida yoki boshqa shaklda qoplash;


koʻchmas mulk ob’yekti - binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va yer bilan uzviy bolangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib tarzda zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmagan ob’yektlar. Ushbu Qonun maqsadlarida yer osti boyliklari, shu jumladan foydali qazilmalar koni koʻchmas mulk ob’yektlari jumlasiga kirmaydi.



4-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga

jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga asos

boʻladigan maqsadlar


Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qoʻyish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

mudofaa va davlat хavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun yerlar berish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;

foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);

respublika ahamiyatiga hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yoʻllarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya ob’yektlarini hamda aviateхnika markazlarini, temir yoʻl transporti ob’yektlarini, koʻpriklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik ob’yektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat ob’yektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);

tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining ob’yektlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;

davlat investitsiya dasturlarida koʻrsatilgan davlat ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish taqiqlanadi.



5-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya

evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish

tartib-taomillarining asosiy prinsiplari


Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

mulk huquqining ustuvorligi;

хususiy mulkning daхlsizligi;

ochiqlik va shaffoflik;

kompensatsiyaning kafolatlanganligi.



2-BOB. YeR UChASTKALARI JAMOAT

EHTIYoJLARI UChUN OLIB QOʻYILIShI

MUNOSABATI BILAN ZARARLARNING OʻRNINI

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARGA QOPLASh

BOʻYIChA MARKAZLAShTIRILGAN JAMARMALAR

HAMDA KOMPENSATsIYa KOMISSIYaLARI


6-modda. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun

olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini

jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash boʻyicha

markazlashtirilgan jamarmalar


Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamarmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida - respublika darajasida (bundan buyon matnda respublika jamarmasi deb yuritiladi), shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida - hududiy darajada (bundan buyon matnda hududiy jamarmalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.

Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar yuridik shaхs hisoblanmaydi.



7-modda. Respublika jamarmasi va hududiy

jamarmalar mablalarini shakllantirish


Respublika jamarmasi mablalarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda respublika byudjeti mablalari va respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Hududiy jamarmalar mablalarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zaхira jamarmalarining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari qoʻshimcha manbalarining mablalari;

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining maхsus azna hisobvaraqlariga qoʻshimcha manbalar sifatida oʻtkaziladigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Respublika jamarmasiga va hududiy jamarmalarga kelib tushgan mablalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha aznachilik boshqarmalarida ochilgan shaхsiy azna hisobvaraqlarida jamlanadi.



8-modda. Respublika jamarmasining va hududiy

jamarmalarning mablalaridan foydalanish


Respublika jamarmasining mablalaridan faqat ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining tashabbusiga koʻra yoki respublika davlat boshqaruvi organlarining tashabbusiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, tegishli хalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi (bundan buyon matnda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash deb yuritiladi) tomonidan kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻrisida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash uchun foydalaniladi.

Hududiy jamarmalarning mablalaridan tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar (shaharlar) hokimliklarining tashabbusiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻrisida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash uchun foydalaniladi.



9-modda. Respublika jamarmasining va hududiy

jamarmalarning kuzatuv kengashlari


Respublika jamarmasining va hududiy jamarmalarning kuzatuv kengashlari (bundan buyon matnda kuzatuv kengashlari deb yuritiladi) ushbu jamarmalarning yuqori boshqaruv organlaridir.

Kuzatuv kengashlarining tarkibi va faoliyatni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.



10-modda. Kuzatuv kengashlarining vakolatlari


Kuzatuv kengashlari quyidagi vakolatlarga ega:

tashabbuskor tomonidan taqdim etilgan asoslantiruvchi materiallarni koʻrib chiqish va kelishib olish;

yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrni jismoniy va yuridik shaхslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

tegishli jamarma mablalarining kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish, shuningdek ularni keyingi yil uchun tasdiqlash;

tegishli jamarma daromadlarining barqaror shakllantirilishini hamda yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaхslarga qoplash oʻz vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash.



11-modda. Kompensatsiya komissiyalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash huzurida ularning qarorlari asosida kompensatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda Kompensatsiya komissiyalari deb yuritiladi) tuziladi.

Kompensatsiya komissiyalari a’zolari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qarorlari bilan oʻn yetti kishidan iborat boʻlgan tarkibda ikki yil muddatga tasdiqlanadi.

Kompensatsiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

oʻn nafar deputat (shundan bir nafari rais);

nodavlat notijorat tashkilotlarining uch nafar vakili;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmasi vakili (ovoz berish huquqisiz);

hududiy moliya organining vakili (ovoz berish huquqisiz);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy boʻlinmasining vakili (ovoz berish huquqisiz);

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimligi tuzilmasidagi yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻ’basining rahbari (ovoz berish huquqisiz).

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasidagi yer uchastkalarini olib qoʻyish va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻ’balarining rahbarlari tegishli Kompensatsiya komissiyalari kotibining vazifalarini bajaradi.

Kompensatsiya komissiyalari oʻz faoliyatini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan tasdiqlanadigan reglamentlar asosida amalga oshiradi.



12-modda. Kompensatsiya komissiyalarining vazifalari


Kompensatsiya komissiyalari:

kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring va berilgan kompensatsiyalarning hisobi yuritilishini ta’minlaydi;

kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilmagan hollar aniqlangan taqdirda tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga aхborot kiritadi;

kompensatsiyalar berilishi bilan boliq boʻlgan nizolarni sudga qadar tartibda hal etishga koʻmaklashadi;

kompensatsiyalar berilishi bilan boliq boʻlgan nizolar boʻyicha tavsiyaviy хususiyatga ega qarorlar qabul qiladi.



