Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2022 y. PQ-304-son "Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.07.2022 y.

N PQ-304



QURBON HAYITINI

NIShONLASh TOʻRISIDA


Xalqimizning qadimiy va betakror bayramlaridan biri boʻlgan muborak Qurbon hayitining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insonparvarlik, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat singari an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng tarib etish, ushbu ulu bayramni mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida:


1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul - shanba kuniga toʻri kelishi toʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 9 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻrisida"gi PF-35-son Farmoni bilan 2022 yil 11-12 iyul dam olish kunlari sifatida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Qurbon hayiti хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


3. Turizm va madaniy meros vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida moʻ’tabar yodgorlik va qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.


4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022 yil 1 iyuldagi

PQ-304-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi "Qurbon hayitini nishonlash toʻrisida"gi PQ-4413-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi "Qurbon hayitini nishonlash toʻrisida"gi PQ-4788-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi "Qurbon hayitini nishonlash toʻrisida"gi PQ-5182-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 2 iyul