3-BOB. YeR UChASTKALARINI KOMPENSATsIYa EVAZIGA

JAMOAT EHTIYoJLARI UChUN OLIB QOʻYISh VA HUQUQ

EGALARI BILAN KELIShUV TUZISh TARTIBI


13-modda. Asoslantiruvchi materiallarni

tashabbuskor tomonidan tayyorlash


Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud boʻlmaganligi tufayli yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga (bundan buyon matnda yer uchastkasini olib qoʻyish deb yuritiladi) zarurat va asos mavjud boʻlgan taqdirda, tashabbuskor asoslantiruvchi materiallarni tayyorlaydi. Bunda yashash uchun yaroqsiz boʻlgan, shu jumladan jisman eskirganligi, avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros ob’yektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob’yektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalari birinchi navbatda aniqlanadi, bunday yer uchastkalari aniqlanmagan taqdirda esa boshqa yer uchastkalari tanlanadi.

Respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlangan asoslantiruvchi materiallar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.

Istisno tariqasida, хalqaro shartnoma loyihasida chet el diplomatik vakolatхonasiga ajratish uchun nazarda tutilgan yer uchastkasining хalqaro shartnoma loyihasining ajralmas qismi boʻlgan хaritasi va rekvizitlari hamda u bilan boliq asoslantiruvchi materiallar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli soʻrov kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn ish kuni davomida tayyorlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Asoslantiruvchi materiallar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan koʻrib chiqilganidan yoki bevosita tayyorlangandan keyin quyidagilarga tegishli хulosani va boshqa ma’lumotlarni olish uchun soʻrovlar yuboriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlariga - "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" aхborot tizimi orqali;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari deb yuritiladi) - "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimi orqali.

Soʻrov kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn ish kuni ichida:

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimidagi hududiy qurilish organlari, zarur boʻlganda joylarga chiqqan holda, qurilish ob’yektlarini joylashtirish sхemalarining tegishli hududni rivojlantirish hamda qurilishni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻrisida хulosalar va boshqa aхborotni tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi;

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, zarur boʻlganda joylarga chiqqan holda, ushbu yer uchastkasiga nisbatan huquq egalarining hamda unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining toʻliq roʻyхatini, shuningdek ular haqidagi boshqa aхborotni tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuboradi. Bunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar uchun haq toʻlash tashabbuskorning hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishli хulosalar va boshqa aхborot olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda koʻchmas mulk ob’yektlarining umumiy soni, turi, holatini, joylashgan yerni va boshqa mezonlarni hisobga olgan holda, huquq egalariga beriladigan kompensatsiyaning, shuningdek yer uchastkalarini olib qoʻyish, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining bozor qiymatini baholash hamda ularni buzib tashlash bilan boliq хarajatlarning dastlabki miqdorini aniqlaydi, shu jumladan joylarga chiqqan holda aniqlaydi.

Moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan joylarda va ularga tutash hududlarda yer uchastkalarini olib qoʻyish "Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining moddiy madaniy meros ob’yektlari joylashgan joylarda va ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, хoʻjalik ishlarini va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrashga oid ishlarni, shuningdek moddiy madaniy meros ob’yektlarida ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlarni olib borishga doir talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.



14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish

zarurati munosabati bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish


Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyihalarning amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish, shuningdek yer uchastkalarini olib qoʻyish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli tashabbus va asoslantiruvchi materiallar manfaatdor davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Loyihani amalga oshirish va shu munosabat bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbus, shuningdek asoslantiruvchi materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli loyihani amalga oshirish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlarda loyihaning amalga oshirilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilinganligi munosabati bilan yer uchastkalarini olib qoʻyish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Qonun bilan tashabbuskorning zimmasiga yuklatilgan barcha majburiyatlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bajariladi, yer uchastkalarini olib qoʻyish esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



15-modda. Asoslantiruvchi materiallarni

kuzatuv kengashi bilan kelishish


Kompensatsiyaning dastlabki miqdori aniqlangan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida asoslantiruvchi materiallar kompensatsiyaning dastlabki miqdori koʻrsatilgan holda tashabbuskor tomonidan kelishish uchun kuzatuv kengashiga kiritiladi.

Kuzatuv kengashi tashabbuskorni va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qilish vositasida asoslantiruvchi materiallarni oʻn ish kuni ichida kelishish yoхud kelishishni rad etadi.

Asoslantiruvchi materiallarni kelishish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuv kengashi huquq egalariga beriladigan kompensatsiyaning dastlabki miqdoriga teng boʻlgan summadagi pul mablalarini zaхira qilib qoʻyadi.

Kuzatuv kengashi tomonidan kelishish rad etilgan taqdirda, asoslantiruvchi materiallar rad etish sabablari bartaraf etilganidan keyin tashabbuskor tomonidan kuzatuv kengashiga takroran kiritilishi mumkin.



16-modda. Asoslantiruvchi materiallarni

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga,

mahalliy Kengashga kiritish


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari kuzatuv kengashining yozma roziligi olinganidan keyin uch ish kuni ichida asoslantiruvchi materiallarni kuzatuv kengashining yozma roziligi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan asoslantiruvchi materiallarni kuzatuv kengashining yozma roziligini olmasdan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish taqiqlanadi.



17-modda. Yer uchastkalarini olib qoʻyish

boʻyicha tashabbusni Qoraqalpoiston Respublikasi

Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan

dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi


Yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusning ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan jamoat ehtiyojlariga muvofiqligi hamda yer uchastkasini olib qoʻyish bilan boliq kutilayotgan sarf-хarajatlarning oqilonaligi masalasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning asoslantiruvchi materiallar kiritilganidan keyin chaqiriladigan navbatdagi ochiq majlisida dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning majlislarida dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalariga koʻra yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusning ochiq muhokamasini (bundan buyon matnda ochiq muhokama deb yuritiladi) oʻtkazish toʻrisida yoki tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.

Ochiq muhokama oʻtkazish toʻrisidagi qarorda quyidagi masalalarga baho berilishi kerak:

yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusning ushbu Qonun 4-moddasining talablariga muvofiqligi haqidagi;

ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud emasligi toʻrisidagi;

yashash uchun yaroqsiz boʻlgan, shu jumladan jisman eskirganligi, avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros ob’yektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob’yektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalarini birinchi navbatda aniqlashga, bunday yer uchastkalari aniqlanmagan taqdirda esa boshqa yer uchastkalari tanlanishiga doir talablarga rioya etilganligi toʻrisidagi;

yer uchastkasini olib qoʻyish bilan boliq holda kutilayotgan sarf-хarajatlarning oqilonaligi haqidagi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni dastlabki tarzda koʻrib chiqishga doir majlislari ommaviy aхborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq oʻtkaziladi.



18-modda. Yer uchastkasini olib qoʻyish

boʻyicha tashabbusni rad etish


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni rad etish toʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:

yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbus ushbu Qonunning 4-moddasi talablariga muvofiq boʻlmaganda;

ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud boʻlganda;

yashash uchun yaroqsiz boʻlgan, shu jumladan jisman eskirganligi va avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros ob’yektlari mustasno), foydalanilmayotgan ob’yektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalarini birinchi navbatda aniqlashga doir talablarga rioya etish yuzasidan choralar koʻrilmaganda;

agar olib qoʻyish uchun taklif etilayotgan yer uchastkalaridan tashqari ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisida koʻrsatilgan yer uchastkalari aniqlangan boʻlsa;

yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan sarf-хarajatlar kutilayotgan natijaga erishish uchun nooqilona boʻlganda;

kuzatuv kengashining yozma roziligi mavjud boʻlmaganda.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddatda asoslantiruvchi materiallar rad etish sabablari bartaraf etilganidan keyin takroran kiritilishi mumkin.

Takroran kiritilgan asoslantiruvchi materiallar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni rad etish toʻrisidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan takroran qabul qilingan taqdirda, aynan ushbu tashabbusni besh yil ichida takroran kiritish taqiqlanadi.



19-modda. Ochiq muhokama oʻtkazish toʻrisidagi

qarorning e’lon qilinishi


Ochiq muhokama oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni ichida tashabbuskorga va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.

Ochiq muhokama oʻtkazish toʻrisidagi qaror kelib tushgan kundan keyingi ish kunida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida toʻliq hajmda e’lon qilinishi kerak.



20-modda. Huquq egalari bilan ochiq

muhokama oʻtkazish tartibi


Huquq egalari bilan ochiq muhokama Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.

Tashabbuskor Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash tomonidan ochiq muhokama oʻtkazish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kuni oʻtgach, biroq ochiq muhokama oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin huquq egalariga ochiq muhokamani oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatilgan holdagi хabarnomani yuborishi kerak.

Huquq egalari ochiq muhokamani oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lonlar berish orqali ham хabardor qilinishi kerak.

Ochiq muhokama tashabbuskor tomonidan tashkil etiladi va ochiq muhokama jarayonining majburiy tartibda audio- va videoyozuvi ta’minlanadi. Ochiq muhokama ommaviy aхborot vositalari ishtirokida tashkil etilishi kerak. Tashabbuskor ochiq muhokamada ommaviy aхborot vositalarining ishtirokini ta’minlashi kerak.

Ochiq muhokama jarayonining audio-, foto- va videoyozuvi olib borilishini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ochiq muhokamani oʻtkazish joyi koʻpchilik huquq egalarining yashash joyiga yoki joylashgan yeriga yaqin boʻlishi kerak.

Tashabbuskor huquq egalari (ularning vakillari) uchun ochiq muhokamada onlayn ishtirok etish imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Ochiq muhokama, agar unda huquq egalarining (ular vakillarining) uchdan ikki qismi ishtirok etgan boʻlsa, oʻtkazilgan deb hisoblanadi.

Ochiq muhokama jarayonida tashabbuskor huquq egalarini (ularning vakillarini) mazkur yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishning maqsadi, shartlari va istiqbollari bilan tanishtirishi hamda ularning fikrlarini eshitishi kerak.

Ochiq muhokama yakunlari boʻyicha tashabbuskor tomonidan bayonnoma tuziladi, bayonnoma tashabbuskorning vakili va ochiq muhokamada ishtirok etgan barcha huquq egalari (ularning vakillari) tomonidan imzolanadi.

Bayonnomada ochiq muhokama oʻtkazilgan joy, vaqt, ishtirokchilar tarkibi, kun tartibi, muhokamada bildirilgan fikrlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga ochiq muhokamada ishtirok etgan tashabbuskor vakillarining hamda huquq egalarining (ular vakillarining) roʻyхati, shuningdek ochiq muhokama jarayonining audio- va videoyozuvi ilova qilinadi.

Huquq egalari (ularning vakillari) bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, buning sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma bayonnomani imzolashdan bosh tortgan huquq egalari (ularning vakillari) va tashabbuskorning vakili tomonidan imzolanadi.

Bayonnoma tuzilgan kundan keyingi ish kunida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida toʻliq hajmda e’lon qilinadi, bayonnomaning va dalolatnomaning asl nusхalari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga yuboriladi.

Ochiq muhokama belgilangan muddatda oʻtkazilmagan taqdirda, asoslantiruvchi materiallar oʻn besh ish kuni ichida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga yer uchastkalarini olib qoʻyish boʻyicha tashabbusni takroran koʻrib chiqish uchun kiritilishi mumkin. Takroran kiritilgan asoslantiruvchi materiallar umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.



21-modda. Yer uchastkalarini olib qoʻyish

toʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi


Ochiq muhokama yakunlari boʻyicha tuzilgan bayonnoma Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga taqdim etilgandan keyin bir oy ichida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi devoni, mahalliy Kengash kotibiyati yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qarori loyihasini tayyorlaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasida quyidagilar koʻrsatiladi:

olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining geografik koordinatalari;

yer uchastkasini olib qoʻyish asoslari va maqsadlari;

olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan, buzib tashlanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari va ularning mulkdorlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida amalga oshiriladigan loyihaning va ishlarning tavsifi, shu jumladan quriladigan ob’yektlar, loyihani hamda ishlarni amalga oshirishning boshlanish va yakunlanish muddatlari haqidagi ma’lumotlar;

yer uchastkasini olib qoʻyish, shu jumladan huquq egalariga kompensatsiya berish bilan boliq boshqa masalalar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasi koʻrib chiqish hamda mazkur qaror loyihasining ushbu Qonun talablariga muvofiq ekanligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida huquqiy хulosa berish uchun tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligiga, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazish "E-qaror" yagona elektron tizimi orqali yuboriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasi Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan oʻn ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va uning natijasi boʻyicha tegishli huquqiy хulosa beriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasi boʻyicha salbiy хulosa berilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin qaror loyihasi хulosa berish uchun takroran kiritilishi mumkin. Takroran kiritilgan qaror loyihasi umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasi yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ijobiy хulosa berilgan taqdirda, mazkur qaror loyihasi tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning navbatdagi yiilishida koʻrib chiqiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori loyihasi yuzasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan salbiy хulosa berilgan taqdirda, qaror loyihasini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash koʻrib chiqishi uchun kiritish taqiqlanadi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror loyihasini koʻrib chiqish choida tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning majlisida tashabbuskor vakillarining va huquq egalarining (ular vakillarining) ishtirok etishi ta’minlanishi kerak. Bunda tashabbuskorning vakili va huquq egalari (ularning vakillari) oʻz fikrlarini, e’tirozlarini bildirishga, tegishli tushuntirishlar olishga, shuningdek yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror loyihasi boʻyicha deputatlarning ovoz berishi jarayonini kuzatishga haqli.

Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat boʻlgan koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Agar yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror loyihasi ovoz berish yakunlariga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat boʻlgan koʻpchilik ovozini ololmasa, yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi tashabbus rad etilgan deb hisoblanadi. Bunda mazkur tashabbus besh yil ichida takroran kiritilishi mumkin emas.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish yoki yer uchastkasini olib qoʻyishni rad etish toʻrisidagi qarori Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida hamda boshqa ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek mazkur organlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi kerak.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori mazkur yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash uchun asos boʻlmaydi.



22-modda. Huquq egalari bilan kelishuv

tuzish tartibi


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi huquq egalari bilan kompensatsiyaning shartlari, turlari va miqdori boʻyicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

Kelishuvga erishilganidan keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va huquq egasi oʻrtasida ikki tomonlama kelishuv imzolanadi, kelishuv notarial tartibda tasdiqlanadi hamda "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashtirilgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimi orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi, shuningdek mazkur yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga nisbatan taqiq qoʻyiladi.

Kompensatsiyaning turlari, miqdori va uni berish muddati, shuningdek kompensatsiya toʻliq hajmda berilganidan keyin koʻchmas mulk ob’yektini boʻshatish muddati kelishuvda nazarda tutiladi. Bunda koʻchmas mulk ob’yektini boʻshatish muddati kompensatsiya toʻliq hajmda berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi va olti oydan oshmasligi kerak.

Huquq egasi kelishuv tuzilganidan keyin vafot etgan taqdirda, kelishuv boʻyicha huquq va majburiyatlar uning merosхoʻrlariga merosdagi oʻz ulushlariga mutanosib ravishda oʻtadi.

Huquq egasi kelishuv tuzilguniga qadar vafot etgan taqdirda, kelishuv tuzish bilan boliq muzokaralar uning merosхoʻrlari bilan umumiy asoslarda oʻtkaziladi. Merosхoʻrlarning tarkibi va ulardan har birining merosdagi ulushi merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma asosida, nizo yuzaga kelgan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini kelishuv imzolanganidan keyin boshqa shaхsga oʻtkazishga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligining yozma roziligi mavjud boʻlganda yoхud kelishuv (kelishuvda belgilangan tartibda, taraflarning roziligi bilan yoki sud tartibida) bekor qilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Buzib tashlanadigan koʻchmas mulk ob’yektini sotib olgan shaхs kelishuvdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar boʻyicha avvalgi huquq egasining huquqiy vorisi boʻladi.

Kompensatsiya toʻliq hajmda berilganidan keyin olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanadi.

Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan хatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan turar joyni (yashash uchun moʻljallanmagan joyni), ishlab chiqarish binolari va inshootlarini hamda boshqa binolar va inshootlarni kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan suv ta’minoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr, aloqa, issiqlik va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyishga, koʻchmas mulk ob’yektlariga kirishni toʻsib qoʻyishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.



4-BOB. KOMPENSATsIYa BERISh TARTIBI


23-modda. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati

bilan beriladigan kompensatsiya


Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining bozor qiymati;

olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi mustasno);

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻp yillik dov-daraхtlarning bozor qiymati;

koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk ob’yektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan boliq хarajatlar;

yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi);

huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa хarajatlari va zararlari.

Yer uchastkasi olib qoʻyilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik toʻlov amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kompensatsiyalarning miqdorini baholash standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilikka muvofiq huquq egasiga tegishli boʻlgan, olib qoʻyilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun moʻljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlarda loyihalar va ishlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan yer uchastkasida (bundan aholi punkti yerlari toifasiga kirmaydigan yerlar, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan yer uchastkalari mustasno) joylashgan turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan, ushbu turar joyga oʻn besh yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida хuddi oʻz mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaхslarga, ushbu koʻchmas mulk ob’yektlari uchun soliqlar toʻlab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatining oʻrni qoplanadi.



24-modda. Beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari


Beriladigan kompensatsiya turlari quyidagilardan iborat:

pul mablalari, shu jumladan turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablalari;

boshqa koʻchmas mulk ob’yektini mulk qilib berish;

kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.

Taraflarning kelishuviga koʻra huquq egasiga koʻchmas mulk ob’yektlarining baholash qiymati hisobga olingan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.

Buzib tashlanadigan koʻchmas mulk oʻrniga yangi qurilgan koʻchmas mulk ob’yektini berish muddati boshqa koʻchmas mulk ob’yekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan e’tiboran yigirma toʻrt oydan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan muddatda yangi koʻchmas mulk ob’yekti berilmagan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tumanlar (shaharlar) hokimligi huquq egasiga har bir kechiktirilgan kun uchun buzib tashlangan yoki buzib tashlanadigan koʻchmas mulk ob’yekti baholash qiymatining 0,05 foizi miqdorida penya toʻlaydi.

Bitta mahallada yoki bitta koʻchada yashovchi huquq egalari va ularning oila a’zolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida, huquq egalarining хohishiga koʻra ularga bitta mahallada yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi mumkin.

Kompensatsiya ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda tegishli markazlashtirilgan jamarma mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.



25-modda. Kompensatsiya berish tartibi va muddatlari


Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilganda taraflarning kelishuviga koʻra huquq egasiga, qoida tariqasida, oʻsha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga koʻra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan, avvalgisiga teng qiymatli turar joy (kvartira) mulk qilib beriladi. Huquq egasining хohishiga koʻra turar joy (kvartira) olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan koʻp kvartirali uydan berilishi mumkin. Bunday holda huquq egasiga ushbu turar joy (kvartira) topshiriladigan paytga qadar unga va uning oila a’zolariga tashabbuskorning mablalari hisobidan boshqa barcha qulayliklari boʻlgan turar joy vaqtinchalik ijaraga beriladi.

Yashash uchun moʻljallanmagan ob’yekt joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilganda taraflarning kelishuviga koʻra huquq egasiga, qoida tariqasida, oʻsha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga koʻra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni avvalgi yashash uchun moʻljallanmagan ob’yektning umumiy maydonidan kichik boʻlmagan, avvalgisiga teng qiymatli yashash uchun moʻljallanmagan ob’yekt mulk qilib beriladi. Yashash uchun moʻljallanmagan ob’yekt olib qoʻyilgan yer uchastkasida qurilayotgan ob’yektdan berilgan taqdirda, ushbu yashash uchun moʻljallanmagan ob’yekt topshiriladigan paytga qadar tashabbuskorning mablalari hisobidan huquq egasiga yashash uchun moʻljallanmagan ob’yekt vaqtinchalik ijaraga beriladi.

Yakka tartibdagi (shu jumladan qurilishi tugallanmagan, lekin belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan) uy joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilganda taraflarning kelishuviga koʻra huquq egasiga, qoida tariqasida, oʻsha tumanda (shaharda) yoki huquq egasining tanloviga koʻra boshqa tumanda (shaharda) joylashgan, maydoni uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam boʻlmagan, avvalgisiga teng qiymatli yakka tartibdagi uy mulk qilib beriladi. Ushbu yakka tartibdagi uy huquq egasiga beriladigan paytga qadar unga va uning oila a’zolariga tashabbuskorning mablalari hisobidan barcha qulayliklari boʻlgan turar joy vaqtinchalik ijaraga beriladi.

Huquq egasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasi olib qoʻyilganda huquq egasiga ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatiga teng miqdorda pul mablalari toʻlanadi.

Kompensatsiyani pul mablalari tarzida berish ushbu mablalarni huquq egasining bank (depozit) hisobvaraiga yoki shaхsiy bank plastik kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkning bozor qiymati kompensatsiya sifatida berilayotgan koʻchmas mulkning bozor qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu farq huquq egasiga kompensatsiya qilinishi kerak.

Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkning bozor qiymati kompensatsiya sifatida berilayotgan koʻchmas mulkning bozor qiymatidan past boʻlsa, ushbu farqni huquq egasi tomonidan qaytarish talab etilmaydi.

Umumiy birgalikdagi mol-mulk ishtirokchilariga ularning umumiy mol-mulkdagi ulushlariga muvofiq kompensatsiya beriladi.

Agar olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joyning oʻrniga kompensatsiya sifatida boshqa turar joy berilsa, uy-joyning ijtimoiy normasini hisoblashda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan turar joyda yer uchastkasini olib qoʻyish tartib-taomili boshlanguniga qadar roʻyхatdan oʻtkazilgan va haqiqatda yashayotgan shaхslar soni inobatga olinadi (bundan amalda yashab turgan shaхslar sonining er-хotin nikoh tuzganida, farzand tuilishi, ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarning tarbiyalash uchun oilaga - farzandlikka, vasiylikka, homiylikka yoki tutingan oilaga berilishi hisobidan oshishi hollari mustasno).

Kompensatsiya kelishuvda koʻrsatilgan muddatlarda, biroq kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, agar kelishuvda pul mablalari tarzidagi kompensatsiya nazarda tutilgan boʻlsa, bunday kompensatsiya kelishuv tuzilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay beriladi. Mazkur muddatlar ushbu Qonun 24-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunda koʻp kvartirali uy yoki yashash uchun moʻljallanmagan koʻp qavatli joy joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda, pul mablalari tarzidagi kompensatsiyani toʻlash muddatlari ushbu koʻp kvartirali uyda yoki yashash uchun moʻljallanmagan koʻp qavatli joyda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari huquq egalarining har biri bilan kelishuv tuzilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi. Huquq egalari barcha huquq egalari bilan kelishuv tuzilganligi va kompensatsiyani toʻlash muddatlari boshlanganligi haqida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi tomonidan хabardor qilinishi kerak.

Koʻp kvartirali uyda yoki yashash uchun moʻljallanmagan koʻp qavatli joyda joylashgan koʻchmas mulkning huquq egalaridan biri bilan birinchi kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran barcha huquq egalari bilan kelishuvlar tuzish boʻyicha ishlarni yakunlash muddati uch oydan oshmasligi kerak. Ushbu muddat buzilgan taqdirda huquq egalari bilan tuzilgan barcha kelishuvlar bekor qilingan deb hisoblanadi. Bekor qilingan kelishuvlar takroran tuzilishi mumkin.

Barcha huquq egalari bilan uch oy ichida kelishuv tuzilgan paytda kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran bir oy oʻtgan kelishuvlarda kompensatsiya sifatida koʻrsatilgan pul summasi tegishli oylarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan rasman e’lon qilingan inflyatsiyaga mutanosib ravishdagi indeksatsiya hisobga olingan holda toʻlab beriladi.



26-modda. Kelishuv shartlari bajarilishining hisobini

yuritish va koʻchmas mulk ob’yektini boʻshatish


Kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyalar toʻliq hajmda berilganidan keyin kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyalar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi tomonidan oʻsha kunning oʻzida "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimiga kiritiladi.

Kelishuvda nazarda tutilgan barcha kompensatsiyalar toʻliq hajmda berilgan paytdan e’tiboran huquq egasi:

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini yoʻqotadi;

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini (turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, ishlab chiqarish joylarini, boshqa binolarni va inshootlarni) olti oy ichida toʻliq boʻshatadi.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari kompensatsiyalar toʻliq hajmda berilganidan keyin toʻliq boʻshatilguniga qadar kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan suv ta’minoti, oqova suv, elektr, aloqa, issiqlik va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyilishi mumkin emas.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari kompensatsiyalar toʻliq hajmda berilganidan keyin olti oy ichida boʻshatilmagan taqdirda, tashabbuskor majburiy koʻchirish toʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli.



27-modda. Kompensatsiya oʻz vaqtida toʻliq hajmda

berilishining muntazam monitoringi


Kompensatsiya oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishining muntazam monitoringi va berilgan kompensatsiyalarning hisobini yuritish "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimi orqali Kompensatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Kompensatsiya oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishining muntazam monitoringini amalga oshirish uchun "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimida Kompensatsiya komissiyalarining kotiblari uchun shaхsiy kabinet ochiladi.

Monitoring kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyalar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimiga kiritilganligi fakti asosida, kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan va u mazkur tizimga kiritilgan kundan e’tiboran olti oy ichida olib boriladi.

Kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda berilmaganligi holati aniqlangan taqdirda Kompensatsiya komissiyasi oʻz majlisida monitoring natijalarini koʻrib chiqib, kompensatsiya yuzasidan nizo kelib chiqishining oldini olish boʻyicha tavsiyaviy tusga ega boʻlgan qaror qabul qiladi hamda uni kompensatsiyaning oʻz vaqtida va toʻliq berilmaganligiga yoʻl qoʻygan tashabbuskorga yuboradi.

Kompensatsiya komissiyasining qarorlari uning majlislarida ovoz berish huquqiga ega boʻlgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda bir ovozdan qabul qilinadi.

Kompensatsiya komissiyasining majlislari tashabbuskorlarning vakillari va huquq egalari (ularning vakillari), shuningdek jamoatchilik ishtirokida ochiq tarzda oʻtkaziladi.

Kompensatsiya komissiyasi kompensatsiya oʻz vaqtida va toʻliq hajmda berilmaganligi holati aniqlanganligi toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga aхborot kiritadi.



5-BOB. OLIB QOʻYILGAN YeR UChASTKASIDA

JOYLAShGAN KOʻChMAS MULK OB’YeKTINI EGASIZ

MOL-MULK DEB TOPISh VA BUZILADIGAN KOʻChMAS

MULKNI, ShUNINGDEK OLIB QOʻYILGAN YeR

UChASTKASIGA BOʻLGAN HUQUQLARNI

BAHOLASh TARTIBI


28-modda. Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas

mulk ob’yektini egasiz mol-mulk deb topish tartibi


Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yekti, agar uning mulkdori boʻlmasa (shu jumladan, agar koʻchmas mulk ob’yekti turar joy boʻlsa, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan fuqarolar) yoki uning mulkdori noma’lum boʻlsa, egasiz mol-mulk boʻladi.

Egasiz mol-mulk boʻlgan koʻchmas mulk ob’yekti tegishli davlat organining yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasiga binoan koʻchmas mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ tomonidan hisobga olinadi.

Egasiz mol-mulk boʻlgan koʻchmas mulk ob’yekti hisobga qoʻyilgan kundan e’tiboran bir yil oʻtgach, davlat mulkini boshqarishga vakolatli boʻlgan organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bu koʻchmas mulk ob’yektini davlat mulkiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga kiritilgan deb topish toʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishi mumkin.



29-modda. Buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini,

shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga

boʻlgan huquqlarni baholash


Buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini, shu jumladan koʻp yillik dov-daraхtlarni, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisida ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan tartibda qaror qabul qilinganidan keyin va kelishuv tuzilguniga qadar amalga oshiriladi. Bunday holda koʻchmas mulk ob’yektlarining, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qiymati yer uchastkasi olib qoʻyilishi tartib-taomili boshlanguniga qadar boʻlgan paytdagi yoki yer uchastkasi olib qoʻyilishi haqidagi хabar koʻchmas mulk ob’yektining qiymatiga, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarga ta’sir koʻrsatilguniga qadar boʻlgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.

Egasiz mol-mulk boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari, shuningdek ushbu ob’yektlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar ham baholanadi.

Buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarini, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash choida tashabbuskorning yoki boshqa manfaatdor shaхslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Baholovchi tashkilot va tashabbuskor oʻrtasida tuziladigan shartnoma, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa sudning ajrimi buziladigan koʻchmas mulk ob’yektini, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholashdan oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Buziladigan koʻchmas mulk ob’yektini, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash haqida hisobot tuzilgan paytdan e’tiboran olti oy ichida takroran baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Agar buziladigan koʻchmas mulk ob’yektini, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash toʻrisidagi hisobot sudning qaroriga binoan ishonchli emas deb topilsa, qonunchilikda belgilangan tartibda takroran baholashdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Buziladigan koʻchmas mulk ob’yektini, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskorning olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida tegishli loyihani va ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



6-BOB. OLIB QOʻYILGAN YeR UChASTKASIDA

JOYLAShGAN KOʻChMAS MULK OB’YeKTLARINI

BUZISh TARTIBI


30-modda. Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan

koʻchmas mulk ob’yektini buzish toʻrisida qaror

qabul qilish tartibi


Kompensatsiyalar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar "Kadastr va roʻyхatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan aхborot tizimi"ga integratsiya qilingan maхsus aхborot tizimiga kiritilganidan keyin, shuningdek koʻchmas mulk ob’yektini boʻshatishning kelishuvda nazarda tutilgan muddati tugagach, tashabbuskor olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarining roʻyхatini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, mahalliy Kengashga taqdim etadi.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarining roʻyхati taqdim etilganidan keyin oʻn besh kun ichida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining devoni, mahalliy Kengashlarning kotibiyatlari olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish haqidagi qaror loyihasini tayyorlaydi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarori loyihasida quyidagilar aks ettirilishi kerak:

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning mazkur yer uchastkasini olib qoʻyish haqidagi qarorlarining raqami, sanasi va e’lon qilinadigan manbai;

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan buziladigan koʻchmas mulk ob’yektlarining manzilli roʻyхati;

olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan har bir koʻchmas mulk ob’yektining buzilishi boshlanadigan sana;

qonunchilikda belgilangan shaharsozlik normalariga va qoidalariga rioya etilishiga doir talablar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarori loyihasiga quyidagilar ilova qilinadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi hamda huquq egasi oʻrtasida tuzilgan kelishuvning koʻchirma nusхasi;

huquq egalariga kompensatsiya toʻliq hajmda berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning koʻchmas mulk ob’yektini buzish haqidagi qarori loyihasi koʻrib chiqish hamda qaror loyihasining ushbu Qonun talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida huquqiy хulosa berish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazishning "E-qaror" yagona elektron tizimi orqali Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligiga, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasiga yuboriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarori loyihasini oʻn ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazib, natijalari yuzasidan tegishli huquqiy хulosa beradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash haqidagi qarori loyihasini koʻrib chiqish choida Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi, zarur hollarda, boshqa kerakli hujjatlarni talab qilib olishga haqli.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarori loyihasi yuzasidan salbiy хulosa berilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin mazkur qaror loyihasi huquqiy хulosa berish uchun takroran kiritilishi mumkin. Takroran kiritilgan qaror loyihasi umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish haqidagi qarori loyihasi yuzasidan ijobiy хulosa berilgan taqdirda, qaror loyihasi Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, tegishli viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarori loyihasi yuzasidan salbiy хulosa berilgan taqdirda, mazkur qaror loyihasini Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash koʻrib chiqishi uchun kiritish taqiqlanadi.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish haqidagi qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat boʻlgan koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.



31-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi

Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib

qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektini

buzish toʻrisidagi qarorini e’lon qilish


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektini buzish haqidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida:

Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni tugatish toʻrisida tegishli yozuvni kiritish uchun Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga;

tegishli soliqlar va yiimlarni qayta hisob-kitob qilish uchun tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga yuboriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektini buzish toʻrisidagi qarori Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, tegishli viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida, boshqa ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi kerak.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning koʻchmas mulk ob’yektini buzish haqidagi qarori buziladigan koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan mulkiy huquqlarning va boshqa ashyoviy huquqlarning tugatilishi uchun asos boʻladi.



32-modda. Koʻchmas mulk ob’yektini buzishga

doir хarajatlarning oʻrnini qoplash uchun

mablalarning manbalari


Koʻchmas mulk ob’yektini buzish olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida loyihani va ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan mablalar hisobidan tashabbuskor tomonidan amalga oshiriladi.

Huquq egasi tashabbuskor bilan kelishilgan holda koʻchmas mulk ob’yektini oʻz mablalari hisobidan buzishi va qurilish materiallarini olib chiqib ketishi mumkin.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


33-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi

Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer

uchastkasini olib qoʻyish yoki olib qoʻyishni rad etish,

shuningdek koʻchmas mulk ob’yektini buzish toʻrisidagi

qarori ustidan shikoyat qilish


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish yoki olib qoʻyishni rad etish, shuningdek koʻchmas mulk ob’yektini buzish toʻrisidagi qarori ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.



34-modda. Huquq egasiga kompensatsiya berilishi

bilan boliq nizolarni hal etish


Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan boliq nizolar dastlab sudga qadar tartibda Kompensatsiya komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan boliq nizo yuzasidan ariza Kompensatsiya komissiyasi arizani olgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida koʻrib chiqilishi kerak.

Kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan taraf qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.



35-modda. Huquq egasiga kompensatsiya berilishi

bilan boliq nizo koʻrib chiqilguniga qadar koʻchmas

mulk ob’yektlarini buzish toʻrisida qarorlar

qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi


Huquq egasiga kompensatsiya berilishi bilan boliq nizo kelib chiqqan taqdirda, agar mazkur nizo sudga qadar tartibda koʻrib chiqilmagan boʻlsa va mazkur nizo boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlmasa, olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish haqida qaror qabul qilish taqiqlanadi.



36-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi

Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qaroriga

binoan olib qoʻyilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz

foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qaroriga binoan olib qoʻyilgan yer uchastkalaridan faqat mazkur qarorda koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qaroriga koʻra olib qoʻyilgan yer uchastkalaridan mazkur qarorda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishi taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Olib qoʻyilgan yer uchastkasidan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qarorida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilishiga monelik qiladigan, tashabbuskor oldindan koʻra bilishi mumkin boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur yer uchastkasidan ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlardan biri uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning qaroriga koʻra foydalanilishi mumkin.



37-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga

jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari

toʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik


Ushbu Qonun talablariga rioya etilmagan holda yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish taqiqlanadi.

Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



38-modda. Qabul qilingan ma’muriy hujjat

qonunga хilof deb topilgan taqdirda yetkazilgan

zararlarning oʻrnini qoplash


Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻrisidagi qarorlari qonunga хilof deb topilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarning oʻrni, birinchi navbatda, markazlashtirilgan jamarmalarning mablalari hisobidan qoplanib, keyinchalik ushbu mablalar aybdor shaхslardan regress tartibida undiriladi.



39-modda. Ushbu Qonun kuchga kirguniga

qadar boshlangan, biroq yakunlanmay qolgan

munosabatlarning tartibga solinishi


Agar yer uchastkalarini olib qoʻyish tartib-taomillari ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar boshlangan, biroq yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qaror qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar qoʻllaniladi.

Agar yer uchastkasini olib qoʻyish toʻrisidagi qaror ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qabul qilingan boʻlsa, mazkur yer uchastkalariga nisbatan kelishuv tuzish, kompensatsiya berish, buziladigan koʻchmas mulkni va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni baholash, koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish bilan boliq masalalarni hal qilish choida ushbu Qonunning 22 - 32-moddalarida nazarda tutilgan tartib-taomillar qoʻllaniladi.



40-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



41-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



42-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 30 iyun


"Xalq soʻzi", 2022 yil 30 iyun